Авторы

  • Muhabbat Jumayeva
    Navoiy Davlat Universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.84791

Ключевые слова:

lingvokognitiv lingvomadaniyat “Sabr” konsepti lingvofalsafa maqol va matallar.

Аннотация

Ushbu maqola sabr konseptining lingvomadaniy, lisoniy tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda lingvo kognitiv yo‘nalish umuman kognitiv lingvistikada “mental leksika” tushunchasining ahamiyati, konsept va uning mohiyati, “Sabr” tushunchasining falsafiy, diniy hamda lingvofalsafa va lingvokulurologiya nuqtayi-nazaridan ham murakkab va ko‘p qirrali tushunchalardan biri ekanligi haqida mulohazalar bayon etilgan. Bundan tashqari, maqolada zamonaviy jamiyatda “Sabr” va “Bag‘rikenglik” kabi bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan tushunchalarga o‘ziga xos yondoshuv bilan yondashilishi har bir inson va xalq uchun muhim ahamiyatga ega ekanligiga alohida to‘talib o‘tilgan. Bu ikki tushuncha bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishiga qaramay, ayni paytda ular o‘zaro farq qilishi, o‘zbek tilidagi “sabr” konseptining faollashuvi, uning istilohiy ma’nosi va frazeologiyada aks etgan jihatlari yoritilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

8

O‘ZBEKLAR OLAM LISONIY MANZARASIDA “SABR” KONSEPTI

Jumayeva Muhabbat Mustaqimovna

Navoiy Davlat Universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15344140

Annotatsiya

Ushbu maqola sabr konseptining lingvomadaniy, lisoniy tadqiqiga

bag‘ishlangan bo‘lib, unda lingvo kognitiv yo‘nalish umuman kognitiv
lingvistikada “mental leksika” tushunchasining ahamiyati, konsept va uning
mohiyati, “Sabr” tushunchasining falsafiy, diniy hamda lingvofalsafa va
lingvokulurologiya nuqtayi-nazaridan ham murakkab va ko‘p qirrali
tushunchalardan biri ekanligi haqida mulohazalar bayon etilgan. Bundan
tashqari, maqolada zamonaviy jamiyatda “Sabr” va “Bag‘rikenglik” kabi bir-
biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan tushunchalarga o‘ziga xos yondoshuv bilan
yondashilishi har bir inson va xalq uchun muhim ahamiyatga ega ekanligiga
alohida to‘talib o‘tilgan. Bu ikki tushuncha bir-biri bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lishiga qaramay, ayni paytda ular o‘zaro farq qilishi, o‘zbek tilidagi “sabr”
konseptining faollashuvi, uning istilohiy ma’nosi va frazeologiyada aks etgan
jihatlari yoritilgan.

Abstract

This article is devoted to the linguocultural, linguistic study of the concept

of patience, in which the linguocognitive direction considers the meaning of the
concept of “mental vocabulary” in cognitive linguistics as a whole, the concept
and its essence, that the concept of “patience” is one of the complex and
multifaceted concepts both from the philosophical, religious, and from the point
of view of linguophilosophy and linguoculturology presents considerations. In
addition, the article emphasizes the importance for each person and people of
the fact that in modern society such closely related concepts as “patience” and
“tolerance” are approached with a special approach. Despite the fact that these
two concepts are closely related, at the same time they differ from each other,
the activation of the Uzbek concept of “patience”, its everyday meaning and
aspects reflected in phraseology are highlighted.

Аннотация

Данная статья посвящена лингвокультурному, лингвистическому

исследованию понятия терпение, в которой лингвокогнитивное
направление рассматривает значение понятия “ментальная лексика” в
когнитивной лингвистике в целом, понятие и его сущность, о том, что
понятие “терпение” является одним из сложных и многогранных понятий
как с философской, религиозной, так и с точки зрения лингвофилософии и


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

9

лингвокультурологии. Кроме того, в статье особо подчеркивается
важность для каждого человека и народа того, чтобы в современном
обществе с особым подходом подходили к таким тесно связанным
понятиям, как “терпение” и “толерантность”. Несмотря на то, что эти два
понятия тесно связаны между собой, в то же время они различаются
между собой, освещается активизация узбекского понятия “терпение”, его
обиходное значение и аспекты, отраженные во фразеологии.

Kalit so‘zlar:

lingvokognitiv, lingvomadaniyat, “Sabr” konsepti,

lingvofalsafa,maqol va matallar.

Key words:

linguocognitive, linguoculture, the concept of "patience",

linguophilosophy, proverbs and sayings

Ключевые слова:

лингвокогнитивный, лингвокультура, концепт

"терпение", лингвофилософия, пословицы и поговорки.

Barcha dinlar aynan axloqiy qadriyatlar asosida tug‘ilganligi sir emas,

shunday bo‘lishiga qaramay dinlar orasida Islom dini insonlarni sabrli va toqat
egasi bo‘lishga boshqa dinlarga nisbatan ko‘proq da’vat qiladi.

“Sabr” konsepti o‘zbeklar lingvomadaniyatida boshqa qator konseptlarning

mohiyatini ochish uchun muhim sanaladi. “Sabr” tushunchasi turli til
madaniyatlarida, tushunchalar tizimida o‘sha millat olam manzarasini aks
ettiradi. Bu kabi so‘zlar milliy til tizimi shaklida olam haqidagi milliy konseptual
bilimlar omobori vazifasini bajaradi.

Adabiyotlar Tahlili Va Metodlar

Ye.S.Kubryakova ta’kidlaganidek, ma’lum bir xalqqa tegishli milliy mental

leksikon tahlil qilinganda, odatda, avvalo, so‘zga olib boruvchi tushuncha va
modellar ko‘rib chiqiladi, so‘ngra esa

Tilshunoslik

uning til tashuvchilari ongidagi ifodasi, mental xususiyatlari hamda til

leksikonidan tashqari lisoniy shaxsning shaxsiy leksikondagi xossalari
o‘rganiladi.

Kognitiv lingvistikada “mental leksika” tushunchasi alohida ahamiyatga ega.

Ruhiy leksikaning ifodalanishiga asoslanib, tildagi asosiy tushunchalarni
aniqlash va olamning lisoniy manzarasini tasvirlash osonlashadi.

“Sabr” tushunchasi falsafa, din nuqtayi-nazaridan ham lingvofalsafa va

lingvokulurologiya nuqtayi-nazaridan ham murakkab va ko‘p qirrali
tushunchalardan biridir. Zamonaviy jamiyatda “Sabr” va “Bag‘rikenglik” kabi bir-
biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan tushunchalarga o‘ziga xos yondashuv bilan
yondashilishi har bir inson va xalq uchun muhim ahamiyatga ega. Bu ikki


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

10

tushuncha bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishiga qaramay, ayni paytda
ular o‘zaro farq qiladi.

Insonlarning o‘zgalar fikrini sabr-toqat bilan tinglashi alohida qobilyatdir.

O‘zbeklar olam lisoniy manzarasida insonlar umrining oxirigacha doimo sabrli
bo‘lishi kerak degan qarashning borligi ham o‘zbeklarga xos asosiy mental
xususiyatdir.

“Sabr” konsepti “Taqdir” makrokonseptining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib,

ko‘plab xalqlar hayotida muhim o‘rin tutadi. Turli lingvomadaniyatlarda “Sabr”
konseptining milliy va umuminsoniy xususiyatlari tahlilidan ko‘rish mumkinki,
turli xalqlar olam lisoniy manzarsida sabr tushunchasini bardosh, toqat kabi
leksemalar ham ifodalab keladi.

O‘zbek tilida so‘zlashuvchilar nutqida “Sabr” tushunchasini ifodalovchi

so‘zlarning aksariyati arab tilidan o‘tib o‘zlashgan bo‘lib, sabr tushunchasi ishora
sifattida eng og‘ir damlarda “Hamma narsa Allohning irodasi”, “Allohdan o‘zga
kuch va qudrat yo‘q”, “Alloh sinoviga sabrli bo‘l” kabi ta’limotlar bilan sabrli
bo‘lishga targ‘ib qilingan. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, o‘zbek tili
leksikasining asosiy qismi arab tilidan o‘tib o‘zlashgan leksemalardan iborat
ekanligini inobatga olsak, o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar olam lisoniy
manzarasida sabr tushunchasi arab tilida so‘zlashuvchilar olam lisoniy
manzarasidagi ifodasiga yaqin.

Shuningdek, Qur’oni karim va hadislarda ifodalangan “Sabr” konsepti

mo‘min kishining iymoni barkamolligidan dalolat deyiladi.

Ma’lumki, kognitiv tilshunoslikda ma’lum bir xalqning asrlar davomida

to‘plagan donoligi, o‘sha xalqqa tegishli jamiyatda mavjud qarashlar va
madaniyat to‘plamini aks ettiruvchi frazeologik va paremeologik materiallar
muhim ahamiyatga ega. Aynan frazeologiyada olam milliy lisoniy manzarasining
obrazli tizimlari va ularning o‘ziga xosligi eng ko‘p namoyon bo‘ladi, chunki
maqol va frazeologik birliklar har qanday milliy tilning ruhi bo‘lib, unda o‘sha
xalqning milliy ruhiyati o‘ziga xos tarzda ifodalanadi. Tilning paremiologik
fondini xalq durdonalaridan tuzilgan va uning madaniyatidan mustahkam o‘rin
olgan javohir sandig‘i deyish mumkin. Ma’lumki, maqol va matallar
folklorshunoslikda janr matnlari sifatida keng o‘rganilgan. Ularni tilshunoslikda,
xususan, lingvomadaniyatshunoslikda o‘rganish endi boshlanmoqda. Tilning
frazeologik fondi xalq madaniyati va mentalitetining qimmatli ma’lumotlar
manbayi sanaladi. Frazeologizmlarda muayyan xalqning miflari, udumlari,
rivoyatlari, taomillari, urf-odatlari, ma’naviyati, axloqi va h.k. haqidagi
tasavvurlari mujassamlashgan bo‘ladi9.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

11

O‘zbeklar milliy olam manzarasining asosiy tushunchalaridan biri bo‘lgan

“Sabr” tushunchasi ifodalangan ko‘plab maqol va frazeologik birliklarni ko‘rish
mumkin. Masalan, Azob ko‘rmay roxat yo‘q, Asl boylik – qanoat, bir yomon
kunning bir yaxshisi bor kabi o‘zbek xalq maqollarida sabrli bo‘lishga pragmatik
ishora bor.

Islom dini nuqtayi nazaridan sabrlilik tinchlikni saqlashning muhim

shartidir, aynan islom dunyosi o‘z navbatida, odamlar o‘rtasida
munosabatlarning yetakchi tamoyili sifatida sabrli bo‘lishlari ularga ko‘p
muvafaqqiyatlar uchun yo‘l ochadi deya ta’kidlaydi. Islom diniy ta’limotida sabrli
bo‘lishning muhim dalili sifatida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning
hayot yo‘llari misol qilib keltiriladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, barcha jahon dinlari insonlarni ezgulikka, adolatga

chorlaydi, lekin sabrli va bag‘rikeng bo‘lish islom dinida ustuvordir.

9 И.М. Тухтасинов . Таржимага лингвокультурологик ёндашув.

Ўзбекситон Республикаси олий ва ўрта махсус таъли вазирлиги Самарқанд
давлат чет тиллар институти . Хорижий тажриба, истиқболли изланишлар
ва тилларни ўқитишнинг инновацион усуллари. Халқаро илмий-амалий
конференция материаллари. 2020 й. 5-б

Tilshunoslik

O‘zbeklar milliy olam lisoniy manzarasining yadrosida islomiy tarbiya va

sabr konsepti bo‘lsa, unga binar oppozitsiyada sabrsiz konsepti turadi. Har ikki
konsept orqali kishilarni baholash belgilari kelib chiqadi.

“Sabr” – bu o‘zbeklar olam manzarasida alohida islomiy sifat bo‘lib, bir

necha asrlardan buyon o‘zbek tilining lug‘atlarida aks etib kelmoqda. “Sabr”
konseptining konseptual tarkibiy qismlarining kengayishi sabr-toqat, sabr-
bardosh kabi turli tarzda qo‘llanishi sabr tushunchasining o‘zbek milliy
mentalitetining ajralmas qismi bo‘lib qolayotganligidan dalolat beradi.

Zamonaviy o‘zbek tilida mavjud turli adabiyotlar va diniy saytlar

materiallarini tahlilga tortar ekanmiz, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda
o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning “sabr” so‘ziga yuklaydigan ma’nolari
avvalgidanda kengroq va rang-barangdir. Zamonaviy o‘zbeklar ongida sabrli
bo‘lish maqsad sari barqaror va qat’iyat bilan harakat qilish qobilyati deb ham
tushuniladi.

Xulosa

Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, “Sabr” konsepti o‘zbek

tilida so‘zlashuvchilar olam lisoniy manzarasida toatlilik, chidamlilik,
bardoshlilik, barqarorlik, toqatlilik, xotirjamlik, sokinlik kabi tushunchalarni


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

12

ham ifodalab keladi. Bu esa “Sabr” konseptining lingvistik va ijtimoiy aspektda
o‘rganish zaruriyati borligini ko‘rsatadi.

Adabiyotlar:

1.

Козлова Л.А. Концепт личного пространства и способы его языковой

представленности

//

Вестник

Барнаульского

педагогического

университета, № 3, 2001. – С. 5. (Kozlova L.A. The concept of personal space
and ways of its linguistic representation // Bulletin of Barnaul Pedagogical
University, No. 3, 2001. – p. 5.)
2.

Бариловская, А.А. Лексическое выражение концепта «Терпение» в

истории и современном состоянии русского языка: дис. … канд. фил. наук:
10.02.01 / Бариловская Анна Александровна. – Красноярск, 2008. – 207с.
Долгова, И.А. Концептуальное поле «терпение» в английской и русской
лингвокультурах: дис канд. фил. наук:
3.

10.02.20 /. - Волгоград, 2006. - 164 с. (Barilovskaya, A.A. Lexical

expression of the concept of "Patience" in the history and current state of the
Russian language: dis. ... Candidate of Phil. sciences: 10.02.01 / Barilovskaya
Anna Alexandrovna. – Krasnoyarsk, 2008. – 207s. Dolgova, I.A. The conceptual
field "patience" in English and Russian linguocultures: dissertation Candidate of
Philology: 02/10/20 /. - Volgograd, 2006. - 164 p.)
4.

Давлатмирова, М. Б. Универсальное и этноспецифичное в языковой

репрезентации макроконцепта
5.

«Судьба» (на материале таджикского, арабского и шугнано-

рушанской группы языков): дис докт. фил. наук:
6.

10.02.20 / Давлатмирова Манижа Бораковна. - Душанбе, 2019. -388 с.

(Davlatmirova, M. B. Universal and ethnospecific in the linguistic representation
of the macroconcept "Fate" (based on the material of the Tajik, Arabic and
Shugnan-Rushan group of languages): dis. ... Doctor of Phil. sciences: 10.02.20 /
Davlatmirova Manizha Borakovna. - Dushanbe, 2019. -388 p.)
7.

Diniy matnlarda “Sabr” konseptining lingvokonitiv tadqiqi. Sh. Mirzaeva

Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti. Academic Research in
Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific
Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International
Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-
12-98-108 ( Linguoconitive study of the concept of" patience " in a religious text.
Sh. Mirzaeva is a base doctoral student at Andijan State University. Academic
research in Educational Sciences Volume 2 / issue 12 | 2021 ISSN: 2181-1385
scientific journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 catalog indexes of


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

13

international research journals-Cite Factor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-
1385-2021-12-98-108)
8.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati .5 jildlik.5-jild.-T.,O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriѐti.2006.411- bet. (Explanatory Dictionary of
the Uzbek language .5 volumes. Volume 5.- T., National Encyclopedia of
Uzbekistan. State Scientific Publishing House.2006.411-page.)
9.

www.islom.uz

10.

Akbarova Z. A. Konsept va lisoniy ong\\ “FarDU ilmiy xabarlar”, 2020,4-

son, 233-234-bet. ( Akbarova Z. A. Concept and linguistic consciousness\\
“FarDU scientific messages", No. 2020.4, pp. 233-234.)
11.

I.M. Tuxtasinov . Tarjimaga lingvokulturologik yondashuv. O‘zbeksiton

Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’li vazirligi Samarqand davlat chet tillar
instituti . Xorijiy tajriba, istiqbolli izlanishlar va tillarni o‘qitishning innovatsion
usullari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. 2020 y. 5-b (I.M.
Tukhtasinov . Linguoculturological approach to translation. Samarkand State
Institute of foreign languages of the Ministry of higher and secondary special
education of the Republic of Uzbekistan . Foreign experience, promising
research and innovative methods of teaching languages. Materials of the
international scientific and practical conference. 2020 y. 5-p)

Библиографические ссылки

Козлова Л.А. Концепт личного пространства и способы его языковой представленности // Вестник Барнаульского педагогического университета, № 3, 2001. – С. 5. (Kozlova L.A. The concept of personal space and ways of its linguistic representation // Bulletin of Barnaul Pedagogical University, No. 3, 2001. – p. 5.)

Бариловская, А.А. Лексическое выражение концепта «Терпение» в истории и современном состоянии русского языка: дис. … канд. фил. наук: 10.02.01 / Бариловская Анна Александровна. – Красноярск, 2008. – 207с. Долгова, И.А. Концептуальное поле «терпение» в английской и русской лингвокультурах: дис канд. фил. наук:

02.20 /. - Волгоград, 2006. - 164 с. (Barilovskaya, A.A. Lexical expression of the concept of "Patience" in the history and current state of the Russian language: dis. ... Candidate of Phil. sciences: 10.02.01 / Barilovskaya Anna Alexandrovna. – Krasnoyarsk, 2008. – 207s. Dolgova, I.A. The conceptual field "patience" in English and Russian linguocultures: dissertation Candidate of Philology: 02/10/20 /. - Volgograd, 2006. - 164 p.)

Давлатмирова, М. Б. Универсальное и этноспецифичное в языковой репрезентации макроконцепта

«Судьба» (на материале таджикского, арабского и шугнано-рушанской группы языков): дис докт. фил. наук:

02.20 / Давлатмирова Манижа Бораковна. - Душанбе, 2019. -388 с. (Davlatmirova, M. B. Universal and ethnospecific in the linguistic representation of the macroconcept "Fate" (based on the material of the Tajik, Arabic and Shugnan-Rushan group of languages): dis. ... Doctor of Phil. sciences: 10.02.20 / Davlatmirova Manizha Borakovna. - Dushanbe, 2019. -388 p.)

Diniy matnlarda “Sabr” konseptining lingvokonitiv tadqiqi. Sh. Mirzaeva Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti. Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-98-108 ( Linguoconitive study of the concept of" patience " in a religious text. Sh. Mirzaeva is a base doctoral student at Andijan State University. Academic research in Educational Sciences Volume 2 / issue 12 | 2021 ISSN: 2181-1385 scientific journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 catalog indexes of international research journals-Cite Factor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-98-108)

O‘zbek tilining izohli lug‘ati .5 jildlik.5-jild.-T.,O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriѐti.2006.411- bet. (Explanatory Dictionary of the Uzbek language .5 volumes. Volume 5.- T., National Encyclopedia of Uzbekistan. State Scientific Publishing House.2006.411-page.)

www.islom.uz

Akbarova Z. A. Konsept va lisoniy ong “FarDU ilmiy xabarlar”, 2020,4-son, 233-234-bet. ( Akbarova Z. A. Concept and linguistic consciousness “FarDU scientific messages", No. 2020.4, pp. 233-234.)

I.M. Tuxtasinov . Tarjimaga lingvokulturologik yondashuv. O‘zbeksiton Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’li vazirligi Samarqand davlat chet tillar instituti . Xorijiy tajriba, istiqbolli izlanishlar va tillarni o‘qitishning innovatsion usullari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. 2020 y. 5-b (I.M. Tukhtasinov . Linguoculturological approach to translation. Samarkand State Institute of foreign languages of the Ministry of higher and secondary special education of the Republic of Uzbekistan . Foreign experience, promising research and innovative methods of teaching languages. Materials of the international scientific and practical conference. 2020 y. 5-p)