ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
160
“AYN-UL HAYOT ”QASIDASINING NASHRLARIDAGI TAFOVUTLAR.
Muxtorova Dildora Istamovna
Matnshunos va adabiy manbashunos .Toshkent shahar Chilonzor tumani 183-
maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15343749
Tayanch so`zlar: “
Devoni Foniy”, to’la asarlar to’plami, mukammal asarlar
to’plami, Asarlar, 15 tomlik, 20 tomlik, 10 tomlik, qasida, asliy matn, nashr,
tafovut, tarjima, qiyosiy tahlil, matniy tafovut.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning “Sittayi zaruriya” qasidasi O’rta
Osiyo , arab va eron xalqlari she’riyatida katta o’rin tutgan .Qasida janri
lirikaning rivojida muhim rol o’ynagan . Qasidago’ylik XIV –XV asrlarga kelib
o’zbek shoirlari orasida keng tarqalgan edi. Sharq adabiyotida qadimgi
davrlardan beri mavjud bo’lgan qasida ,ayniqsa Navoiy va uning zamondoshlari
ijodida yuqori pag’onaga ko’tarildi. Shuning uchun bu davr qasidago’yligi va
uning an’analarini o’rganmay turib ,O’zbek adabiyotining rivoji haqida ,ayniqsa
,Navoiy ijodi haqida tugal bir fikr aytish qiyin. Lekin shunga qaramay
,hozirgacha o’zbek klassik adabiyotida ham bu masala durustroq o’rganilmagan.
XIV-XV –asrlar o’zbek adabiyotida asida va qasidago’ylikka bag’ishlangan
maxsus ilmiy asar bo’lmasada , antologiyalarda ko’rish mumkin.
“Devoni Foniy”da muhim o’rin tutuvchi janrlardan yana biri qasidalardir.
Ularning soni 10 ta bo’lib, ikki turkumni: “Sittai zaruriya” (“Olti zarurat”) va
“Fusuli arbaa” (“To’rt fasl”) qasidalar majmuasini o’z ichiga oladi.
“Sittai zaruriya” olti qasidadan iborat bo’lib, Alisher Navoiy ularning
mavzusi haqida “Muhokamatu-l-lug’atayn”da shunday yozadi: “Bu olti qasida
hamd va na’t va sano va mav’izotdur va ahli tasavvuf va haqiqat tili bila ma’rifat”.
Mazkur majmua 1497 yilda tartib berilgan bo’lib, uni tuzishga Navoiyni avval
ustozi Jomiy, uning vafotidan so’ng esa Sulton Husayn Boyqaro
ilhomlantirgan.
Bu haqda majmuaga yozilgan debochada ma’lumot keltirib o’tiladi.
Na’t qasidada ikki olam sarvari Muhammad (s.a.v.) olam va odamning
murodi sifatida ta’riflanadilar. Unda Payg’ambarimiz (s.a.v.) zoti unsuri pokligi
to’rt unsur (havo, tuproq, suv, olov) talqinida ta’riflanib yeli Masih anfosiga,
tuprog’i bani Isroildan bo’lib Baytul hazanga, suvi tiriklik chashmasi Xizr suviga,
oti esa Isro va Me’roj tafsilotlarining dalili bo’lgan daraxt nuridan shulalangan
Kalomda keltirilgan daraxtga tashbeh etiladi. Na’t ikki olam rahmati
Payg’ambarimiz (s.a.v) va me’roj kechasi bilan bog’liq barcha ta’rif-u tafsilotlari
ma’naviy san’atlar bilan ifodalanadi. Muhammad (s.a.v.)ning ikki kokili ikki qadr
kechasiga, yuzi to’lin oyga o’xshatiladi. Payg’ambarimiz quyoshga, sahobalari
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
161
yulduzlarga qiyoslanadi hamda “Sahobalarim yulduzlar kabidirlar” deb
boshlanadigan hadisga ishora qilinadi. “O’zbek adabiyotida Muhammad
alayhissalom xususida Alisher Navoiy kabi “ko’b” va “xo’b” yozgan shoir
bo’lmasa kerak. Navoiy uchun Muhammad (s.a.v.) maqomi – inson zotining qo’li
yetmas yuksaklik, lekin kamolotning Haqdan jazba orqali inson sa’y-harakati
bilan erishsa bo’ladigan martabalari ham mavjud. Bu – valiylar va oriflar
maqomi. Shunday rutbaga erishgan kishilarni shoir komil insonlar sifatida o’z
asarlarida alohida hurmat va ehtirom bilan tasvirlaydi va Xudodan o’zini ham
o’sha buyuk zotlarga nasib bo’lgan poyaga ko’tarishni so’raydi.
“Foniy Gulshani” da Jamol Kamol tomonidan “Ayn ul-hayot” qasidasining
she’riy tarjimasi berilgan bo’lib ,unda olam sarvari, payg‘ambarimiz Muhammad
(s.a.v.)ning muborak me'rojlari tasvirida go’zal o’xshatishlar bilan ,badiiy
mahoratga erishganligining guvohi bo’lish mumkin.
Parda tortib tun jahonga , to tamanno aylagay ,
Jilvasin ul necha dilbar , moh siymo aylagay .
Ko’kda yulduzlar sanoqsiz yaltiroq qurtlar kabi
Nur sochib olamga bundoq ,zebu noro aylagay .
Osmoniy naqshbandlar yurgizib qudrat qalam
Har zamon ko’k gumbaziga naqsh insho aylagay
1
Na’sh to’kar ko’z yosh Banotning kiftiga oftob uchun ,
Boshda ro’mollarni barcha anbaroso aylagay
Jamol Kamol tarjimada she’riy usulda “aylagay “ so’zini radif qilib
keltirgan va asliy matnda “ afganand “ ya’ni “ tushurmoq” fe’lini ushbu tarzda
tarjimada berishi bilan ma’noda o’zgarish sezilmaydi go’yo. Bu baytlarda ham
sanoqsiz yulduzlar yaltiroq qurtlarga o’xshatiladi. Ushbu baytlarda “tamanno “ ,
“siymo “, “noro”,|”insho” so’zlari qofiya bo’lib kelgan va bayt mazmunining
g’oyaviy ,badiiy sa’viyasiga ta’sir ko’rsatganini ko’rishimiz mumkin .
Qasidada keltirilgan baytda Me’roj voqeasi tunda bo‘lib o‘tganligi
hammamizga ma’lum. Navoiy “ Ayn ul hayot “ qasidasi baytlarini tun tasviri
bilan boshlaydi.
Qasidadagi baytda keltirilgan birinchi baytda kechani – me’roj voqeasi
bo‘lib o‘tgan tunni tun pardadorlari qora chodirlarini yoygan chog’larida oy
yuzli butlar to’dasi ya’ni yulduzlarga jilva qiladilar.
Alisher Navoiyning “Ayn ul hayot “ qasidasining asliy matni Adabiy meros
to’plami va 1992-yilda Tojikistonning Dushanbe shahrida Ali Muhammadiy
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
162
tomonidan “Irfon” nashriyotida bosib chiqarilgan va “Devoni Forsiy “ deya
nomlangan nashrlar solishtirilib ular o’rtasidagi farqlar va tafovutlar aniqlandi.
2
Jamol Kamol tomonidan qilingan she’riy tarjimasi asosidagi “Ayn ul
hayot “ qasidasining ushbu baytlarini tahlil qilamiz :
Shom yorishgaydir go’zallarning sumanso zulfiddin ,
Tong sumanbo’lar uni ko’rganda evoh aylagay.
Sufiy Kunduz qaro tun ko’rpasini tark etib ,
Taylasonin yelkaga tashlab ,xuvaydo aylagay .
Foilotun foilotun foilotun foilun.
Demak, bu bayt bilan boshlanuvchi na't-g‘azal ramali musamman-i
mahzufda yozilgan. Bu vaznning oxirgi bo‘g‘ini cho‘ziq bo‘ladi.
Romal bahri (romal-tuyaning tez va bir maromda yurishi)dagi she'rlar tez
va yengil o‘qiladi. “- V- -“.
Yuqoridagi baytimizda “ sumanso ” va “ xuvaydo “ qofiyalanuvchi so‘z, “
aylagay” esa radifdir.
Alisher Navoiyning “Ayn ul hayot” qasidasi asliy matnini qiyoslash uchun
Ali Muhammadiyning 1993-yil Tojikistonda “Irfon” nashriyotida nashr ettirgan
“Devoni Forsiy”sidan o`rin olgan asliy matn va Toshkentda 1968-yil chop
etilgan Adabiy meros to`plamidagi nashri asos qilib olindi. Ushbu nashrlardagi
asliy matnlar o`zaro taqqoslanib, o`xshash va farqli tomonlari o`rganildi.
T/R
“Devoni Forsiy ” Ali
Muhammadiy nashridagi
o’zgargan so’zlar.
“Adabiy Meros” to’plamidagi
nashridagi o’zgargan so’zlar.
1
Gabro
Kabro
2
So’y
Suy
3
Gar
Kar
4
G’aribon
Karibon
5
Afganand
Afkanand
6
Shabgun
Shabkun
7
Hangoma
Hankoma
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
163
Ilmiy –nazariy adabiyotlar:
1. Бекова Н. Алишер Навоий шеъриятида ҳамд поэтикаси. – Тошкент: Фан,
2006. –147 б.
2. Бекова Н. Навоиёна ҳассослик. – Тошкент: Фан, 2007. –78 б.
3. Б.Валихўжаев Мумтоз сиймолар. I жилд. – Тошкент: Абдулла қодирий
номидаги халқ мероси нашриёти, 2002. – 304 б.
4. Б.Валихўжаев Мумтоз сиймолар. II жилд. – Тошкент: Абдулла қодирий
номидаги халқ мероси нашриёти, 2002. – 175 б.
5. Воҳидов Р. XV асрнинг иккинчи ярми XVI асрнинг бошларида ўзбек ва
тожик шеърияти /Адабий алоқа ва ўзаро таъсир масалалари/. – Тошкент:
Фан, 1983. – 141 б.
6. Ҳабибуллаев А. Адабий манбашунослик ва матншуносликнинг назарий
масалалари. – Тошкент: 2012 168 б.
7. Воҳидов Р. Шарқнинг буюк алломаси. – Тошкент: Фан, 1989. – 72 б.
8.
Gar sadoyi
Kar sadoyi
9.
Agar
Akar
10.
Labtashnagon - tashnalablar
Labtashnakon -
11.
Osudagi یگدوسا
Osudaki لالؤسا
12.
نودرگ
gardu
Kardun
نؤدرك