Авторы

  • Ozod Azimov
    SаmDU Urgut filiаli Pedаgоgikа vа jismоniy mаdаniyаt kаfedrаsi o‘qituvchisi
  • Gulsanam Iboyeva
    SаmDU Urgut filiаli talabsi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.84804

Аннотация

Jahon miqyosda ekologik muammolar va estetik ong o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tobora ortib bormoqda. Zamonaviy jamiyatda ekologik ong va estetik madaniyat yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ekologik inqiroz natijasida insoniyat tabiatga bo‘lgan munosabatini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lmoqda. Shu bois yoshlarning ekologik estetik ideallarni qabul qilish madaniyatini shakllantirish dolzarb masalaga aylangan. Bugungi globallashuv jarayonida ekologik tafakkur va estetik qadriyatlarning uyg‘unligi ekologik barqarorlik, madaniy merosni asrash va tabiiy muhitni go‘zallik timsoli sifatida qabul qilishni o‘rgatish bilan bevosita bog‘liq. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan davlatlarda ekologik ta'lim va estetik madaniyat integratsiyasi orqali yoshlar ongida ekologik mas’uliyat hissi kuchaytirilmoqda.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

137

YOSH AVLODNING EKOLOGIK VA ESTETIK MADANYATINI

SHAKLLANTIRISHNI ILMIY –PEDAGOGIK ASOSLARI

Azimov Ozod Mamatkulovich

SаmDU Urgut filiаli Pedаgоgikа vа jismоniy mаdаniyаt

kаfedrаsi o‘qituvchisi

Email: ozodazimov196@gmаil.com

Tel: +998995840790

Iboyeva Gulsanam akmal qizi

SаmDU Urgut filiаli talabsi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15343379

Jahon

miqyosda ekologik muammolar va estetik ong o‘rtasidagi o‘zaro

bog‘liqlik tobora ortib bormoqda. Zamonaviy jamiyatda ekologik ong va estetik
madaniyat yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Ekologik inqiroz natijasida insoniyat tabiatga bo‘lgan munosabatini qayta ko‘rib
chiqishga majbur bo‘lmoqda. Shu bois yoshlarning ekologik estetik ideallarni
qabul qilish madaniyatini shakllantirish dolzarb masalaga aylangan. Bugungi
globallashuv jarayonida ekologik tafakkur va estetik qadriyatlarning uyg‘unligi
ekologik barqarorlik, madaniy merosni asrash va tabiiy muhitni go‘zallik timsoli
sifatida qabul qilishni o‘rgatish bilan bevosita bog‘liq. Jahon tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, rivojlangan davlatlarda ekologik ta'lim va estetik madaniyat
integratsiyasi orqali yoshlar ongida ekologik mas’uliyat hissi kuchaytirilmoqda.

Dunyo mamalakatlarining nufuzli universitetlarda falsafa va ekologiya

sohalarida ilg‘or tadqiqotlar olib borishi, ushbu mavzuning nazariy va
metodologik jihatlarini yanada chuqurlashtirishga yordam beradi. U yerda turli
yo‘nalishlar bo‘yicha yetuk olimlar hamkorligida interdisipliner yondashuvni
amalga oshirish, tadqiqot natijalarini xalqaro miqyosda tanitish imkoniyatlari
yaratiladi yoshlar orasida ekoestetik ideal va go'zallikni qabul qilish
madaniyatini shakllantirishning falsafiy xususiyatlarini o‘rganish orqali nafaqat
nazariy bilimlarni boyitadi, balki amaliy tadbirlar, tarbiyaviy metodlar va
madaniyat siyosatining takomillashtirishida ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bu yo‘nalishda olib boriladigan tadqiqotlar nafaqat yosh avlodning
dunyoqarashini shakllantirish, balki kelajakda ekologik va estetik qadriyatlarni
mustahkamlash uchun mustahkam nazariy poydevor yaratish imkonini beradi.
“Eng muhim masala - aholining ekologik madaniyatini oshirish haqida jiddiy
bosh qotirishimiz zarur. Albatta, bunday muammolarni faqat ma’muriy yo‘l bilan
hal etib bo‘lmaydi, bunga yosh avlod qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat, unga
daxldorlik hissini tarbiyalash orqali erishish mumkin. …Ushbu yo‘nalishda
fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

138

tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari bilan jamoat ekologik nazoratini
amalga oshirishda hamkorlik qilish samarasini ta’minlashga doir
muvofiqlashtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish zarur”

1

.

Oʻzbekistonda ekologik madaniyat, goʻzallikni estetik idrok qilish va

ekoestetik idealni shakllantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Global ekologik inqiroz sharoitida yosh avlod ongida atrof-muhitni asrab-
avaylash, estetik qadriyatlarni anglash va goʻzallikni ekologik jihatdan idrok
qilish tushunchalarini shakllantirish zaruriyati ortib bormoqda. Bugungi kunda
jamiyatning maʼnaviy rivojlanishi ekologik ong va estetik idrokning uygʻunligi
bilan chambarchas bogʻliqdir. Tabiatni muhofaza qilish malaka va
ko‘nikmalarini shakllantirish orqali yoshlar nafaqat nazariy bilimga ega bo‘ladi,
balki amaliy tajriba orttiradi. Ekoturizmni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy
loyihalar va innovatsion yondashuvlar yoshlar ongida yangi qarashlar, ijodiy
fikrlash va tashabbuskorlikni shakllantiradi. Bu esa, o‘z navbatida, xalqaro
imidjni mustahkamlashga xizmat qiladi. Tabiiy boyliklarni va
madaniy yodgorliklarni targ‘ib qilish orqali, yoshlar orasida milliy o‘zlikni
anglash va qadrlash, ekologik barqarorlikni ta’minlashda ijtimoiy faollik
kuchayadi. Ekoturizmning kengayishi va xizmatlar sifatini takomillashtirish,
davlat va mahalliy hamjamiyat o‘rtasida mustahkam hamkorlikni ta’minlash,
shuningdek, ilmiy-tadqiqot salohiyatining oshishiga zamin yaratadi. Umuman
olganda, falsafiy nuqtai nazardan yoshlar orasida ekoestetik idealni
shakllantirishning nafaqat estetika va go‘zallikni qadrlash, balki ekologik ong,
madaniy qadriyatlar va barqaror rivojlanish prinsiplariga asoslanganligini
ko‘rsatadi. Ekoturizmning rivojlanishi, O‘zbekistonning tabiiy va madaniy
potensialini xalqaro turistik bozor orqali namoyish etish, hamda ekologik ta’lim
tizimini yangilash orqali, yoshlar ongida mustahkam falsafiy asoslar yaratilib, bu
esa uzoq muddatli ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarga turtki bo‘ladi. Bu
jarayonlarda, yosh avlodni ekologik ma'naviyatga, tabiatni sevish va unga
hurmat ko'rsatishga o'rgatish alohida ahamiyatga ega. Ekoestetik qadriyatlar –
tabiatni estetik, ma'naviy va madaniy jihatdan qadrlash, uning go'zalligini
anglash va unga nisbatan mas'uliyatli munosabatda bo'lishni o'z ichiga oladi. Shu
bilan birga, ekoestetik qadriyatlarni yoshlar tarbiyasida singdirish, ularning
ekologik ongini shakllantirish, atrof-muhitga bo'lgan ehtiromni oshirishga
yordam beradi. Bunda ekologik kopetensiya muhim o‘rin tuadi. Zero, “Ekolоgik
kompetensiyani imkoniyatlar. Bunday qarama-qarshiliklar ekоlogik faoliyatda


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

139

hal etiladi. Ularning obyekti, predmeti va mazmuni ta‘lim mazmuning tarkibiy
qismalari sifatida taqdim etilib, ekolоgik kompetensiyani ko’rsatib o’tadi”

Аvvalombor,

yoshlarimizda

ekologik

madaniyat

saboqlarini

shakllantirishda kattalarning tabiatga, atrof-muhitga boʼlgan munosabati katta
oʼrin tutadi. Otaonalarning atrof-muhit tozaligini saqlashga boʼlgan doimiy
eʼtibori, sayʼharakatlarini koʼrgan va his qilgan bolalar, ular orqasidan
ergashishga harakat qilishadi, ulardan namuna va oʼrnak oladilar. Erta bahorda
hovli va koʼchada oila davrasida birgalikda daraxt ekish, uni parvarish qilish,
obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, hovlini
obod qilish har bir bola uchun yaxshi namuna maktabini oʼtaydi hamda atrof-
muhitga boʼlgan ezgu va bunyodkorlik munosabatini belgilashda zamin yaratadi.
Bolalarning maktabda olgan tabiat haqidagi bilim va saboqlarini ota-onalar
ularga kundalik hayotda rioya qilishlarini va amalda tatbiq etishlarini
tushuntirishlari lozim. Farzandlarimiz munosabatida isrofgarchilik alomatlariga
aslo yoʼl qoʼymaslik, uni oldini olish, tejamkorlik va tadbirkorlik xislatlarini
yoshligidanoq singdirish zarur. Tabiat tuganmas xazina emas, koʼplab tabiat
boyliklari tiklanmaydi. Dunyo hamjamiyati oldida turgan muhim vazifalardan
biri hozirgi va kelajak avlod uchun toza, sogʼlom, xavfsiz atrof-muhitni yaratish
masalasi hisoblanadi. Barqaror rivojlanish zaminida aynan hozirgi va kelajak
avlodlar manfaati – bolalar, farzandlarimiz manfaati, ularni xavf ostiga
qoʼymaslik, ular uchun toza, sogʼlom va xavfsiz atrof-muhit va farovon hayot
yaratish masalasi turganligini aytib oʼtish joiz.

Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati:

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. -Toshkent: O‘zbekiston, 2021.
-B.392.
2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash-yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi . Toshkent, “Oʼzbekiston”, 2017.
3. Axmedov A. Ekologiyaning ijtimoiy-falsafiy muammolari. Uslubiy qo‘llanma. –
Samarqand: 2015. – bet 146.
4. Вернадский В. И. Химическое строение биосферы Земли и её окружения
– М.: Наука, 2001. – Стр. 277.
5. Журавлев А.Л., Кольцова В.А., Олейник Ю.Н. История отечественной и
мировой психологической мысли: судбы ученых, динамика идей,
содержание концепций. М.: Изд-во «Институт психологии РАН», – 637 с.
6. Boltayev O., Pardaboyev Sh. O‘quvchilarda ekologik mas’uliyat va madaniyatni
shakllantirish ushullari. Вестник магистратуры. 2021. № 2-1 (113). ISSN
2223-4047


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

140

7. Nuriddinova M.I. "Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi" Cho'lpon nashriyoti
Toshkent 2005. – bet 142.
8 .Sattorov M.D. Yoshlar ongida tabiatga estetik munosabatni shakllantirishning
ijtimoiy-falsafiy masalalari. Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (DhD)
dissertatsiyasi avtoreferati. Samarqand: 2023. Bet 51.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. -Toshkent: O‘zbekiston, 2021. -B.392.

Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi . Toshkent, “Oʼzbekiston”, 2017.

Axmedov A. Ekologiyaning ijtimoiy-falsafiy muammolari. Uslubiy qo‘llanma. – Samarqand: 2015. – bet 146.

Вернадский В. И. Химическое строение биосферы Земли и её окружения – М.: Наука, 2001. – Стр. 277.

Журавлев А.Л., Кольцова В.А., Олейник Ю.Н. История отечественной и мировой психологической мысли: судбы ученых, динамика идей, содержание концепций. М.: Изд-во «Институт психологии РАН», – 637 с.

Boltayev O., Pardaboyev Sh. O‘quvchilarda ekologik mas’uliyat va madaniyatni shakllantirish ushullari. Вестник магистратуры. 2021. № 2-1 (113). ISSN 2223-4047 

Nuriddinova M.I. "Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi" Cho'lpon nashriyoti Toshkent 2005. – bet 142.

.Sattorov M.D. Yoshlar ongida tabiatga estetik munosabatni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy masalalari. Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (DhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Samarqand: 2023. Bet 51.