Авторы

  • Dilso’z Ismatova
    Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Logopediya yo’nalishi 1- kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.84807

Ключевые слова:

Dizartriya monologik nutq tafakkur artikulyatsion mashqlar fonatsiya lug’at boyligi hikoya tuzish.

Аннотация

Ushbu maqola dizartrik  monologik nutqini rivojlantirish uning turli jihatlarini organishga qaratilgan bo’lib korreksion pedagogik ishlar tizimini to’g’ri tashkil etish haqida ma’lumot beradi . Maqolada korreksion pedagogik ishlar tizimini to’g’ri tashkil etish bosqichlari shuningdek zamonaviy logopedik bilim ko’nikmalarni qo’llash kabi jarayonlar haqida soz yuritiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

121

DIZARTRIK BOLALARNING MONOLOGIK NUTQINI

RIVOJLANTIRISH

Ismatova Dilso’z

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Logopediya

yo’nalishi 1- kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15340513

Annotatsiya.

Ushbu maqola dizartrik monologik nutqini rivojlantirish

uning turli jihatlarini organishga qaratilgan bo’lib korreksion pedagogik ishlar
tizimini to’g’ri tashkil etish haqida ma’lumot beradi . Maqolada korreksion
pedagogik ishlar tizimini to’g’ri tashkil etish bosqichlari shuningdek zamonaviy
logopedik bilim ko’nikmalarni qo’llash kabi jarayonlar haqida soz yuritiladi.

Kalit so’zlar:

Dizartriya, monologik nutq, tafakkur, artikulyatsion

mashqlar, fonatsiya , lug’at boyligi,hikoya tuzish.

Аннотация.

Данная статья посвящена изучению различных аспектов

развития монологической речи у детей с дизартрией, а также вопросам
правильной организации системы коррекционно-педагогической работы.
В статье подробно рассматриваются этапы построения коррекционной
деятельности и использование современных логопедических знаний и
навыков в этом процессе.

Ключевые слова:

Дизартрия, монологическая речь, мышление,

артикуляционные упражнения, фонация, словарный запас, составление
рассказа.

Abstract.

This article explores various aspects of the development of

monologic speech in children with dysarthria and addresses the effective
organization of correctional pedagogical work. It discusses the stages of
establishing a systematic correctional approach and highlights the application of
modern speech therapy knowledge and skills throughout the process.

Keywords:

Dysarthria, monologic speech, thinking, articulatory exercises,

phonation, vocabulary, story composition.

Bugungi kunda logopediya sohasida nutq buzilishlarini erta aniqlash va

ularni tuzatishga qaratilgan ilmiy-amaliy izlanishlar alohida ahamiyat kasb
etmoqda. Ayniqsa, dizartriya tashxisli bolalarning nutqiy faoliyatini
rivojlantirish, ularning ijtimoiylashuv jarayoniga to‘laqonli qo‘shilishini
ta’minlash uchun muhim shartlardan biridir. Dizartrik bolalar nutq a’zolarining
innervatsiyasi va motorikasi buzilishi sababli, og‘zaki ifoda qilish, ayniqsa
monologik nutqni shakllantirishda sezilarli qiyinchiliklarga duch keladilar.

Dizartriya — bu markaziy yoki periferik nerv tizimi shikastlanishi

natijasida yuzaga keladigan nutqning talaffuz, tempo, ritm, intonatsiya, nafas va


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

122

ovoz chiqarish jarayonlariga ta’sir etuvchi buzilishidir. Bunday bolalarda
artikulyatsion apparatning muskullarida kuchsizlik, sust harakat, va
koordinatsiyaning buzilishi kuzatiladi. Bu esa monologik nutqni rivojlantirishda
jiddiy to‘siqlar kuzatiladi.

2. Monologik nutq va uning ahamiyati

Monologik nutq — bu shaxsning mustaqil tarzda fikrini bayon qila olish

qobiliyatidir. Bu ko‘nikma bolalarning tafakkur, emotsional va ijtimoiy faolligini
rivojlantiradi. Dizartrik bolalarda monologik nutq rivojlanmaganligi sababli, ular
o‘z fikrini ifoda etishda qiynaladilar, bu esa maktabgacha va maktab ta’limida
muammolarga olib keladi.Bunday hollarda birmuncha ta’lim moslashishda ham
muammolar keltirib chiqaradi va bu bolalarning psixologik va ruhiy holatiga
ham o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi.

3. Monologik nutqni rivojlantirish usullari

Dizartrik bolalarda monologik nutqni rivojlantirish uchun logopedik ish

quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:

Artikulyatsion mashqlar: lab, til, yumshoq tanglay harakatlarini

faollashtirish.Bunda mashg’ulotlarda artikulyatsion mashqlar yordamida
bolaning artikulyatsiyasini tayyorlaymiz turli xil metodikalar o’yinlar orqali.

Nafas olish va fonatsiya mashqlari: nutq nafasini boshqarish, ovoz kuchini

oshirish.Nafas mashqlariga alohida urg’u beramiz .

So‘z boyligini oshirish: mavzuli suratlar asosida hikoya tuzish, bog‘lovchi

so‘zlardan foydalanish.Bu bosqichda lug’at boyligini oshirish va kengaytirish
ustida ishlanadi .

Matn bilan ishlash: kichik matnlarni eshitib qayta bayon qilish, rasm

asosida hikoya tuzish.

Dialogdan monologga o‘tish: savol-javob shaklida boshlanib, mustaqil

hikoya qilishga o‘tish.

Bu bosqich ham juda katta ahamiyatga ega ya’ni bola mustaqil ravishda

hikoyalarni so’zlab berish ko’nikmasini shakllantirsh.

Amaliy tajriba ko‘rsatadiki, tizimli logopedik mashg‘ulotlar orqali dizartrik

bolalarda og‘zaki nutq faolligi ortadi, monologik bayon qilishga qiziqish paydo
bo‘ladi. Rivojlantiruvchi o‘yinlar, ko‘rgazmali materiallar va vizual
tayanchlardan foydalanish metodik samaradorlikni oshiradi.

Xulosa

Dizartrik bolalarda monologik nutqni rivojlantirish — bu murakkab va

bosqichma-bosqich olib boriladigan jarayon. Logopedik ishlar nafaqat
artikulyatsiya va fonatsiyani yaxshilaydi, balki bolalarning fikrlash, eslab qolish


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

123

va muloqotga kirishish qobiliyatini ham rivojlantiradi. Shu bois, logopedlar,
defektologlar va pedagoglarning uzviy hamkorligi orqali bu yo‘nalishdagi
ishlarni samarali tashkil etish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ахутиной Т.В., Тумановой Т.А. «Логопедия. Нарушения речи у детей»

– Москва, 2015.
2.

Жаркова Н.Е. «Коррекционная работа при дизартрии у детей» –

Санкт-Петербург, 2012.
3.

Розенберг Л.А. «Методика развития связной речи у дошкольников с

речевыми нарушениями» – Москва, 2018.
4.

Mamatova S.A. «Logopediya asoslari» – Toshkent, 2020.

5.

Qodirova G.T. «Maxsus pedagogika» – Toshkent, 2019.

Библиографические ссылки

Ахутиной Т.В., Тумановой Т.А. «Логопедия. Нарушения речи у детей» – Москва, 2015.

Жаркова Н.Е. «Коррекционная работа при дизартрии у детей» – Санкт-Петербург, 2012.

Розенберг Л.А. «Методика развития связной речи у дошкольников с речевыми нарушениями» – Москва, 2018.

Mamatova S.A. «Logopediya asoslari» – Toshkent, 2020.

Qodirova G.T. «Maxsus pedagogika» – Toshkent, 2019.