ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
132
O`QITUVCHINING INNOVASION FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH
SHARTLARI
Chinaliyeva Ayjamal
Nizomiy nomidagi TDPU doktaranti
Umirzakova Nurg`aysha
Nizomiy nomidagi TDPU talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15361969
Annotatsiya:
Mazkur maqolaning asosiy mazmunini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
innovatsion faoliyatga tayyorlash bo‘yicha o‘rganilgan nazariy va ilmiy-amaliy
ma’lumotlar asosida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limdan foydalanish hamda
foydalanishdan ko‘zlanadigan maqsadlar haqidagi fikr-mulohazalar boyitadi.
Аннотация:
Основное содержание статьи обогащено мнениями о применении
персонализированного образования и целях его использования на основе
теоретических и научно-практических данных по подготовке учителей
начальных классов к инновационной деятельности.
Annotation:
The main content of this article is enriched by reflections on the use of
person-centered education and the goals of its use, based on the theoretical and
scientific-practical data studied on the preparation of primary school teachers
for innovative activities
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar faqatgina xalq
manfaatlari uchun, uning baxt-saodati uchun xizmat qilmoqda. Shu bois ham biz
buni «Mustaqillik in'omi», «Mustaqillik imkoniyatlari» deya baralla aytishimiz
mumkin. Chindan ham biz muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida qadrimiz,
qadriyatlarimiz, qaddimiz tiklanayotgan davrda yashayotgan ekanmiz, yosh
avlodni - o‘sib-ulg‘ayib kelayotgan bolajonlarimizni ilk yoshdan boshlab milliy
urf-odatlarimiz, qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida-Milliy dastur talablari
asosida kamolga yetkazmog‘imiz lozim.
Miliiy dastur — bu milliy modeldir. Me'yoriy hujjatlarning har birida ta'lim
jarayonini isloh etish, buning uchun yangidan-yangi taklif va mulohazalar,
tajriba va sinovlarni dadil ishga solish va ularning natijalarini umumlashtirish
ko‘zda tutilgan. Bu nafaqat O‘zbekiston, balki jahon ta'lim tizimi tarixida ham
misli ko‘rilmagan hodisadir.
Ta'lim-tarbiya tizimida keng yo‘lga qo‘yilayotgan pedagogik texnologiyalar,
pedagoglar tomonidan ilg‘or texnologiyalar mohiyatining anglab yetilishiga
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
133
erishish, shuningdek, ularda ijodiy yondashuv asosida faoliyat yuritish ko‘nikma
va malakalarini shakllantirish eng muhim vazifalardan sanaladi.
Shunday ekan, pedagogning ish ko‘lami kengayib bormog‘i kerak.
Darhaqiqat, bu vazifa bugungi kunda o‘qituvchining asosiy faoliyatiga aylandi.
O‘qituvchidagi intellektual salohiyat - ishchanlik, mehnatsevarlik, ijodkorlik
xususiyatlari ta'lim mazmunining boyishida alohida va muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Ta'lim jarayonida ilg‘or texnologiyalarning yangi-yangi usullarining
qo‘llanilishi darslarning rang-barang qiziqarli tarzda o‘tishiga olib keldi, o‘quv
materiallarining chuqur o‘zlashtirilishiga ham keng imkoniyatlar yaratdi.
Qolaversa, umumiy o‘rta talim maktablari ham yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanish borasida katta imkoniyatlarga ega.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, quyidagi maqolamiz har bir
o‘qituvchining o‘qitishning ilg‘or, samarali usullariga, yangilik tarzidagi
uslublarga tayyor bo‘lishi xususida boradi.
Pedagogikada innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion pedagogika,
ta'limda innovatsion jarayonlarni boshqarish kabi tushunchalar
XX asrning 60-yillarida dastlab, AQSh va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida
«ta'lim texnologiyasi» tushunchasi e'tirof etilgan vaqtda paydo bo‘ldi, o‘sha
vaqtdayoq Yevropada pedagogik innovatsiyalar markazi va instituti tashkil
etildi. Bu tushunchalarning paydo bo‘lishi va innovatsion ta'lim nazariyasining
yaratilishi to‘g‘risida ma'lumot beruvchi manbalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, bu
tushunchalar ta'lim tizimini texnologiyalashtirish, pedagogik texnologiyalarni
ta'lim tizimiga kiritish orqali ta'lim tizimini isloh qilish; ta'lim samaradorligini
oshirish,
shaxs
ijtimoiylashuvini
ta'minlash,
bu
borada
muayyan
muvaffaqiyatlarga erishish uchun ta'lim jarayonida bolaga do‘stona
munosabatlarni shakllantirishga urinish natijasida vujudga keldi
Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida o‘tgan asrning 80-yillari
ikkinchi yarmida pedagogik faoliyat bu - ijodiy jarayon va pedagogik
innovatsiyalar birlashmasi, degan yangi ilmiy yo‘nalish tarkib topdi. Bu esa
o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatining shakllanishi va rivojlanish
jarayonini tahlil qilish imkonini berdi.
«Innovatsion pedagogik faoliyat» deb bir necha bor tilga olmoqdamiz.
Innovatsiya» so‘zining ma'nosi nima? Bu so‘z inglizcha «inoveyshin»
so‘zidan olingan bo‘lib, yangiliklar kiritish, degan ma'noni bildiradi. Ta'lim
tizimidagi innovatsiyalar, ularni amaliyotga tadbiq etish, innovatsion
faoliyatlarni tahlil qilish orqali bu faoliyat tushunchasini ta'riflash imkoniyati
paydo bo‘ldi. Demak, innovatsion faoliyat - pedagogik jamoani harakatga
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
134
keltiruvchi, olg‘a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir. Bu faoliyat uzluksiz
ravishda yangiliklar asosida ishlab, uni takomillashtirib berishdan iboratdir.
Biroq ta'lim tizimidagi har qanday yangilik yohud har bir yangilik ham
innovatsiya bo‘lolmaydi. Sabab: agar faoliyat jarayonidagi yangilik qisqa
muddatli bo‘lsa, ustiga-ustak tizimdagi ayrim elementnigina o‘zgartirsa, u
innovatsiya emas, «novatsiya» hisoblanadi. Shunday ekan, o‘qituvchining darsi
qiziqarli, samarali o‘tishi uchun u pedagogik innovatsiyalarning yangi-yangi
uslublarini izlab topishi, uni chuqur tahlillar ostida eng samaralisini tanlab olishi
hamda amaliyotda qo‘llashi lozim. Buning uchun u eng avvalo, innovatsiyalar
haqida aniq ma'lumotlar jamg‘armasini yaratishi zarur. Nafaqat yaratishi,
to‘plashi, balki uni tasvirlab, tushuntirib, ifodalab ham bera olishi kerak. Ular
yarim yillik bo‘yicha metodik tavsiyalar va qoidalar sifatida taqdim etilishi ham
mumkin. Chunki innovatsion faoliyatning miridan-sirigacha hammasi yozib
kiritilmaydi, ular o‘z-o‘zidan ma'lumdek, tushunarlidek taassurot uyg‘otadi.
Ularning barchasi jonli faoliyatda namoyish etiladi. Demak, yangilik kiritish
jarayonida qabul qilingan modelni amaliy qo‘llaniladigan dasturga aylantirish
uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatga tayyorgarlik uzluksiz ravishda yangiliklar asosida
ishlash bo‘lib, u juda uzoq vaqt davomida mukammallashib boradi va bunda u
pedagog-olimlar fikrlariga tayangan holda ish olib boradi. Bu faoliyatning
zarurligini o‘qituvchi tushunib yetishi, innovatsiya kiritishga qaratilgan
harakatlar samara keltirishiga ishonishi lozim. O‘qitishning bu usuli orasida
didaktik o‘yinlar va obrazli o‘quv o‘yinlari ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Didaktik o‘yinlarning metodik asoslari 4 bosqichni qamrab olgan: o‘rganiladigan
mavzuning tanishtirilishi, o‘yin jarayonining yaxlit ko‘rinishi, stsenariydagi
holatlar bayoni (darhaqiqat, bunday o‘yinlarni o‘tkazishda eng katta ahamiyat
uning ssenariysining yozilish darajasiga qaratiladi), jumladan, stsenariyda o‘yin
sharoitlari tasvirlanishi, o‘yin ishtirokchilari harakatlari yoki holatlarining ishlab
chiqilishi, ularga metodik ko‘rsatmalar yaratish kabi masalalar bayon qilinadi.
Shu asosda o‘yin harakatlari tashkillashtiriladi. Uni o‘tkazishda uchragan
noaniqliklar bartaraf etiladi. O‘yin jarayonidagi barcha muammoli vaziyatni
«yashab o‘tish» o‘yin harakatini yanada ochib beradi.
Bundan tashqari pedagogning innovatsion tayyorgarligida bolalar bilan
muloqot - dialog, sherikchilik, maqol-matallardan foydalanish, topishmoqlarni
qo‘llash,
hududiy
o‘yinlardan,
ashulalardan,
hazil-mutoyibalardan
foydalanishning ham ahamiyati benihoya katta. Yana nazorat ishlari, rollarga
ajratib beriladigan o‘yinlar ham sinovdan yaxshi natijalar bilan o‘tgan metodik
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
135
tavsiyalar hisoblanadi. Bularning barchasi o‘qituvchining innovatsion faoliyatga
tayyorgarligida yoki tayyorgarligini oshirishda jiddiy va zaruriy zahira
hisoblanadi.
Zamonamiz kun sayin o‘zgarib borayotgan ekan, eng avvalo, ta'lim sohasi u
bilan hamohang bo‘ladi. Va buning natijasida o‘qituvchidan o‘z faoliyatiga
to‘xtovsiz o‘zgartirishlar kiritishni talab etadi. Ana shulardan kelib chiqqan
holda o‘qituvchining innovatsion faoliyatga tayyorgarligini murakkab jarayon
sifatida baholash mumkin. Chunki yuqorida aytib o‘tilgan usullar o‘qituvchi
tomonidan ijodiy boyitiladi, rivojlantiruvchi axborotlar bilan to‘ldiriladi. Bular
shunchaki gaplar emas, natijasi samarali, tajribadan muvaffaqiyatli o‘tgan,
tasdig‘ini topgan tavsiyalardir. Bunda o‘qituvchi, innovatsion faoliyatning
sub'ekti va tashabbuskori sifatida yangilikni ijodiy izlanish natijasida yaratishi,
uni mohirona hayotga tadbiq etish hamda uni ommalashtirishda markaziy
o‘rinda turishi lozim.
Yuqorida bildirilgan nisbatan umumiy va tor ma'nodagi fikrlardan tashqari
pedagogning innovatsion tayyorgarligini fanlararo tizim, tarixiy, zaruriy va
qonuniy tizim sifatida baholaganda ham uning mohiyatidan kelib chiqiladi.
Pedagogik-psixologik nuqtai nazardan qaralgan innovatsion faoliyatga
tayyorgarlik o‘quvchining barcha-barcha sifatlarini hisobga olib ish ko‘radigan
murakkab jarayondir. Bu jarayonni muvaffaqiyatli poyoniga yetkazish –
ro‘yobga chiqarish keng qamrovli maqsadlarga, qarama-qarshiliklarga, analitik,
axborot va metodologik yo‘nallshlarga tayanishni taqozo etadi. Shu o‘rinda keng
qo‘llanilayotgan ilg‘or, zamonaviy texnologiyalar juda-juda asqotadi, ayniqsa,
innovatsion texnologiyalar. Innovatorlar - yangilik yaratuvchilar esa, shubhasiz,
milliy ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirishda, uni zamon talablari bilan
uyg‘unlashtirishda katta muvaffaqiyatlarga erishishlari tayin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Nisanbayeva, A. (2023). THE IMPORTANCE OF USING INNOVATIVE METHODS
AND APPROACHES IN TEACHING NATIVE LANGUAGE. Science and innovation,
2(B2), 177-178.
2.Masharipova, U. (2021). THE ROLE OF INNOVATION IN CONTINUOUS
EDUCATIONAL SYSTEM. Mental Enlightenment Scientific-Methodological
Journal, 2021(4), 168-176.
3. Нисанбаева, А., & Чиналиева, А. (2022). ШАХС ФАОЛИЯТИДА
МОТИВАЦИЯНИНГ АҲАМИЯТИ. Science and innovation, 1(Special Issue 2),
781-786.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
136
4. Kaldibaevna, N. A. (2022). The System of Learning Word Composition and
Formation in Mother Language Lessons of the Primary Class. Central Asian
Journal of Literature, Philosophy and Culture, 3(10), 48-51.
5. Bakiyeva, X. (2022). BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING NUTQI VA
TAFAKKURINI OʻSTIRISH—TIL TAʼLIMINING DOLZARB MUAMMOSI SIFATIDA.
Prospects of Uzbek applied philology, 1(1).