ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
127
INGLIZ TILINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY AKT DAN
FOYDALANISHNING O’ZIGA XOS YO‘LLARI
Maxmudov Burxonjon Mamirovich
Qo’qon davlat universiteti Akademik litseyi ingliz tili o’qituvchisi
Umarov Jasurbek Jahongir o'g'li
Qo’qon davlat universiteti Akademik litseyi Informatika o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15358355
Annotatsiya:
Ushbu maqolada inglizt tilini o'qitishda kompyuter
texnologiyalaridan foydalanish xususiyatlariga oid mulohazalar keltirilgan.
Asosiy e’tibor axborot texnologiyalaridan nazariy va amaliy foydalanishga va
talabalarning mustaqil ishlarida ingliz tilini o'rganish uchun ushbu
yondashuvning afzalliklari taqdim etilgan.
Kalit so‘zlar:
chet tili, ingliz tili, axborot texnologiyalari, mustaqil ish, AKT,
til.
Аннотация:
В статье изложены соображения относительно
особенностей использования компьютерных технологий в преподавании
английского языка. Основное внимание уделяется теоретическому и
практическому
использованию
информационных
технологий
и
преимуществам данного подхода к изучению английского языка в
самостоятельной работе студентов.
Ключевые
слова:
иностранный
язык,
английский
язык,
информационные технологии, самостоятельная работа, ИКТ, язык
Annotation:
This article presents considerations on the features of using
computer technologies in teaching English. The main focus is on the theoretical
and practical use of information technologies and the advantages of this
approach for learning English in students' independent work.
Keywords:
foreign language, English, information technologies,
independent work, ICT, language
Biz XXI asrni axborot va kommunikatsiya texnologiyalari asri deb nomladik.
Bu bejizga emas, albatta.Chunki biz bu asrda jamiyatning barcha sohalariga
nazar tashlaydigan bo’lsak, yangidan-yangi texnologiyalar, yangidan-yangi
vositalar, texnikalar yordamida barcha ishlar sifatli va samaradorli, tez va oson
amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda zamonaviy kompyuter kommunikatsiya
texnologiyalari, nafaqat, ishlab chiqarish, sanoat, qurilish, kosmosni tadqiq
qilish va hokazo sohalarda, balki ilmiy, o’quv jarayonlarida ham keng tatbiq qilib
kelinmoqda. Hozirgi kunda ta’lim tizimiga masofaviy ta’lim, Internet, Intranet
tizimlari atamalari kirib keldi. Hozirgi kunda o’qituvchilar o’quvchilarga ta’lim
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
128
berishda, ularni o’qitishda zamonaviy axborot kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanib kelmoqda.
Internet – bu jahon kompyuter tarmoqlari majmui bo’lib, zaruriy
ma’lumotlarni qidirishda, turli xil axborot manbalaridagi ma’lumotlardan
foydalanish imkonini berishda uning tutgan roli beqiyosdir. Chet tilini bilish
uchun internet tizimida ko‘plab electron o‘quv dasturlari mavjud bo’lib, chet
tilini o‘qitish jarayonida elektron pochta orqali turli saytlarga a’zo bo’lish
orqalitegishli ma’lumotlardan foydalanish ham juda keng tarqalgan.
Multimedia texnologiyalari chet tilidagi nutqni tinglashga imkon beradi, bu,
shuningdek, so‘zlarni so‘zlarga ajratish va so‘zlarning talaffuzi va imlosini
taqqoslash imkonini beradi. Shuningdek, talabaning aytilgan so‘zini yoki
iborasinikeyingi nazorat va tuzatish uchun yozib olish mumkin. Multimedia
texnologiyalari yordamida tovush kartalari foydalanuvchilarga o‘z nutqlarini
yozib olish va keyin uni so‘zlashuvchilarning talaffuzlari bilan solishtirish
imkonini beradi.
Kompyuterlarning grafik qobiliyatlari rasm yoki animatsiya ko‘rinishidagi
har qanday faoliyat turini ifodalashi mumkin. Bu yangi so‘z boyligini o‘rganishda
ayniqsa muhimdir. Grammatika darslarida AKTdan foydalanish har qanday
mavzuni o‘rganishda juda foydali. To‘g‘ri joylashtirilgan material, muvaffaqiyatli
ishlatilgan ranglar dizayni, jadval va jadvallarni qo‘llash o‘qituvchilarga o‘z
darslarini yanada qiziqarli va rang-barang tarzda o‘tkazishga yordam beradi.
Bundan tashqari, AKT yordamida o‘rganilgan grammatik ko‘nikmalar darajasini
boshqarish yanada qiziqarli bo‘lishi mumkin.
Biz shunday globallashuv jarayonlarida yashayapmizki, bu jarayonda ingliz
tilining tutgan o’rni va ahamiyati kattadir. Ingliz tili Buyuk Britaniya, Kanada,
Amerika Qo’shma Shtatlari, Yangi Zelandiya kabi davlatlarning ona tili bo’libgina
qolmay, balki dunyoning bir qator rivojlangan davlatlarida ikkinchi til va chet tili
sifatida foydalanilmoqda. Shuning uchun ham hozirgi kunda ko’pchilik
tomonidan ingliz tili olamshumul, global, jahon tili deb tan olinmoqda.
Shuningdek, ingliz tili o’qib-o’rganishda, biznesda va o’zaro hamkorlik
maqsadlarida va boshqa bir qator sohalarda haqiqiy manba bo’lib xizmat
qilyapti.
Hozirgi kunda ingliz tilining O’zbekistonda egallagan o’rni, ahamiyati va
maqomi juda ham yuqori darajada deb ayta olaman. Chunki hozirgi axborot va
kommunikatsiya texnologiyalari asrida bu tilni o’rganish zamon talabidir.
O’zbekistonning ta’lim muassasalarida chet tillarini o’qitishga katta e’tibor
berilmoqda. Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatishni ommalashtirishni yangi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
129
bosqichga olib chiqish va sohani rivojlantirish uchun tizimli ishlarni tashkil
etish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlamabarkamol qilib
tarbiyalash, buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida bir qancha qarorlar qabul qilindi.
Xususan, Prezidentimiz chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirishga
bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida 2021-yildan chet tili o‘qituvchilariga
milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi qo’yilishi haqida ta`kidlangandi.
Bu esa biz chet tili o`qituvchilarining yelkasiga ulkan mas`uliyatni yuklaydi. Endi
an’anaviy dars metodlari o`rniga yangi AKTdan foydalangan holda interfaol,
interaktiv usullar asosida dars jarayonini tashkil qilishimiz lozim. Bu ta`lim davr
talabi ham bo`lib, o`qituvchini o`z ustida yana ham ko`proq ishlashga to`g`ri
keladi. Ingliz tilini o’qitishda zamonaviy AKT dan foydalanish juda katta
natijalarga olib keladi, o’quvchilarning ta’lim olish samaradorligini oshiradi.
Bugungi kunda Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan ingliz tilini
o’qitishda foydalanish muvaffaqiyatli natijalarga olib kelmoqda. Olim Grabe
(2005) AKT o’rganuvchilarda motivatsiyani oshiradigan vositadir deb
ta’kidlagan. An’anaviy o’qitish tizimining o’rnini kompyuter texnologiyalaridan
foydalanib, xususan, prezentatsiyalar, fimlar, videolar, qo’shiq yoki musiqa kabi
vositalardan foydalangan holda zamonaviylashgan dars o’tish usuli
egallamoqda. Haqiqatan, bu o’quvchilarning darsga e’tibor bilan, qiziqib
qatnashish samaradorligini oshiradi.
“Ko’plab xalqaro olimlar, xuddi Klark va Marker, Kogan, Hovsara, Korrigan,
Denemark va Nash, Koehler kabilar ta’lim tizimini yangilash, yaxshilash
kerakligi haqida fikr yuritmoqdalar. G. Dudeney va N.Hokli kompyuter
xonasining tuzilishi bevosita mashg’ulotlarning turlariga ta’sir qilib, ular
o‘quvchilarni qay tarzda o’rganishiga,ular o’quvchilarni bir-biri bilan va
o’qituvchi bilan munosabatiga ta’sir ko’rsatadi”(Dudeney,Hokli 2008:8) deb
ta’kidlashgan.
Richardsning fikriga ko’ra, qachonki material va resurslar talabalarning
o’rganish jarayonidagi ehtiyojlari, maqsadlari va o’rganish qulay usullari va
strategiyalariga qarab tanlansa, talabalar ulkan hajmdagi haqiqiy til o’rganish
materiallari va resurslaridan foyda olishi mumkin (2005). Chindan ham ingliz
tilini o’qitish darslarida o’qituvchi har bir talabaga uning darslarni qay tarzda va
qancha darajada o’zlashtirishini hisobga olgan holda darsni tashkil etsa, yaxshi
natijalarga erishish mumkin.Chet tili darsining eng muhim xususiyatlaridan
biri-o’qituvchi va talaba o’rtasidagi o’zaro munosabatning ahamiyat kasb
etishi va an’anaviy chet tili darslarida doimiy muloqotga erishish uchun
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
130
suhbatdosh
yetishmasligidir,
chet
tilida
muloqotlarni
amalga
oshirishimkoniyatlarining cheklanganligidir. Ushbu qiyinchiliklarni bartaraf
etishning eng qulay yo’li chet tili darslarida kompyuterdan foydalanishdir, bu
esa darslar jarayonida bir qator an’anaviy bo’lmagan mashqlarni tashkil etish
imkoniyatini beradiki, ular vositasida darslarni qiziqarliroq o’tkazish natijasida
talabalarning bilim olishga intilish saviyasi bir muncha oshadi.
Chet tili darslarida orfografiya, leksika va grammatikani o’rganishda
komyuterdan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Kompyuterdan foydalanish
ta’limda talabalarningmustaqil ishining tashkil etilishiga ham katta
imkoniyatlar yaratadi. Chet tili darslarida kompyuterdan foydalanish, o’qituvchi
faoliyatiga yangi talablarni qo’yish, o’quv jarayonini ilmiy tashkil etishni talab
qilish bilan birga o’qituvchining ishini bir muncha yengillashtiradi, darsda
samaradorlikning oshishiga sharoit yaratadi.
Xususan, ingliz tilini o’qitishda bir qator yangi AKT texnologiyaridan
foydalanish zarur. An’anaviy o’qitish tizimidan zamonaviy o’qitish tizimiga o’tish
lozim. Talabalarning eshitish mahoratini yaxshilash uchun darslar davomida
ingliz tilidagi qo’shiqlarni yoki ertak, qissa, hikoya, ma’lumot shaklidagi treklarni
(track) eshittirish, videolar, kinolar ko’rsatish orqali talabalarning eshitish va
gapirish mahoratini oshirish kerak. Talabalar prezentatsiyalar tayyorlash orqali
mavzu bo’yicha internetdan ma’lumotlar izlab, o’rganib, prezentatsiya tayyorlab,
uni o’qituvchi va kursdoshlariga darslarda namoyish qilishi kerak. Kompyuterda
mavzu bo’yicha mashqlar bajarish, testlar yechish, o’sha mavzu asosida
kompyuter o’yinlari o’ynash talabalarning o’qish samaradorligini va qiziqishini
oshiradi.
Talabalarning bilim darajasi har xil bo’lib, an’anaviy darslarda o’qituvchilar
talabalarning barchasi bilan muloqot olib borolmaydilar. Bitta talaba bilan
savol-javob o’tkazayotganda, boshqalar zerikib qolishi tabiiy holdir. Agar
talabalar kompyuterda mavzuni o’qib, mavzudan keyin shu asosida mashqlar
ishlasa, yaxshi natija bermasa, yana yaxshi natijaga erishguncha ishlaydi.
Buning natijasida talaba yaxshi natijaga erishish uchun mavzuni qayta-qayta
o’qib, mashq ishlaydi va kompyuter natijani ko’rsatib beradi. Hozir xilma-xil til
o’qitish bloglari yoki ilovalari internetning turli veb saytlari bo’ylab tarqalgan.
Misol uchun aytadigan bo’lsak, Kahoot ilovasi hozirgi xorijiy til o’qitadigan
o’qituvchilar tomonidan darslarda keng qo’llanilmoqda.Kahoot dasturiga
o’qituvchi savollar, topshiriqlar joylashi mumkin va darsda talabalar o’zlarining
telefonlaridan yoki kompyuterlaridan bu dasturga kirgan holda bu
mashg’ulotlarni bajaradi va natijalari bilan tanishib oladi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
131
Biz shunday zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari asrida
yashayapmizki, bunday davrda zamon bilan hamnafas bo’lib, ingliz tilini
o’rganishda qator texnologiyalardan foydalanib, o’rganmog’imiz darkor.
Shundagina biz yuksak natijalarga erishib, o’z kasbimizning ustasi bo’lib
yetishamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Duduney G., Hockly N., (2008). How to teach English with technology-
EdinburgGate, Harlow –P. 8-9.
2.Galyana Kozlakova, Oksana Strelchenko-Information and communication
technologies in teaching and learning English as foreign language.
3.Grabe & Grabe. (2005). Integrating technology for meaningful learning.
USA: Houghton Mifflin.
4.Ghasemi, B., & Hashemi, M. (2011). ICT: Newwave in English language
learning/teaching. Procedia-social and behavioral sciences, 15, 3098-3102.
5.Zepp, R.A., (2005). Teachers perceptions on the roles on educational
technology. Educational Technology & Society. 8 (2): 102-106.
6.Melikova, G. T. (2021). Chet tilini oqitishda yangi texnologiyalardan
foydalanishning ahamiyati va samaradorligi. Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 551-555