ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
122
FIZIKA FANINI KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA
O’QITISHNING AHAMIYATI
Xasanova Xurshida Erkinovna
Qo‘qon davlat universiteti akademik litseyi Fizika fani o'qituvchisi
Axmedova Nigora Orifjonovna
Qo‘qon davlat universiteti akademik litseyi informatika fani o'qituvch
https://doi.org/10.5281/zenodo.15358323
Annotatsiya:
Fizika hamda informatika o’qituvchisidan fundamental bilim
va uni o’qitishning zamonaviy uslubiyotidan yetarli bilimga ega bo’lish talab
etiladi. Shuning uchun fizikani o’qitish uslubiyotida zamonaviy talablarni
e’tiborga olib didaktikaning an’anaviy tomonlarini saqlab qolgan holda
zamonaviy didaktika asosi yangi pedagogik va kompyuter texnologiyalariga
asoslangan ta’lim texnologiyalarini yaratish davr taqozosidir. Mavjud
adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatoqdaki, axborot texnologiyalarining multimedia
vositalari asosida o’quv-materiallarini obrazli ko’rinishda ifodalashdek muhim
imkoniyat mavjud. Ma’lumotlarni matn sifatida emas, balki obrazlar vositasida
taqdim etish axborot texnologiyalarining ta’lim tizimida o’ziga xos inqilobiy
jarayon ekanligidan dalolat beradi.
Kalit so'zlar:
Obrazlar vositasida taqdim etish, fizika fanidan fundamental
bilim, informatika, kompyuter texnologiyalar, o’qitish.
Аннотация:
От учителя физики и информатики требуется
достаточный уровень фундаментальных знаний и современных методов
обучения.
Поэтому
актуальной
задачей
является
создание
образовательных технологий на основе новых педагогических и
компьютерных технологий, учитывающих современные требования к
методике преподавания физики, при сохранении традиционных аспектов
дидактики. Анализ существующей литературы показывает, что
существует важная возможность наглядного представления учебных
материалов на основе мультимедийных средств информационных
технологий. Представление информации посредством изображений, а не
текста демонстрирует, что информационные технологии являются
революционным процессом в системе образования.
Ключевые слова:
Презентация через образы, фундаментальные
знания физики, информатика, компьютерные технологии, преподавание.
Annotation:
A physics and informatics teacher is required to have
sufficient knowledge of fundamental knowledge and modern teaching methods.
Therefore, taking into account modern requirements in the teaching
methodology of physics, while preserving the traditional aspects of didactics, the
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
123
need for the creation of educational technologies based on new pedagogical and
computer technologies is a requirement of the time. An analysis of the existing
literature shows that there is an important opportunity to represent educational
materials in a figurative form based on multimedia tools of information
technologies. The presentation of information not as text, but as images
indicates that information technologies are a kind of revolutionary process in
the education system.
Keywords:
Presentation through images, fundamental knowledge of
physics, informatics, computer technologies, teaching.
Ta’lim jarayonida fizika kursining umumiy ta’lim predmetlari orasidagi
o’rni va uni boshqa fanlarga nisbatan tutgan mavqeiga ko’ra aniqlanadi. Fizika
kursi nazariy fan bo’lib, uning asosini fundamental na’zariyalar, qonunlar va
ilmiy tushunchalar tashkil etadi. Fizika tez sur’atlar bilan rivojlandi, jumladan
Nyuton mexanikasi, relyativistik mexanika, kvant mexanikasi kabi fundamental
nazariyalar yaratildi. Bu esa birinchidan hozirgi fizika o’rganadigan hodisalarni
sonini ko’paytirib yubordi. Ikkinchidan fanning rolini ko’tardi. Fizik nazariyalar
boshqa, tabiiy fanlarning, masalan kimyo, elektrotexnika, radiotexnika, gazlar
dinamikasi, elektronika kabilarning asosi bo’lib qoldi. Ularning ko’pchiligi
alohida fan bo’lib ajralib chiqdi. Fizikada ochilgan qonunlar universal bo’lib uni
hozirgi tabiiy fanlar ichida yetakchi darajaga ko’tardi. Yuqorida aytilganlardan
ko’ramizki, fizikani bilmasdan to’la qiymatli ta’lim ma’lumotini tasavvur qilib
bo’lmaydi. Boshqa predmetlar kabi fizika o’qitish ham didaktik maqsadlarni
ya’ni ta’lim-tarbiya va o’quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradi. Ko’rinib
turibdiki, ta’limda fizika o’qitish katta ahamiyatga ega. Fizika o’qitish jarayonida
o’quvchi va talabalar fizikani sanoatda, qishloq xo’jaligida, transportda,
tibbiyotda va boshqa sohalarda qo’llanishlari bilan tanishadilar, o’lchov
asboblari bilan ishlash malakasiga ega bo’ladilar va foydali mehnatga
tayorlanadilar.
Fizikani o’rganish orqali o’quvchilar tabiatidagi qator hodisalar va ularning
Ilmiy asoslanishi bilan tanishadilar, ularga dunyoning moddiyligi haqida ishonch
shakllanadi, dunyoni o’rganishda insonning imkoniyatlari katta ekankigini bilib
oladilar. Natijada ta’lim oluvchilarning mantiqiy fikrlashlari va bilish
qobiliyatlari rivojlanib boradi.
Fizika va unga yaqin fanlarni o’qitish o’quvchilarda quyidagi ta’lim
sifatlarini berishi bilan ajralib turadi:
- ketma-ketligi mantiqiy to’g’ri va oddiydan murakkabga qarab boorish
tamoyiliga rioya qilish;
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
124
- fizik hodisalar va jarayonlarni kuzatish usullari bilan tanishtirish;
-tajriba o’tkazish uning natijalarini hisoblash, xatoliklarni hisoblash
ko’nikmalarini hosil qilish;
-asosiy fizik qonunlar va hodisalarni to’g’ri talqin qilish, ularni masala
yechishda tadbiq etish va tajribaga tekshirib ko’rish ko’nikmalarini hosil qilish;
-oily o’quv yurtida kirish uchun zarur bo’lgan bilim, malaka va ko’nikma
hosil qilish;
-o’quvchilarning fizik tafakkurini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini oshirish
hamda hayotda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni to’g’ri talqin qilishga
o’rgatish;
-hozirgi zamon fizikasini fandagi, hayotdagi, texnikadagi, ekalogiyadagi va
boshqa tarmoqlardagi muammolarni hal etish yo’lidagi roli bilan tanishtirish
kerakligini ko’rsatishdan iboratdir.
Ana shunday ulkan talablarni hisobga olishga o’qitishning diafilm, kinofilm,
radio kabilar bilan bir qatorda kompyuterlarning ham o’rni beqiyosdir. XXI asr
bo’sag’asida kompyuterlashtirish yuqori cho’qqilarni egallagan bir vaqtda,
fanlarni kompyuter dasturlari orqali o’qitishni davr talab qilmoqda. O’quv
jarayonida kompyuterlashtirish katta jadallik bilan kirib kelmoqda. Kompyuter
dasturlari orqali fizik tajribalarni, effektlarni va hodisalarni namoyish qilish
mumkin. Kompyuterdan bilim berishda olgan bilimlarni nazorat qilishda,
fizikadan masalalar yechishda va labaratoriyada keng foydalanish mumkin.
An’anaviy labaratoriyalar, ularga dunyoning moddiyligi haqida ishonch
shakllanadi, dunyoning o’rganishda insonning imkoniyatlari katta ekanini bilib
oladilar. Natijada talim oluvchilarning mantiqiy jikrlashlari va bilish qobiliyatlari
rivojlanib boradi.
Turli xil fizik qonuniyatlarni o’rgatuvchi, parametrlar o’rtasidagi
parametrlar o’rtasidagi bog’lanishni o’rgatuvchi grafiklarni chizuvchi fizik
jarayonlarni tabiatga ro’y berishiga yaqin tarzda amalgam oshiruvchi kompyuter
dasturlari keyingi vaqtda ko’plab tuzilmoqda. Bunday dasturlardan fizika fanini
o’qitishda ham foydalanib kelinmoqda. Umumiy fizika kursi materiali hajmi
jihatdan katta. Bu materiallarning bo’limlari bo’yicha o’qitishda kompyuterdan
foydalanish afzalroq bo’lgan materialni tanlab olish lozim. Masalan fizikaning
“atom va yadro fizikasi” bo’limining o’zidagina o’lchovi angstrem tartibida otom
va elementar zarralar o’rtasidagi jarayonlarni tajribalarni an’anaviy labaratoriya
sharoitida kuzatib bo’lmaydi. Chunki odamning ko’rish qobiliyati sm 8 10−
o’lchovidagi nozik majmuani ko’rishga qodir emas. Vaholanki, bu jarayonlarni
kompyuterda mul’tiplikatsiya tarzida kuzatish mumkin.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
125
Keyingi vaqtda o’qitishni yanada takomillashtirish uchun “elektron
darslik”lar yaratish to’lda qo’yilmoqda. Bundan o’qituvchilar yaxshi
foydalanishlari mumkin. Bu “elektron darslik”larning eng qulay tomoni olisdan
turib boshqarishga mavzuni o’rgatishga imkon beradi. Zamonaviy EHMlarning
yaratilishi juda murakkab masalalarni masalan gidroaerodinamika va issiqlik
almashinuvi masalalarini yechib hayotda kengroq tadbiq etish imkoniyatini
ayrim murakkab tajribalarni modellashtirish imkoniyatini yaratdi. Bu sohadagi
masalalarni EHM yaratilmasidan avval yillar davomida yechish mumkin edi. Ana
shunday kuchli hisoblash mashinalari yaratilishi hech kimning hayoliga ham
kelmagan edi. Birinchi EHMlar yaratilganda quvvatli hisoblash mashinalari faqat
labarotoriya yoki ilmiy institutlarda qo’llanilar edi. EHMlar hajmining
kichrayishi narxining kamayishi esa ularning barcha sohalarda kengroq kirib
kelishiga sabab bo’ldi. EHMlar rivoji amaliy masalalarni yechish va uni amalgam
qo’llaydigan yangi bir necha fanlar qatori hisoblash gidromexanikasi fani va fizik
jarayonlarni matematik modellashtirish imkoniyatini yaratilishiga olib keldi.
Hisoblash usullarining qo’llanishi no’zi ham tubdan o’zgardi. Shu bilan birga
EHMda murakkab masalalarni yechish usullarini yaratish juda ham avj oldi.
Teskor xotirasi katta samarali EHMlar yaratish talabi ham shu masalalarni
yechishda kelib chiqqan. Albatta shu sababli ham ular hisoblash mashinasi deb
yuritilar edi. Hozirgi davrda bu nom juda tor ma’no bo’lib qoldi. Hisoblash
gidroaerodinamikasi fanining asosiy maqsadlaridan biri jarayonlarning asosiy
matematik model yordamida ifodalab ularning sonli usullar va EHM yordamida
yechishni o’rganishdir. Hisoblash deganda matematik model yordamida yechish
tushuniladi. Bu sohada jarayonlar ko’pincha birinchi, ikkinchi va undan yuqori
tartibli differensial tenglamalar (xususiy yoki xususiy bo’lmagan) tenglamalar
sistemasi orqali ifodalanadi. Barcha asosiy qonunlar: uzluksiz (massaning
saqlanish qonuni), harakatning saqlanish qonuni va boshqa qonunlar
(differensial tenglamalar sistemasi) ko’rinishida ifodalanadi.
Matematik model yordamida o’rganishning hozirgi davrda q’llanilishini
asosiy sabablaridan biri EHMni qo’lash bo’lsa boshqa tomondan u material
jihozlar talab qilmaydi va tez har xil variantlarni sonli tajribalar o’tkazish
imkonini berdi. Bundan tashqari shunday jarayonlar mavjudki ularni faqatgina
matematik model yordamida o’rganish mumkin. Masalan, yuqori harorotli
issiqlik masalalari kichik yoki hokazo shunga o’xshash ekologik masalalar
faqatgina matematik model yordamida o’rganishi mumkin bo’ladi.
Ikkinchidan, yani tajriba usuli eng qadimiy usullardan bo’lib ko’p tabiat
qonunlari kuzatish va biror qurilma model andoza yordamida ochilgan va
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
126
o’rganilgan. Bu usul albatta material jihozlar talab qilinishidan tashqari tajriba
qurilmasini yaratishni talab qiladi. Agar yaratilgan qurilma aytgan natijani
bermasa qurilma qismlari almashtirilishi yoki butunlay boshqatdan yaratilishi
kerak bo’ladi. Bu albatta juda ko’p vaqt va material talab qiladi. Shunga
qaramasdan bu usul ham qo’llaniladi. Ko’p hollarda matematik usul bilan
olingan natijalarning to’g’riligiga o’xshash tajriba natijalari bilan taqqoslanadi.
Bu ikki usul ana shunday birbirini to’ldirishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Tursunov Q. Sh. va b. “Fizika o’qitish metodikasi” fanidan o’quv-uslubiy
majmua. Qarshi-2010. Internetdan. 96 b.
2. Uzoqova G. S., Tursunov Q.Sh. Fizika o’qitishning nazariy asoslari. –T.:
O’zbekiston, 2008. 135b.
3. Панов Ю.Д., Егоров Р.Ф. Математическая физика. Методы решения задач.
Учеб. пособие. – Екатеринбург, 2005. – 150 с.
4. Турчак Л.И., Плотников П.В. Основы численных методов: Учеб. пособие –
2-е изд., перераб. и доп. – М.: ФИЗМАТЛИТ, 2003. – 304 с.
5. Tursunov Q.Sh. Fizika o‘qitishda belgili modellar.-Toshkent shahri, j: /Xalq
ta’limi-27-29 b.-№3-4 sonlari, 1994.
6. Tursunov Q.Sh. Fizikadan darslarni rejalashtirish (IX sinf) Metodik qo‘llanma,
T:, 1994. 78 b.
7. Бугалев А.И. Методика перподавания физики в средней школе. –М.:
Просвешение, 1981. 78 с.
8. Жалолов О.И., Хаятов Х.У., Жалолов Ф.И. Delphi муҳитида дастурлаш.
Ўқув-услубий қўлланма. Бухоро.:”Бухоро-Тур-Ризо”, 2008. 154 б.