Авторы

  • Dilnoza Odilova
    Qo‘qon davlat universiteti akademik litsey o‘qituvchilari
  • Zilola Umarova
    Qo‘qon davlat universiteti akademik litsey o‘qituvchilari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.85772

Ключевые слова:

imlo imlo qoidalari mashqlar to‘g‘rilash kakografiya usuli rivojlanishi savod.

Аннотация

Maqolda o‘quvchilarga imlo qoidalarini o‘rgatish, xususan, kakografiya yo‘li, ya’ni maqsadli ravishda xatolarga yo‘l qo‘yilgan matnni o‘quvchilarga tuzatish usuli haqida fikr yuritilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

117

ZAMONAVIY PEDAGOGIK METODLARDAN FOYDALANIB O‘ZBEK

TILINI O‘QITISH MASALALARI

Odilova Dilnoza Abduhamidovna

Umarova Zilola Abdulazizovna

Qo‘qon davlat universiteti akademik litsey o‘qituvchilari

https://doi.org/10.5281/zenodo.15358297

Annotatsiya:

Maqolda o‘quvchilarga imlo qoidalarini o‘rgatish,

xususan, kakografiya yo‘li, ya’ni maqsadli ravishda xatolarga yo‘l
qo‘yilgan matnni o‘quvchilarga tuzatish usuli haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

imlo, imlo qoidalari, mashqlar, to‘g‘rilash, kakografiya usuli,

rivojlanishi, savod.

Аннотация:

В статье представлено обучение учеников правилу

орфографии методом какографии,

в

основе

которого лежит

исправление

ошибок, допускающихся в текстах, целенаправленным

путем.

Ключевые слова:

орфография, правила правописания, упражнения,

коррекция, метод какографии, развитие, грамотность.

Annotation:

The article discusses the question of teaching the students the

spelling rules on the basis of the method of cacography, i.e. the method of
basis of error, correction of the texts which contain errors entered
intentionally.

Keywords:

spelling, spelling rules, exercises, correction, cacography

method, development, literacy.

Bugungi shiddatli davr har bir insondan bolalik chog‘idan boshlab

qunt bilan o‘qish, ilm va hunar o‘rganishni talab etmoqda. Ana shu talab
asosida mamlakatimizda o‘ziga xos ta’lim tizimi yaratildi: “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilindi. Ularda ta’limning
boshqa sohalari qatori ona tili ta’limiga ham alohida o‘rin ajratilgan.

Ona tili o‘quvchini mustaqil fikrlashga, mulohazalarni og‘zaki va yozma

ravishda to‘liq bayon qilishga o‘rgatadi. O‘quvchining savodxonlik darajasini,
uning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni ona tilidan hosil qilingan bilim va malakalari
asosiga quriladi.

Ma’lumki, har bir milliy til o‘zida moddiy olamni aynan, adyekvat aks

ettirishdan tashqari ruhiy olamni, qayg‘u-alamlari-yu shodliklarini ham
o‘rinda tugal ifodalaydi. Insonda har bir narsaga nisbatan o‘z munosabatini
bildirish imkoniyati bor va bu imkoniyat har gal tilning muayyan shakllari
orqali yuzaga chiqariladi.

Tilning o‘ziga xos nafosatini o‘quvchilarga yetkazish, his qildirish,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

118

sezish va undan oqilona foydalanish maqsadida hozirda ona tili ta’limida
an’anaviy

usullardan tashqari

zamonaviy

axborot

va

pedagogik

texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda. Keyingi yillarda breynrayting,
breynstorming, aqliy hujum, bumerang, blits-so‘rov, klaster, keys-stadi,
germenektiv suhbat kabi turli tuman metodlar paydo bo‘ldi [1, 180-bet].
Shunday usullardan biri kakografiyadir.

Kakografiya so‘zi lotincha

kakos –

yomon, xunuk, yoqimsiz va

graphos –

yozmoq so‘laridan olingan bo‘lib, muayyan maqsadni ko‘zlab xatoliklarga yo‘l
qo‘yilgan matnni tuzattirish orqali o‘quvchilarga imloni o‘rgatish usuli sanaladi.
Bu usulning pedagogic va didaktik jihatlari hali ochib berilmagan [2, 13-bet].
Rus tilida какофонический, какофония degan so‘zlar mavjud bo‘lib, ularga
lug‘atlarda quloqqa yoqmaydigan, yoqimsiz, nosoz, g‘aliz; uyg‘unlashmagan,
yoqimsiz tovushlar yig‘indisi degan izohlar beriladiki, bu so‘z semantikasiga
salbiy baho yuklaydi [3,414-bet]. Shunga ko‘ra, kakografiya usulida yozuv
bilan bog‘liq g‘alizlik, yoqimsizlik yashirinib yotganga o‘xshaydi, ammo
orfografik nuqtayi nazardan qaralganda u bilan bog‘liq didaktik hamda
pedagogik jihatlarni ochib berish masalaga oydinlik kiritishi mumkin.

Kakografiya interfaol usullardan biri sifatida o‘quvchilarni mustaqil

fikrlashga, narsalarni bir-birlari bilan solishtirishga, izlanishga, masalaning
yechimini topishga, eng muhimi ona tili darslarida olingan bilim va
malakalariga asoslanib, muayyan mavzular bo‘yicha zaruriy xulosalar
chiqarishga yordam beradi. O‘quvchilardagi loqaydlik, beparvolikni yo‘qotib,
dadillikka, ijodkorlikka chorlaydi, mutelik, tobelik, nofaollik kabi salbiy
xususiyatlarga barham beradi.

Ayniqsa, fonetika, grafika, orfografiya, leksika va morfologiya bo‘limlari

bilan bog‘liq amaliy darslarni o‘tishda kakografiya usuli yaxshi samara
beradi. Masalan, o‘quvchilarga unli va undosh tovushlar bo‘yicha yetarlicha
ma’lumotlar berilgach, “Mustahkamlash darslari” yoki “Takrorlash darslari”da
turli topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda asosiy e’tibor
so‘zlarning aytilishi va yozilishi o‘rtasidagi farqqa qaratiladi.

Tajribadan ma’lumki, o‘quvchilarning aksariyati ona tili darslarida imlo

qoidalarini puxta o‘zlashtirmaydilar. So‘larni qanday aytilsa, shunday yozishga
odatlanib qoladilar. Shuningdek,

o‘quvchilarning

nutqidagi

dialektal

xatoliklar ularning savodxonligiga soya solidi. Bu esa bora-bora ulardagi
savodxonlik darajasining qotib qolishiga, so‘zlarning muntazam ravishda xato
yozilishiga sabab bo‘ladi.

Masalan, o‘quvchilarning og‘zaki nutqida baho, bahor, bilan, yulduz, teatr,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

119

savol, orden, obod, marvarid, shanba, mas’ul, daryo kabi so‘zlarni boho, bohor,
blan, yuldiz, tiatr, sovol, ordin, obot, marvarit, shamba, ma’sul, dayra tarzida
talaffuz qilish va shu asosda xato yozish amaliyotda uchraydi. Bu narsa ularning
unli va undosh harflar imlosi bo‘yicha ona tili darslarida yetarlicha bilim va
malakaga ega bo‘lganliklarini ko‘rsatadi. Bu kabi xatoliklarning oldini olish
maqsadida “O‘zbek tilining imlo qoidalari”dagi “Ayrim unlilar va undoshlar
imlosi” yuzasidan tegishli nazariy ma’lumotlar mavzular o‘tilgach, quyidagicha
topshiriq beriladi:

So‘zlarni o‘qing, xato yozilgan o‘rinlarni topib, o‘zbek tilning imlo

qoidalariga mos ravishda ularni to‘g‘rilang va daftaringizga ko‘chirib
yozing.

Bugalter, hayol, xayo, xolol, momila, xuqiq, rektir, kanferensiya,

kampyuter, maylis va hokazo.

To‘g‘ri yozilishi:

buxgalter, xayol, hayo, halol, muomala, halol, huquq,

rektor, konferensiya, kompyuter, majlis.

Kakografik yo‘nalishdagi bunday topshiriqlarni bajarish bilan quyidagi

natijalarga erishish mumkin:

O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqa mustahkamlanadi;
O‘quvchilar ona tilidan olingan bilim va malakalarni xotirlashga, esga

olishga harakat qiladi;

Materiallarni bir-biriga solishtiradi, taqqoslaydi;
Xulosalar chiqaradi, orfografik bilimlarni mustahkamlaydi.

Ayniqsa, og‘zaki nutqda

h – x, b – p, d – t, z – s

kabi birining o‘rniga

ikkinchisi ko‘p qo‘llaniladigan undosh tovushlarning imlosini o‘rgatishda
kakografiya usuli yaxshi samara beradi. Bunda xato yozilgan so‘zlarni
o‘quvchilarga slaydlar orqali ko‘rsatish, sinf taxtasiga ataylab xato yozish,
so‘zlari xato yozilgan tarqatma materiallarni qo‘llash kabi vositalardan
foydalanish unumli. Masalan:

Xato yozilgan so‘zlarni aniqlab, ularni imlo qoidalariga mos ravishda

to‘g‘rilang va daftaringizga ko‘chirib yozing.

Orombahsh, zahira, hoxish, xol-ahvol, hiyonat, ihlos, xar hil, xamma,

Xindiston, hatti-xarakat, hayol

To‘g‘ri yozilishi:

orombaxsh, zaxira, xohish, hol-ahvol, xiyonat, ixlos,

har xil, hamma, Hindiston, xatti-harakat, xayol.

Kakografiya usuli leksikologiya bilan bog‘liq mavzularni o‘tishda ham qo‘l

keladi. Matn ichida bir tovush bilan farqlanuvchi dars-darz, bob-bop, mart-
mard, qasr-kasr, qaram-karam, halok-halak, kaft-kift, asl-asil, asr-asir, oxir-axir-


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

120

oxur, chog‘-choq-choh singari paronim so‘zlarni xato yozib, o‘quvchilardan
ularni to‘g‘rilab yozishni so‘rash ulardagi bilimlarni mustahkamlashga olib
keladi.

Xato yozilgan paronim so‘zlarni toping, ularni imlo qoidalariga mos

ravishda to‘g‘rilab, daftaringizga ko‘chiring.

Birovga choq qazisang, o‘zing tushasan. Mart bir o‘ladi, nomart – ming. Qarz

ikki qo‘ldan chiqadi. Onangni kiftingda ko‘tarsang, singlingni kaftingda ko‘tar.

Dunyoga boq, qaddi sendek kim bor yana,
Dovrug‘i ham dardi sendek kim bor yana,
Xalq bo‘lishga haddi sendek kim bor yana,
Moziyni yot etay desang – xalq bo‘l, elim! [4, 10-bet].
Gaplardagi

choh, mard, momard, qars, kaft, kift, yod

so‘zlari noto‘g‘ri

yozilgan. Buni faqat o‘ylash, fikrlash, leksikologiya bo‘yicha o‘tilganlarni
eslash, xotirlash va zaruriy xulosalar chiqarish orqaligina topish mumkin. Bu
esa o‘quvchilarning xotirasini mustahkamlashga

yordam

beradi,

ulardagi mustaqil ishlash

ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Kakografiyaning yana bir ko‘rinishi matn ichida noto‘g‘ri berilgan

so‘zlarni to‘g‘rilashdan iborat.

Gaplarni

o‘qing,

noto‘g‘ri

yozilgan

so‘zlarni

orfografiya

qoidalariga mos ravishda ko‘chirib yozing.

Bug‘day noning bo‘masin, Bug‘day so‘zing bo‘sin. Ma’zali so‘zga

qulog‘ charchamas. Toom lazati o‘zidan, Odam lazati – so‘zidan. Qulog‘dan
kirgan soviq so‘z ko‘ngilga borip muz bo‘lar. Puling bo‘masa bo‘masin,
shirin so‘zing bo‘sin. Tili shirinning do‘si ko‘p. Qatiq gap qarindoshga ham
yoqmas.

To‘g‘ri yozilishi:

Bug‘doy noning bo‘lmasin, Bug‘doy so‘zing bo‘lsin.

Mazali so‘zga quloq charchamas. Taom lazzati o‘zidan, Odam lazzati –
so‘zidan. Quloqdan kirgan sovuq so‘z ko‘ngilga borib muz bo‘lar. Puling
bo‘lmasa bo‘lmasin, shirin so‘zing bo‘lsin. Tili shirinning do‘sti ko‘p. Qattiq gap
qarindoshga ham yoqmas.

Bunday

topshiriqlar

o‘quvchilardagi

ko‘rish,

eslash,

narsalarni

bir-biriga solishtirish va

zaruriy

xulosalar chiqarish kabi aqliy-

ruhiy xususiyatlarning rivojlanishiga turtki bo‘ladi.

Umuman olganda, biz – yoshlar vatanimiz O‘zbekistonning qanotlarimiz.

Bugun bizning oldimizda ona tilini o‘rganish borasida yagona to‘g‘ri yo‘l
turibdi. Bizdan millatimizning bebaho boyligi, xalqimiz tafakkurining
tengsiz javohiroti sanalgan o‘zbek tilini mukammal o‘rganishimiz, og‘zaki


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

121

va yozma savodxonligimiz yuksak bo‘lishi talab etilmoqda. Yuqoridagilarni
amalga oshirish uchun bizga kakografiya usuli kutilgan samarani berishi
mumkin. Zero, davr o‘qituvchidan ham, o‘quvchidan ham izlanishni,
yangiliklarni o‘zlashtirishni talab etmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Шайхисламов, Н. (2020). Когнитив тилшуносликда концепт:" Туй"
концепти ва унинг универсал табиати. O'zbekistonda innovatsion ilmiy
tadqiqotlar va metodlar, 54-60.
2.

Шайхисламов, Н.

(2020).

Мавқеи лингвокултурология дар

системаи фанҳо ва вобастагии он бо этнолингвистика, сотсиолингвистика
ва этнопсихолингвистика. Academic research in educational sciences, (4).
3. Shayxislamov, N. (2021). Lingvokulturologiya-zamonaviy tilshunoslik
yo'nalishi sifatida: tarixi va nazariyasi. Tilshunoslikdagi zamonaviy yo'nalishlar:
muammo va yechimlar, 61-62.
4. Шайхисламов, Н. (2021). Замонавий тилшунослик йўналиши: контакт
лингвистикаси. Scientific progress, 1(4).
5. Shayxislamov, N. (2021). Tilshunoslik nazariyasi va tushunchasi. The 21st
Century Skills for Professional Activity, (3), 174-176.

Библиографические ссылки

Шайхисламов, Н. (2020). Когнитив тилшуносликда концепт:" Туй" концепти ва унинг универсал табиати. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqotlar va metodlar, 54-60.

Шайхисламов, Н. (2020). Мавқеи лингвокултурология дар системаи фанҳо ва вобастагии он бо этнолингвистика, сотсиолингвистика ва этнопсихолингвистика. Academic research in educational sciences, (4).

Shayxislamov, N. (2021). Lingvokulturologiya-zamonaviy tilshunoslik yo'nalishi sifatida: tarixi va nazariyasi. Tilshunoslikdagi zamonaviy yo'nalishlar: muammo va yechimlar, 61-62.

Шайхисламов, Н. (2021). Замонавий тилшунослик йўналиши: контакт лингвистикаси. Scientific progress, 1(4).

Shayxislamov, N. (2021). Tilshunoslik nazariyasi va tushunchasi. The 21st Century Skills for Professional Activity, (3), 174-176.