Авторы

  • Muxtaram Raximova
    Qo‘qon davlat universiteti akademik litsey o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.85773

Ключевые слова:

metod interfaol o`qituvchi o`quvchi ma’naviy-ahloqiy tarbiya dars.

Аннотация

Maqolada matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish imkoniyatlari va afzalliklari xususida so`z yuritiladi. Bunda uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

114

«MATEMATIKA DARSLARIDA QIZIQARLI USLUBLARDAN

FOYDALANISH AHAMIYATI»

Raximova Muxtaram Rashidovna

Qo‘qon davlat universiteti akademik litsey o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15358272

Annotatsiya

: Maqolada matematika darslarida interfaol metodlardan

foydalanish imkoniyatlari va afzalliklari xususida so`z yuritiladi. Bunda uzluksiz
ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim
texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida
samarali qo‘llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan
ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so‘zlar

: metod, interfaol, o`qituvchi, o`quvchi, ma’naviy-ahloqiy

tarbiya dars.

Аннотация:

В статье рассматриваются возможности и преимущества

использования интерактивных методов на уроках математики. В этой
связи важно, чтобы работники системы непрерывного образования и
педагоги знали суть современных образовательных технологий и умели
эффективно использовать их в образовательном процессе, а также
творчески подходили к организации образовательного процесса.

Ключевые слова:

метод, интерактив, учитель, ученик, урок духовно-

нравственного воспитания.

Annotation:

The article discusses the possibilities and advantages of using

interactive methods in mathematics lessons. In this regard, the awareness of the
essence of modern educational technologies by employees of the continuing
education system, teachers, and their effective use in the educational process, as
well as the development of a creative approach to the organization of the
educational process, are of great importance.

Keywords:

school, method, interactive, teacher, student, spiritual and

moral education lesson

Bugungi kunda mamlakatimizda bo`layotgan ulkan bunyodkorlik ishlari,

ta’limtarbiya sohasida qabul qilingan qonun va qarorlar “Milliy dastur”imizda
belgilab berilgan buyuk maqsadlar hozirgi kun o`qituvchisini yanada ko`proq
mehnat qilishga, izlanishga da’vat etmoqda. Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga
ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish,
ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy-
axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali
tashkil etish bilan bog‘liqdir. Bunda uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-
o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

115

xabardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olishlari,
shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning
qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘qituvchilarning matematika fanlarini o‘qitishda yo‘naltirilgan darslar

jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal
andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana
olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy
bilimlarning puxta, chuqur o‘zlashtirilishi, ularda amaliy ko‘nikma va
malakalarning hosil bo‘lishining kafolati bo‘la oladi. Ta’lim jarayoni o‘quv
materiali mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi muayyan mavzu bo‘yicha
nazariy va amaliy bilimlar majmuini ifoda etish imkonini beradi. Ta’lim
mazmunida, shuningdek, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan
tushuncha, ko‘nikma hamda malakalarning hajmi ham o‘z ifodasini topa olishi
lozim. Zero, ta’lim mazmunining g‘oyaviy jihatdan mukammalligi o‘quvchilar
tomonidan muayan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilish darajasi
bilan belgilanadi. Buning samarasi o‘quvchilar tomonidan ma’lum
tushunchalarning o‘zlashtirilishi, ko‘nikma va malakalarning shakllanishini
ta’minlovchi shartlarning ishlab chiqilganligida namoyon bo‘ladi. Aynan
darsning shakli, metod va vositalari ta’lim jarayonining muvaffaqiyatli
ta’minlanishiga olib keladi. Ular yordami bilangina o‘quv predmetining mavzusi
borasidagi nazariy bilimlar o‘quvchilarga uzatiladi, o‘quvchilar tomonidan esa
ushbu bilimlar qabul qilinadi. Dars mashg‘uloti uchun eng maqbul deb topilgan
shakl, metod va vositalarning belgilanishi ta’lim jarayonining qariyb 90 foizlik
muvaffaqiyatini kafolatlaydi.

“Fikriy hujum” metodi. Mazkur metod o‘quvchilarning darslar jarayonidagi

faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil
fikrlash inertsiyasidan ozod etish, muayyan mazvu yuzasidan rang-barang
g‘oyalarni to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining
dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rganish uchun xizmat
qiladi. “6x6x6” metodi. “6x6x6” metodi yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar
o‘quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani
hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash,
ularning qarashlarini bilib olish mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan
mashg‘ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi
tomonidan o‘rtaga tashlangan muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt
nihoyasiga yetgach o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan
guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo‘ladi. Yangidan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

116

shakllangan guruh a’zolari o‘z jamoadoshlariga guruhi tomonidan muammo
yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur
yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.

“Klaster” metodi. Klaster (g‘uncha, bog‘lam) metodi pedagogik, didaktik

strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u o‘quvchilarga ixtiyoriy muammolar
xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun
sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi
aloqalar to‘g‘risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab
etadi. “Klaster” metodi aniq ob’ektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi.
Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq
ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o‘quvchilar
tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining
bir maromda bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar va o‘quvchilar

tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa
ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish
imkoniyatini yaratadi. “Zakovatli zukko” metodi. Mavjud bilimlarni puxta
o‘zlashtirishda o‘quvchlarning fikrlash, tafakkur yuritish layoqatlariga egaliklari
muhim ahamiyatga ega. “Zakovatli zukko” metodi o‘quvchlarda tezkor fikrlash
ko‘nikmalarini shaklalantirish, shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini
aniqlashga yordam beradi. Metod o‘quvchlar bilan yakka tartibda, guruhli va
ommaviy ishlashda birdek qo‘llanilishi mumkin. “Charxpalak” metodi.
“Charxpalak” texnologiyasidan o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida, dars
boshi va oxirida, biror bo‘lim tugatilganidan keyin, o‘tilgan mavzularni
o‘zlashtirganlik darajasini baholashda, takrorlash, mustahkamlash, oraliq va
yakuniy nazoratlarni o‘tkazishda foydalanish mumkin. Mashg‘ulotlarni yakka va
guruh shaklida tashkil etsa bo‘ladi. Qolaversa, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish
shakllarini qamragan holda turli mazmun va xarakterga ega mavzularni
o‘rganishda ham asqotadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

1. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi. Nasaf. 2000
2. Sherqulov. M . Ma’ruza matni dan, Toshkent: 2012.
3. Tolipov O‘. Q., Usmanboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. -
Toshkent: “Fan”. 2005.

Библиографические ссылки

Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi. Nasaf. 2000

Sherqulov. M . Ma’ruza matni dan, Toshkent: 2012.

Tolipov O‘. Q., Usmanboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. - Toshkent: “Fan”. 2005