ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
108
INGLIZ, O‘ZBEK VA NEMIS TILLARI ILK DAVRLARI
FONOLOGIYASINING FARQLARI VA UMUMIY XUSUSIYATLARINING
DIAXRONIK TAHLILI
Saloxitdinova Noila Muxtarovna
Qo’qon davlat universiteti Akademik litseyi nemis tili o’qituvchisi
Abduvohobova Muxtasarxon Umidjon qizi
Qo’qon davlat universiteti Akademik litseyi ingliz tili o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15358250
Annotatsiya.
Mazkur maqolada O’zbek, Ingliz va Nemis tillarining nazariy
fonologiya sohasining kelib chiqishi tarixi ilk bosqichidagi umumiy va o’ziga hos
jihatlari yuqoridagi tillar doirasida qiyosiy tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotni olib
borishda tipologik va chog’ishtirma metodlardan foydalanildi. Unda Eski ingliz
va qadimgi yuqori nemistillari, rivojlanish davridagi katta farqqa qaramay,
fonologik sathi bir-biriga o’xshashligi, qadimgi turkiy til esa so’z urg’usining
beqarorligi bilan farqlanishi o’rganildi. Tillarni diaxronik fonologiyasini
qiyoslashga qaratilgan izlanishlar najtijasida tilshunoslar va o’quvchilarga turli
fonologik qoidalarga ega tillarni o’rganish yoki tarjima qilishdagi qiyinchiliklarni
tushunishi yanada osonlashadi.
Kalit so’zlar.
Fonologiya, unlilar, undoshlar, so’z urg’usi, eski ingliz tili,
qadimgi yuqori nemis tili, qadimgi turkiy til.
Аннотация.
В данной статье дается сравнительный анализ общих и
частных сторон ранних этапов истории становления теоретической
фонологии в узбекском, английском и немецком языках в рамках
вышеуказанных языков. При проведении данного исследования
использовались типологический и сопоставительный методы. Изучено,
что древнеанглийский и древневерхненемецкий языки, несмотря на
большую разницу в периоде развития, схожи на фонологическом уровне, а
древнетюркский отличается неустойчивостью словесного ударения.
Результаты исследований, направленных на сравнение диахронической
фонологии языков, облегчат лингвистам и студентам понимание
трудностей при изучении или переводе языков с разными
фонологическими правилами.
Ключевые слова:
фонология, гласные, согласные, словесное
ударение, древнеанглийский, древневерхненемецкий, древнетюркский.
Abstract.
This article provides a comparative analysis of the general and
specific aspects of the early stages of the history of the emergence of theoretical
phonology in the Uzbek, English and German languages within the framework of
the above languages. Typological and comparative methods were used in
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
109
conducting this study. It was studied that Old English and Old High German,
despite the great difference in the period of development, are similar in
phonological level, and Old Turkic is distinguished by the instability of word
stress. The results of research aimed at comparing the diachronic phonology of
languages will make it easier for linguists and students to understand the
difficulties in studying or translating languages with different phonological
rules.
Keywords:
Phonology, vowels, consonants, word stress, Old English, Old
High German, Old Turkic.
Jahon tilshunosligida hozirgi zamonga kelib, ayniqsa, og‘zaki nutqni
o‘rganish masalasi muhim ahamiyat kasb qilmoqda. Bu holat xorijiy tillardagi
fonologik birliklarni chuqurroq tushunish, va ularning o‘zbek tili bilan farqli va
o‘xshashlik jihatlarini o‘rganishga bo‘lgan talab kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Tilning fonologik birliklarini, kelib chiqishini o‘rganish chet tillarini o‘qitishda
kelib chiqadigan nutq muammolarini hal qilishda muhim ro‘l kasb etadi. Ammo,
aynan ingliz, o‘zbek va nemis tillari fonologiyasini qiyosiy-diaxronologik tahlili
bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari kamchilikni tashkil qiladi.
Bu maqolada ingliz, o‘zbek va nemis tillari fonologik kelib chiqishining
dastlabki bosqichidagi tafovut va o‘xshashlik tomonlarini yoritib berishni bosh
maqsad qilib qo‘yilgan. Bu izlanishlarni tahlil qilish orqali esa chet til
o‘qituvchilari yanada samarali o‘qitish metodlari va yuqori sinf o‘quvchilarning
og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam beradigan usullarni ishlab
chiqishlari mumkin.
Ingliz, o‘zbek va nemis tillari fonologiyasining tarixini o‘rganishdagi
murakkablik bir qancha omillar, jumladan, til xilma-xilligi, tarixiy ta’sirlar va
mavjud manbalar bilan bog‘liqdir. Ular turli xil til oilalariga mansubligi
sababidan ulardagi fonologik tizimlar tubdan farq qiladi.
Bu esa o’quvchilardan alohida fonetik va fonologik tamoyillarni tushunishni
talab qiladi. Fonologiya bo’yicha avval olib borilgan tadqiqotlar asosan tilning
fonologik tarixini individual tarzda o’rganishlikka qaratilgan, ammo ingliz,
o’zbek va nemis tillari fonologiyasi tarixini qiyosiy-tipologik tahlil qilish biroz
e’tibordan chetda qoldirilgani uchun ushbu maqola aynan shu bo’shliqni
to’ldirishga qaratilgan izlanishlarni yoritib beradi.
Yuqorida keltirib o’tilgan bo’shliqlarni to’ldirish orqali tilshunoslar va
o’qituvchilar uchun ushbu tillar talaffuzidagi farq va bu tafovutlar orqali kelib
chiqadigan qiyinchiliklarni tushunish va ularni samarali hal etish yanada
osonlashadi. Bundan tashqari tillarning diaxronik fonologiyasini qiyoslash
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
110
sotsiologiya, tarix va antropologiya kabi fanlar taraqqiyotiga ham ulkan hissa
qo’shadi.
Ushbu maqolada ingliz, o‘zbek va nemis tillari fonologiyasi dastlabgi
bosqichini tipologik va chog‘ishtirma metodlar orqali M.Xasanova, B. Tursunov ,
T.A Rastorguyevalar kabi tadqiqotchilarning izlanishlari natijalaridan
foydalangan holda yoritib berildi. Ingliz tili tarixini to‘rt bosqichga:eski ingliz tili,
o‘rta ingliz tili, erta zamonaviy ingliz tili va zamonaviy ingliz tili davrlariga
bo‘linadi. Nemis tili uchun evalutsiya bosqichlari qadimgi yuqori nemis tili, o‘rta
yuqori nemis tili, ilk yangi yuqori nemis tili va yangi yuqori nemis tili davrlarini
tashkil etadi. O‘zbek tilida esa ular qadimgi turkiy davr, eski o‘zbek davri, eski
o‘zbek yozma davri va yangi o‘zbek tili davrlarini o‘z ichiga oladi. Har bir davrda
til fonologiyasida sezilarli o’zgarishlarni ko’rishimiz mumkin.
Eski ingliz tili Britaniyada miloddan avvalgi 5-asrlarda German
qabilalaridan hisoblangan Angl, Sakson va Yut qabilalari kelishi bilan shakllana
boshladi. Ularning tili German tillar oilasiga mansub bo’lib hozirgi zamonaviy
ingliz tilidan farq qilgan. Eski ingliz tili fonologiyasida urg’u dinamik hususiyatga
ega bo’lgan. So’zlarda urg’u asosan o’zakning birinchi bo’g’iniga tushgan.1 (R.V.
Reznik, 2003):
aga`ne (gone)
he`afod (head)
cy`ning (king) kabi.
Qo’shma so’zlarda asosiy so’z urg’usi qo’shma so’zning birinchi qismining
ilk bo’giniga, ikkinchi darajali urg’u esa ikkinchi qismning birinchi bo’g’iniga
tushishi kuzatilgan:
Sci`p-ra`p (ship-rope) so’zidagi scri`p asosiy urg’u, ra`p ikkinchi darajali
urg’udir
He`ah-cli`f (high cliff) so’zidagi he`ah asosiy urg’u, cli`f esa ikkinchi darajali
urg’u
Deyarli old qo’shimchalarning bari eski ingliz tilida urg’usiz bo’gin
hisoblangan (ge-,be-, for-,a-).
Eski ingliz tili boy unlilar tizimiga ega bo’lib, uzun va qisqa unlilar, monoton
va diftonlar, old, orqa va lablangan unlilar kabi kategoriyalarga bo’lingan. Unlilar
so’zdagi joylashgan o’rniga ko’ra urg’u olgan. Urg’usiz bo’g’inlarda uzun
monoton yoki diftonlar ishtirok etishmagan, bunday o‘rinlardan faqat qisqa
unlilar joy olgan. Har bir uzun unlini o‘zining qisqa jufti bo‘lgan. Bundan kelib
chiqadiki, unlilar so‘zdagi o‘rniga ko‘ra uzun va qisqa unlilarga ajratilgan.
Qisqa unlilar: a o e u i æ y ea eo
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
111
Uzun unlilar: ā ō ē ū ī ǽ ý ēo ēa
Unlining uzunligi fonemik vazifa bajargan, ya’ni so‘zlarni bir-biridan
farqlashga hizmat qilgan.
metan (to meet, to measure) – mētan (to meet)
pin (pin) – pīn (pain)
God (god) – gōd (good)
ful (full) – fūl (foul)
Undoshlar juda kam sonni tashkil etgan, bugungi kunda uchraydigan ayrim
undoshlar ([∫], [з], [t∫], [dз]) eski ingliz tilida mavjud bo‘lmagan. Undoshlar
tizimi esa jarangli va jarangsiz undoshlar, frikativlar (/f, v, θ, ð, s, z/), burun
undoshlari (/m,n/), va to‘xtalishlar (/ p, b, t, d, k)ni o’z ichiga olgan.
Qadimgi yuqori nemis tili fonologiyasiga to’xtalsak, u boshqa german tillari
va hatto g’arbiy german tillaridan ham udoshlarni ikkinchi siljishga egaligi bilan
farq qilgan.2 (Tursunov, 2006)
So’z urg’usi huddi eski ingliz tilidek barqaror, so’z o’zagining birinchi
bo’g’iniga tushgan (her`za – yurak). Qoshma so’zlardagi urg’u ham muqobil
tarzda birinchi qismning ilk bo’g’inidan joy olgan ( bro`t – hu`s “nonvoyxona”).
Old qo’shimcha va sufikslar asosan urg’usiz bo’g’in sifatida hizmat qilgan:
old qo’shimchalar: bi-, ur-, ir-,
gasufikslar: -unga, -lih
Qadimgi yuqori nemis tili unlilar sistemasida ham eski ingliz tilidek uzun va
qisqa unlilar, diftonlar va monoftonlar, lablangan va lablanmagan unlilar kabi
kategoriyalarga ajratilgan. Bundan tashqari qadimgi yuqori nemis tilida unlilar
hosil bo’lish o’rniga ko’ra oldi, o’rta, va orqa unlilar guruhlariga ajratilgan:
Qisqa unlilar:
1.old unlilar: - /i/ (e.g., *niht*) - /e/ (e.g., *nest*) - /æ/ (e.g., *fater*)
2.o’rta unlilar: - /a/ (e.g., *tag*)
3.orqa unlilar: - /u/ (e.g., *sun*) - /o/ (e.g., *holz*)
Uzun unlilar:
1. old unlilar: - /iː/ (e.g., *wīh*) - /eː/ (e.g., *hēr*)
2.o‘rta unlilar: - /aː/ (e.g., *sāl*)
3.orqa unlilar: - /uː/ (e.g., *hūs* "house") - /oː/ (e.g., *bōt* "command")
Qadimgi yuqori nemis tilida undosh fonemalar tizimi jarangli (b,d,g,v,z),
jarangsiz (p,t,k,f,s,ʃ,x) affrikata (ishqalanma undoshlar) (/pf/,/ts/), aspiratlangan
(nafasli) (/ph /,/th /,/kh /), yarim undoshlar (/j/,/w/), burun undoshlarini (m/,
/n/, /ŋ/) o‘z ichiga olgan.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
112
Qadimgi turkiy tilda unlilar sistemasi sakkita unli fonemani tashkil qilgan.
Ularni hususiyatlariga ko‘ra old qator unlilar, orqa qator unlilar, tor va keng
unlilar, lablangan va lablanmagan unlilar kabi kategoriyalarga ajratilgan. Eski
ingliz va qadimgi yuqori nemis tillaridan farqli ravishda qadimgi turkiy tilda
diftonlar va umlaut bo‘lmagan. Qadimgi turkiy til unlilari [a], [a], [i'], [i], [o], [o],
[u], [u] ni tashkil etadi.
Qadimgi turkiy tilning unlilar tizimi tovush qatori, tor-kengligi,
lablanganlablanmaganligiga ko‘ra o‘zaro qarama qarshi juftliklarni yuzaga
keltirgan. Unga ko’ra orqa qator [a] unlisi “at-ot”, “aq-oq”, “as-osh” kabi so’zlarda
yo’g’on talaffuz qilingan, ingichka [a] unlisi “tila”, “emak-zahmat”, “ertaki-
burungi” kabi so’zlarda ingichka talaffuz qilingan. 3 (Omonov, 2019)
Qadimgi turkiy tilda so’z urg’usi so’z o’zagining so’ngi bo’g’iniga tushgan, bu
esa o’z vaqtida so’zning ohangdorligini ta’minlagan, masalan “ata`”, “qagha`n”.
Bu urg’u qoidasi so’zning tarkibiy qismlariga ham taa’luqli bo’lgan, ya’ni ort
qo’shimcha qo’shilganda urg’u qo’shimchaga ko’chgan: “qaghan” (xoqon) + -im
(1-shaxs egalik) = “qaghani`m” (xoqonim)
Undosh fonemalar sistemasiga to’xtaladigan bo’lsak ular sonorlar, jarangli-
jarangsiz, lab, burun, til undoshlari, portlovchi, sirg’aluvchi undoshlardan tashkil
topgan. /f/ undoshi bo’lmagan. /v/ tovushini ifodalovchi belgi bo’lmagan,
o’rniga ‘b’ shaklini eslatuvchi belgidan foydalanilgan.4 (qadimgi turkiy tilning
fonetik hususiyatlari. unli va undoshlar, 2019)
Tillarning fonologiyasi shakllanish tarixini qiyosiy-chog’ishtirma tarzda
o’rganish, ayni tillarni o’rganish va o’qitishda yanada chuqurroq tushunishga, til
o’qituvchilari uchun esa bu bilimlar orqali yanada samarali nutq ko’nikmalarini
shakllantirish metodlarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Ushbu izlanishlar natijasida o’zbek, ingliz va nemis tillari ilk rivojlanish
bosqichi fonologiyasidagi birqancha tafovut va mutanosibliklar yoritib berildi.
Unga ko’ra qadimgi yuqori nemis tili va eski ingliz tili fonologiyasi, qardosh til
bo’lganligi sababdan, vaqt tafovutiga qaramay, bir-biri juda yaqinligini
ko’rishimiz mumkin. Qadimgi turkiy til esa bu tillarda so’z urg’usining
beqarorligi va o’rnida butunlay farq qilgan.
Tadqiqot davomi tillarning ayni davrlariga xos bo’lgan manbalarning kam
sonliligi va faqatgina ayrim qismlarigina saqlanib qolinganligi sabab bir qancha
to’siqlar paydo bo’lganligi, tadqiqotning ishonchlilik miqdorini tushishiga sabab
bo’lishi mumkin.
Yangi til o’rganishda tilning boshqa sohalariga qaraganda uning o’g’zaki
nutqni o’rganish va shu tilda so’zlashuvchilarni nutqini tushunish ko’proq
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
113
qiyinchilik tug’diradi. Bu muammoni bartaraf etishda esa nafaqat
o’rganilayotgan til, balki ona tilimizning fonologik sathini mukammal o’rganish
muhim rol o’ynaydi. Ularni qiyoslash metodi yordamida yoritib berish orqali, bu
sathni tushunish yanada osonlashadi. Fonologiyani mukammal o’rganishda
tilning evolutsion tarixini tushunish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu sohadagi tadqiqotlar yordamida o’quvchilarga chet tillarni
o’zlashtirishdagi muammolar hal qilishda foydali bo’lgan ma’lumotlar bazasi
boyitiladi. Tillar fonologiyasini diaxronik analizlarini qiyoslash nafaqat
tilshunoslik, balki yondosh fanlar rivojiga ham ulkan hissa qo’shadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Omonov, Abdujabborov. Qadimgi turkiy til. -Namangan: Namangan,2019.
2.
https://arxiv.uz/ru/documents/referatlar/tilshunoslik/qadimgi-turkiy-
tilning-fonetikxususiyatlari-unli-va-undoshlar
3. R.V. Reznik, T. C. Sorokina. A history of English language.- Maskkov:
Maskov,2003.
4. Ruxshona Romizova. ingliz tilining tarixiy rivojlanishi va shakllanishi.
education and research inthe era of digital transformation. (2025)
5. Tursunov, Berdiqulov. NEMIS TILI TARIXI. -Samarqand:Samarqand, (2006).