Авторы

  • M. Tursunova
    Sh. Rashidov nomidagi SamDU professori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.85782

Аннотация

Nasriy asarlarni o‘qish va o‘rganishga bo‘lgan qiziqish bugun paydo bo‘lmagan. Asrlar davomida adabiyot ixlosmandlarini jalb etib kelgan. Qur’on va hadislardan tashqari, tariqat pirlaridan tashqari, tariqat pirlari haqidagi maqomatlarni, unda ifodalangan naqlu rivoyatlar, hikoyatlarni jamoa bo‘lib tinglaganlar va ulardan ilhomlanganlar. Chunki maqomatlar muhim ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, xususan asrlar davomida yoshlarga o‘rgatilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

73

SHARQ MUMTOZ ADABIYOTIDA NASRIY ASARLARNI O‘RGANISH

TARIXI

M.Tursunova

Sh. Rashidov nomidagi SamDU professori

https://doi.org/10.5281/zenodo.15356648

Nasriy asarlarni o‘qish va o‘rganishga bo‘lgan qiziqish bugun paydo

bo‘lmagan. Asrlar davomida adabiyot ixlosmandlarini jalb etib kelgan. Qur’on va
hadislardan tashqari, tariqat pirlaridan tashqari, tariqat pirlari haqidagi
maqomatlarni, unda ifodalangan naqlu rivoyatlar, hikoyatlarni jamoa bo‘lib
tinglaganlar va ulardan ilhomlanganlar. Chunki maqomatlar muhim ta’limiy va
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, xususan asrlar davomida yoshlarga o‘rgatilgan.

Maqomatshunoslik Sharqda keng tarqalgan bo‘lib, ilk namunalaridan biri

Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy qalamiga mansub bo‘lib, “Atvoq az-zahab”
(Oltin shabadalar) deb nomlangan. Asar yuz maqoladan iborat bo‘lib, unda
pand-nasihatlar ibrotomuz hikmatlar, go‘zal axloqiy o‘gitlar jamlangan.
Keyinchalik maqomatlarga bo‘lgan qiziqish tufayli “Maqomati Hoja Ka’b ul-
Akbar”, “Maqomati SHayx Abdulqodir Giloniy”, “Maqomati Shayx Yusuf
Hamadoniy”, “Maqomati Mir Kulol”, “Maqomati shohi Naqshbandiya” kabi
asarlar yaratildi.

Nasriy asarlarning mazmun mohiyatining o‘zgarishi bois, xalq orasida

“Kalila va Dimna”, “Nasihatnoma”, “Ming bir kecha” kabi asarlar majmuasi xam
maydonga keldi. Mazkur asarlar axloqiy-didaktik va ma’naviy ruhdagi bu
asarlar, mazmunan rang-barang, turli davrlar sinovidan o‘tgan ibratli
xazinalardir.

Ma’lumki, nasriy asarlarda voqealar tasviri, yozuvchining shaxsiyati bilan

bog‘liq hodisalar o‘z aksini topadi. Nasriy asarlarda tasvirlanayotgan voqea va
hodisalarni yozuvchi batafsil yoritib berishi bilan bir qatorda asarda ishtirok
etgan qahramonlar ruhiyatini ham yoritisha muhim ahamiyatga egadir. SHu
sababli nasriy asarlar o‘zining to‘laqonli va haqqoniy tasvir usuli bilan boshqa
janrlardan keskin farq qiladi.

Nasriy asar bir butunlikni tashkil qilishi bilan, turli-tuman va jiddiy

masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. O‘quvchilarga asar haqida umumlashtirib
ma’lumot berish jarayonida, ularni asar ruhiyatiga, ular uchun notanish bo‘lgan
tarixiy voqealar haqidagi ma’lumotlarga o‘z munosabatlarini ifodalash
darajasiga olib chiqish talab qilinadi.

Shu o‘rinda ilk nasriy asarlar namunasi hisoblangan “O‘rxun-Enasoy

obidalari” O‘rta Osiyoda yashagan qadimgi qabila va elatlar, klarning ijtimoiy-
madaniy hayoti haqida ma’lumot beruvchi qadimiy manbalardan biridir. Bu


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

74

manba xorazmiylar, so‘g‘diylar, massagetlar, shaklar, turkiy qabilalar haqida
ma’lumot berish bilan bir qatorda ularning xo‘jalik hayoti, madaniyati va san’ati
haqidagi masalalarni ham qamrab olgan.

10 sinf darsligiga kiritilgan bu murakkab manbani o‘quvchilarga etkazishda,

eng avvalo adabiyot o‘qitish metodikasining tarix fani bilan uzviy bog‘liq
ekanligini inobatga olmog‘i lozim. Bu qadimiy yodgorlikning topilishi va
nomlanishi bilan bog‘liq tarixiy ma’lumotlar, manbaning saqlanish tarzi bilan
bog‘liq ma’lumotlar o‘quvchilarni xabardor qilish uchun o‘qituvchidan atroflicha
bilim talab qilinadi.

Ma’lumki, qadimiy turkiy obida “toshbitiklar” deb ham yuritilgan. Buning

sababi ko‘pgina yodgorliklarning qabrtoshlariga o‘yib yozilgan. Ularning eng
yirigi “To‘nyuquq” hamda “Kul Tegin” yodgorigidir. Bu asar matni murakkab
bo‘lib, unda o‘quvchilar uchun tushinilishi qiyin bo‘lgan so‘z, so‘z birikmalari
anchagina. yoki asar tuzilishi bir necha qismdan iborat bo‘lib, ularning har biri
ma’lum fikr va ma’nolarga ega. Ularni izohlash, har binr qismni sharhlash muhim
ahamiyatga egadir. Mazkur qadimiy yodgorlikda ilk adabiy atamalar, adabiy
janrlar haqida ma’lumot beruvchi manba sifatida ham katta ahamiyatga egadir.
Eng muhimi, bu mavzuga bag‘ishlangan mashg‘ulotda o‘quvchilarga
yodgorlikning tarixiy, ma’rifiy hamda adabiy ahamiyati haqida ma’lumot berish
darsning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Murakkab nasriy asarlarni o‘rganish bilan bog‘liq mavzular 11 sinf

darsligida ham ko‘zda tutilgan. Bu mavzu bevosita Mahmud Qashg‘ariy va uning
“Devonu lug‘ot atturk” asari bilan bog‘liqdir. Bu asar uzining mazmun-mohiyati,
tuzilishi bilan boshqa nasriy asarlardan alohida ajralib turadi. Bu asar 11 asrda
yozilgan bo‘lib, unda jamlangan badiiy-adabiy namunalar turkiy xalqlarning
qadimiy ijod mahsulidir. Bu asarda tarixiy-adabiy janrlarga tegishli ma’lumotlar,
adabiyotshunoslik, tilshunoslikka doir atamalar uchraydi.

“Devonu lug‘ot atturk” sodda va ravon to‘rtliklar, qahramonlik haqidagi

qo‘shiqlar, munozara janriga oid to‘rtliklar (Qish va Bahor), xalq og‘zaki ijodi
namunalarini tashkil etgan she’riy parchalar va maqollar uchraydi.

Tabiiyki, “Devonu lug‘ot atturk” keltirilgan she’riy parchalar turli

mavzularni qamrab oldgan, Tabiat manzaralari, ilm-fan, odob-axloq kabi
mavzular shular jumlasidandir. Asarda shuningdek, turklarning qadimiy
qahramoni Alp Er To‘nga haqidagi marsiya ham o‘rin olgan. Bu qahramon tarixiy
shaxs bo‘lib, muallif u haqida bir necha to‘rtliklarni kiritgan. Alp Er To‘nga
haqidagi marsiya shu janrning bizgacha etib kelgan eng qadimiy namunalaridan
biridir.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

75

Yoki, devonga kiritilgan qadimiy xalq maqollari ham turli mavzularga

bag‘ishlangan bo‘lib, hozir ham milliy-ma’rifiy va badiiy ahamiyatga egadir.

O‘qituvchi mazkur mavzularni o‘quvchilarga etkazar ekan, darslikda

namuna sifatida kiritilgan qo‘shiqlarning mazmunini, ularda tasvirlangan
voqealar, tabiat manzarasi, tasviriy vositalar, vazn va qofiya xususiyatlari haqida
ma’lumot berishi muhim ahai\miyatga egadir.11 sinf darsligiga kiritilgan yana
nasriy asarlardan biri Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy” asaridir. Bu asar
payg‘ambarlar haqidagi qissalardan iborat bo‘lib, ular o‘z ildizlari bilan “Qur’on”
va “Hadis”larga borib taqaladi. Shu bois, bu asar xalq orasida keng tarqalgan.
O‘qituvchi bu asar haqida o‘quvchilarga ma’lumot berishi uchun, islom dini
tarixi, Qur’on va hadislardan xabardor bo‘lishi talab qilinadi.

Adabiyotlar:

1.

Matyoqubov O. Maqomat. – T.: Fan, 2004.- 135 b.

2.

Tursunova M. Madrasalar ta’limida adabiyot o‘qitish usullari. T.: “Mumtoz

so‘z” 2017.100 b.
3.

Tursunova M. Milliy ta’lim sarchashmasi // Muloqot, 2003 yil, 2-son.

4.

Tojiyeva Umumta’lim maktablari adabiyot darslarida asar badiiyatini

o‘qitishning ilmiy-pedagogik asoslari// ilm sarchashmalari 2023-yil, 4- son, 117-
119-b.

Библиографические ссылки

Matyoqubov O. Maqomat. – T.: Fan, 2004.- 135 b.

Tursunova M. Madrasalar ta’limida adabiyot o‘qitish usullari. T.: “Mumtoz so‘z” 2017.100 b.

Tursunova M. Milliy ta’lim sarchashmasi // Muloqot, 2003 yil, 2-son.

Tojiyeva Umumta’lim maktablari adabiyot darslarida asar badiiyatini o‘qitishning ilmiy-pedagogik asoslari// ilm sarchashmalari 2023-yil, 4- son, 117-119-b.