ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
61
YUQORI SINFLARDA KONSERT SHAKLIDAGI ASARLAR USTIDA
ISHLASH (S.JALILNING VIOLONCHEL VA ORKESTR UCHUN ASARI
MISOLIDA)
Botirova Dilorom Norxo‘djayevna
Glier nomli Respublika ixtisoslashtirilgan
musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15354421
Ma'lumki, bo'lajak musiqa o'qituvchisi musiqaning elementar nazariyasidan
olgan bilimlarini amalda qo'llay bilishi uchun albatta uning o'qitish
metodikasidan ham muayyan pedagogik qobiliyatga ega bo'lishi shart
hisoblanadi. Qo'lingizdagi “Musiqa o'qitish metodikasi” o'quv qo'llanmasi esa
o'qituvchiga yaxshi ko'makdosh bo'lib xizmat qiladi.
Konsert (nem.konsert, it. Concerto, lot.concertare – uyg‘unlik,
musobaqalash) – orkestr jo‘rligidagi yakka cholg‘u uchun yaratilgan yirik
shakldagi asar.
Konsert dastlab mumtoz (simfonik, kamer, yakkaxon vokal
hamda yakkanavoz cholgʻu va boshqalar) musiqa asarlarini ijro etilishi hamda
tinglanishi uchun tashkil etilgan jamoa tadbiri sifatida namoyon boʻlgan. Birinchi
konsertlar 1672–1978-yillarda Londonda skripkachi J.Banister tomonidan
uyushtirilgan. XIX asrda esa konsertlarni turli musiqa jamiyatlari,
filarmoniyapar tomonidan tashkil etilishi rivoj topgan. Hozirda konsert atamasi
badiiy mazmuniga hamda namoyon boʻlish joyiga qarab — adabiy, raqs, kino,
estrada konsertlari, radio—konserti va boshqa maʼnolarda talqin etiladi.
Yuqori sinflarda musiqiy ta’limning muhim yo‘nalishlaridan biri — konsert
shaklidagi asarlar bilan ishlashdir. Bu jarayon nafaqat o‘quvchilarning ijrochilik
mahoratini rivojlantiradi, balki ularning musiqiy tafakkuri, estetik didi va sahna
madaniyatini shakllantirishda ham katta ahamiyat kasb etadi.
Konsert shakli — bu turli qismlardan iborat bo‘lgan, asosan solist (yoki
solistlar guruhi) hamda ansambl yoki orkestr ishtirokida ijro etiladigan
murakkab musiqiy janrdir. Bu shaklda yozilgan asarlar, ayniqsa klassik
kompozitorlarning ijodida keng uchraydi va o‘quvchilarni yuksak badiiy meros
bilan tanishtirish imkonini beradi. Konsert shaklidagi asarlar ustida ishlash
jarayoni yuqori sinf o‘quvchilarining mas’uliyat hissini kuchaytiradi, ularda
intizom, mehnatsevarlik va ijodiy yondashuvni shakllantiradi. Ayniqsa, mashhur
konsertlardan (masalan, Motsart, Bax, Chaykovskiy, Raxmaninov asarlari)
foydalanish orqali o‘quvchi qalbida musiqaga bo‘lgan chuqur muhabbat va
yuksak estetik idrok uyg‘otiladi.
Jalil Sayfi
(taxallusi; asl ismisharifi Jalilov Jalil) (1932.20.6, Samarqand
2003.11.2, Toshkent) — kompozitor, sozanda, dirijyor. Oʻzbekistonda xizmat
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
62
koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977).
(1988). Toshkent
konservatoriyasini tugatgan (1967). Oʻzbekdavlat filarmoniyasi xalq cholgʻu
asboblari orkestri sozandasi va dirijyor (1950—66), "Shodlik" ansambli badiiy
rahbari (1970—71), konservatoriyada oʻqituvchi (1967 yildan), professor (1990
yildan), kafedra mudiri (1992— 98). Ijodini lirik qushik/tr ("Kel, ertaroq", "Ona
yurtim" va boshqalar), romanslar ("Ayt", "Kechalar yulduz sanab" va boshqalar),
kamercholgʻu va orkestr pyesalar, syuita va kvartetlardan boshlagan.
Keyinchalik, simfonik orkestr uchun yaratgan "Toshkent manzaralari" (1966),
"Qalam qoshligim" (1967) musiqali komediyasi, "Navoiy Astrobodda" (1967, Yu.
Rajabiy bilan) musiqali dramasi va, ayniqsa, tanbur va oʻzbek cholgʻu asboblari
orkestri uchun "Qalbimda" poemasida oʻzbek anʼanaviy bastakorlik uslubini
yevropacha kompozitorlik ijodiyoti tamoyillari bilan uzviy uygʻunlashtirishga
erishgan. Skripka va orkestr uchun 2 konsert (1974, 1995), Oʻzbekistonda
birinchi violonchel va orkestr uchun konsert (1975), 2 ta simfoniya (1978,
1983), "Zebunniso" (1986) va "Malikai ayyor" (1987) operalari, "Sharq
freskalari" (1988) baleti muallifi. "Laqma", "Toʻlanoy", "Yulduzlar jamoli",
"Shayton muridlari", "Kampir ketarmish" kabi asarlari bilan oʻzbek musiqali
komediyasi va dramasi rivojiga katta hissa qoʻshgan. Hamza nomidagi
Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1979)
1
.
Violonchel va simfonik orkestr uchun konsert yozgan. Birinchi ijrochisi
professor Mansurov Adham Xusayinovich. Ikkinchi ijrochisi 1975-yilda yozilgan
o‘zbek cholg‘u konsertlarining ilk namunasi. Uchinchisi-xalq qo‘shiqlari va
kuylari, lirik-epik obrazlarni o‘z ichida jamlagan. Birinchi qismda “Andante”,
Ikkinchi qismda “Allegro”, Uchinchi so‘ngi qismda ham “Allegro”. Ushbu konsert
uch qismdan iborat.
S.Jlilning violonchel va orkestr uchun konserti ustida ishlash metodikasida,
birinchi qism Lya – frigiy xalq tonalligida sonata andante shaklida, 4/4 o‘lchovda
yozilgan. Lirik – epik xarakterda tasvirlangan mazkur asarning bosh mavzusi 8
taktdan iborat. Orkestr esa garmonik – ritmik jo‘rlik vazifasini bajaradi. Keyin
esa, orkestr cholg‘ularida mavzu yangraydi. Mis damli va yog‘och damli
cholg‘ular garmonik jo‘rlik vazifani ado etadi. Gomofon – garmonik gakturaga
ega bo‘lgan mazkur asarda dramaturgik holat yaqqol tasvirlanadi. Ikkinchi
qismida esa, Allegro tempida yozilgan. Nisbatan kuychan, sho‘xchan xarakterda
ijro etiladi. Bu yerda 2/4, 3/4 ham o‘zgaruvchan o‘lchovli tizimni ko‘rishimiz
mumkin. Bundan so‘ng esa, voilonchel va orkestrning savol javob tarzidagi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
63
ijrosini kuzatishimiz mumkin. Uchunchi qismda so‘ngi qism kuychan, sho‘x
xarakterda ijro qilinadi. Nisbatan mayda cho‘zimli tovushlar. O‘lchovning 2/4 da
borishi ham bir tarafdan asarga jadal sur’atini baxsh etadi. Orkestr ham jadallik
bobida violoncheldan qolishmaydi.
2
Konsert o‘zining sermazmun, serjiloligi bilan Sayfi Jalil ijodida alohida
o‘rinni egallashining sabablarini tahlil jarayonida angladik. Bunday asarlarning
o‘zbek sinfonizmidagi o‘rni beqiyosligi ham o‘z isbotini topdi.
Xulosa o‘rnida shumi aytish kerakki, hozirgi kunda o‘quvchilarni estetik
tarbiyalashda o‘zbek kamre musiqasi namunalari, musiqa darslarining mazmuni
va unda berilgan bilimlar o‘ziga xos muhim manba bo‘lishi mumkin. O‘zbek
musiqasini o‘rganish jarayonida berilgan savollar bu muammoni amalga
oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan Adabiyotlar:
1.
Ergasheva.Ch, Istoriya uzbekskoy muziki.Tashkent: 2021 yil
2.
Jabborova.A, O‘zbekiston bastakorlari va musiqashunoslari. T:2016 YIL
3.
Salomonova.T, O‘zbek musiqa tarixi. Toshkent: O‘qituvchi, 1981 yil
4.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
5.
Tursunova.G, Tursunova.R, Jahon musiqa tarixi. Toshkent: 2017.