Авторы

  • Firuzbek Tojiboyev
    ADCHTI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.85788

Аннотация

1970–1980-yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan irrigatsiya ishlari, yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayonlari va agrar sohadagi o‘zgarishlar tahlil qilingan. Qarshi va Farg‘ona cho‘llaridagi melioratsiya tadbirlari, Amudaryo suvini Zarafshon vodiysiga yetkazish ishlari orqali sug‘oriladigan yer maydoni keskin kengaygani ta’kidlangan. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi sohasida yuzaga kelgan muammolar, mahsulot hajmining pasayishi va “Oziq-ovqat dasturi”ning samarasizligi tahlil etiladi. Maqolada ilmiy tahlil va tarixiy manbalarga asoslangan xulosalar keltirilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

46

O‘ZBEKISTON AGRAR SEKTORIDA IQTISODIY INQIROZ VA

MARKAZ SIYOSATI OQIBATLARI (1970–1980-YILLAR)

Tojiboyev Firuzbek Ergashaliyevich

ADCHTI.Tel:998938670212

e-mail.: tojiboyevfiruzbek1988.2024@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15354300

1970–1980-yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan irrigatsiya ishlari,

yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayonlari va agrar sohadagi o‘zgarishlar tahlil
qilingan. Qarshi va Farg‘ona cho‘llaridagi melioratsiya tadbirlari, Amudaryo
suvini Zarafshon vodiysiga yetkazish ishlari orqali sug‘oriladigan yer maydoni
keskin kengaygani ta’kidlangan. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi sohasida
yuzaga kelgan muammolar, mahsulot hajmining pasayishi va “Oziq-ovqat
dasturi”ning samarasizligi tahlil etiladi. Maqolada ilmiy tahlil va tarixiy
manbalarga asoslangan xulosalar keltirilgan.

В статье проанализированы ирригационные работы, реализованные в

Узбекистане в 1970–1980-е годы, процессы освоения новых земель и
изменения в аграрной сфере. Отмечено значительное расширение
орошаемых площадей за счёт мелиорационных мероприятий в
Карашинской и Ферганской пустынях, а также доставки воды из Амударьи
в Зарафшанскую долину. Наряду с этим рассмотрены проблемы,
возникшие в сельском хозяйстве, снижение объёмов производства и
неэффективность «Продовольственной программы». В статье приведены
научный анализ и выводы, основанные на исторических источниках.

The article analyzes irrigation works carried out in Uzbekistan during the

1970s and 1980s, the processes of developing new lands, and changes in the
agricultural sector. It highlights the significant expansion of irrigated areas due
to reclamation measures in the Karshi and Fergana deserts, as well as the
transfer of water from the Amu Darya to the Zarafshan Valley. Alongside this, the
article examines problems that arose in agriculture, the decline in production
volumes, and the ineffectiveness of the "Food Program." The article presents a
scientific analysis and conclusions based on historical sources.

O‘zbekistonda qishloq ho‘jaligida ishlab chiqarish 70-yillardan boshlab 80-

yillarning oxirigacha asosan pasayib bordi.1970-yilga nisbatan, 1980-yilda
qiyosiy ko‘rsatkich 35,6 % gacha pasaydi. Bunday pasayishning asosiy sabablari
qatorida samarali resurslar va tehnoligyalardan foydalanish emas, balki mehnat
sarfining keskin oshishi hisobiga bo‘lgan edi. Haqiqiy o‘sish, balki mehnatning
insoniy resurslaridan nomaqbul foydalanishning chuqur muommalari fosh bo‘la
boshladi. Avvaldan ittifoq markazi Respublikadalarda aholi soni oshishining real


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

47

imkoniyatlarini hisobga olmagan holda agrar siyosat olib borgan edi. Bunday
vaziyatni yuzaga kelishi, uning chuqur ildizlar sababini tubdan tahlil qilishni
taqazo etadi. Avvalo totalitar boshqaruv uslubining ichki ziddiyatlari va hayotiy
emasligi kabi muammolar ildizi olib borilgan iqtisodiy sxemaning asl maqsadi
O‘zbekistonni hom ashyo manbaiga aylantirishdek noiqtisodiy va noinsoniy
rejimi o‘zining asl yuzini ko‘rsatgan edi.

Markazning asosiy e’tibori Respublikadagi tabiiy resurs-yer va uning

aholisini faqat ishchi kuchi va mahsulot manbai sifatida qarashi qishloq
xo‘jaligini tizimli inqiroz yoqasiga olib borgan bo‘ldi.

Natijada, ishlab chiqarish

jarayonlarida iqtisodiy ratsionallik emas, balki ma’muriy buyruqbozlik ustuvor
bo‘lib, innovatsion yondashuvlar e’tibordan chetda qolgan. Bunday tizimda
samaradorlik emas, balki statistik ko‘rsatkichlarni ortiqcha ko‘rsatish va soxta
"o‘sish"ni ta’minlashga urinilgan siyosat hukmron bo‘lgan.

Sovet Ittifoqi tarixining yakunlovchi bosqichida ham iqtisodiy

ekspluatatsiyaga xos bo‘lgan davlat siyosati o‘z mohiyatiga ko‘ra amalda
o‘zgarmay qolgani yaqqol namoyon bo‘ladi. Barcha tarixiy davrlarda SSSRda
shunday iqtisodiy mexanizm shakllanganki, u markaziy hokimiyatga O‘zbekiston
agrar salohiyatidan foydalanish va undan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
qarshiliksiz tortib olish imkonini bergan. Ayniqsa, 1960-yillarning ikkinchi
yarmi va 1980-yillar davrida bu jarayon ancha murakkab va yashirin shakllarga
o‘tdi. Agrar sohani iqtisodiy jihatdan «talon-taroj» qilish holati formal
ko‘rinishda unga sarmoya, kredit, texnika va turli resurslar ajratilayotgandek
qilib namoyon etildi.

Biroq, amalda bu jarayon jamoa va davlat xo‘jaliklari moliyaviy

imkoniyatlarini cheklash hamda ularning daromadlarini keskin pasaytirish bilan
kechdi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan sanoat mahsulotlari —
texnikalar, o‘g‘itlar, kombikormlar va boshqa vositalarning narxi tez sur’atda
oshib bordi. Masalan, 1965-yildan 1985-yilgacha mazkur mahsulotlar narxi
o‘rtacha 5 baravarga qimmatlashgan bo‘lsa, shu davrda qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarining davlat tomonidan belgilangan xarid narxi bor-yo‘g‘i ikki
barobar oshgan, xolos. Narxlar o‘rtasidagi bunday nomutanosiblik agrar
sohaning iqtisodiy imkoniyatlarini yanada chekladi. Bu davrga kelib eng katta
fojia ayniqsa ekologik tizimda sodir bo‘ldi.

Qo‘shimcha ravishda, 1980-yilda haydov va ekish agregatlarining narxi

1970-yilga nisbatan 3 barobarga, bir gektar yerni sug‘orish uchun mo‘ljallangan
texnika vositalari esa 2,8 baravarga qimmatlashgani, agrar sohaning markazga
iqtisodiy qaramligini yanada kuchaytirgan. Bunday holatlar Sovet Ittifoqi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

48

davrida qishloq xo‘jaligining iqtisodiy mustaqilligiga jiddiy salbiy ta’sir
ko‘rsatgan.

70-yillarning ikkinchi yarmida Qarshi cho‘lida loyiha doirasida belgilangan

ishning birinchi navbati mukammal holga keltirildi yoki uzlashtirilishi kerak
bo‘lgan 200 ming gektar yerning 170 ming gektari xo‘jalik aylanishiga kiritildi.
Shu davrlarda Markaziy Farg‘ona cho‘llari ham o‘zlashtirilishi yakunlanish
bosqichiga kirdi. Bu jarayon ayniqsa Usmonxo‘jayev nomidagi kanal qurilishi va
foydalanishga topshirilishi bilan sezilarli tezlashdi.

Ma’lumki, Zarafshon vodiysini suv bilan ta’minlash doimo katta muammo

bo‘lib kelgan. Amudaryo suvini Buxoro yerlariga olib kelinishi nafaqat bu yerni,
balki Samarqand viloyati yerlarini ham suv bilan ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. Natijada, faqat 1976—1980-yillarda 14 ming gektar yer
uzlashtirildi. Shu yillarda respublika bo‘ylab 482 ming gektar yerning meliorativ
holati yaxshilandi, 1023 ming gektar yerni suvlashtirish ishlari yanada samarali
amalga oshirildi. Bu davrga kelib, O‘zbekistonda suvlashtiriladigan yerlarning
umumiy maydoni 3,4 million gektarga yetdi. O‘z navbatida, 1980-yilga qadar bu
raqam faqat 1,5 million gektarni tashkil qilgan edi.

Irrigatsiya inshootlarini qurish, yerning meliorativ holatini yaxshilashga

qaratilgan tadbirlar keyingi yillarda ham amalga oshirila boshlandi. 80-yillarga
kelib, respublikada yangi yerlarni uzlashtirish jarayoni asta-sekin yakunlandi.

Biroq O‘zbekiston agrar sektorida kuzatilgan ayrim ijobiy o‘zgarishlar bilan

bir qatorda, rivojlanishda muayyan to‘siqlar, ichki ziddiyatli jarayonlar ham
kuzatildi. Xususan, 1970-yillar oxiridan boshlab agrar sohada samaradorlikning
susayishiga doir holatlar yaqqol namoyon bo‘la boshladi. Masalan, paxtachilik
sohasida 1980-yildagi 5 579,0 ming tonna yalpi hosil 1985-yilga kelib 5 381,8
ming tonnaga kamaygan. Shuningdek, g‘alla yetishtirish 2 518,3 ming tonnadan
1 541,2 ming tonnaga, sholi 504,6 ming tonnadan 481,7 ming tonnaga, sabzavot
mahsulotlari 2 459,1 ming tonnadan 2 385,6 ming tonnaga, poliz va oziq-ovqat
ekinlari hosili esa 1 046,3 ming tonnadan 790,9 ming tonnaga tushgani qayd
etilgan.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining bunday xavotirli pasayishi nafaqat

O‘zbekistonda, balki sobiq SSSR hududining deyarli barcha respublikasida ro‘y
bergan. Bu holat 1980-yillar o‘rtalariga kelib respublikada ham ayrim oziq-ovqat
mahsulotlari bo‘yicha belgilangan me’yorlarda ta’minlash tizimining joriy
etilishiga olib keldi va qaytadan kartochkali ta’minotga o‘tishga majburiyat
tug‘ildi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

49

SSSR rahbariyati agrar sohadagi samaradorlikning pasayish sabablarini

aniqlash maqsadida KPSS Markaziy Qo‘mitasining 1982-yil may oyidagi
plenumida maxsus muhokamalar o‘tkazdi va «Oziq-ovqat dasturi» qabul qilindi.
Biroq ushbu dastur tubdan iqtisodiy islohotlarga asoslanmagan bo‘lib, u asosan
mavjud boshqaruv tizimi chegarasida ishlab chiqilgan va o‘tmishdagi turg‘unlik
davrining ayrim xususiyatlarini saqlab qolgan holda amalga oshirilgan. Shu bois,
bu dastur ham ko‘zlangan natijalarni bera olmadi va islohotlar chala holda qoldi.

Xulosa qilib aytganda, 1970-80-yillarda O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi

iqtisodiy jihatdan pasayib, markaziy hokimiyatning noto‘g‘ri agrar siyosati va
iqtisodiy resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishi natijasida jiddiy muammolar
yuzaga keldi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Шарапов Ш. Очерки истории союза «Рабземлес» в Узбекистане. –

Ташкент, 1972.
2.

Шмелев Г.И. Распределение и использование труда в колхозах. –

Москва, 1964.
3.

Юсупов К. Аграрные отношения в Узбекистане в период

строительства социализма. – Ташкент, 1977.
4.

Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар.) Иккинчи китоб. 1939-1991

йиллар. Масъул муҳаррирлар Р. Абдуллаев, М. Раҳимов, Қ. Ражабов. –
Тошкент: O’zbekiston, 2017.

Библиографические ссылки

Шарапов Ш. Очерки истории союза «Рабземлес» в Узбекистане. – Ташкент, 1972.

Шмелев Г.И. Распределение и использование труда в колхозах. – Москва, 1964.

Юсупов К. Аграрные отношения в Узбекистане в период строительства социализма. – Ташкент, 1977.

Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар.) Иккинчи китоб. 1939-1991 йиллар. Масъул муҳаррирлар Р. Абдуллаев, М. Раҳимов, Қ. Ражабов. – Тошкент: O’zbekiston, 2017.