ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
116
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KASBIY
SHAKLLANISHIDA KONFLIKTOLOGIK MADANIYAT VA
AKMEOLOGIK YONDASHUV
Azimova Osiyoxon Adxam qizi
TDTU tayanch doktoranti
Gmail: azimovaosiyi@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15438017
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
kasbiy shakllanishida konfliktologik madaniyatning tutgan o‘rni va uni
shakllantirishda akmeologik yondashuvning imkoniyatlari ilmiy-nazariy va
amaliy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Konfliktologik madaniyatni
rivojlantirishning dolzarbligi, ta’lim jarayonidagi roli hamda pedagogik
faoliyatdagi samaradorligi yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
konfliktologik madaniyat, akmeologik yondashuv, kasbiy
shakllanish, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, ziddiyat, muloqot
kompetensiyasi, ta’lim jarayoni.
Аннотация:
В
данной
статье
анализируется
роль
конфликтологической культуры в профессиональном становлении
будущих учителей начальных классов и возможности акмеологического
подхода в ее формировании с научно-теоретической и практической точек
зрения. Рассматривается актуальность развития конфликтологической
культуры, ее роль в образовательном процессе и эффективность
педагогической деятельности.
Ключевые слова:
конфликтологическая культура, акмеологический
подход, профессиональное становление, будущие учителя начальных
классов, конфликт, коммуникативная компетентность, образовательный
процесс.
Abstract:
This article analyzes the role of conflictological culture in the
professional development of future primary school teachers and the possibilities
of the acmeological approach in shaping it from scientific-theoretical and
practical perspectives. The relevance of developing conflictological culture, its
role in the educational process, and its effectiveness in pedagogical activity are
discussed.
Keywords:
conflictological culture, acmeological approach, professional
development, future primary school teachers, conflict, communication
competence, educational process.
Zamonaviy fan konfliktni ijtimoiy munosabatlarning qonuniy va tabiiy
xususiyati sifatida e’tirof etadi hamda uning turli, jumladan, konstruktiv
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
117
shakllarda namoyon bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi. Bugungi kunda insonlar
o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning turli sohalarida, ayniqsa, oliy ta’lim tizimida yuzaga
keladigan nizoli holatlarni samarali hal etish amaliyotini rivojlantirish dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda.
Konfliktlar har qanday ijtimoiy tizimning ajralmas qismi hisoblanadi. Ular
ijtimoiy munosabatlar dinamikasining tabiiy natijasi bo‘lib, jamiyat
rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi vazifasini ham bajarishi mumkin.
Olimlarning ta’kidlashicha, konfliktning o‘zi muammo emas, balki uni hal etish
usullari muammo bo‘lishi mumkin.
Oliy ta’lim tizimida konfliktlarning samarali hal etilishi alohida ahamiyatga
ega. Bu muhitda turli xil konfliktlar yuzaga keladi: professor-o‘qituvchilar va
talabalar o‘rtasida, ma’muriyat va xodimlar o‘rtasida, hamkasblar o‘rtasida,
talabalarning o‘zlari o‘rtasida. Bu konfliktlar ta’lim sifatiga, ilmiy faoliyat
samaradorligiga va umuman oliy ta’lim muassasasining psixologik muhitiga
jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Zamonaviy ta’lim tizimida konfliktlarni samarali hal etish amaliyotini
rivojlantirish quyidagi sabablarga ko‘ra dolzarb hisoblanadi:
Ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish - konfliktlar konstruktiv hal
etilganda o‘quv jarayoni uzluksiz davom etadi va sifati yaxshilanadi.
Innovatsion g‘oyalar rivojlanishi - fikrlar xilma-xilligi va turli nuqtai
nazarlarning mavjudligi, agar ular hurmat bilan qabul qilinsa, ijodiy va
innovatsion yechimlarni keltirib chiqaradi.
Kasbiy va shaxsiy rivojlanish - konfliktlarni samarali hal etish ko‘nikmalari
oliy ta’lim tizimi xodimlari va talabalarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga hissa
qo‘shadi.
Psixologik salomatlik - konfliktli vaziyatlarni konstruktiv hal etish stress
darajasini pasaytiradi va oliy ta’lim muhitida sog‘lom psixologik iqlimni
shakllantiradi.
Ijtimoiy kapitalni mustahkamlash - konfliktlarni samarali hal etish
amaliyoti ishonch, hamkorlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlaydi, bu esa
ijtimoiy kapitalning asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Shunday qilib, oliy ta’lim tizimida konfliktlarni samarali hal etish nafaqat
ta’lim sifatini oshiradi, balki jamiyatning ijtimoiy barqarorligiga ham hissa
qo‘shadi. Bu esa bo‘lajak mutaxassislarni nafaqat kasbiy ko‘nikmalarga, balki
zamonaviy jamiyatning muhim ehtiyoji bo‘lgan konfliktlarni konstruktiv hal
etish malakalariga ham ega bo‘lgan shaxslar sifatida shakllantirishga yordam
beradi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
118
Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy shakllanishi — bu uzoq va murakkab
jarayon bo‘lib, u o‘z ichiga nafaqat bilim va ko‘nikmalarni egallashni, balki o‘zini
anglash, ijtimoiy va psixologik vaziyatlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishni
ham oladi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchilar nafaqat pedagogik bilimlar, balki
kommunikativ va konfliktologik kompetensiyalarni ham rivojlantirishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 28-apreldagi PF–73-sonli Pedagog
kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
farmonida[1], ta’limning sifatini oshirish va o‘qituvchilarning professional
tayyorgarligini yuksaltirish zarurati ta’kidlangan. Bu qonunlar, shuningdek,
muloqot kompetensiyasi va konfliktologik madaniyatning shakllanishini nazarda
tutgan holda, o‘qituvchilarni ijtimoiy-psixologik muhitda muvaffaqiyatli faoliyat
ko‘rsatishga tayyorlashni maqsad qilib qo‘yadi. Shu bilan birga, bu
kompetensiyalar o‘qituvchilarni ziddiyatli holatlarda konstruktiv yechimlar
ishlab chiqishga yordam beradi. Bu borada akmeologik yondashuvning
ahamiyati juda katta.
Pedagogik konfliktlarga oid adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, konflikt
(nizo) juda keng tarqalgan hodisa, ijtimoiy voqelik fenomeni sifatida ham
umumilmiy, ham sohaviy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. “Konflikt”
tushunchasining turli darajalari mavjud: hayotiy konflikt – to‘qnashuv, bahs,
janjal, mushtlashuv ko‘rinishida; falsafiy konflikt – turfa fikrlilikning
rivojlanishida yuzaga keladigan vaziyat sifatidagi shakli; ijtimoiy-etnik konflikt –
o‘tkir vaziyat, shaxsiy munosabatlar va kishilar, ijtimoiy guruhlar, ijtimoiy
institutlar va umuman, jamiyatning umumiy qabul qilingan, tasdiqlangan ahloq
me’yorlari to‘qnashuvi natijalari ko‘rinishida; shuningdek, psixologik konflikt –
qarama-qarshi tomonlar, kuchlar, intilishlar, manfaatlar va ehtiyojlar, motivlar
va qiziqishlar to‘qnashuvi kabi ko‘rinishidagi darajalari mavjud[9.12].
S.Djumayevaning fikricha, “pedagogning konfliktologik madaniyati”
tushunchasi interfaol ta’lim muhitida pedagogik funksiyalarni ongli amalga
oshirish va pedagogik faoliyat sub’yektlari o‘rtasida yuzaga keladigan qarama-
qarshiliklarni bartaraf etish uchun zarur konfliktologik bilim, ko‘nikma va
faoliyat usullar tizimini o‘z ichiga oluvchi integrativ qobiliyatlar yig‘indisidir[4].
Konfliktologik madaniyat shaxsning ziddiyatlarni anglash va boshqarish,
ularni ijobiy tomonga o‘zgartirish qobiliyatini aks ettiradi. Bu madaniyatning
tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Konfliktologik bilimlar:
Ziddiyatlarning turli shakllarini tushunish,
ularning paydo bo‘lish sabablarini tahlil qilish va ularni hal qilishning samarali
usullarini bilish.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
119
Muloqot madaniyati:
Shaxsning boshqalar bilan muloqotda bo‘lishdagi
madaniyati, ya’ni o‘z fikrini aniq va to‘g‘ri ifodalash, boshqa shaxsning nuqtai
nazarini hurmat qilish va uning fikrini tinglash.
Empatiya:
Boshqalarining his-tuyg‘ularini va fikrlarini anglash va ularga
hurmat bilan yondashish.
Tolerantlik:
Har qanday fikr va nuqtai nazarlarni qabul qilish, shu bilan
birga o‘z fikriga hurmat bilan turish.
Murosaga tayyorlik:
Ziddiyatlar yuzaga kelganda, konstruktiv va ijobiy
yechim topishga tayyor bo‘lish.
O‘zini tahlil qila olish:
Ziddiyatli vaziyatlarda o‘z his-tuyg‘ularini tahlil
qilish va ularga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish.
Mas’uliyatli ishtirok etish:
Ziddiyatlarni hal qilishda faqat o‘z
pozitsiyasini himoya qilish emas, balki konstruktiv yechim topishga harakat
qilish.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi — bu bolalar bilan muloqotda bo‘lib, ularning
psixologik va ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim shaxs. Shu sababli,
o‘qituvchining konfliktologik madaniyati uning pedagogik faoliyatida, ayniqsa,
bolalar va ota-onalar bilan muloqotda juda muhim rol o‘ynaydi. Konfliktologik
madaniyatni shakllantirish — bu o‘qituvchining nafaqat ziddiyatlarni hal
qilishdagi mahorati, balki o‘zini qanday tutishini, qanday muloqot qiladi va
boshqalar bilan munosabatlar qurishdagi ko‘nikmalari hamdir. O‘qituvchining
ziddiyatlarga qanday yondashishi uning pedagogik yondashuvini belgilaydi va
o‘quvchilarni tinchlik, o‘zaro hurmat va hamkorlikka o‘rgatadi. Shu bilan birga,
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun ziddiyatli holatlarni bartaraf etishning
konstruktiv usullari muhim hisoblanadi, chunki ular bolalar uchun ijtimoiy va
psixologik tajriba o‘rnatishadi.
G.Tillayeva fikricha, Akmeologiya tabiiy, umumjamoa va insoniy
mahoratning yuksak muvaffaqiyatga erishishi, balki insonning yetuklik
bosqichida ham ruhan, ham ijtimoiy rivojlanish qonunlari va mexanizmlari,
ijtimoiy, ruhiy yuksaklikka erishish darajalari fenomenologiyasini o‘rganish
haqidagi fandir[8].
Akmeologiya — bu shaxsning professional va individual rivojlanishidagi
eng yuqori darajalarini o‘rganadigan fan sifatida ta’riflanadi. Bu yondashuvda
asosiy e’tibor shaxsning ideal holatini izlashga qaratilgan. Akmeologik
yondashuv nafaqat kasbiy o‘sish, balki shaxsiy rivojlanish va o‘zini anglashni
ham o‘z ichiga oladi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun bu
yondashuv, o‘qituvchining ichki salohiyatlarini rivojlantirishda muhim rol
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
120
o‘ynaydi, chunki u shaxsning o‘zini tahlil qilish va o‘zini takomillashtirishga
qaratilgan. Akmeologik yondashuvda o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarini muntazam
ravishda baholab, rivojlantirishga harakat qilishadi. Bu yondashuv pedagogik
jarayonda o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanishini rag‘batlantiradi,
konfliktologik madaniyatni rivojlantirishda samarali yordam beradi.
Akmeologik yondashuv asosida konfliktologik madaniyatni rivojlantirishda
bir nechta metodlar qo‘llanilishi mumkin. Ularning asosiylari quyidagilar:
Treninglar:
O‘qituvchilarni ziddiyatli vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga
o‘rgatish uchun maxsus treninglar tashkil etiladi. Bu treninglar orqali
o‘qituvchilar o‘z salohiyatlarini anglashadi va ziddiyatli vaziyatlarda samarali
harakat qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Rolli o‘yinlar:
Ziddiyatli vaziyatlar simulyatsiyasi yordamida o‘qituvchilar
turli xil ijtimoiy vaziyatlarda qanday harakat qilishlarini o‘rganadilar. Bu metod
talabalarning konfliktologik madaniyatini shakllantirishga yordam beradi.
Reflektiv mashg‘ulotlar:
O‘qituvchilarni o‘z harakatlarini tahlil qilish va
ularni yaxshilashga rag‘batlantiruvchi mashg‘ulotlar.
Interaktiv metodlar:
O‘qituvchilarni amaliy vaziyatlarda fikr almashishga
va konstruktiv yechimlar ishlab chiqishga o‘rgatish.
Muammoli vaziyatlarni tahlil qilish:
O‘qituvchilarni muammoli
vaziyatlarni tahlil qilish va ularni yechishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari.
O‘zbekistonning pedagogik oliy ta’lim muassasalarida olib borilgan
kuzatuvlar va eksperimentlar shuni ko‘rsatdiki, akmeologik yondashuv asosida
tayyorlangan mashg‘ulotlar talabalar tomonidan yuqori qiziqish bilan qabul
qilinadi, ularning o‘zini anglash darajasi oshadi va ziddiyatli vaziyatlardagi
harakatlari ijobiy tomonga o‘zgaradi.
Muxtasar aytganda, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy
shakllanishida konfliktologik madaniyatni rivojlantirish muhim pedagogik
vazifadir. Bu madaniyat o‘qituvchilarga sinf muhitidagi turli ziddiyatlarni
oldindan ko‘rish, ularni to‘g‘ri baholash va samarali hal etish imkoniyatini
beradi.
Akmeologik yondashuv bu jarayonda muhim rol o‘ynaydi. Bu yondashuv
o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanishini yaxlit jarayon sifatida ko‘radi.
Akmeologik yondashuv asosida o‘qituvchilar o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘zini
rivojlantirish va kasbiy kamolotga erishish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
O‘quv jarayonida maxsus treninglar, amaliy mashg‘ulotlar va pedagogik
amaliyot davomida bo‘lajak o‘qituvchilar nizolarni boshqarish strategiyalarini
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
121
o‘rganadi. Bu bilimlar ularga kelajakdagi ish faoliyatida o‘quvchilar, hamkasblar
va ota-onalar bilan qulay munosabatlar o‘rnatishga yordam beradi.
Natijada, konfliktologik madaniyatga ega o‘qituvchilar ta’lim sifatini
oshiradi, sinfdagi psixologik muhitni yaxshilaydi va o‘quvchilarga nizolarni tinch
yo‘l bilan hal etish namunasini ko‘rsatadi. Bu esa umuman jamiyatda ijobiy
munosabatlar shakllanishiga va barqarorlikka hissa qo‘shadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 28 apreldagi “Pedagog
kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-73-sonli farmoni.
2. Axmedova M.T. Pedagogik konfliktologiya: O‘quv qo‘llanma. – T.: Donishmand
Ziyosi, 2020. – B. 306.
3. Azimova O.A. “Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining konfliktologik madaniyatini rivojlantirishning mazmuni”.
NamDU Ilmiy Axborotnomasi 2024-4-son. ISSN:2181-1458 №4-B.944-946
4. Djumayeva S.A. Pedagogik korreksiya vositasida oliy ta’lim jarayonida yuzaga
keladigan nizolarni bartaraf etish texnologiyasi: Ped.fanl. d-ri (PhD) ... Diss. – Т.,
2020. – Б. 69.
5.Куклева Н.В. Формирование конфликтологической компетентности
студентов университета, получающих дополнительную квалификацию
«преподаватель». – Ставрополь, 2006. – С. 10.
6. Самсонова Н.В. Конфликтологическая культура специалиста и
технология ее формирования в системе вузовского образования:
Монография. – Калининград, 2002. – С. 12
7. Galtung, J. Peace by Peaceful Means: Peace and Conflict, Development and
Civilization. SAGE Publications. 1996 – С. 205
8. Tillayeva G. H. “Akmeologiya asoslari “ Tafakkur bo‘stoni T-2014. 14,192
9. Shodiyev I.N. Bo‘lajak o‘qituvchilarda konfliktologik kompetentlikni
rivojlantirish: Ped.fanl. d-ri (PhD) ... Diss. – Т., 2022. – Б. 247.