O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyotida va barqaror rivojlanishida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining ham o‘z o‘rni va iqtisodiy zaruriyati mavjud. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini tubdan isloh qilish hamda tarmoqda bozor mexanizmlarini keng joriy etish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasidagi islohotlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari tahlili, qishloq xo‘jaligi risklarini sug‘urtalashning dolzarbligi va uning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan holda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega tavsiyalar berilgan.