ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
80
RAQAMLASHUV JARAYONINING XALQARO NORMALARGA TA’SIRI
VA MILLIY QONUNCHILIKKA TA’SIRI
Halilova Shahnoza Rustam qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15473187
Annotatsiya:
Ushbu tezisda raqamlashuv jarayonining global miqyosdagi
rivojlanishi va uning xalqaro huquqiy me’yorlarga ta’siri tahlil qilinadi. Xususan,
raqamli texnologiyalar asosida yuzaga kelayotgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar xalqaro standartlar va konvensiyalarning mazmunini qayta ko‘rib
chiqishni talab qilmoqda. Tezisda, shuningdek, ushbu global me’yorlarni milliy
qonunchilik tizimiga implementatsiya qilish zarurati asoslab beriladi. Tadqiqot
natijalari asosida implementatsiya jarayonining huquqiy, institutsional va texnik
jihatlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
Kalit so'zlar:
Raqamlashuv, xalqaro huquqiy standartlar, milliy
qonunchilik, raqamli huquqlar, xalqaro hamkorlik, raqamli transformatsiya,
huquqiy tizimlarni moslashtirish.
Аннотация:
Данная диссертация анализирует глобальное развитие
процесса цифровизации и его влияние на международные правовые
стандарты. В частности, новые социально-экономические отношения,
возникающие в связи с цифровыми технологиями, требуют пересмотра
международных норм и конвенций. Также в диссертации подчеркивается
необходимость внедрения этих глобальных стандартов в национальное
законодательство. На основе результатов исследования даются
практические рекомендации по юридическим, институциональным и
техническим аспектам процесса внедрения.
Ключевые слова:
Цифровизация, международные правовые
стандарты,
национальное
законодательство,
қифровые
права,
международное сотрудничество, қифровая трансформация, адаптация
правовых систем.
Abstract:
This thesis analyzes the global development of the digitalization
process and its impact on international legal standards. In particular, the new
socio-economic relations arising from digital technologies require a
reassessment of international norms and conventions. The thesis also
emphasizes the necessity of implementing these global standards into national
legislation. Based on the research findings, practical recommendations are
provided regarding the legal, institutional, and technical aspects of the
implementation process.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
81
Keywords:
Digitalization, international legal standards, digital rights,
international cooperation, digital transformation, legal systems adaptation.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va global
raqamli transformatsiya jarayonlari barcha sohalarda yangi imkoniyatlar va
chaqiriqlarni yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, xalqaro huquqiy normalar va milliy
qonunchilikni uyg‘unlashtirish zarurati tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Raqamlashtirish jarayonining xalqaro normalarga ta’siri, shuningdek, milliy
qonunchilikka implementatsiyasi, global hamkorlik va raqamli iqtisodiyotning
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Raqamli texnologiyalar va global normalar orasidagi munosabatlar, ayniqsa,
har bir mamlakatning o‘z qonunlarini zamon talablariga moslashtirishni taqozo
qiladi. Shu bilan birga, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish,
global iqtisodiy tizimda raqobatbardoshlikni oshirishga yordam beradi. Ushbu
jarayonni amalga oshirishda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jihatlar ham katta rol
o‘ynaydi, chunki qonunchilikning to‘liq amalga oshirilishi nafaqat huquqiy
tizimning samarali ishlashini ta’minlaydi, balki mamlakatning iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu nuqtayi nazardan, ushbu tezisda raqamlashuv jarayonining xalqaro
normalarga ta’siri va uning milliy qonunchilikka implementatsiya qilish zarurati
muhokama qilinadi. Bunda xalqaro tajriba va amaliyotlar asosida raqamli
qonunchilikni yaratishning istiqbollari hamda uning mamlakatlararo
hamkorlikka qo‘shadigan hissasi yoritiladi.
Raqamli texnologiyalar rivojlanishi sо‘z erkinligi tushunchasining о‘zini
transformatsiyalashga sabab bо‘lmoqda. Agar an'anaviy talqinda sо‘z erkinligi
asosan matbuot, radio va televideniye kabi ommaviy axborot vositalari orqali о‘z
fikrini erkin ifoda etish sifatida tushunilib kelingan bо‘lsa, bugungi kunda bu
tushuncha ancha kengaydi va murakkablashdi.
Martin Bujela raqamli muhitda sо‘z erkinligi "nafaqat о‘z fikrini erkin ifoda
etish, balki internetga erkin kirish, raqamli platformalardan foydalanish, о‘z
ma’lumotlari ustidan nazorat qilish, kiberhujumlardan himoyalanish kabi
huquqlarni ham о‘z ichiga oladi" deb ta’kidlaydi. Bu esa sо‘z erkinligi sohasidagi
xalqaro normalarning yangilanishi va zamonaviylashtirilishi zarurligini
kо‘rsatadi.
Raqamlashuv jarayoni sо‘z erkinligi sohasidagi xalqaro normalarga
quyidagi yо‘nalishlarda ta’sir kо‘rsatmoqda:
1. Internetga kirish huquqi – bugungi kunda dunyoning kо‘plab
mamlakatlarida internetga kirish asosiy inson huquqlaridan biri sifatida tan
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
82
olinmoqda. 2016-yilda BMT Inson huquqlari kengashi "raqamli uzilish"ni
bartaraf etish va internetga kirish imkoniyatlarini kengaytirish bо‘yicha
rezolyutsiyani qabul qildi. Bu rezolyutsiya internetga kirishni cheklash sо‘z
erkinligi huquqini buzish deb e'tirof etadi. Internetga kirishning huquqiy
maqomi sо‘z erkinligi sohasidagi xalqaro normalarni transformatsiyalashning
muhim yо‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
2. Raqamli platformalarda sо‘z erkinligi – ijtimoiy tarmoqlar, messengerlari,
onlayn forumlar, bloglar va boshqa raqamli platformalar sо‘z erkinligini amalga
oshirishning asosiy vositalariga aylanmoqda. Biroq bu platformalar kо‘pincha
xususiy kompaniyalar tomonidan boshqariladi va ularning о‘z qoidalari va
kontentni moderatsiya qilish siyosati mavjud. David Key ta’kidlaganidek,
"xususiy kompaniyalar kontentni moderatsiya qilish orqali sо‘z erkinligini
tartibga solishda tobora muhim rol о‘ynamoqda, bu esa davlatlar bilan xususiy
sektor о‘rtasida yangi munosabatlarni shakllantirmoqda". Bu holat sо‘z erkinligi
sohasidagi xalqaro normalarda xususiy sektorning roli va mas'uliyati
masalalarini ham qayta kо‘rib chiqishni talab qilmoqda.
3. Ma’lumotlar xavfsizligi va shaxsiy hayot daxlsizligi – raqamli makon sо‘z
erkinligi bilan shaxsiy hayot daxlsizligi о‘rtasidagi yangi ziddiyatlarni keltirib
chiqarmoqda. Zamonaviy texnologiyalar shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash
va qayta ishlashning keng imkoniyatlarini yaratmoqda, bu esa shaxsiy hayot
daxlsizligi huquqini himoya qilish zarurligini kuchaytirmoqda. GDPR (Umumiy
ma’lumotlarni himoya qilish reglamenti) kabi yangi xalqaro standartlar ushbu
masalalarda muhim rol о‘ynamoqda.
4. Dezinformatsiya va "fake news" bilan kurash – internet va ijtimoiy
tarmoqlar yolg‘on axborot va dezinformatsiyani tez tarqalishiga imkon
yaratmoqda. Bu esa sо‘z erkinligi va axborot sifati о‘rtasidagi muvozanatni
saqlash masalasini kun tartibiga qо‘ymoqda. Yevropada dezinformatsiya bilan
kurashish uchun "Amaliyot kodeksi" (Code of Practice) kabi mexanizmlar ishlab
chiqilmoqda. Biroq dezinformatsiyaga qarshi kurash sо‘z erkinligini asossiz
ravishda cheklash uchun bahona bо‘lmasligi muhim.
5. Kiberjinoyatchilik va kiberhujumlar – raqamli makonda sо‘z erkinligiga
nisbatan yangi tahdidlar, chunonchi kiberhujumlar, Dos-hujumlar, "trolling",
kiber-bulling va boshqa xavflar paydo bо‘lmoqda. Bu muammolarni hal qilish
sо‘z erkinligi sohasidagi xalqaro normalarni yangilashning muhim masalalaridan
biri hisoblanadi. Kiberjinoiyatchiliksga qarshi budapeşt konvensiyasi kabi
xalqaro hujjatlar bu sohadagi hamkorlikni kuchaytirish uchun asos bо‘lmoqda
[7].
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
83
Raqamlashuv jarayoni sо‘z erkinligi sohasidagi xalqaro normalarning
transformatsiyasiga olib kelmoqda. Bu transformatsiya quyidagi yо‘nalishlarda
namoyon bо‘lmoqda:
Mavjud xalqaro hujjatlarga yangi talqinlar berish – Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar tо‘g‘risidagi xalqaro
pakt kabi asosiy xalqaro hujjatlar raqamli muhit sharoitlarida qayta talqin
qilinmoqda. BMT Inson huquqlari kengashi va BMT Maxsus ma’ruzachilari
tomonidan zamonaviy texnologiyalar kontekstida sо‘z erkinligi talqinlari
berilmoqda.
Yangi xalqaro hujjatlar va standartlarni ishlab chiqish – sо‘z erkinligi va
internet erkinligi sohasida yangi xalqaro hujjatlar va standartlar ishlab
chiqilmoqda.
Masalan,
2014-yilda
Yevropa
Kengashi
"Internet
foydalanuvchilarining huquqlari tо‘g‘risidagi kо‘rsatma"ni, 2018-yilda Yevropa
Ittifoqi "Umumiy ma’lumotlarni himoya qilish reglamenti" (GDPR)ni qabul qildi.
2022-yilda Yevropa Ittifoqi "Raqamli xizmatlar tо‘g‘risida akt"ni (Digital Services
Act) qabul qildi, bu akt internetdagi noqonuniy kontent bilan kurashish va
foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish bо‘yicha yangi standartlarni
belgilaydi.
Xususiy sektorning о‘z-о‘zini tartibga solish standartlarini ishlab chiqish –
xalqaro texnologiya gigantlari (Facebook, Google, Twitter) о‘z platformalarida
kontentni moderatsiya qilish va sо‘z erkinligini ta’minlash bо‘yicha о‘z
standartlarini ishlab chiqmoqda. Bu standartlar ayrim hollarda davlatlarning
milliy qonunchiligidan ham kengroq qо‘llaniladi. Masalan, Facebook
kompaniyasi о‘z Oversight Board (nazorat kengashi)ni tashkil etdi, bu kengash
platformada kontent moderatsiyasi bо‘yicha qarorlarni qayta kо‘rib chiqish
vakolatiga ega.
Kо‘p tomonlama boshqaruv yondashuvini rivojlantirish – internet
boshqaruvi va raqamli platformalarni tartibga solish sohasida kо‘p tomonlama
boshqaruv (multi-stakeholder governance) yondashuvi tobora keng
qо‘llanilmoqda. Bu yondashuv davlatlar, xususiy sektor, fuqarolik jamiyati
institutlari va akademik doiralarning birgalikdagi ishtirokini nazarda tutadi.
BMT Internet boshqaruvi forumi (IGF) buning yorqin misolidir.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi "Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari tо‘g‘risida"gi farmoni, 2020-yil 28-apreldagi "Raqamli iqtisodiyot va
elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi farmoni
raqamli transformatsiya jarayonlarining huquqiy asoslarini yaratdi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
84
2023-yil 30-aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi О‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasida "Davlat Internet jahon axborot
tarmog‘idan foydalanishni ta’minlaydi" deb belgilangan, bu qoida internetga
kirish huquqining konstitutsiyaviy kafolatini о‘rnatdi. О‘zbekistonda raqamli
muhitda sо‘z erkinligini ta’minlash jarayonida bir qator murakkab muammolar
mavjud bо‘lib, ularni tizimli ravishda hal etish uchun kompleks yondashuvlar
zarur. Bu muammolar milliy qonunchilikni xalqaro normalarga moslashtirishda
ham, amaliy tatbiq etish jarayonida ham namoyon bо‘lmoqda.
Raqamli muhitda sо‘z erkinligini tartibga soluvchi О‘zbekiston
qonunchiligida sezilarli bо‘shliqlar va nomuvofiqliklar mavjud. Bu ayniqsa,
raqamli platformalar, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn kontentni moderatsiya qilish,
algoritmik tartibga solish kabi yangi sohalar bilan bog‘liq masalalarda yaqqol
kо‘rinadi. Masalan, О‘zbekistonda blogerlarning huquqiy maqomi, ijtimoiy
tarmoqlardagi faoliyat, raqamli platformalarda kontent moderatsiyasi bilan
bog‘liq masalalar tо‘liq tartibga solinmagan. Bu bо‘shliqlar xalqaro normalarni
samarali implementatsiya qilishga tо‘sqinlik qiladi va huquqni qо‘llash
amaliyotida noaniqliklarni keltirib chiqaradi. Qonunchilikdagi bо‘shliqlarni
bartaraf etish uchun sо‘z erkinligi sohasidagi qonunchilikni kompleks qayta
kо‘rib chiqish, raqamli muhitning xususiyatlarini hisobga olgan yangi normativ-
huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish talab etiladi.
Milliy xavfsizlik manfaatlari va sо‘z erkinligi о‘rtasidagi muvozanatni
saqlash eng murakkab vazifalardan biri hisoblanadi. О‘zbekiston kabi mintaqada
murakkab geosiyosiy vaziyat mavjud bо‘lgan davlatlar uchun bu ayniqsa dolzarb
masala hisoblanadi. Terrorizmga qarshi kurash, ekstremizmning oldini olish,
diniy-ekstremistik tashviqotga qarshi kurashish kabi muammolar sо‘z
erkinligini ma’lum darajada cheklashga sabab bо‘lmoqda. Ba’zan milliy xavfsizlik
manfaatlari bahona qilinib, sо‘z erkinligi haddan tashqari cheklanishi hollari
ham uchraydi. Bu muammoni hal qilish uchun milliy xavfsizlik va sо‘z erkinligi
о‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash bо‘yicha aniq mezonlar va tamoyillarni
ishlab chiqish, xalqaro standartlarda belgilangan "uch qismli test" (qonuniylik,
qonuniy maqsad, zaruriylik va mutanosiblik) prinsiplarini qо‘llash, sud nazorati
va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kuchaytirish talab etiladi.
Xalqaro standartlarni joriy etish jarayonida turli manfaatdor tomonlar
(davlat organlari, xususiy sektor, fuqarolik jamiyati) о‘rtasidagi manfaatlar
tо‘qnashuvi va qarshiliklar sezilarli tо‘siq bо‘lishi mumkin. Davlat organlari
kо‘pincha tartibga solish va nazoratni kuchaytirish tarafdori bо‘lsa, xususiy
sektor va fuqarolik jamiyati erkinlik va о‘z-о‘zini tartibga solishni afzal kо‘radi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
85
Mazkur murakkab muammolarni hal qilish uchun quyidagi strategik
yondashuvlarni qо‘llash maqsadga muvofiq:
Raqamlashuv sharoitida sо‘z erkinligi sohasidagi xalqaro normalarni milliy
qonunchilikka implementatsiya qilish uchun kompleks va tizimli yondashuvni
qо‘llash zarur. Bu jarayonda huquqiy, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
jihatlarni bir butun holda hisobga olish lozim. Masalan, qonunchilikni
takomillashtirish bilan bir qatorda, raqamli savodxonlikni oshirish, texnik
infratuzilmani rivojlantirish, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, media-ta’lim
va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish bо‘yicha dasturlarni amalga oshirish zarur.
Shuningdek, bu jarayonda qisqa muddatli, о‘rta muddatli va uzoq muddatli
vazifalarni belgilash, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish, natijalarni
muntazam monitoring qilish va baholash tizimini yaratish muhim ahamiyatga
ega.
Xalqaro normalarni implementatsiya qilish jarayonida huquqiy ekspertiza
va monitoring tizimini rivojlantirish alohida e'tiborni talab etadi. Bu tizim
qonunchilik va huquqni qо‘llash amaliyotidagi bо‘shliqlarni о‘z vaqtida aniqlash,
xalqaro standartlarga muvofiqlikni baholash va zarur о‘zgartirishlarni kiritish
imkoniyatini beradi. Huquqiy ekspertiza jarayonida xalqaro ekspertlarni jalb
qilish, qonun loyihalarini xalqaro standartlarga muvofiqlik nuqtai nazaridan
baholash amaliyotini joriy etish, shuningdek, huquqni qо‘llash amaliyotida
xalqaro standartlarning qо‘llanilishini monitoring qilish tizimini yaratish muhim
ahamiyatga ega. Bu о‘z navbatida qonunchilikdagi ziddiyatlar va
nomuvofiqliklarni о‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, xalqaro standartlarning
amaliy tatbiqini yaxshilash imkoniyatini beradi.
Bu yondashuvlarning barchasi birgalikda qо‘llanilganda, raqamlashuv
sharoitida sо‘z erkinligi sohasidagi xalqaro normalarni О‘zbekiston
qonunchiligiga samarali implementatsiya qilish imkoniyati sezilarli darajada
oshadi, bu esa pirovardida mamlakatda sо‘z erkinligi va demokratik
jarayonlarning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Raqamlashuv jarayoni sо‘z va matbuot erkinligi sohasidagi xalqaro
normalarning transformatsiyasiga olib kelmoqda. Bu о‘zgarishlar nafaqat
mavjud xalqaro hujjat va standartlarni yangicha talqin qilishni, balki yangi
xalqaro normalarni shakllantirishni ham talab qilmoqda. Internetga kirish
huquqi, raqamli platformalarda sо‘z erkinligi, ma’lumotlar xavfsizligi va shaxsiy
hayot daxlsizligi, dezinformatsiya va kiberjinoyatchilik bilan kurashish kabi
masalalar sо‘z erkinligi sohasidagi xalqaro normalarga yangi talablar
qо‘ymoqda.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
86
О‘zbekistonda ham raqamli transformatsiya jarayonlari faol amalga
oshirilmoqda. Bu jarayonlar sо‘z va matbuot erkinligini ta’minlash sohasidagi
huquqiy normalarni ham transformatsiyalashga olib kelmoqda. Yangi tahrirdagi
Konstitutsiyada internetdan foydalanish huquqining mustahkamlanishi buning
yorqin misolidir.
Raqamlashuv sharoitida sо‘z erkinligi sohasidagi xalqaro normalarni
О‘zbekiston qonunchiligiga implementatsiya qilish uchun kompleks va tizimli
yondashuv, barcha manfaatdor tomonlarni jalb qilish, huquqiy ekspertiza va
monitoring tizimini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va
jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarur.
Bu islohotlar О‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning muhim sharti
bо‘lgan sо‘z va matbuot erkinligini raqamli muhitda tо‘liq ta’minlashga xizmat
qiladi. "О‘zbekiston — 2030" strategiyasi doirasida sо‘z va matbuot erkinligini
yanada kengaytirish, axborot sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash,
fuqarolarning axborot olish huquqini kafolatlash bо‘yicha tizimli islohotlarni
amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu islohotlar raqamlashuv sharoitida sо‘z
erkinligi sohasidagi xalqaro normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya
qilish orqali yanada samarali bо‘lishi mumkin.
XULOSA
Raqamlashtirish jarayoni, ayniqsa, xalqaro normalar va milliy qonunchilik
o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Xalqaro normativ-
huquqiy talablar raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi uchun zarur asos bo‘lib
xizmat qiladi va mamlakatlarga texnologik innovatsiyalarni keng joriy qilish
imkoniyatini yaratadi. Bunday jarayonlar milliy qonunchilikka integratsiya
qilishni taqozo etadi, chunki raqamli texnologiyalar va ularning qonuniy
boshqaruvi xalqaro me'yorlar asosida modernizatsiya qilinishi kerak.
Xalqaro qonunlar va milliy qonunchilikning samarali uyg‘unlashuvi raqamli
iqtisodiyotda yangi imkoniyatlarni yaratadi va mamlakatlarning global
miqyosda integratsiyasini kuchaytiradi. Shu bilan birga, raqamlashtirishning
huquqiy va iqtisodiy jihatlarini nazorat qilish bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab
chiqilishi zarur. Bu orqali nafaqat texnologik rivojlanish, balki xalqaro va milliy
qonunchilik tizimlarining samarali o‘zaro faoliyati ta'minlanadi.
Adabiyotlar ro'yxati:
1.
Universal Declaration of Human Rights. – United Nations, 1948. – Article
19.
2.
International Covenant on Civil and Political Rights. – United Nations,
1966. – Article 19.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
87
3.
European Convention on Human Rights. – Council of Europe, 1950. –
Article 10.
4.
African Charter on Human and Peoples' Rights. – Organization of African
Unity, 1981. – Article 9.
5.
American Convention on Human Rights. – Organization of American
States, 1969. – Article 13.
6.
Arab Charter on Human Rights. – League of Arab States, 2004. – Article 32.
7.
Eisenstein E.L. The Printing Revolution in Early Modern Europe. –
Cambridge: Cambridge University Press, 2005. – 384 p.
8.
8Федотов М.А. Право массовой информации в Российской Федерации.
– М.: Международные отношения, 2018. – 624 с.
9.
Hansen M.H. The Athenian Democracy in the Age of Demosthenes. –
Oxford: Blackwell, 1991. – P. 81-94.
10.
Vakhabov A.V., Ro'zmetov B.Y. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. T.:
TDIU, 2019. – 320 b