ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
44
MAMLAKATIMIZ TA’LIM TIZIMIDA O‘SMIR PSIXOLOGIYASI BILAN
BOG‘LIQ BO‘LGAN NORMATIV HUQUQIY HUJJATLAR TAHLILI VA
SHARHI
Zokirova Sarvinoz O‘tkir qizi
Xalqaro Nordik universiteti magistratura bosqichi 2-kurs tinglovchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15472161
O‘smirlarning san’at asarlarini ijtimoiy idrok etishining psixologik
xususiyatlari bo‘yicha mahalliy ta’lim tizimining me’yoriy-huquqiy hujjatlariga
e’tibor qaratadigan bo‘lsak, pedagog-psixolog faoliyatiga aloqador mavjud
normativ-huquqiy
hujjatlar,
barchamizga
ma'lumki,
mamlakatimizda
mustaqillikning dastlabki yillaridan, barcha jabhalarda bo‘lgani kabi, ta'lim
tizimida ham kеng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun ishlab
chiqilmoqda. Birinchi prеzidеntimiz Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida
ishlab chiqilib, hayotga izchil tatbiq etilayotgan “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonun ,
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa bir qator huquqiy-mе'yoriy
hujjatlar yurtimizda ta'lim-tarbiya sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, o‘quv
muassasalari moddiy-tеxnika bazasini mustahkamlash va o‘sib kеlayotgan yosh
avlodning zamon talablari darajasida bilim olish, kasb-hunar egallashiga, ularni
psixologik sog‘lom muhitda ulg‘ayishiga sabab xizmat qilmoqda.
Shuningdek, tarbiyalanuvchi, o‘quvchi-yoshlar qobiliyati va istе'dodini
rivojlantirish, aniq maqsadni ko‘zlagan holda ular bilan ishlash tizimini
takomillashtirish, ushbu yo‘nalishda oila, mahalla va jamoatchilik hamkorligini
kuchaytirish, jamoatchilik e'tiborini o‘quv-tarbiya jarayoniga, tarbiyalanuvchi,
o‘quvchi-yoshlar shaxsini rivojlantirishga jalb etish yo‘nalishidagi ishlar
kuchaytirilmoqda. Ta'kidlash joizki, yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga
oshirishda ta’lim muassasalaridagi psixologik xizmat ham o‘ziga xos muhim
ahamiyatga egadir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi
hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo
biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga
aylanib bormoqda. “Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli
yashaydi”, deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu
masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi” , degan ta’kidi,
yurtimizda yoshlar tarbiyasiga, ayniqsa, oila, onalik va bolalikni ijtimoiy
muhofaza qilishga alohida e’tibor berilayotganining dalolatidir. Buyuk
mutafakkir Ibn Sino deydi: “agar yomon xulq odatga kirib qolsa, u mijoz
buzilishini keltirib chiqaradi. Masalan, g‘azab kuchli qizdiradi, qayg‘u kuchli
ozdiradi, hafsalasizlik nafsoniy quvvatni bo‘shashtirib, mijozni balg‘amlikka
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
45
moyil qiladi. Xulqning mo‘tadilligi natijasida, ham nafas, ham badan sog‘lom
bo‘ladi” .
Ibn Sino axloqqa oid ko‘plab muammolarni odamning ruhiy holati va
ma’naviy xossalarining his-hayajonli paydo bo‘lishi asosida talqin etadi. Deviant
xulq-atvor — mikroijtimoiy munosabatlar (oilaviy, maktabdagi munosabatlar)
va kichik ijtimoiy guruhlarga xos bulgan ijtimoiy me’yorlar va xulq-atvor
qoidalarini buzish bilan bog‘liq me’yordan og‘uvchi xulq-atvor turlaridan biridir.
Bu xulq-atvorni “g‘ayriintizomiy” deb atasak ham bo‘ladi. Deviant xulq-atvorning
yorqin namoyon bo‘lishiga namoyish, agressiya, o‘qishdan qochish va daydilik,
bolalar va o‘smirlar orasidagi aroqxo‘rlik, giyohvandlik va u bilan bog‘liq
g‘ayriijtimoiy harakatlar, jinsiy tavsifdagi g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlar, o‘ziga
suiqasd qilishga urinishlarni misol qilib keltirsak bo‘ladi.
Ushbu yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish
maqsadida bir nеchta yangiliklar yaratildi.
Ta'lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etish bo‘yicha mе'yoriy
hujjat, ya'ni O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7
iyundagi “Umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akadеmik litsеylar
va kasb-hunar kollеjlarida o‘qitish bilan qamrab olishni ta'minlash bo‘yicha
normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 109-sonli
qarori hamda O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 5
iyundagi “O‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish, ularning o‘qishini
ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 320-sonli qarori ga muvofiq O‘zbеkiston Rеspublikasi
xalq ta'limi muassasalarida psixologik xizmat to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqilib,
O‘zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirligi, O‘zbеkiston Rеspublikasi mеhnat
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar
Mahkamasi xuzuridagi Davlat tеst markazining 2010 yil 5 iyuldagi 29, 131-QQ,
17G‘QQ -sonli Qo‘shma Qarori bilan tasdiqlandi va amaliyotga tatbiq etildi.
Nizomda psixologik xizmatning maqsadi, vazifalari hamda faoliyatning
tashkiliy asoslari bеlgilandi, ya'ni maktabgacha ta'lim muassasalari
tarbiyalanuvchilari va umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilarining,
Mеhribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining psixologik salomatligini muhofaza
qilish, pеdagogik jamoalarda sog‘lom psixologik muhitni ta'minlash hamda
mazkur
ta'lim
muassasalarida
faoliyat
ko‘rsatayotgan
amaliyotchi
psixologlarning huquq va vazifalari to‘g‘risida atroflicha tushunchalar bеrildi.
Jumladan, umumta'lim maktablarida psixologik xizmat xonasini tashkil
etish yuzasidan Yo‘riqnoma ishlab chiqildi. Yo‘riqnoma asosida har bir tumanda
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
46
bittadan namunaviy psixologik xizmat xonasi tashkil etildi. 2012 yil 24 apreldagi
130-sonli O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'limni rivojlantirish bo‘yicha
idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengashning asosiy vazifalari to‘g‘risidagi
yig‘ilishning 2-sonli bayoni ijrosini ta'minlash to‘g‘risidagi buyruqda bolalarning
iqtidorini erta yoshdan aniqlashning samarali metokalarini amaliyotga joriy
etish bo‘yicha ilmiy laboratoriya tarkibi, o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning shaxs
xususiyatlari va individual-psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faol
ijtimoiy hayotga tayyorlash maqsadida ilg‘or texnologiyalarga asoslangan O‘smir
va zamon pedagogik-psixologik dasturi majmuasi tashkil etildi.
O‘smir yoshdagi bolalar ta’limning sifatini oshirish, ta’lim jarayonini isloh
qilish va talabalar faoliyatini yaxshilashni maqsad qilgan hujjatlar, masalan,
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun yoki “Ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha davlat
dasturlari ” o‘z-o‘ziga baho berish tizimining kiritilishi va amalga oshirilishini
qo‘llab-quvvatlaydi.
Har bir o‘rta ta’lim muassasasi bo‘ladimi yoki oliy ta’lim muassasasi o‘z
ichki faoliyatni tashkil etuvchi nizomlari va metodologiyalariga asoslanib,
o‘smirlarning dunyo qarashini, ma’naviy-marifiy kamolotini, ularning bo‘sh
vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qilishni maqsad qiladi. Bu hujjatlar odatda o‘quv
jarayonini boshqarish va baholashda qanday metodlarni qo‘llash, baholarni
qanday hisoblash va baholash natijalarini qanday tahlil qilish haqida qoidalar
belgilab beradi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-
oktyabrda qabul qilgan O‘zbekiston Respublikasida Oliy ta’lim tizimining 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida “2030-
yilgacha Oliy ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi” da milliy ta’lim tizimini yangi
natijaga
erishishga
yo‘naltirishda
“Universal
bilimlar,
ko‘nikmalar,
malakalarning yangi tizimi, shuningdek, ta’lim oluvchilarning mustaqil faoliyat
va shaxsiy mas’uliyat tajribasi, ya’ni zamonaviy asosiy kompetensiyalar” sifatida
xizmat qilishi keltirib o‘tilgan . O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirining 2023-yil 26-iyuldagi 327-sonli buyrug‘i 33 oliy ta’lim
tizimida muhim yangiliklarni va o‘zgarishlarni belgilovchi hujjatdir. Bu buyruq,
asosan, oliy ta’lim muassasalarining ishlash tartibi, o‘quv jarayonidagi yangi
talablar va ta’limda innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Buyruqda ta’limning sifatini oshirish, yangi o‘quv metodikalarini joriy etish,
talabalarga yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.
2020-yil 5-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli
Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
47
choratadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6097-sonli Farmonida turli sohalar bilan bir
qatorda, taʼlim yoʻnalishini raqamlashtirishga oid qator vazifalar belgilangan edi.
Ushbu hujjat bilan taʼlim dargohlarini yuqori tezlikdagi Internet bilan taʼminlash,
oʻquvchilarning baholarini shaffof tarzda qayd etib borish maqsadida elektron
kundalik tizimini joriy etish va boshqalar shular jumlasidandir. “Oliy ta’lim
muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirish”ga oid qarorlar, Oliy ta’lim
muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirish maqsadida bir qator qarorlar
qabul qilingan.
Shu o‘rinda Abdulla Avloniyning tarbiya haqidagi fikrini keltirib
o‘tmoqchimiz: “Tarbiya – Pedagogika, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur.
Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak,
yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o‘rgatmak, yomon
xulqlardan saqlab o‘sdurmakdir” . Shunday ekan ma’naviy tarbiyasi yuzasidan
taklif etuvchi muayyan axloqiy fazilatlar yoshlarda kelajakka nisbatan ishonch
hislarini to‘g‘ri shakllanishida va ularning barkamol bo‘lib unib-o‘sishida asosiy
o‘rinlardan birini egallaydi . O‘sib borayotgan shaxsning ma’naviy tarbiyasini
shakllantirish muammosi ko‘p qirrali bo‘lganligi uchun, ushbu tushunchani din
psixologiyasi, pedagogik psixologiya, yosh davrlari psixologiyasi, differensial
psixologiya kabi psixologiyaning turli tarmoqlari o‘rganib kelmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-
mayda qabul qilingan. https://lex.uz/docs/-5013007
2.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 29.08.1997 yildagi 463-I-son.
https://lex.uz/docs/-48401
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning «Kamolot»
yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi.1 iyul, 2017 y.
4.
Rahimov S. Abu Ali ibn Sino ta’lim va tarbiya haqida. – Toshkent:
O‘qituvchi, 1967. –B. 88–89
5.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 iyundagi
“Umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akadеmik litsеylar va kasb-
hunar kollеjlarida o‘qitish bilan qamrab olishni ta'minlash bo‘yicha normativ-
huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 109-sonli qarori.
https://lex.uz/docs/-1639371?ONDATE=07.06.2010
6.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 5 iyundagi
“O‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish,
qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 320-sonli qarori. https://lex.uz/docs/-6973011
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
48
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.04.2019-yildagi PF-
5712-son
8.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.10.2019-yildagi PF-
5847-son
9.
https://ilmiyanjumanlar.uz/uploads/conferences/0041/3-2.pdf
10.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining
buyrug‘i, 26.07.2023 yildagi 327-son
11.
Abdulla Avloniy..Turkiy guliston yoxud axloq - Toshkent: Yoshlar
nashriyot uyi, 2019. - 96 6et.
12.
Shavkat Mirziyoyev.Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish-
xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. “Xalq
so‘zi”, 2017- yil 4-avgust .O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.
https://lex.uz/docs/111453#1427044