Авторы

  • Fotima Suyarova
    Toshkent davlat yuridik universiteti 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.91184

Аннотация

Bilamizki, huquqshunos olimlar ijtimoiy fanlar sohasida muhim rol o’ynaydilar. Ularning ilmiy ishlari jamiyatda adolatni ta’minlash, qonunlarni takomillashtirish va inson huquqlarini himoya qilishda katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolamda MDH davlari ichida huquqshunoslik maktabining yorqin namoyondalaridan biri Oʻzbekiston Respublikasi Fan arbobi, yuridik fanlari doktori, professor Gʻafur Abdumajidovning hayot yo’li,  ta’limi, ilmiy faoliyati va jamiyatga qo’shgan hissasi haqida so’z yuritiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

36

USTOZLAR UMR YO’LI – HAYOT MAKTABI

Suyarova Fotima Sobirovna

Toshkent davlat yuridik universiteti

3-kurs talabasi

Tel raqami: +998900006035

Elektron pochta: suyarovafotima765@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15472070

Annotatsiya

Bilamizki, huquqshunos olimlar ijtimoiy fanlar sohasida muhim rol

o’ynaydilar. Ularning ilmiy ishlari jamiyatda adolatni ta’minlash, qonunlarni
takomillashtirish va inson huquqlarini himoya qilishda katta ahamiyatga ega.
Ushbu maqolamda MDH davlari ichida huquqshunoslik maktabining yorqin
namoyondalaridan biri Oʻzbekiston Respublikasi Fan arbobi, yuridik fanlari
doktori, professor Gʻafur Abdumajidovning hayot yo’li, ta’limi, ilmiy faoliyati va
jamiyatga qo’shgan hissasi haqida so’z yuritiladi.

Oʻzbekistonda professional yurisprudensiya, huquq ilmi, nazariyasi,

amaliyoti shakllanib va takomil topishida munosib hissasini qoʻshgan
Oʻzbekiston Respublikasi Fan arbobi, yuridik fanlari doktori, professor Gʻafur
Abdumajidov yuridik fanlarning jinoyat huquqi, jinoyat-ijroiya huquqi, jinoyat-
prosessual huquqi va kriminalistika kabi muhim sohalari boʻyicha yirik olim va
mutaxassis 14 yoshidan amaliyotda yuristlik vazifasini oʻtab, 70 yil davomida
inson huquqlari, fuqaroni zulm va istibdoddan ozod qilish yoʻlida ancha-muncha
savobli ishlar qildi. U kishini nafaqat bir soha, balki bir necha sohalarni
bilimdoni boʻlgani uchun ham “ensiklopedik olim”, deb atashgan. Prosessualist
va kriminalist olim sifatida oʻz ilmiy asarlari, oʻzi tarbiyalagan shogirdlari bilan
nafaqat Oʻzbekistonda, balki MDH davlatlarida ham ma'lum va mashhur.

Fafur Abdumajidov 1928-yil 28-iyunda Samarqandda tavallud topdi. 1944-

1945-yillarda tuman sudida kotib, sud ijrochisi boʻlgan. Toshkent yuridik
institutini 1948-yili tamomlab, 1951-yilgacha rayon prokuraturasida prokuror
yordamchisi, tergovchi boʻlib, 1951 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi
Prokurori huzurida eng muhim ishlar boʻyicha tergovchi boʻlib xizmat qilgan.
1957-1960-yillarda Sankt-Peterburg universitetining Aspiranturasida tahsil olib,
yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasi uchun dissertasiyasini muvaffaqiyatli
yoqladi hamda Oʻzbekistonda birinchi kriminalist boʻlib tanildi.

1961-1965 yillarda Oʻzbekiston FA Falsafa va huquq institutida katta ilmiy

xodim, “Jinoyat huquqi va prosessi” sektorining mudiri, 1966-1973 yillarda
Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumining “Yuridik boʻlimi”ni boshqarib, Mehnat,
Oila-nikoh, Er, Suv toʻgʻrisida kodekslari, sogʻliqni saqlash, madaniy


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

37

yodgorliklarni muhofazalash kabi koʻplab qonun loyihalarini tayyorlashga
boshchilik qilgan.

«Jinoyatlarni tergov qilish nazariyasi, qonuniy tartibi va amaliyotiga oid

muammolar» mavzuida doktorlik dissertasiyasini tugatib, 1983 yilda SSSR FA
Davlat va huquq institutida muvaffaqiyatli yoqlab, yuridik fanlari doktori ilmiy
darajasiga, 1985 yil professor ilmiy unvoniga sazovor boʻldi.

1973-1974 yillarda F.Abdumajidov Oʻzbekiston FA Falsafa va huquq

institutida ilmiy tadqiqotlarini olib bordi. 1974-yildan boshlab Ichki ishlar
vazirligi Toshkent Oliy maktabining “Kriminalistika” kafedrasiga 18 yil rahbarlik
qildi, oʻquv dargohi Akademiyaga aylantirilganidan soʻng 1991-1995 yillar IIV
Akademiyasi boshligʻining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida samarali
mehnat qildi.

“Paxta ishi”, “Oʻzbeklar ishi” nomi bilan “mashhur” Gdlyan-Ivanovlar guruhi

80-yillar oʻrtalarida butun Oʻzbekiston xalqini besaranjon qilgani, Oʻzbekiston
hayotida “uchinchi qatagʻon” deb atalgan bu mudhish voqealar hali hanuz oʻzbek
xalqining yodidan koʻtarilgani yoʻq. Hattoki, nomlarini eslashni oʻzi oʻzbek millati
uchun nooʻrin boʻlgan SSSR Oliy sudining soxta ayblovlari yuzasidan
Gʻ.Abdumajidov Moskvadagi mashhur huquqshunos olimlarga yozma murojaat
qiladi va unga javoban akademik V.N.Kudryasev, taniqli professorlar
S.V.Borodin, I.M.Galperin, N.V.Radutnaya, I.I.Karpes, Yu.P.Kasatkinlar SSSR Oliy
sudining qarori notoʻgʻri ekanligi haqida asoslangan fikr bildiradilar. Bu fikrlar
keyinchalik Oliy sudning byulletenida e'lon qilindi. Huquqshunos olim 2013-
yilda vafot etdi.

F.Abdumajidov yuridik ta'limga oid 600 dan ziyod ilmiy asarlar muallifi.

“Jinoyatlarni tergov qilishga oid qonunlarning rivojlanishi”, “Dastlabki tergovni
takomillashtirish muam¬molari”, “Kriminologik lavhalar”, “Tuhmatomuz
yumaloq xat mual¬liflarini fosh etish taktikasi2, “Oʻzbekiston davlat va huquq
tarixi”, “Oʻzbekistonda sud hokimiyati: islohotlar davri”, “Jinoyat huquqi”,
“Jinoyat prosessi”, “Kriminalistika” “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual
kodeksiga sharhlar”, “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksiga
sharhlar” kabilar shular jumlasidandir. Uning ilmiy ishlari MDH mamlakatlari
nashriyotlarida (Moskva, Sankt-Peterburg, Kiev, Samara, Irkutsk, Olma-Ota va
boshqalar) ham nashr qilingan.

F.Abdumajidovning xizmatlari yuqori baholanib, 1971 yil “Hurmat belgisi”

ordeni, etti nafar medallar bilan mukofotlangan. Yuridik fan sohasida yuqori
malakali mutaxassislar tayyorlashda erishgan yutuqlari uchun 1987 yilda


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

38

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi” faxriy unvoniga
sazovor boʻlgan.

F.Abdumajidov Asosiy qonunini tayyorlash boʻyicha Konstitusiyaviy

komissiyaning a'zosi boʻlib, mustaqil Oʻzbekiston Konstitusiyasi loyihasini
tayyorlashda faol qatnashdi.

F.Abdumajidov 1995 yil 22 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi

Konstitusiyaviy sudining sudyasi, 2000-2003 yillar Adliya vazirligi huzuridagi
Respublika Huquqiy ma'rifat targʻiboti Markazi direktori lavozimida faoliyat
koʻrsatish bilan bir qatorda Toshkent davlat yuridik instituti va Jahon
iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ilmiy-pedagogik faoliyat yuritdi.

Uning ilmiy izlanishlari qonuniylikni mustahkamlashi, jinoyatlarni fosh

etish, tergov jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash,
jinoyatga qarshi siyosatni takomillashtirish bilan tavsiflanadi. U yirik mutaxassis
nazariyachi sifatida sudya va tergovchilarning mustaqilligi va faqat qonunga
boʻysunishini kafolatlash, gumon ostiga olingan, ayblangan shaxsni himoyachi
bilan ta'minlash, jinoyat ishlarini yurituv chogʻida jabrlanuvchi va boshqa
muhokama ishtirokchilarining huquqlarini jiddiy kengaytirishga oid takliflarni
ilgari surdi va asoslab berdi. Uning bir qator ilmiy tavsiyalari 1994 yildan qabul
qilingan Respublika Jinoyat-prosessual kodeksida oʻz ifodasini topdi, huquqni
muhofaza qiluvchi idoralar faoliyatini va sud islohotlarini mazmunan boyitishga
xizmat qildi. F.Abdumajidovning sud-huquq islohotlarini liberallashtirishga
qaratilgan gʻoyalarini uning shogirdlari davom ettirmoqda. Uning bevosita ilmiy
va uslubiy rahbarligida 40 ga yaqin fan nomzodlari va fan doktorlari etishib
chiqdi.

Fidoyi ustoz umrining oxirgi kunlariga qadar Toshkent davlat yuridik

instituti va Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida
etuk yurist kadrlar tayyorlashda va mamlakatimiz huquqshunoslarini
malakasini oshirishda sidqidildan mehnat qildi.

Ushbu mehnatlari munosib baholanib, 08.04.1970 – “Shavkatli mehnati

uchun” medali, 31.08.1971 – “Hurmat belgisi” ordeni, 04.11.1983 «Milisiya
a'lochisi» koʻkrak nishoni, 11.10.1984 «Halol xizmatlari uchun» medali,
08.10.1987 – «Mehnat faxriysi» medali, 17.12.1987 – “Oʻzbekistonda xizmat
koʻrsatgan fan arbobi” unvoni, 04.07.1991 – «Faol xizmatlari uchun»
Butunittifoq «Bilim» jamiyatining nishoni, 08.08.1992 – «Mustaqillik» esdalik
nishoni, 20.04.1995 – «1941-1945 yillardagi urushda fashizm ustidan
qozonilgan gʻalabaning 50 yilligi» medali, 06.05.1995 - «Shuhrat» medali bilan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

39

taqdirlangan. Gʻafur Abdumajidovning umr yo’li va ilmiy merosi bo’lajak yurist
haqiqiy hayot maktabi hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fan arbobi, yuridik fanlari doktori, professor

Gʻafur Abdumajidov ilmiy merosi yana uzoq yillar mobaynida oʻzbek huquq
ilmini takomillashtirishda asos boʻlib xizmat qiladi. Fidoyi huquqshunosning
Haqiqat, Qonun va Adolatga xizmat qilishga bagʻishlagan ibratli koʻp yillik
faoliyati hozirgi va kelgusi huquqshunos olim, amaliyotchilar uchun namuna
hamda davom ettirishga, e'tirof etishga va hurmatga sazovor.

Adabiyotlar:

1.

Abdullayev A. R. Ustoz va shogird: an’analar va zamonaviy yondashuvlar. –

Toshkent: «О‘qituvchi», 2019. – 160 b.
2.

Jо‘rayev N. Pedagogik mahorat va kasbiy yetuklik. – Toshkent: «Fan»,

2021. – 192 b.
3.

Ergashev I. Hayot maktabi: ustozlar hayot yо‘lidan lavhalar. – Toshkent:

«Sharq», 2020. – 144 b.
4.

Nosirova Z. Kasbga sadoqat va ustozlik maqomi. – Samarqand:

«Zarqо‘rg‘on», 2018. – 128 b.

Библиографические ссылки

Abdullayev A. R. Ustoz va shogird: an’analar va zamonaviy yondashuvlar. – Toshkent: «О‘qituvchi», 2019. – 160 b.

Jо‘rayev N. Pedagogik mahorat va kasbiy yetuklik. – Toshkent: «Fan», 2021. – 192 b.

Ergashev I. Hayot maktabi: ustozlar hayot yо‘lidan lavhalar. – Toshkent: «Sharq», 2020. – 144 b.

Nosirova Z. Kasbga sadoqat va ustozlik maqomi. – Samarqand: «Zarqо‘rg‘on», 2018. – 128 b.