ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
11
QORAQALPOG’STON SHAROITIDA YUKSAK DARAJALI SUV
O’SIMLIKLARI (AZOLLA COROLINIANA),(ACORUS CALAMUS) NI
KO’PAYTIRISH VA ULARNI BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
D.Q.Baltabaeva
OʻzR FA Qoraqalpoq tabiiy fanlar ITI, Nukus
A.U.Bekbergenova
Qoraqalpoq qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti
A.D.Atajanova
OʻzR FA Qoraqalpoq tabiiy fanlar ITI, Nukus
https://doi.org/10.5281/zenodo.15468774
Annotatsiya.
Ushbu maqolada, Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot
institutiga ilk bor oziqavop, noyob va foydali dorivor o’simliklar Karolina Azolla
(Coroliniana Willd),(Acorus calamus) suv va suvbo’yi o’simliklarini,
Qoraqalpoqg’ston iqlim sharoitiga moslashtirish va ularni vegetativ ku’paytirish
borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan
Kalit soʻzlar:
moslashuv, bioekologiyasi, yuksak darajali suv o’simliklar,
havzalar,biomassa, laboratoriya.
Аннотация.
В данной статье впервые в Каракалпакском научно -
исследовательском естественных наук разработаны предложения и
рекомендации редких и полезных лекарственных растений
Karolina Azolla
(Coroliniana Willd),(Acorus calamus) (Аир болотный), водных и
околоводных растений к климатическим условиям Каракалпакстана и их
вегетативному размножению
Ключевые слова:
адаптация, биоэкология, высшие водные растения,
пруды, биомасса, лаборатория.
Аbstract.
In this article, for the first time in the Karakalpak Research
Institute of Natural Sciences, proposals and recommendations have been
developed for the adaptation of rare and useful medicinal plants Carolina Azolla
(Coroliniana Willd.), Acorus calamus (Acorus calamus), aquatic and near-water
plants to the climatic conditions of Karakalpakstan and their vegetative
propagation.
Key words:
adaptation, bioecology, higher aquatic plants, ponds, biomass,
laboratory.
Qoraqalpoq Tabiiy Fanlar Ilmiy Tadqiqot Instituti, tadqiqotchilar,
mintaqada o'ziga xos iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, flora va fauna
xilma-xilligini himoya qilish, tabiiy resurslarni qayta tiklash va ekologik
tizimlarni barqarorlashtirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. Bu
yo'nalishda olib borilayotgan tadqiqotlar, nafaqat Qoraqalpog'iston, balki butun
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
12
O'rta Osiyo mintaqasi uchun ham ahamiyatlidir. Mahalliy flora genofondini
saqlashning ahamiyati shundaki, ularning o'ziga xos ekologik moslashuvlari va
hayotiy qobiliyatlari mavjud hududda tabiiy muvozanatni saqlashga yordam
beradi. Shu sababli, o'simliklarni madaniylashtirish, ularning genetik
resurslarini to'plash va ko'paytirish tadbirlari muhim ilmiy yo'nalish
hisoblanadi, chunki bu jarayonlar nafaqat florani saqlash, balki bioxilma-xillikni
himoya qilish va ekologik tizimlarni barqarorlashtirishga yordam beradi.
O'simliklar xilma-xilligini saqlash va moslashtirish maqsadida olib borilgan
ilmiy tadqiqotlar O'zbekistonning muhim ilmiy markazlaridan biri bo'lgan
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi
akademik F.N.Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog’i o'simliklar
kollektsiyasidan olingan o'simliklar orqali amalga oshirilgan. Bu o'simliklar
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq Tabiiy Fanlar Ilmiy
Tadqiqot Institutiga olib kelindi.
Tadqiqot jarayonida o'simliklar biologik hovuzlarda o'stirildi, turli xil
organik va mineralli ozuqa muhitlarida moslashuvshangligi tekshirildi va bu
jarayon tajriba asosida tahlil qilindi. O'simliklarning moslashuvchanligi
o'rganilishi, ularning o'ziga xos sharoitlarga (masalan, qurg'oqchil yoki tuzli
hududlarga) moslashish qobiliyatini baholashga yordam beradi. Ushbu tajribalar
orqali o'simliklarning yangi o'sish muhitlariga qanday moslashishini va ularning
genetik resurslarini qanday yaxshilash mumkinligini aniqlash maqsad qilingan.
Tadqiqotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida, o'simliklarning
moslashuvchanligi va genetik xilma-xillikni saqlashga qaratilgan ko'plab
yondashuvlar ishlab chiqiladi. Bu esa nafaqat o'simliklarni saqlash, balki
ularning mavjud ekologik tizimlarga mos ravishda rivojlanishini ta'minlash
uchun zarurdir. Bu jarayonlar O'zbekistonning qurg'oqchil hududlari va qiyin
ekologik sharoitlari uchun muhim ahamiyatga ega.
Karolina Azolla (Coroliniana Willd), Oddiy Igir (Acorus calamus) yuksak
darajali suv o’simliklari asosan tropik va subtropik hududlarda oʻsib, bizning
sharoitlarda tabiiy holda uchramaydi. Ular suv havzalarda o’ziga xos go’zallik va
ekologik ahamiyati bilan ajralib turadi. Suv o’simliklarning yangi sharoitga
moslashish va ularga tasir etuvchi omillar yorug’lik-iqlim, suv harorati va
bioekologik xususiyatlarin o’rganish, ularning turli sharoitlarga moslashuv
yo’llarini izlash va tabiiy va suniy suv havzalarida sinash, ularni ko’paytirish
uchun optimal sharoitlarni aniqlash, saqlab qolish, hamda yangi turlar bilan
toʻldirish, yuksak darajali suv oʻsimliklarni mahaliy floraga qo’shib, ular
hisobidan turli sohalar uchun zarur xom ashyo bazasini yaratishdan iborat. Shu
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
13
bilan birga bog’ va parklarda estetik go’zallik yaratishda, yuqori qiymatli
biomassa olish va bu resurslardan oqilana foydalanish maqsadida yuksak
darajali suv o’simliklarning moslashuvshangligini chuqur o’rganish, suv
ekotizimlari
barqarorligi
va
samaradorligini
ta’minlash
ahamiyatli
hisoblanadi.[1,2,]
Karolina
Azolla (Coroliniana Willd), Oddiy Igir (Acorus calamus)
o’simliklari suv havzalarida biomassa hosil qilish, ekologik muvozanatni saqlash,
shuningdek, atrof-muhitni va oqova suvlarini tozalashda foydalanilmoqda.[6,9]
Suv o'simliklarining gidrobiologik va gidrokimyoviy hususiyatlarini
o'rganish, ularning ekologik tizimdagi o'rni va inson faoliyatidagi ahamiyatini
tushunish uchun juda muhimdir. Bu sohadagi tadqiqotlar ko'plab olimlar
tomonidan olib borilgan va xalqaro miqyosda tan olingan. Masalan, De Meeste et
al. (2011), E.J. Olguin et al. (2017), F.D. Ariffin et al. (2019), H.M. Mustafa et al.
(2020) va boshqalarning ishlarida suv o'simliklarining gidrobiologik va
gidrokimyoviy xususiyatlari, ularning ekotizimlarga ta'siri, va inson faoliyatiga
moslashish jarayonlari o'rganilgan. Bu tadqiqotlar suv o'simliklarining turli
ekologik sharoitlar va iqlim o'zgarishlariga qanday moslashishini va ularning
biogidromexanik funktsiyalarini aniqlashga yordam beradi.[9]
Respublikamizda esa suv o'simliklaridan foydalanish va ularni o'rganish
bo'yicha tadqiqotlar R.Sh. Shoyoqubov (1987, 2018), X. Xaydarova (1991), A.
Xasanov (1995) va S.B. Buriev (1993, 2025), S.Yu.Ryazanova, Y.Tashpulatov,
A.Nurniyuzov, kabi olimlar tomonidan amalga oshirilgan. Ushbu tadqiqotlar,
asosan, O'zbekiston hududidagi suv o'simliklari turkumini o'rganish, ularning
gidrobiologik, gidrokimyoviy xususiyatlarini tahlil qilish va suv resurslaridan
samarali foydalanish bo'yicha yo'l-yo'riqlarni ishlab chiqish maqsad qilingan. Bu
ishlar suv o'simliklarining yuksak ekologik va iqtisodiy ahamiyatga ega
ekanligini ko'rsatadi, ayniqsa qurg'oqchil hududlarda ular suv resurslarini
boshqarish va tabiiy muvozanatni saqlashda muhim rol o'ynaydi [1,2,4, ].
Qoraqalpog'iston sharoitida
Karolina Azolla, Acorus calamus
kabi
yuksak darajali suv o'simliklarini moslashtirish bo'yicha olib borilgan ilmiy
tadqiqotlar, Qoraqalpoq Tabiiy Fanlar Ilmiy Tadqiqot Instituti tomonidan
amalga oshirilgan. Tadqiqot ishlarini olib borish uchun institutning tajriba
maydonida maxsus hovuzlar tashkil etildi. Bu hovuzlarning har biri chuqurligi
120 sm, eni 5,20 m, uzunligi esa 6,30 metrdan iborat bo'lib, jami maydoni 0,02
ga (2 sotix) bo'lgan 6 ta hovuzdan iborat edi. Tadqiqot jarayonida dastlab, 4 ta
biologik hovuzga ma'lum o'lchamdagi organik o'g'itlar qo'shildi va shu hududga
yuqori darajali suv o'simliklari ekildi. Ekilgan suv o'simliklarining o'sishi,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
14
biomassa hosildorligi va ekologik moslashuvchanligi ustida turli tajribalar olib
borildi. Tadqiqotlar davomida o'simliklarning sharoitga moslashish darajasi,
ularning o'sish sur'ati, biomassa hosilini ishlab chiqarish va ekologik tizimlarga
ta'siri tahlil qilindi.
Yuksak suv o'simliklarining biomassasining mahsuldorligini aniqlashda
Taubaev T.T., va o'simliklarni fenologik kuzatishda Beydeman I.N. tavsiyalaridan
foydalanildi. [3,5]
Suvning fizik-kimyoviy
tarkibi Yu.Yu.Lu're va N.S. Strogonov uslublari
asosida aniqlandi.[7,8]
Bu tadqiqotlar, ayniqsa, Qoraqalpog'istonning qurg'oqchil iqlim sharoitida
suv
o'simliklarining
samarali
ekotizimlarda
ishlatilishining
qanday
moslashuvchanligini o'rganish maqsadida muhimdir. Suv o'simliklarining bu
hududda muvaffaqiyatli rivojlanishi nafaqat ekologik tizimlarni yaxshilash, balki
suv resurslarini boshqarish, bioxilma-xillikni saqlash va turli ekologik
jarayonlarni optimallashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Azolla (Karolina Azolla)
— Polypodiopsida sinfiga mansub, suv yuzasida
qalqib o‘suvchi, kichik o‘lchamdagi tropik va subtropik o‘simlikdir. Uning vatani
Vetnam bo’lib, asosan tropik mamlakatlarning chuchuk suv havzalarida
uchraydi. Azolla o‘simliklarining o‘lchamlari 0,7-1,8 sm atrofida va ular o‘zining
yuqori ko‘payish qobiliyati hamda ekologik ahamiyati bilan mashhurdir.Azolla
turkumiga dunyo bo‘yicha 6 ta tur kiradi:
1.
Karolina azollasi (Azolla caroliniana Willd.)
– Asosan tropik
mintaqalarda uchraydigan o‘simlik bo‘lib, uning o‘sishi tez va u ekosistemalarga
ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
2.
Qirqquloqsimon azolla (Azolla filiculoides Lam.)
– Suv yuzasida
tez o‘sib, suvning sifatini yaxshilashda yordam beradi, ayniqsa, o‘zining azot
yig‘ish xususiyati bilan tanilgan.
3.
Meksika azollasi (Azolla mexicana Presl.)
– Aslida Meksikada
paydo bo‘lib, hozirda boshqa tropik hududlarda ham tarqalgan. U tez o‘sib,
suvni tozalashda va ekosistemalarning barqarorligini saqlashda yordam beradi.
4.
Mayda bargli azolla (Azolla microphylla Kaulfuss.)
– Bu tur
kichik barglari bilan ajralib turadi va asosan tropik suv havzalarida o‘sadi.
5.
Patsimon azolla (Azolla pinnata R.Br.)
– Karolina azollasiga
o‘xshash, lekin barglari va o‘sish sharoitlari biroz farq qiladi.
6.
Nil azollasi (Azolla nilotica De Caisne)
– Nil daryosi atrofidagi
hududlarda tarqalgan va o‘simliklarning ekologik jarayonlarga ta'siri tufayli
ahamiyatli.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
15
Azolla o‘simliklari suvda o‘sib, ularning keng tarqalishi suv
ekosistemalarida muhim ekologik rol o‘ynaydi. Ularning o‘simliklarni
oziqlantirish va ekologik barqarorlikni ta'minlashdagi roli shundaki, ular azotni
havodan suvga o‘zlashtiradi, shu bilan birga suvda o‘sadigan boshqa o‘simliklar
uchun ozuqa moddalari bilan ta'minlaydi. Azolla o‘zining yuqori azot yig‘ish
qobiliyati bilan qishloq xo‘jaligida ham ekinlarga ozuqa sifatida foydalidir,
shuningdek, ular biologik azotli o'g'it sifatida ham ishlatiladi.
Azolla o‘simliklari o‘sishi va rivojlanishi uchun aniq sharoitlarga muhtoj.
Ular doimiy yorug‘likka ehtiyoj sezadi va suv harorati 16-28°C orasida bo‘lishi
kerak. Azolla asosan vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. Yon shoxlari osongina uzilib,
suv oqimi bo‘yicha boshqa suv havzalariga tarqaladi. Bu o‘simliklar ko‘p hollarda
suv yuzasida o‘zlarining intensiv o‘sishi orqali boshqa joylarga ham ko‘chib
boradi, shu bilan birga ular yangi joylarda ko‘payish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Bizning tadqiqotlarimiz dovamida 2 kun ichida Azolla o‘z biomassasini 2
barobargacha ko‘paytirishi aniqlandi. Bu o‘sish sur'ati juda tez, ya'ni 1 m² suv
yuzasiga 800 gramm Azolla biomassa solinganida, 48 soat ichida u 1600 gramm
gacha o‘sishi mumkin. Azolla o‘zining tez o‘sish va biomassasini ko‘paytirish
qobiliyati bilan nafaqat suv ekosistemalarini yaxshilash, balki biogaz ishlab
chiqarish va qishloq xo‘jaligida o‘g‘it sifatida foydalanish uchun ham qulaydir.
Bundan tashqari, Azolla o‘simliklari ekologik barqarorlikni ta'minlash va suv
havzalarida ozuqa zanjirini mustahkamlashda ham muhim rol o‘ynaydi.Ayni
payitda mamlakatimizda azollani parrandachilikda, baliqchilikda ozuqa sifatida
va oqova suvlarini tozalash maqsadida foydalanilmoqda
Oddiy igir
(Acorus calamus)- Igirdoshlar oylasiga mansub ko’p yillik o’t
o’simlik. Nayob va foydali dorivor bu suv o’simligining vatani Hindiston va Xitoy
hisoblanadi. O’zbekistonda tabiiy sharoitda Samarqand viloyatining Urgut (N-
39.4993: E-67.3381), Tayloq (N-39.5633: E-67.1328), tumanidagi ayrim
zovurlar, ko’llarda, Qorasuv kanali bo’ylarida mavjudligini takidlaydi va
mualliflar tomonidan ularni muhofaza qilish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab
chiqilgan[1. 123,135b]
Oddiy igirning ildizpoyasi 1,5 metirgacha uzunlikda, gorizontal joylashgan
va ku’p ildizli, yu’g’on bo’lib, ildizpoyaning yuqori tomonidan barg tu’plamlari
o’sib chiqadi. Barglari qilichsimon bo’lib uzunligi 70-120 sm, poyasi yashil, tik
o’suvchi, shoxlanmagan, poyada ikki jinsli su’taga tu’plangan sariq gullari
bo’ladi. Mevasi chu’zinchoq, ku’p urug’li, sariq hu’l meva. O’simlikning
ildizpoyasi shamollashlarga qarsh, og’riq qoldiruvchi, miya qon-tomirlarini va
oshqozon ichak, teri kasalliklarini dabolashi olimlar tomanidan tajribalarda
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
16
aniqlangan.
Oddiy igir unumdor tu’proqqa talabchan o’simlik hisoblanmaydi, turli xil
tu’proqlarda u’sa olishini hisobga olib, biz O'zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N.Rusanov nomidagi
Toshkent Botanika bog’i o'simliklar kollektsiyasidan, Qoraqalpoq Tabiiy Fanlar
Ilmiy Tadqiqot Institutiga, Qoraqalpoqg’stonning iqlim sharoitiga moslashtirish
maqsadida 11- mart kuni oddiy igirning ildizpoyalari olib kelindi. Ildizpoyalar
loydan va boshqa jisimlardan tozalab yuvildi va 7 sm, 10 sm, 20 sm u’lchamda
qirqib olindi. Oddiy igirni laboratoriya sharoitida ekishda chuqurligi 30 smli,
konteynerlarga kuchli namlangan loy aralash toproqdan paydalanib, qu’shimcha
ildizi pastga kurtaklar esa yuqoriga qaratilib ekildi. Oddiy igirning tajribada
ildizpoyasining o’sish va ularga bioekologik omillarning tasiri 2 oy davomida
kuzatildi. Biometrik u’lchovlar har 10 kunda u’lchanib borilib, olingan
malumotlar statistik tahlil qilindi. Olib borilgan izlanishlar shuni kursatadiki,
birinshi va Ikkinsh variantdagi 7sm, 10 sm li o’lchamda kesilgan ildizpoyalar 30
- 55%, uchinshi variantdagi 20 sm li kesilgan ildizpoyalar 70% unib chiqdi.
Tajribalar natijalaridan malum bo’ldiki, 11- mart oyidan 11-may oyi davomida
olib bo’rilgan izlanishlar shuni ko’rsatadiki, Qoraqalpoqg’ston sharoitida Oddiy
igirning o’sish dinamikasi, Samarqand davlat universiteti Biologiya fakulteti
issiqxonasida olib borilgan tadqiqotlarga salishtirganda, o’sish dinamikasi biroz
past ekanligi aniqlandi sababi, Qoraqalpog'istonning iqlimi keskin kontinental
cho’l iqlimi bilan ajralib turadi. Mart oyi bizning mintaqada bahorning
boshlanishi va ob-havoning asta-sekin isiy boshlashi bilan xarakterlanadi va
mart oyida o’rtacha kundizgi havo harorati +8
0
С dan +15
0
C gacha kechalari esa
0
0
C dan -5
0
C gacha bo’lib,aprel oyning oxirlarida harorat ko’tariladi va biz 13-
may kuni tadqiqot ishlarini olib borish uchun institutning tajriba maydonida
maxsus hovuzlarga ekildi.
1-jadval
Tadqiq qilinayotgan oʻsimliklarning qisqacha tavsifi
Karolina
Azolla
(Coroliniana Willd)
Oddiy igir
(Acorus calamus)
Rasim
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
17
Yashash shakli
Ko’p yillik suv o’simlik
Ko’p yillik suv o’simlik
O’simlikning
bo’yi
Juda kichik bo’lib
1-2 sm oralig’ida bo’ladi
60 -120 sm balanslikka
etadi
Gullash vaqti
Gullash vaqti mavjud
emas, chunki u gul hosil
qilmaydigan
sporasit
o’simliklar
guruhiga
kiradi
May oyidan boshlab,
iyulgacha gullaydi
Gulining rangi
Bu
o’simlik
gul
bermaydi
Poyada ikki jinsli su’taga
tu’plangan sariq gullari
bo’ladi
Xulosa
Suv o‘simliklari ekotizimdagi oziq moddalarning muvozanatini saqlashda
yordam beradi. Ular suvda azot va fosfor kabi oziq moddalarning ortiqcha
miqdorini kamaytirishga yordam berib, suvda mavjud bo‘lgan ifloslantiruvchi
moddalarning (masalan, og‘ir metall va kimyoviy moddalar) parchalashida
ishtirok etadi. Ular, shuningdek, organik moddalarni parchalash jarayonida ham
faol qatnashadi, bu esa suv sifatini yaxshilaydi.Yuksak darajali suv o‘simliklari,
suv hayvonlari uchun muhim yashash joylarini ta'minlaydi. Ular, turli xil suv
hayvonlarining ko‘payishi va yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratadi, bu esa
biologik xilma-xillikni saqlashda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, suv
muhitida gaz almashuvining barqarorligini ta'minlaydi. Ular, suvda karbonat
angidrid va kislorod almashinuvi jarayonlarini boshqarish orqali suv
ekotizimining dinamikasini muvozanatlaydi
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati:
1.
A. Nurniyozov, I. Hamdamov, Y. Tashpulatov. Samarqand viloyati suv
havzalarining gidrofil o’simliklari. Monografiya. Toshkent - 2020.
2.
B.B.Toxirov, Z.B.Raxmatova, N.N. Tolibova “O’zbekiston Respublikasi
hududidagi suv havzalarini tuban va yuksak o’simliklar yordamida
tozalash”Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari tuplami 2020 yil 13-
noyabr.
3.
Бейдеман И.Н. Методика изучения фенологии растений и
растительных сообществ. - Новосибирск, 1974.- 154 с.
4.
Turdalieva Hurmatoy Sultanovna “Sanoat va maishiy oqova suvlarni
biologik
tozalashda
suvótlari
va
yuksak
suv
ósimliklardan
foydalanish”(Monografiya) Tashkent 2023 y.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
18
5.
Таубаев Т.Т. Флора и растительность водоемов Средней Азии –
Ташкент, Фан, 1970. 490 с.
6.
Р.Ш.Шоякубов,
Д.Кутлиев,
Х.Н.Хайдарова,
Г.И.Джуманиёзова,
Биотехнология массового культивирования и использование пистии
телорезовидной при биологической очистки сточных вод //Инф.
Сообщение №433. Ташкент.Фан.1988.
7.
Луьре Ю.Ю. Аналитическая химия промишленных сточных вод. М.:
“Химия”, 1984 . –С 446.
8.
Строгонов Н.С. Практическое руководство по гидрохимии. – М.: 1980.
- С. 195.
9.
Yo.Q.Hayitov “Ishlab chiqarish korxonalari oqava suvlarni tozalash
biotexnologiyasi” o’quv qo’llanma Buxora-2021.
10.
Юзеф Мурдахаев “Декоративные водоёмы” Нью-Йорк 2013 год.
[50,51c]