Авторы

  • Juldiz Karlibaeva
    Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'rbiya va defektologiya kafedrasi o'qituvchisi
  • Gulyor Otajonova
    Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim fakulteti Maxsus pedagogika:(logopediya) ta'lim yoʻnalishi 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.91192

Ключевые слова:

Pedagog psixolog nevroz nevropatolog (ASB) logopedik shahobcha.

Аннотация

Mazkur maqolada bugungi kunda bolalarda uchraydigan nutq kechikishining asosiy sabablari, ularning ijtimoiy, psixologik, fiziologik va pedagogik omillari tahlil qilinadi. Nutq kamchiliklarini bartaraf etishda pedagog va ota-oanlarning hamkorlikdagi ishlari bola hayotida qanchalik muhimligi yorititladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

5

KO'PCHILIK BOLALARDA KUZATILGAN NUTQ

KECHIKISHINING SABABLARI

Karlibaeva Juldiz Amangeldi qizi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'rbiya va

defektologiya kafedrasi o'qituvchisi

Otajonova Gulyor Alisher qizi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim

fakulteti Maxsus pedagogika:(logopediya) ta'lim yoʻnalishi 1-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15468745

Annotatsiya:

Mazkur maqolada bugungi kunda bolalarda uchraydigan nutq

kechikishining asosiy sabablari, ularning ijtimoiy, psixologik, fiziologik va
pedagogik omillari tahlil qilinadi. Nutq kamchiliklarini bartaraf etishda pedagog
va ota-oanlarning hamkorlikdagi ishlari bola hayotida qanchalik muhimligi
yorititladi.

Kalit so'zlar:

Pedagog, psixolog,nevroz, nevropatolog, (ASB), logopedik

shahobcha.

Annotation:

This article analyzes the main causes of speech delay observed

in children today, including social, psychological, physiological, and pedagogical
factors. It highlights the importance of cooperation between teachers and
parents in addressing speech disorders and their significant impact on a child’s
life.

Keywords:

Teacher, psychologist, neurosis, neuropathologist, (CNS),

speech therapy center.

Аннотация:

В данной статье анализируются основные причины

задержки речи у детей на сегодняшний день, включая социальные,
психологические, физиологические и педагогические факторы. Особое
внимание уделяется важности совместной работы педагогов и родителей
в устранении речевых нарушений и её значении в жизни ребёнка.

Ключевые слова:

Педагог, психолог, невроз, невропатолог, (ЦНС),

логопедический пункт.

Hozirgi kunga kelib bolalarning nutqiy rivojlanishi muammolari nafaqat

pedagogika sohasida, balki bolalar hayotida dolzarb mavzulardan biriga
aylangan. Ayniqsa, erta yoshdagi bolalarda nutq kechikish holatlari ko'payib
bormoqda. Bu holat bola shaxsining shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shu
sababli, mazkur muammoning ildizlarini aniqlash va ularni bartaraf etish
kelajakdagi va hozirgi pedagoglarning muhim vazifasidir.

Bolalarda nutq kechikishi juda ko'p sabablarni o'z ichiga oladi. Markaziy

asab tizimidagi buzilishlari (nevroz-"nevr" asabiylik-uzoq davom etgan ruhiy


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

6

iztiroblar natijasida nerv sistemasining faoliyatining buzilishidan kelib
chiqadigan asabiy-ruhiy kasalliklar) tug'ma yoki irsiy omillar, eshitish
nuqsonlari, ya'ni bola tovushlarni yaxshi eshitmagani sababli ularda nutq
rivojlanishida turli muammolari yuzaga kelib chiqishi mumkin.Undan tashqari
oiladagi ikki tillilik natijasida taqlid asosida rivojlanishi bolada nutq kechikishini
keltirib chiqaradi.

Zamonaviy dunyoda texnalogiyalar hayotimizning ajralmas qismiga

aylangan. Biroq, ularning noto'g'ri yoki me'yordan ortiqcha qo'llanilishi, ayniqsa,
yosh bolalar hayotida salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.Yaqinlari bilan muloqot
o'rnini virtual o'yinlar, bolalarning aql (IQ) darajasining rivojlanishiga to'sqinlik
qiladigan turli xil ilovalar egallab borayotgani, bu esa bolalarning ruhiy va
jismoniy rivojlanishiga, aqliy faoliyatining o'sishiga kuchli zarba beradi. Masalan,
jonli muloqotning kamayishi, bu holatda bola atrofdagilar bilan gaplashish
o'rniga ekranga qaram bo'lib qoladi, real fikr almashish jarayonidan
uzoqlashadi. Buning natijasida autizm spektridagi buzilishlar (ASB) - bu
o'xshash ko'rinishni hosil qiluvchi, turli shakllarda namoyon bo'ladigan, real
borliqdan ketish holati virtual autizm kuzatiladi. Bolalardagi (ASB) belgilari
kasallik boshidanoq atrofdagilardan ajralgan, jim yuradi, odam bilan muomala
qilmaydi. Ko'zini olib qochadi, harakatlar tor doirada chegaralangan bo'ladi.[1]

Dunyo bo'ylab jahon miqyosida telefon va gadjetlar natijasida ko'z bilan

bog’liq turli kasalliklar, ko’z saratoni maktabgacha yoshda bo'lgan bolalar
orasida juda keng tarqalgan. O'smir yoshidagi ko'pchilik bolalar ham planshet
va televizor oldida juda ko‘p vaqt o‘tkazishmoqda. Bunday passiv mashg‘ulotlar
bolalarda nutqiy faolligini kamaytiradi. Bola eshitadi, lekin javob bermaydi.
Natijada u o‘z fikrini ifodalashda qiynaladi, lug‘at boyligi kambag'al bo'ladi.
Shuningdek, texnologiyalarga berilib ketgan bola tengdoshlari bilan kam
muloqotda bo‘ladi, bu esa uning ijtimoiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.Shular kabi planshet yoki boshqa ekran nuri uyqu ritmining buzilishi,
kam harakat qilish natijasida kelib chiqadigan kasalliklar,xususan, umurtqa
pog'onasining qiyshiq o'sishi, baland ovozda musiqa tinglash ham eshitish bilan
bog'liq muammolar, ko'pgina ko'z kasalliklari va psixologik kasalliklarga sabab
bo'ladi. Bolada asabiylik, jizzakilik, yig'loqilik holatlari kuzatiladi. Nutqiy taqlid
kamayadi – bola kattalarning mimika, harakat va talaffuzini real va jonli
ishtirokchisi bo’lmaganligi sababli, o‘rganish qobiliyati susayadi.Ko‘z va miya
charchoqlari – uzoq vaqt ekranga qarash bola e’tiborini pasaytiradi, bu esa
darslarga yoki og‘zaki mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishning kamayishiga sabab
bo'ladi. Bularning barchasi ota-onaning farzandga bo'lgan e'tiborsizligi, bolalarni


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

7

haddan ziyod erkalatish yoki bolalarga o’ta qattiqqo’llik qilish, bolalar bilan
individual tarzda shug'ullanmaslik natijasida yuzaga keladi. Shu joyida shuni
qo'shimcha qilish mumkinki, bolalarda nutqning kechikishi nutqning buzilishiga
shu bilan birga intellektning orqada qolishiga ham olib keladi. Bolalarda normal
nutq asosan 3-4 yosh atrofida rivojlanadi. O'zbekistonda M. Ayupova
ma'lumotiga ko'ra 5 yoshli bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar 41,5%,
6 yoshli bolalarda esa 22,9% ni tashkil etadi.[2] Nutq kechikishining natijasida
talaffuzdagi kamchiliklar, dislaliya (bu termin grekchadan olingan bo'lib, "dis"-
buzilish, "lalia"-nutq degan ma'noni anglatadi) nutning buzilishi kelib chiqishi
mumkin. Bu nutq kamchiligida bola so'zlarni talaffuz qilganda ayrim tovushlarni
talaffuz qilishda qiynaladi, ayrim tovushlarni tushurib qoldiradi yoki almashtirib
talaffuz qiladi. Shuning uchun bu bolalardagi nutq kamchiligini bartaraf etishda
asosiy ro'lda ota-ona, pedagog va tibbiy xodimlarning, logopedik
shahobchalardagi logoped va psixologlarning birgalikdagi hamkorligida olib
borilgan ishlari asosiy o’rinni egallaydi.

Xulosa qilib aytganda, nutq kechikishini erta aniqlash va unga kompleks

usullar asosida yondashish -eng muhim vazifalardan biri. Bola bilan ko’proq
jonli muloqot qilish, ertak va hikoyalar aytib berish, ovozli kitoblar eshittirish va
o’yin orqali o’rgatish ularning nutq rivojlanishini samarali qo’llab-quvvatlaydi.
Bola gapirishga qiziqishi va so’z boyligi faqat mehribon muloqot orqali
rivojlananadi. Bunda yuqorida keltirilganidek, logoped, psixolog, nevropatolog,
tarbiyachi va eng avvalo ota-onaning hamkorligi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Bola bilan jonli muloqotni ko'paytirish, uni rag'batlantirish, tinglash va fikrini
ifoda qilishga imkon yaratish - sog'lom nutqiy rivojlanishning asosidir!

Foydalangan adabiyotlar:

1.M.R.Po’latxo’jaeva Defektologiyaning klinik asoslari “Nizomiy nomidagi TDPU
Rizografi ” Tashkent-2013
2. M.Y.Ayupova Logopediya "O'zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti"
Tashkent-2007.

Библиографические ссылки

M.R.Po’latxo’jaeva Defektologiyaning klinik asoslari “Nizomiy nomidagi TDPU Rizografi ” Tashkent-2013

M.Y.Ayupova Logopediya "O'zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti" Tashkent-2007.