Авторы

  • Muxabbat Kazakbayeva
    Toshkent davlat transport universiteti assistenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.92043

Ключевые слова:

Geografik axborot tizimlari (GAT) fazoviy ma’lumotlar yo‘l infratuzilmasi Yo‘l xo‘jaligi algoritmlar ma’lumotlarning optimal modeli loyiha materiallari.

Аннотация

Ushbu maqolada avtomobil yo‘llarida geoaxborot tizim (GAT) larini yaratish va rivojlantirishda o‘ziga xos bo‘lgan muammolar va avtomobil yo‘llari geoaxborot tizimini yaratishning asosiy tamoyillari va yondashuvlari haqida gap boradi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

194

AVTOMOBIL YO‘LLARI SOHASIDA MA‘LUMOTLAR BAZASINI

YARATISHDA GEOAXBOROT TIZIMLARINI O‘RNI VA AHAMIYATI

Kazakbayeva Muxabbat Turabayevna

Toshkent davlat transport universiteti assistenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15488887

Annotatsiya

. Ushbu maqolada avtomobil yo‘llarida geoaxborot tizim (GAT)

larini yaratish va rivojlantirishda o‘ziga xos bo‘lgan muammolar va avtomobil
yo‘llari geoaxborot tizimini yaratishning asosiy tamoyillari va yondashuvlari
haqida gap boradi.

Aннотаеция.

В этой статье рассматриваются специфические

проблемы создания и развития геоинформационных систем (ГИС) на
автомобильных дорогах и основные принципы и подходы к созданию
геоинформационных систем автомобильных дорог.

Abstrast.

This article examines the specific problems of creating and

developing geographic information systems (GIS) on roads and the main
principles and approaches to creating geographic information systems on roads.

Kalit so‘zlar

: Geografik axborot tizimlari (GAT), fazoviy ma’lumotlar, yo‘l

infratuzilmasi, Yo‘l xo‘jaligi, algoritmlar, ma’lumotlarning optimal modeli, loyiha
materiallari.

Ключевые слова

: Географические информационные системы (ГИС),

пространственные данные, дорожная инфраструктура, дорожное
хозяйство, алгоритмы, оптимальная модель данных, проектные
материалы.

Keywords

: Geographic information systems (GIS), spatial data, road

infrastructure, road management, algorithms, optimal data model, project
materials.

O’tgan yuz yillikning so’nggi o’ttiz yilida insoniyat geografik axborot

tizimlari deya atalgan instrumental vositalarni shiddat bilan rivojlantirdi, ular
geografik bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda yordam ko’rsatish
uchun mo’ljallangan. geografik axborot tizimlari (GAT) bizga fazoviy
ma’lumotlarni to’plash va ulardan foydalanishda yordamlashadi. geografik
axborot tizimlari (GAT) ning ayrim komponentlari juda texnologikdir, ular
fazoviy ma’lumotlarni zamonaviy saqlash joylarini, ilg‘or telekommunikastion
tarmoqlarni va takomil hisoblash texnikasini o‘z ichiga oladi.

Yo‘l va yo‘l infratuzilmasi sohasiga oid ma’lumotlarni hisobga olish,

allaqachon kompyuterlarga o‘tkazilgan bunday xizmatlarning aksariyati
kompyuter grafikasi, ya’ni elektron xaritalar va mavjud axborotni uning joydagi
ko‘rinishi bilan bog‘lash imkonini beruvchi geoaxborot texnologiyalariga ham


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

195

murojaat qila boshlaganlar. Bu murakkab ishda ilk qadamlarni qo‘yganlar
nafaqat qulay ish texnologiyasiga ega bo‘ldilar, balki ishonchli ma’lumotlarning
iqtisodiy afzalligiga ham ishonch hosil qilganlar.

Yo‘llarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Yo‘llarning o‘ziga xosligi GAT

texnologiyalariga alohida talablar qo‘yadi. Yo‘l - bu faqat avtotransport vositalari
ketayotgan yo‘l bo‘lagigina emas, balki texnik yo‘l inshootlari - ko‘priklar,
tonnellar, estakadalar, yo‘l belgilari va yo‘l bo‘yidagi inshootlarning butun
majmuasidir. Boshqa sohalar kabi, yo‘l sohasida ham qurilishidan oldin qidiruv
va loyihalash ishlari olib boriladi. Loyiha materiallari bugungi kunda yo‘lning
joylardagi holati haqidagi eng ishonchli, ba’zi hollarda esa yagona kartografik
material hisoblanadi. Yo‘l loyihalashtiruvchilar elektron xaritalar bo‘yicha yo‘l
xizmatidagi hamkasblaridan ancha ilgarilab ketishdi va allaqachon elektron
grafik materiallardan foydalanishmoqda.

Yo‘llar va yo‘l inshootlari juda murakkab va qimmat turadigan texnik

inshootlar bo‘lib, ular doimiy nazoratni va ularning asosiy xususiyatlarini
hisobga olishni talab qiladi. Tabiiyki, pasportlashtirish, diagnostika va boshqa
ishlarda tizimlashtirish va tahlil qilish zarur bo‘lgan turli xil ma’lumotlarning
to‘planadi. Bunda zamonaviy kompyuter texnologiyalariga asoslangan axborot
tizimlari, xususan, geoaxborot tizimlari katta yordam beradi. Biroq, geoaxborot
tizim (GAT) texnologiyasini joriy etishda quyidagi muammolar mavjud:

-

Axborot tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha aniq markazlashtirilgan

ma’lumotlarni mavjud emasligi;

-

Tarmoq axborot tizimlarini yaratishning asosiy qoidalarini aniq tartibga

soluvchi me’yoriy va boshqa hujjatlarning mavjud emasligi;

-

Yo‘l kompleksini boshqarishning ayrim doiralarida muammolarni

tushunish va bunday tizimlarni rivojlantirishni yo‘qligi;

-

Yo‘lchilarning boshqa xizmatlar (geodezistlar, ekologlar va boshqalar)

bilan o‘zaro aloqasining yetarli darajada emasligi.

Avtomobil yo‘llarida geoaxborot tizim (GAT) larini yaratish va

rivojlantirishda o‘ziga xos bo‘lgan muammolar yuzaga keladi. Ulardan ba’zilarini
va eng jiddiylarini ko‘rib chiqamiz:

1.

Ma’lumotlarning optimal modelini tanlash. Yo‘l xo‘jaligida yo‘l

obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning murakkabligi va xilma-xilligi tufayli
dolzarbdir. Yo‘l xo‘jaligi geoaxborot tizim (GAT)da ma’lumotlar modeli turli xil
bo‘lishini, ularning ishonchli saqlanishini, boshqa tizimlar bilan mos kelishini va
boshqalarni ta’minlashi kerak.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

196

2.

Axborot tizimlarining barcha darajalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaning

mavjud emasligi. Har-xil geoaxborot tizim (GAT)ga o‘xshash tizimlarda
ma’lumotlar formatlarini mos kelmasligi.

3.

Yo‘l xo‘jaligida GATlarida axborotni to‘plash va yangilash muammosi

dolzarb hisoblanadi. Yo‘l obyektlarini pasportlashtirish va diagnostika qilish har
doim eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan.

Amaldagi me’yoriy hujjatlar, texnologiyalar va yo‘l laboratoriyalari sezilarli

darajada eskirgan yoki hozirgi vaziyat talablariga javob bermaydi.
Pasportlashtirish natijasida nima va qanday aniqlanishi, ma’lumotlarning
aniqligi, ishonchliligi, bu vazifalarning kichik bir qismidir.

Avtomobil yo‘llari geoaxborot tizimini yaratishning asosiy tamoyillari va

yondashuvlari:

1.

Ushbu tizim qabul qilingan me’yoriy hujjatlar asosida yaratish va

imkon qadar boshqa tizimlar (shu jumladan, arzon) bilan mos kelishi kerak.
Ushbu shart qabul qilingan tasniflar, raqamlash va boshqalardan foydalanishni
nazarda tutadi;

2.

Geoaxborot tizimni yaratishda ma’lumotlarning optimal modelini,

foydalaniladigan platforma va dasturiy ta’minotni tanlash masalasini juda
sinchkovlik bilan o‘rganish kerak;

3.

Geoaxborot tizim ochiq, ya’ni to‘ldiriladigan va o‘zgartiriladigan

bo‘lishi kerak;

4.

Odatda, kompyuter bilan ishlashda foydalanuvchi uchun oson

interfeys;

5.

Bunday tizimni yaratish katta vaqt va moddiy xarajatlarni talab

qilishini hisobga olib, uni joriy etishning shunday sxemasini ishlab chiqish kerak.

Hozirgi kunga kelib, geoaxborot tizimlari yo‘l xo‘jaligini boshqarishda

ahamiyati judda katta va axborot jamiyatida yo‘l xo‘jaligi boshqaruvining
ajralmas qismiga aylandi.

Avtomobil yo‘llarini qurilishi va ekspluatatsiyasiga ta’sir qiluvchi barcha

omillarni baholash uchun zarur bo‘lgan axborot qatlamlarini birlashtirish va
tahlil qilish faqat GATda joriy qilingan fazoviy algoritmlardan foydalangan holda
amalga oshirilishi mumkin. Faqat axborot ta’minoti uchun qanday ma’lumotlar
(vaziyat, yerdan foydalanuvchilar, gidrologiya, ma’muriy-siyosiy chegaralar,
transport tarmog‘i) kerakligini, qancha turishini, uni qanday yo‘l bilan olish
mumkinligini va uni qanday qilib qatlamlab taqdim etish kerakligini hal qilish
kerak.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

197

Avtomobil yo‘llarini qurilishda atrofdagi hududga ta’sirini hisobga olish

talablari va o‘z navbatida loyiha yechimlarining ushbu hududning tabiiy
sharoitiga bog‘liqligini geoaxborot tizimi (GAT) butun loyihalash jarayoni
davomida kuzatib borishi mumkin. Yo‘l harakati ochilgandan so‘ng yo‘ldan
foydalanish tashkilotlari tomonidan bajariladigan ishlar bilan bog‘liq barcha
masalalar yo‘lni yagona kompleks inshoot sifatida tasavvur qiluvchi loyiha
muallifi va yo‘ldan foydalanish xizmatlari tomonidan birgalikda hal qilinishi
mumkin

Foydalanigan adabiyotlar:

1.

ХЗФ Казакбаева Мухаббат Турабаевна, Қуандиқов Бауржон Айдар

ўғли ҚУРИЛИШ МАЙДОНЛАРИДА ГЕОДЕЗИК ТАРМОҚЛАРНИ РЕЖАЛАШ
СИФАТИНИ БАҲОЛАШ //POLISH SCIENCE JOURNAL 1 (39), 123
2.

Казакбаева Мухаббат Турабаевна, Каллибеков Айдос Полатович

АНАЛИЗ ТОЧНОСТИ ВЫПОЛНЕННЫХ ГЕОДЕЗИЧЕСКИХ РАБОТ ПРИ
ДЕТАЛЬНОЙ ПЛАНИРОВКЕ РАБОТ В СТРОИТЕЛЬСТВЕ // Universum:
технические науки. 2020. №12-1 (81).
3.

Д. О Химматалиев, ЖС Пулатов, МТ Казакбаева Сущность и

использование модульной технологии в современных условиях
профессионального образования //Высшая школа 2017. №, 6, - -С, 54-55
4.

Дустназар Омонович Химматалиев, Жахонгир Салимович Пулатов,

Мухаббат Турабаевна Казакбаева К вопросу о подготовке к
профессиональной деятельности будущих учителей профессионального
образования //Молодой ученый 2016. №, 22, - -С, 262-265 100 VOLUME-2,
ISSUE-10
5.

Zokirov F., Normurodov H. EKSPLUATATSIYADAGI AVTOYO ‘L KO ‘PRIK

INSHOOTLARI ORALIQ QURILMALARNING YUK KO ‘TARISH QOBILIYATINI
MIDAS CIVIL DT YORDAMIDA BAHOLASH //Наука и технология в
современном мире. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 7-12.
6.

Salixanov S. S. et al. The effect of increasing loads on foundations of

operating bridges //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2023. – Т. 401. – С.
01080.

Библиографические ссылки

ХЗФ Казакбаева Мухаббат Турабаевна, Қуандиқов Бауржон Айдар ўғли ҚУРИЛИШ МАЙДОНЛАРИДА ГЕОДЕЗИК ТАРМОҚЛАРНИ РЕЖАЛАШ СИФАТИНИ БАҲОЛАШ //POLISH SCIENCE JOURNAL 1 (39), 123

Казакбаева Мухаббат Турабаевна, Каллибеков Айдос Полатович АНАЛИЗ ТОЧНОСТИ ВЫПОЛНЕННЫХ ГЕОДЕЗИЧЕСКИХ РАБОТ ПРИ ДЕТАЛЬНОЙ ПЛАНИРОВКЕ РАБОТ В СТРОИТЕЛЬСТВЕ // Universum: технические науки. 2020. №12-1 (81).

Д. О Химматалиев, ЖС Пулатов, МТ Казакбаева Сущность и использование модульной технологии в современных условиях профессионального образования //Высшая школа 2017. №, 6, - -С, 54-55

Дустназар Омонович Химматалиев, Жахонгир Салимович Пулатов, Мухаббат Турабаевна Казакбаева К вопросу о подготовке к профессиональной деятельности будущих учителей профессионального образования //Молодой ученый 2016. №, 22, - -С, 262-265 100 VOLUME-2, ISSUE-10

Zokirov F., Normurodov H. EKSPLUATATSIYADAGI AVTOYO ‘L KO ‘PRIK INSHOOTLARI ORALIQ QURILMALARNING YUK KO ‘TARISH QOBILIYATINI MIDAS CIVIL DT YORDAMIDA BAHOLASH //Наука и технология в современном мире. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 7-12.

Salixanov S. S. et al. The effect of increasing loads on foundations of operating bridges //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2023. – Т. 401. – С. 01080.