Авторы

  • Jaxongir Nodirov
    Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti
  • Qodirjon Shodmanov
    Namangan davlat universiteti dotsenti, p.f.n.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.92049

Ключевые слова:

Tarbiya tarbiyaviy jarayon tarbiya mexanizmlari tarbiya mexanizmlarining asosiy maqsadi tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari maqsad va vazifalar reja va dasturlar tarbiya muhiti ijtimoiy va axloqiy tadbirlar o‘quvchilar bilan individual ish o‘zaro hamkorlik ta’lim-tarbiya jarayonining birligi baholash va monitoring motivatsiya va rag‘batlantirish.

Аннотация

Texnikumlarda tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari, tarbiya maqsadlari va vazifalarini belgilash, tarbiya dasturlari va rejalari, o‘qituvchi va tarbiyachilarning roli, tarbiya muhitini yaratish, ijtimoiy va axloqiy tadbirlar, o‘quvchilar bilan individual ish, tarbiyaviy ishlarda o‘zaro hamkorlik, ta’lim va tarbiya jarayonining birligini ta’minlash, tarbiya jarayonini baholash va monitoring qilish, motivatsiya hamda rag‘batlantirish kabi masalalar yoritib berilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

168

TEXNIKUMLARDA TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH VA

BOSHQARISH MEXANIZMLARI

Nodirov Jaxongir Muxamadjanovich

Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti

E-mail: jahongir78@umail.uz

Shodmanov Qodirjon Odilxanovich

Namangan davlat universiteti dotsenti, p.f.n.

E-mail: Kshodmanov1969@gmail.com

UDK 377.1.377.5

https://doi.org/10.5281/zenodo.15486514

Annotatsiya.

Texnikumlarda tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish

mexanizmlari, tarbiya maqsadlari va vazifalarini belgilash, tarbiya dasturlari va
rejalari, o‘qituvchi va tarbiyachilarning roli, tarbiya muhitini yaratish, ijtimoiy va
axloqiy tadbirlar, o‘quvchilar bilan individual ish, tarbiyaviy ishlarda o‘zaro
hamkorlik, ta’lim va tarbiya jarayonining birligini ta’minlash, tarbiya jarayonini
baholash va monitoring qilish, motivatsiya hamda rag‘batlantirish kabi
masalalar yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

Tarbiya, tarbiyaviy jarayon, tarbiya mexanizmlari, tarbiya

mexanizmlarining asosiy maqsadi, tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari,
maqsad va vazifalar, reja va dasturlar, tarbiya muhiti, ijtimoiy va axloqiy
tadbirlar, o‘quvchilar bilan individual ish, o‘zaro hamkorlik, ta’lim-tarbiya
jarayonining birligi, baholash va monitoring, motivatsiya va rag‘batlantirish.

Аннотация.

В

механизмах

организации

и

управления

воспитательным процессом в техникумах освещаются такие вопросы, как
определение целей и задач воспитания, воспитательные программы и
планы, роль преподавателей и воспитателей, создание воспитательной
среды, социальные и нравственные мероприятия, индивидуальная работа
с учащимися, сотрудничество в воспитательной деятельности,
обеспечение единства учебного и воспитательного процессов, оценка и
мониторинг

воспитательной

работы,

а

также

мотивация

и

стимулирование.

Ключевые слова:

воспитание, воспитательный процесс, механизмы

воспитания, основная цель механизмов воспитания, составные части
воспитательного процесса, цели и задачи, планы и программы,
воспитательная среда, социальные и нравственные мероприятия,
индивидуальная работа с учащимися, сотрудничество, единство учебного
и воспитательного процесса, оценка и мониторинг, мотивация и
стимулирование.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

169

Annotation:

The mechanisms of organization and management of the

educational process in technical colleges address issues such as the definition of
goals and objectives of education, educational programs and plans, the role of
teachers and mentors, the creation of an educational environment, social and
moral activities, individual work with students, collaboration in educational
activities, ensuring the unity of academic and educational processes, evaluation
and monitoring of educational work, as well as motivation and encouragement.

Keywords:

Education, educational process, educational mechanisms, main

goal of educational mechanisms, components of the educational process, goals
and objectives, plans and programs, educational environment, social and moral
activities, individual work with students, collaboration, unity of academic and
educational processes.

Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimining barcha ta’lim tashkilotlarida

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida belgilangan
vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida tarbiya jarayoni, tarbiyaviy munosabatlar,
tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish eng dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi. Taniqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo
hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir...”
degan fikri, davrlar va zamonlar osha o‘z mohiyatini yo‘qotgani yoq [1,2].

Shu nuqtai nazardan, tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish va

boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, professional ta’lim tashkilotlarida
samaradorlikni oshirishda muhim omil hisoblanadi. Tarbiya jarayonlarini
o‘rganish, ularning asosiy tamoyillarini va metodlarini tanlash, boshqaruv
mexanizmlarini takomillashtirish, hududiy va milliy ehtiyojlarni inobatga olgan
holda ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilarning yuqori axloqiy sifat va
fazilatlarga ega bo‘lishiga hamda pirovard natijada yuksak ma’naviyatli shaxsni
shakllantirishga xizmat qiladi.

Adabiyotlar tahlili

O‘zbekistonda bir qator olimlar R.X.Jo‘rayev, R.Sh.Axlidinov, Sh.E.Qurbonov,

E.Seythalilov, S.T.Turg’unov, M.T.Mirsoliyeva, Q.O.Shodmanov, K.Yu.Fozilov,
D.T.Akmalova va boshqalar ta’lim muassasalarini boshqarish, pedagogik
jarayonlarini tashkil etish va boshqarishni tizimli yondashuv asosida tadqiqotlar
olib borganlar. Ta’lim jarayonlari samaradorligini ta’minlashning ayrim
yo‘nalishlarida N.A.Muslimov, G.N.Ibragimova, Sh.S.Shodmanova, G.M.Nazirova,
D.I.Ro’ziyeva, Ya.U.Ismadiyarov kabilarning ilmiy ishlarini keltirish mumkin.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan

T.M.Davidenko, V.S.Lazarev, M.M.Potashnik, V.P.Simonov, G.G.Gabdullin,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

170

V.V.Afanasev, L.A.Shipilinalarning ilmiy tadqiqot ishlarida tizimli yondashuv
asosidagi boshqaruvning nazariy asoslari va boshqaruv muammolarini hal
etishda takomillashtirilgan yondashuvlar masalalari ilmiy asoslangan.

Xorijiy davlatlar olimlaridan M.Mercer Justine, Barker Bernard, Bird

Richard, N.L.Zimpher kabilar ta’lim tizimini boshqarishning nazariy asoslarini
o‘z tadqiqotlarida yoritib o‘tganlar [6].

Yuqorida keltirilgan tadqiqotlar yo‘nalishlari va ularning natijalariga ko‘ra

aytish mumkinki, texnikumlarda tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish
mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishidagi muammolar mazkur yo‘nalishda
ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etadi.

Tadqiqot metodologiyasi

Maqolada texnikumlarda tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va

boshqarish mexanizmlari masalasi muhokama qilinadi. Tarbiya jarayonini
samarali tashkil etish uchun tarbiya maqsadlari va vazifalarini belgilash, tarbiya
dasturlari va rejalari, o‘qituvchi va tarbiyachilarning roli, tarbiya muhitini
yaratish, ijtimoiy va axloqiy tadbirlar, o‘quvchilar bilan individual ish, tarbiyaviy
ishlarda o‘zaro hamkorlik, ta’lim va tarbiya jarayonining birligini ta’minlash,
tarbiya jarayonini baholash va monitoring qilish va motivatsiya va
rag‘batlantirish kabilar

tahlil qilindi. Tarbiya jarayonini ilmiy asoslarda tashkil

etish va boshqarish mexanizmlari o‘rganildi.

Tahlillar va natijalar

Texnikumlarda tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari

ta’lim jarayonini yanada to‘liqroq, sifatli va samarali qilishga qaratilgan.

Uzluksiz ta’lim tizimidagi pedagogik jarayonlarni tashkil etish va

boshqarishning samaradorligi - bu boshqaruv qonuniyatlari, usul va metodlari
hamda innovatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv faoliyati asosida
tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonining natijaviyligi hisoblanadi [3].

Texnikumlardagi ta’lim-tarbiya jarayoni esa uzluksiz ta’lim tizimining bir

bo‘g‘ini sifatida namoyon bo‘ladi.

Tarbiyaviy jarayon – rivojlanib borayotgan avlodning katta yoshdagilar

tajribasini egallab borish jarayoni bo‘lib, u insonlar rivojlanishini boshqarish
hamda ularning shaxsiy xislatlari shakllanishiga zarur shart sharoitlar yaratib
beradi [4].

Tarbiya jarayonining asosiy maqsadi - o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi,

axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarni ongli ravishda qabul qilishi, mustahkam
ijtimoiy kompetensiyalarga ega bo‘ishidir.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

171

Professional ta’lim muasssalarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlar

o‘quvchilarning dunyoqarashini o‘zgartirishga, ularda g‘urur, or-nomus, mehr
kabi bir qator tuyg‘ularni, ya’ni milliy mentalitimizga mos va xos tuyg‘u va
xususiyatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur jarayonda
o‘quvchilarga mustaqillikning mazmun-mohiyati, ahamiyati va zaruriyati haqida
tushunchalar berilishi natijasida ularda hayotga, o‘qishga va mehnat qilishga,
ota-onaga, qarindosh-urug‘larga, do‘stlari va boshqa yaqinlariga, tengdoshlari va
tanishlariga, umuman olganda xalqimiz va milliy boyligimizga, vatanimiz va
davlat ramzlariga, umummilliy qadriyatlar va milliy urf-odatlarimizga bo‘lgan
ijobiy munosabatni shakllantirib boradi [5].

Xususan, texnikumlarda olib boriladigan tarbiya jarayonini texnologik qism

va mazmuniy qismga ajratib olish mumkin. Texnologik qism: Tarbiya jarayoni
davomida oldingi avlod tajribasini yoshlarga singdirish usullari majmui –
metodlar; Tarbiya jarayonining moddiy texnika va o‘quv dasturiy ta’minoti–
vositalar; Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari –shakllar sifatida aks ettirildi.

Mazmuniy qism esa: Tarbiya jarayoni asosini tashkil etuvchi dastlabki

qoidalar, qonuniyatlar, tamoyillar – prinsiplar; Tarbiya jarayonining oldindan
ko‘zlangan natijasi – maqsadlar; Oldingi avlod tajribasini yoshlarga berilayotgan
qismi – mazmun kabilardan tarkib topgan (1-rasm).













1-rasm. Tarbiya jarayonning tarkibiy komponentlari

Tarbiya mexanizmlari – bu tarbiyaviy jarayonlarni samarali tashkil etish va

boshqarish uchun zarur bo‘lgan vositalar, usullar, metodlar va qoidalar majmui
bo‘lib, ularni amalga oshirish orqali tarbiya maqsadlariga erishish mumkin.
Tarbiya mexanizmlari jamiyatning axloqiy, ma’naviy, estetik, ijtimoiy va

Texnologik qism

Tarbiya jarayonini tashkil etuvchi komponentlar

Vositalar –

Tarbiya

jarayonining moddiy

texnika va o‘quv

S
h

a

k

l
l

a

r

shakllari

M

e

t

o

d

l

a

r

usullari majmui

Mazmuniy qism

Prinsiplar –

Ta’lim-tarbiya

M

a

z

m

u
n

Maqsadlar –

Tarbiya

jarayonining oldindan

ko‘zlangan natijasi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

172

madaniy qadriyatlarini yosh avlodga o‘rgatish, ularni to‘g‘ri fikrlash, hurmat,
mas’uliyat va boshqalar kabi insoniy fazilatlarga yo‘naltirish uchun ishlatiladi.

Tarbiya mexanizmlari o‘z ichiga turli pedagogik metodlarni, axloqiy va

madaniy qoidalarni, o‘quv va tarbiyaviy dasturlarni, o‘quvchilar bilan ishlashda
qo‘llaniladigan usullarni, jamiyat va oila bilan hamkorlikni qamrab oladi.
Shuningdek, tarbiya mexanizmlari ijtimoiy muhit va tarbiyachilarning faoliyatini
ham hisobga oladi. Ular tarbiyaviy jarayonlarni rejalashtirish, maqsadlarni
belgilash, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazish, natijalarni baholash, monitoring qilish
va o‘zgarishlar kiritish kabi elementlardan iborat bo‘ladi. Bu mexanizmlar orqali
tarbiyaviy jarayonning samaradorligi va sifatini oshirish mumkin.

Texnikumlarda tarbiya jarayonini samarali tashkil etish va boshqarish

uchun quyidagi mexanizmlar muhim hisoblanadi (2-rasm):























2-rasm. Texnikumlarda tarbiya jarayonini samarali tashkil etish va

boshqarish mexanizmlari

Texnikumlarda

tarbiya jarayonini

samarali tashkil etish

va boshqarish

mexanizmlari

Texnikumlarda

motivatsiya va

rag‘batlantirishni

jonlantirish

Texnikumlarda tarbiya

maqsadlari va vazifalarini

belgilash

Texnikumlarda rahbar

-

hodimlar va

o‘qituvchilarning tarbiya

jarayonlarini tashkil etish

va boshqarishga oid

bilim, ko‘nikma va

malakalarini

shakllantirish

Texnikumlarda tarbiya

dasturlari va rejalarini

ishlab chiqish

Texnikumlarda

o‘qituvchi va

tarbiyachilarning rolini

oshirish

Texnikumlarda tarbiya

muhitini yaratish

Texnikumlarda ijtimoiy

va axloqiy tadbirlar

sifatini oshirish

Texnikumlarda

o‘quvchilar bilan

individual ishlashni

kuchaytirish

Texnikum tarbiyaviy

ishlarida o‘zaro

hamkorlikni yo‘lga

qo‘yish

Texnikumlarda ta’lim va

tarbiya jarayonining

birligini ta’minlash

Texnikumlarda tarbiya

jarayonini baholash va

monitoring qilish


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

173

1.

Texnikumlarda tarbiya maqsadlari va vazifalarini belgilash

:

Tarbiya jarayonida aniq maqsadlar va vazifalar belgilanishi kerak. Bular
o‘quvchilarning axloqiy qadriyatlarni, jamiyatga foydali ijtimoiy mas’uliyatni
o‘zlashtirishlariga, yaxshi xulq-atvor va to‘g‘ri turmush tarzini shakllantirishga
yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Bu maqsadlar tarbiya tizimining yo‘nalishlarini
belgilaydi.

2.

Texnikumlarda rahbar-hodimlar va o‘qituvchilarning tarbiya

jarayonlarini tashkil etish va boshqarishga oid bilim, ko‘nikma va
malakalarini

shakllantirish:

bu

ta’lim-tarbiya

tizimining

muhim

yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu jarayonda pedagogika, pedagogik psixologiya,
ijtimoiy munosabatlar, ta’limda boshqaruv va yoshlar bilan ishlash metodikasi
kabi sohalar bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi.
Rahbar va o‘qituvchilarning shaxsiy namunasi, kommunikativ salohiyati, axloqiy
qadriyatlarga sodiqligi tarbiyaviy ishlarning sifatli va samarali olib borilishiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, tarbiyaviy jarayonni boshqarish bo‘yicha
ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish o‘qituvchilarga yoshlarning individual
xususiyatlarini inobatga olgan holda, ularni ijtimoiy-ma’naviy jihatdan to‘g‘ri
yo‘naltirish imkonini beradi. Tashkiliy va metodik yondashuvlarni chuqur
o‘zlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish, ota-onalar hamda
jamoatchilik bilan hamkorlikda ishlash kabi malakalar pedagog kadrlarning
tarbiyaviy faoliyatda muvaffaqiyat qozonishini ta’minlaydi. Shu tariqa,
texnikumlarda ta’lim sifati bilan bir qatorda tarbiya sifati ham yuksaladi.

3.

Texnikumlarda tarbiya dasturlari va rejalarini ishlab chiqish

:

Tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun har bir texnikumda aniq
tarbiya dasturlari va rejalari ishlab chiqilishi kerak. Ushbu dasturlar
o‘quvchilarga axloqiy, estetik, ijtimoiy va madaniy ko‘nikmalarni
rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ular o‘quvchilarning turli yosh guruhlari va
ijtimoiy holatlari uchun moslashtirilgan bo‘lishi kerak.

4.

Texnikumlarda o‘qituvchi va tarbiyachilarning rolini oshirish

:

O‘qituvchilar va tarbiyachilar tarbiya jarayonining asosiy tashkilotchilaridir.
Ularning roli nafaqat fan o‘qitish, balki o‘quvchilarga axloqiy va ijtimoiy
qadriyatlarni singdirishda ham katta ahamiyatga ega. Tarbiya jarayonini
boshqarishda o‘qituvchilarning pedagogik ko‘nikmalarini doimiy ravishda
oshirish zarur.

5.

Texnikumlarda tarbiya muhitini yaratish

: Tarbiya jarayoni uchun

qulay muhit yaratish muhimdir. Bu o‘quvchilarning kreativ fikrlashini qo‘llab-
quvvatlaydigan, ijodiy va ijtimoiy faoliyatlarga rag‘batlantiruvchi, stressdan holi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

174

bo‘lgan, hamkorlikka asoslangan o‘quv muhitini tashkil qilishni anglatadi.
O‘quvchilarning jismoniy va ruhiy salomatligini e’tiborga olib, tinch va har
tomonlama rivojlanish uchun kerakli sharoitlar yaratish zarur.

6.

Texnikumlarda ijtimoiy va axloqiy tadbirlar sifatini oshirish

:

Tarbiya jarayonini boyitish va qiziqarli qilish uchun texnikumda turli ijtimoiy va
axloqiy tadbirlar o‘tkazilishi kerak. Bu tadbirlar o‘quvchilarni ko‘ngilochar,
madaniy, ijtimoiy va sport faoliyatlariga jalb qilish orqali ularning shaxsiy
rivojlanishiga yordam beradi. Misol uchun, sport musobaqalari, ilmiy
seminarlar, madaniy kechalar va boshqa tadbirlar tashkil etilishi mumkin.

7.

Texnikumlarda

o‘quvchilar

bilan

individual

ishlashni

kuchaytirish

: O‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari, ularning ehtiyojlari va

muammolarini tushunish uchun individual yondashuv zarur. Tarbiya jarayonida
har bir o‘quvchi bilan alohida ishlash, uning ijtimoiy va axloqiy holatini kuzatish
muhim ahamiyatga ega. Bu orqali o‘quvchining xulq-atvori va psixologik
holatini yaxshilash mumkin.

8.

Texnikum tarbiyaviy ishlarida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga

qo‘yish

: Texnikumda tarbiyaviy ishlar o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar va

ijtimoiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda olib borilishi zarur. Ota-onalar
bilan muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazib, o‘quvchilarning tarbiyasi
bo‘yicha fikr almashish va maslahatlar berish, umumiy maqsadlarga erishishga
yordam beradi.

9.

Texnikumlarda ta’lim va tarbiya jarayonining birligini

ta’minlash

: Ta’lim va tarbiya jarayonlarini bir-biriga integratsiya qilish kerak.

O‘quvchilarning bilim olish jarayonini axloqiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish
bilan birgalikda olib borish, ularning turli sohalarda muvaffaqiyatli bo‘lishini
ta’minlaydi. Bu o‘qish va hayot o‘rtasidagi muvofiqlikni kuchaytiradi.

10.

Texnikumlarda tarbiya jarayonini baholash va monitoring

qilish

: Tarbiya jarayonining samaradorligini baholash uchun o‘quvchilarning

xulq-atvori, jamiyatga bo‘lgan munosabati va o‘ziga xos xususiyatlarini doimiy
ravishda monitoring qilish kerak. Baholash tizimi o‘quvchilarning ijtimoiy va
axloqiy rivojlanishini aniqlashda yordam beradi.

11.

Texnikumlarda motivatsiya va rag‘batlantirishni jonlantirish

:

Tarbiya jarayonida o‘quvchilarni o‘z xulq-atvorlarini yaxshilashga, ijtimoiy
faoliyatlarda ishtirok etishga va o‘z maqsadlariga erishishga rag‘batlantirish
muhimdir. Rag‘batlantirish tizimi o‘quvchilarni ijobiy faoliyatga undaydi.

Xulosa


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

175

Texnikumlarda tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarish

mexanizmlari o‘quvchilarning shaxsiy, ijtimoiy va axloqiy rivojlanishini
ta’minlashga qaratilgan. Ushbu mexanizmlar tarbiya maqsadlari va vazifalarini
belgilash, tarbiya dasturlari va rejalari ishlab chiqish, o‘qituvchilar va
tarbiyachilarning pedagogik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy va axloqiy
tadbirlar o‘tkazish, shaxsiy yondashuvlarni amalga oshirish kabi elementlarni
o‘z ichiga oladi. Bu jarayonlar o‘quvchilarga ijtimoiy mas’uliyatni, axloqiy
qadriyatlarni o‘rgatish, ular uchun qulay va rivojlantiruvchi muhit yaratish,
o‘quvchilarning barcha ehtiyojlarini hisobga olishga yordam beradi. Tarbiya
jarayonining samaradorligini oshirish va o‘quvchilarning hayotga muvaffaqiyatli
kirib borishlarini ta’minlashda bu mexanizmlar muhim rol o‘ynaydi.
O‘quvchilarning yuqori axloqiy sifat va fazilatlarga ega bo‘lishiga hamda
pirovard natijada yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi 637-son Qonuni. 2020

yil 23 sentyabr.
2.

A.Avloniy. “Turkiy guliston yoxud axloq”. 1917 y.

3.

Turg’unov S.T., Maqsudova L.A, Tojiboyeva H.M, Nazirova G.M,

Umaraliyeva M.A. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish
texnologiyalari. Qo‘llanma. “Voris-Nashriyot” nashriyoti, 2012 y.
4.

Turg’unov, S.T., Maqsudova, L.A. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va

boshqarish. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Fan.–2009 y.
5.

Ismoilov, N., & Shodmanov, Q.O. (2022). Professional ta’lim

muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlar tahlili. Science and
innovation.
6.

Akmalova D.T. “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil

etish va boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish” pedagogika fanlari
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi avtoreferati. Namangan, 2022 y.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi 637-son Qonuni. 2020 yil 23 sentyabr.

A.Avloniy. “Turkiy guliston yoxud axloq”. 1917 y.

Turg’unov S.T., Maqsudova L.A, Tojiboyeva H.M, Nazirova G.M, Umaraliyeva M.A. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish texnologiyalari. Qo‘llanma. “Voris-Nashriyot” nashriyoti, 2012 y.

Turg’unov, S.T., Maqsudova, L.A. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Fan.–2009 y.

Ismoilov, N., & Shodmanov, Q.O. (2022). Professional ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlar tahlili. Science and innovation.

Akmalova D.T. “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish” pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi avtoreferati. Namangan, 2022 y.