Авторы

  • Nafisa Orzikulova
    Toyloq tuman MMTBga qarashli 54-umumta’lim maktab psixologi
  • Bahora Radjabova
    Toyloq tuman MMTBga qarashli 59-umumta’lim maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.98153

Ключевые слова:

stress depressiya stressga chidamlilik moslashuvchanlik psixoterapiya diagnistika korrektsiya.

Аннотация

Ushbu maqolada stress tushunchasining psixologik adabiyotlarda o‘rganilganlik holati aks ettirilgan. Emotsional stress, fiziologik stress, informtsion stress tushunchalar haqida ma’lumotlar.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

183

SHAXSDAGI STRESS HOLATI MUOMMOSINI O‘RGANISH

PSIXOLOGIK TADQIQOT PREDMETI SIFATIDA

Orzikulova Nafisa Axtamovna

Toyloq tuman MMTBga qarashli 54-umumta’lim maktab psixologi

Radjabova Bahora Ismatulkayevna

Toyloq tuman MMTBga qarashli 59-umumta’lim maktab psixologi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15526287

Annotatsiya

.

Ushbu maqolada stress tushunchasining psixologik

adabiyotlarda o‘rganilganlik holati aks ettirilgan. Emotsional stress, fiziologik
stress, informtsion stress tushunchalar haqida ma’lumotlar.

Kalit so‗zlar

:

stress, depressiya, stressga chidamlilik, moslashuvchanlik,

psixoterapiya, diagnistika, korrektsiya.

XX asrning ikkinchi yarmiga kelib urfga aylanayotgan ilmiy atamalardan biri

bo’lgan stress so’zi o’z-o’zidan barcha uchun birdek - «inson sog’lig’i va hayoti
uchun xavfli» bo’lgan tushuncha sifatida qabul qilingan. Stress so’zi kundalik
hayotda ko’pchilik tomonidan noto’g’ri tushunilishini ta‘kidlash lozimki, ya‘ni
stress atamasi sabab va oqibat sifatida chalkashtirib yuborilishi natijasida odatda
barcha jamiyatlarda stress narkomaniya va al‘kogolizm, jinoyatchilik va inson
kasalliklarining asosiy sababchisi sifatida qaraladi. Bu esa Gans Sel‘ye ta‘biri bilan
aytilganda: stressga nisbatan «adolatsiz baho»dir (G.Sel‘ye). Negaki, aniqroq tahlil
qilsak, stress - organizmning hayotda uchraydigan yangi sharoitlarga
moslashuvidan iborat bo’lgan himoya mexanizmidir.

XX asrning boshlaridan stress holatining asl mohiyatini tushuntirishda

dastlabki emperik qadamlar, izlanishlar yuzaga kela boshladi. Ilmiy termin
sifatida «stress» 1935 yilda kanadalik endokrinolog va biolog G.Sel‘ye tomonidan
ishlatilgan bo’lib, o’zbek tilida bu so’z «bosim», «zo’riqish

1

» ma‘nolarini

ifodalaydi.

Psixologiya atamalari lug’atida «stress» so’ziga quyidagicha ta‘rif berilgan:

stress - (inglizcha stress - bosim, kuchlanish) - insonning turli ektremal ta‘sir
(stressor)larga javoban yuzaga keladigan keng doiradagi holatini ifodalash uchun
foydalaniladigan atamadir. Dastlab «stress» tushunchasi fiziologiyada
organizmning turli noxush taassurotlariga javoban maxsuslashmagan reaksiyasi
sifatida tushuntirilgan. Keyinchalik individning favqulodda vaziyatlardagi
fiziologik, psixologik va xulq-atvoridagi holatini ifodalash uchun foydalanila
boshlandi. Stressning turiga va ta‘sir etish xarakteriga qarab stressning bir necha


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

184

turi farqlanadi. Xususan, eng umumiy klassifikatsiyasi

fiziologik

stress va

psixologik

stressdir

2

.

Fiziologik stress o’ta kuchli darajadagi og’riq, qo’rquv, kasalliklar va og’ir

jismoniy zo’riqishlar natijasida vujudga keladi. Psixologik stress kutilmaganda
yuzaga kelgan vaziyatlarni hal qilishga urinish vaqtidagi turli ruhiy zo’riqishlar
natijasida yuzaga keladi va uning ikki turi ajratiladi: Informatsion stress va
emotsional stress.

Informatsion stress axborotlar oqimining nihoyatda ko’pligi, ularni

o’zlashtirish uchun vaqtning tanqisligi yoki individning shaxsiy kognetiv
imkoniyatlarining yetishmasligi natijasida kelib chiqadi.

Emotsional stress esa tahdid, xavf-xatar, xafagarchilik va boshqa

vaziyatlarda vujudga keladi. Shu holda uning turli shakllari (impul‘siv, tormozli,
tarqaluvchan) psixik jarayonlarda o’zgarishlarning kechishiga, emotsional
qo’zg’alishlarga, faoliyat tuzilishining motivatsion ko’chishiga, harakat va nutqda,
shuningdek xulq-atvorda buzilishlarning sodir bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Stress ijobiy, safarbar qiluvchi bo’lishi bilan birga faoliyatga salbiy ta‘sir qiluvchi
- disstress bo’lishi ham mumkin. Shuning uchun faoliyatning har qanday turini
optimizatsiyalash uchun stress yuzaga kelishining sabablari haqida oldindan
ogohlantiruvchi o’lchovlar kompleksini ishlab chiqish lozim.

Ilmiy adabiyotlarda stress tushunchasi atrof-muhitning yoki hayotiy

sharoitlarning o’zgarishiga nisbatan organizmning muvofiqlashmagan javob
reaksiyasi sifatida qaraladi. Bunday holatda stress nafaqat yoqimsiz omillarga,
balki moslashishni talab qiluvchi har qanday hayotiy omillarga ham universal
javob sifatida namoyon bo’ladi.

Amerika olimlari tomonidan odatiy hayotiy «qolip»larning o’zgarishiga

nisbatan kechadigan psixologik stresslarning ko’pchilikka ma‘lum bo’lgan
shkalasi ishlab chiqilgan. Uning yuqori qismida: 1-o‗rinda

turmush o’rtog’ining

o’limi

- 100%, 2-o‗rinda

oilaviy ajrimlar

- 73%, 3-o’rinda

qamoqqa hukm qilinish

-

65% kabi stress holatlari qayd etilgan. Shuningdek,

turmush qurish

- 50%,

yangi

uy sotib olish

- 31% ham stress holatlariga olib kelishi qayd etilgan.

Psixologik stress har doim inson organizmidagi fiziologik moslashish

mexanizmining natijasi sifatida qaraladi, biologik mexanizmlar esa o’zining
alohida tabiati va mazmuniga ega. Bu ikki mexanizm haqidagi tushunchani
aniqlashtirib olmasdan turib, stressli ta‘sirlarga nisbatan inson tomonidan
bildiriladigan murakkab va qarama-qarshi xarakterga ega bo’lgan reaksiyalarni
tushuntirib bo’lmaydi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

185

Stress so’zining ilmiy atama sifatida fanga kirib kelishiga kanadalik

endokrinolog va biolog olim G.Sel‘yening xizmati katta ekanligi barcha olimlar
tomonidan tan olingan.

Muallif tomonidan asosan stress holatini adaptatsion (fiziologik va biologik)

jihatdan o’rganish borasida tadqiqot ishlari olib borilgan bo’lib, ularda stressning
fiziologik jihatlarini talqin qilishga harakat qilingan. Xuddi shu yo’nalishda yana
bir qator mualliflar ham ish olib borgan. G.Sel‘yening ko’p yillik kuzatishlarini o’z
ichiga olgan «Hayotiy stresslar» nomli asari bu sohadagi dastlabki eng yirik
asarlardan biri sifatida maydonga kelgan. Muallifning fikricha «stress» so’zi xuddi
«omad», «muvoffaqiyat», «baxt» so’zlari kabi har bir shaxs uchun o’zicha turli
ma‘noni anglatadi. «Shuning uchun, garchi stress bizning hayotimizga kirib
kelayotgan bo’lsada, uni aniq ifodalovchi mazmunini berishning imkoni yo’q, bu
juda qiyin, - deya ta‘kidlaydi muallif va shu o’rinda «Stress - balki disstressning
sinonimi emasmikan?» degan savolni qo’yadi. (Disstress - ing. Qayg’u, baxtsizlik,
lohaslik, ozib ketish, ehtiyoj; stress - ing. kuchlanish, bosim, zo’riqish)

3

. Balki bu

zo’riqish, charchoq, toliqish, og’riq, qo‗rquv, ko’pchilik o’rtasida tanbeh berib
kamsitilish yoki aksincha butun hayotini keskin o’zgartirib yuboradigan
kutilmagan katta yutuq bo’lishi ham mumkin

Sanalgan holatlardan istalgani stressni chaqirishi mumkin, lekin ulardan

aynan bittasini tanlab olib «mana - mana shu stress, deb ayta olmaymiz».

Bu asarda muallif asosan quyidagi fikrlarni ilgari surgan: «Stress reaksiyalari

nuqtai-nazaridan biz to’qnashgan vaziyat yoqimli yoki yoqimsiz ekanligi
ahamiyatga ega emas. Faqat adaptatsiyaga yoki organizmning qayta qurilishiga
bo’lgan ehtiyojgina ahamiyatga ega, xolos. «Stress» atamasi olimlar tomonidan
ko’pincha noto’g’ri va noaniq shakllarda ishlatiladi. Shuning uchun stress - nima
ekanligi emas, nimalar stress emasligi haqida gapirish foydaliroqdir.

Stress - bu shunchaki asabiy zo’riqish emas (garchi asab zo’riqishi - stress

bo’lsada). Bu faktni alohida ta‘kidlash lozim. Ko’pchilik mutaxassislar va hatto
ba‘zi olimlar ham biologik stressni kuchli emotsional qo’zg’alish bilan aynan bir
narsa, deb hisoblaydilar. Insonda uning oliy nerv tizimiga ta‘sir etuvchi
emotsional qo’zg’atuvchilar amalda eng ko’p uchraydigan stressorlar hisoblanadi
va albatta, bunday stressorlar odatda psixiatrlarga murojaat qiluvchi
patsiyentlarda ko’proq kuzatiladi.

Stress - har doim ham shikastlanishga olib kelavermaydi. Biz yuqorida stres-

ta‘sirning yoqimli yoki yoqimsizligi unchalik ahamiyatga ega emasligini aytib
o’tdik. Uning stressorlik effekti (foydasi) organizmning moslashish qobiliyatiga


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

186

bo’lgan talab intensivligiga bog’liq. Har qanday me‘yoriy faoliyat - shaxmat o’yini
va hatto, birovning mahkam quchishi ham hech qanday zarar keltirmaydigan
ma‘lum darajadagi stressni chaqirishi mumkin.

Stressdan qochish kerak emas - bu mumkin ham emas. Odatda inson

«stressni boshidan kechiryapti» deganda o‗ta kuchli stress yoki disstress nazarda
tutiladiki, bu xuddi «uning temperaturasi bor» yoki «uning temperaturasi yuqori»
degandek ma‘no beradi. Hatto qattiq uxlab yotgan odam ham bir qancha stress
belgilarini boshdan kechiradi: yurak qonni haydab chiqarishda davom etadi,
oshqozon-ichak sistemasi kechki ovqatni hazm qiladi, nafas olish organlari
ko’krak qafasi harakatini ta‘minlaydi. Hatto miya ham to’lig’icha dam olmaydi.
Shunday ekan stressdan butunlay ozod bo’lishning birdan-bir yo’li – o’limdir -
degan xulosa to’g’riroq bo’lar edi»

4

. (G.Sel‘ye)

Stressni ijtimoiy jihatdan tadqiq qilish borasida Dj. Vitkin tadqiqotlari

alohida ahamiyatga ega. U o’zining «Ayol va stress» nomli asarida olib borgan
tadqiqotlari natijalariga asoslangan holda psixologik zo’riqishlarga, stresslarga
olib kelishi mumkin bo’lgan sabablarni yoritib berishga harakat qilgan. Bu
sabablarga muallif sevgi ob‘yektini yo’qotish, «onalik mansabi»ning turli
tashvishlari va yumushlari, oila, shuningdek, kar‘yera, ish va ayollarning shaxsiy
qiziqishlarini kiritadi va bularni hayotiy vaziyatlar orqali kuzatadi. Muallif o’n
yildan ortiqroq vaqt davomida o’tkazgan tajribalari asosida ayollarda
uchraydigan stresslarning bir necha turlarini ajratib ko’rsatgan.

Ayollarda kuzatiladigan bir qancha vaqt unutib ham, boshqalarga aytib ham

bo’lmaydigan voqealar

kasal ota-onalar yoki nogiron bolalarga qarash, ota-

onasining, farzandlarining hayotning biror-bir zarbasidan keyingi tushkun
holatlariga qarab ko’ngil og’rishi, o’zining oilaviy ajrashishidan keyin hayot
to’xtab qolmasligi uchun nima qilish kerakligi haqidagi yoqimsiz fikrlar natijasida
yuzaga keladigan stresslarning o’ta kuchliligi ayolni depressiya (o’ta kuchli ruhiy
zo’riqish) holatiga olib keladi.

Shuningdek muallif erkaklarda uchraydigan stresslar ustida ham tadqiqot

ishlari olib borgan tadqiqotchilardan biri hisoblanib, u o’zining bu tadqiqotlari
natijasida quyidagi fikrlarni beradi: erkaklar ayollarga nisbatan ayniqsa, tanqidiy
vaziyatlarga nisbatan tez ta‘sirlanadigan bo’ladilar. Ular stresslarga so’zlar orqali
emas, balki harakatlar orqali javob beradilar, shuningdek ular tanqidiy
vaziyatlarga butun diqqat-e‘tiborlarini qaratishga moyilroqdirlar.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

187

Amerikalik psixolog, taniqli doktor Djeyms Dobson o’z kuzatishlari asosida

quyidagilarni alohida ta‘kidlaydi: ayollar, agar ularga kimdir hamdard ekanligini
bilsalar, stress va turli keskin tanglik vaziyatlarini bir muncha oson o’tkazadilar.

U insonda asab zo’riqishi va ruhiy xastalik belgilarining paydo bo’lishiga olib

keluvchi psixologik mohiyatlardan birini quyidagicha izohlaydi: «...bizning
hayotimizda kutgan narsalarimiz xuddi kutganimizdek bo’lib chiqmasa, bu kuchli
bezovtalik va tang qolishimizga sabab bo’ladi. Boshqacha aytganda bizning
ehtiyojlarimiz darajasi nihoyatda baland. Lekin hayotning xayoliy kutishlar bilan
har doim ham mos kelavermasligi insonda umidsizlik, hayotdan ixlosi qaytishi,
qoniqmaslik, xastalik, ruhan qiynalish, o’zini yolg’iz his qilish kabi noxush
holatlarga olib keladi.

Ba‘zi hollarda yaqin kishisining o’limi tufayli yoki biror kasallik natijasida

nogiron bo’lib qolish hollari shaxsda nihoyatda kuchli stress holatlarini keltirib
chiqarishi mumkin. Bunday shaxslarda o’ta kuchli ifodalangan bezovtalik hissi,
fikrlarning qashshoqlashuvi, tafakkurning buzilishi hollari kuzatiladi.

20 asrning 60-70 yillarida tadqiqotchilar o’z diqqatini stressning psixologik

mexanizmlarini o’rganishga qaratdilar, ya‘ni haddan tashqari emotsional
zo’riqish natijasida vujudga keladigan «stress kasalliklari» deb nomlanuvchi
kasalliklarning rivojlanishida stressning ta‘siri qay darajada bo’lishini
o’rganishga harakat boshlandi. Ko’psonli tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha:
qachonki so’z inson haqida borar ekan, stressning asosiy sababchisi psixologik va
emotsional hodisalar ekanligi kuzatiladi. Stressning rivojlanishida ularning roli
shu qadar kattaki, buning isboti sifatida «emotsional yoki psixologik stress»
degan tushuncha paydo bo’lganligini ko’rsatishimiz mumkin

5

.

Demak, stress - har doim shaxsning (yuqorida G.Sel‘ye fikrlari asosida

aytilganidek, organizmning emas) psixofiziologik reaksiyasidir. Va uni
chaqiruvchi omillarning qatori, dastlab sanab o’tilganidek - faqat sovuq yoki issiq,
ochlik yoki og’riq, hayot uchun xavf tug’diruvchi vaziyatlar yoki sog’liqning
yomonlashuvchigina emas, balki ko’ngil og’rishi (ranjish, ranjalam, ozorlanish),
aybdorlik hissi, rashk, uyat kabi hislar ham bo’lishi mumkin. Stressning paydo
bo’lishi va kechishi davomida 3 ta o’zaro bog’liq bo’lgan tizim namoyon bo’ladi:

1.

Stressogen voqeani

baholash

;

2.

Voqeaning o’ziga yoki uning bahosiga

fiziologik

va

biokimyoviy

jihatdan beriladigan reaksiya;

3.

Stressning sabab va oqibatlarini bartaraf qilishga qaratilgan

harakatlar

, xulq-atvor reaksiyalari.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

188

Baholash

.

Eng asosiysi voqeaning qanday baholanishidir. Stress yuzaga

kelishiga ta‘sir qiluvchi holat – sodir bo’lgan voqe yoki hodisa qanchalik adolatsiz,
haddan ziyod va chidab bo’lmas darajada deb his qilinsa, stressning his qilinishi
shunchalik zo’rayadi. Yoki omadsizlik tajribasi, ya‘ni o’zining omadsizligiga qat‘iy
ishonch ham stressni chaqiruvchi omillardan biridir. Demak, stressga nisbatan
dastlabki reaksiya - baholash bo’lib, bu har doim organizmning emas, shaxsning
reaksiyasi bo’ladi.

Stress kechishining 2-tizimidagi

fiziologik va biologik reaksiyalar

o’z-o’zicha

emas, balki voqeaning shaxs tomonidan qabul qilinishi va baholanishi orqali
beriladi; aynan shu vaqtda ruh va tana birligi paydo bo’ladi. Ta‘sir etayotgan
omilning organizm uchun ham ta‘siri his etiladi.

3-tizim - stressning kechishida

emotsional va xulq-atvor javoblari

dir

6

. Shaxs

o’z xulq-atvori orqali stressni qay darajada his etayotganligini ifodalaydi.

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, stressga nisbatan shaxs tomonidan

beriladigan psixologik, fiziologik va bioximik javob reaksiyalari o’zaro
bog’lanishda ekan. Shu bilan birgalikda ularning ortida «boshqaruv pul‘ti»
yashiringan; bu pul‘tning «operator»i bizning hayotga va hayot talablariga bo’lgan
munosabatimiz va dunyoqarashimizdir.

Ba‘zi mualliflar stressning yuzaga kelishi bilan kompleks intrapsixik

xususiyatlar va shaxsiy reaksiyalar o‗rtasida bog‗liqlik borligini ko‗rsatadilar.
Bularga odamovilik (L.Nijel, M.Taligin, M.Shoks, N.Kurteks 1978), frustratsiya
holati (A.Killer 1969), aybdorlik hissi (Dj. Xenelin 1970) kabilar bilan bog‗liq
ishlarni sanash mumkin.

Quyida biz maxsus adabiyotlarni tahlil qilish asosida stress holatining

mexanizmlarini tushuntirishga qaratilgan ba‘zi konsepsiyalarning mazmuni bilan
tanishib chiqamiz. Bunda biz avvalo G.Sel‘yening (1979) moslashish jarayonlari
va stress xususiyatlari haqidagi fikrlarini ko’rib chiqamiz. Muallif har qanday
moslashish jarayoni uchun xarakterli bo’lgan stressning uch xil bosqichini ajratib
ko’rsatadi. Stress o’sishining birinchi bosqichi - «

xavotirlilik bosqichi

»dir, ya‘ni

moslashish imkoniyatlarining xavfdan ogohlantiruvchi signal (trevoga) tufayli
safarbar etilishi. Birinchi reaksiya orqasidan, albatta, ikkinchi bosqich
«

rezitensiya bosqichi

» keladi. Bu bosqich moslashish zaxirasining muvofiqlashgan

holda sarflanishidir. «Moslashish energiyasi cheksiz bo’lmaganligi» tufayli agar
stressor ta‘sir etishda davom etaversa, ertami-kechmi uchinchi - «

tugash

bosqichi

»ga olib keladi. Organizmning «zaxira omborlari»ning ochilishiga olib

keluvchi birinchi bosqich signallaridan farqli o’laroq uchinchi bosqichda bu


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

189

signallar «yordamga chorlash» shaklida bo’ladi. Ular esa faqat tashqaridan yoki
yordam sifatida, yoki organizmni yemiruvchi stressorni bartaraf qilish shakli
sifatida berilishi mumkin.

Yuqorida ko’rib chiqilgan konsepsiyalar stress holatlarining ijtimoiy

psixologik, vaziyat va shaxsiy omillar bilan murakkab aloqadorligiga bog’liq
ekanligini ko’rsatadi. Shu bilan birga stressning kelib chiqish sabablarini yanada
konkretroq aniqlashga va shundan kelib chiqib bu holatning oldini olish chora-
tadbirlarini ishlab chiqishga yordam beradi.

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:

1.

G'oziyev E. Psixologiya. T., ―O'qituvchi‖, 1994

2.

Fayziyev.Y.M. Umumiy va tibbiy psixologiya.T.: "Ilm-ziyo", 2017.-176

3.

Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya.T.: Toshkent-2010.

4.

Jalolova M.O. ―O’smirlik davrida stress holatlari diagnostikasi va

korrektsiyasi "Magistrlik dissertatsiyasi, Andijon-2017.
5.

G'oziyev.E.G’. Umumiy psixologiya.T.:-2003.

6.

Kornilova T. Vvedenie v psixologicheskiy eksperiment. M., 1997.

7.

https:// uz.m.wikipedia.org.

8.

www.expert.psychology.ru

Библиографические ссылки

G'oziyev E. Psixologiya. T., ―O'qituvchi‖, 1994

Fayziyev.Y.M. Umumiy va tibbiy psixologiya.T.: "Ilm-ziyo", 2017.-176

Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya.T.: Toshkent-2010.

Jalolova M.O. ―O’smirlik davrida stress holatlari diagnostikasi va korrektsiyasi "Magistrlik dissertatsiyasi, Andijon-2017.

G'oziyev.E.G’. Umumiy psixologiya.T.:-2003.

Kornilova T. Vvedenie v psixologicheskiy eksperiment. M., 1997.

https:// uz.m.wikipedia.org.

www.expert.psychology.ru