Авторы

  • Jangil Abdullayeva
    Xalqaro innovatsion universiteti “Psixologiya va jismoniy madaniyat” kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.98154

Ключевые слова:

tarbiya jarayoni oilaviy tarbiya oilaviy muhit oilaviy munosabatlar shaxs rivojlanishi xalq pedagogikasi bola tarbiyasi ta’lim-tarbiya milliy qadriyatlar.

Аннотация

Mazkur maqolada oilaviy tarbiya va uning o‘ziga xos xususiyatlari, oiladagi ma’naviy muhit hamda farzand tarbiyasida milliy va ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligiga oid mulohazalar bayon etilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

179

YOSH AVLOD ONGI VA RUHIYATIDA MA’NAVIY SIFATLARNI

SHAKLLANTIRISHDA OILA TARBIYASINING O‘RNI

Abdullayeva Jangil G’afarovna

Xalqaro innovatsion universiteti

“Psixologiya va jismoniy madaniyat” kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15526250

Annotatsiya:

Mazkur maqolada oilaviy tarbiya va uning o‘ziga xos

xususiyatlari, oiladagi ma’naviy muhit hamda farzand tarbiyasida milliy va
ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligiga oid mulohazalar bayon etilgan.

Shuningdek, oilaviy tarbiyaning bola kamolotiga ta’siri, yosh avlod

ma’naviyatini yuksaltirishning o‘ziga xos jihatlari hamda. oila farovonligi
ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar

: tarbiya jarayoni, oilaviy tarbiya, oilaviy muhit, oilaviy

munosabatlar, shaxs rivojlanishi, xalq pedagogikasi, bola tarbiyasi, ta’lim-tarbiya,
milliy qadriyatlar.

Аннотация:

В статье изложены соображения о семейном воспитании и

его особенностях, духовной среде в семье, приоритете национальных и
духовных ценностей в воспитании детей.

Также рассматриваются влияние семейного воспитания на развитие

ребенка, особенности воспитания духовности подрастающего поколения и.
Даны рекомендации по обеспечению благополучия семьи.

Ключевые слова:

образовательный процесс, семейное воспитание,

семейная среда, семейные отношения, развитие личности, народная
педагогика, воспитание детей, образование, национальные ценности.

Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va

yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki
insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari
birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va
dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar, yaxshilik va ezgulik,
olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas
tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. Shuning
uchun ham aynan oila muhitida paydo bo‘ladigan ota-onaga xurmat, ularning
oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash har bir insonga xos bo‘lgan
odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy
olamini tashkil etadi.

Jamiyat rivojlanib, ma’naviy omillarning ijtimoiy taraqqiyotidagi o`rni va

ahamiyati ortgani sari oiladagi tarbiyaga e’tibor ham kuchaya boradi. Bu borada
oiladagi ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, ota-onalarda farzandlar oldidagi,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

180

farzandlarda ota-ona va jamiyat oldidagi, burch va mas’uliyat tuyg`usini
kuchaytirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Oilada bola
ma’naviyatini milliy qadriyatlar orqali shakllantirish uning shaxs sifatidagi
kamolotida muhim o‘rin tutadi va ruhiyatiga olijanob insoniy fazilatlarning tarkib
topishida ahamiyatga ega. Milliy qadriyatlarimiz tarkibiga kuruvchi urf-odatlar,
turli marosimlar, an’analar bugungi kunda respublikamizning mustaqilligini
mustahkamlashda, milliy mafkurani yaratishda, yoshlarni ma’naviy
tarbiyasida, jamiyatni rivojlantirishda, qolaversa, oilalar mustahkamliligini
barqarorlashtirishda, undagi tarbiya masalalarini, milliyligini oshirishda
muhim tarbiya vositasi sifatida xizmat qilishini har bir xonadon sohibi, har
bir fuqaro yaxshi anglaydi.

Brinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Bugungi kunda

bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxtu saodati, ularning
yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin baxtu saodat faqat boylik, molu
mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon –
e’tiqodli farzand nafaqat ota – onaning, balki butun jamiyatning eng katta
boyligidir” [1]. Sog‘lom va mustahkam oilani shakllantirishga ta’sir etuvchi
omillardan biri oilada sog‘lom farzandni dunyoga kelishidir. Har qanday ota-ona
o‘z farzandini aqliy jihatdan barkamol, jismonan sog‘lom, to‘la-to‘kis, benuqson
tug‘ilishini istaydi. Uning kamolga yetishi murakkab va ziddiyatli jarayon bo‘lib,
bola rivojlanishi muhit, irsiyat, ta’lim-tarbiya va shaxsning mustaqil faoliyati
uzviy ta’sir o‘tkazadi. Bu jarayonda ayniqsa sog‘lom oila muhiti, oilaviy
munosabatlar tizimi muhim o‘rin tutadi. Shu boisdan shaxs ma’naviyati,
dunyoqarashi, tafakkuri, e’tiqodi, iymoni avvalo oilada shakllanadi. Darhaqiqat
oila, ayniqsa o`zbek oilasi asrlar osha yosh avlodni tarbiyalashda, komil insonni
voyaga yetkazishda muqaddas maskan bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi.
Oilaviy munosabatlar jarayoni, tarbiyaviy ta’sirimiz orqaligina insonga Vatan
tushunchasi ilk bor tetapoya bo`lib o`sib kelayotgan yosh go`dakning ongi, ruhi va
qalbiga kirib boradi, butun umri, hayotiy faoliyati davomida yana ham sayqalanib,
mazmunan mujassamlashadi. Bu jarayon oiladagi sog`lom muhitda, ota-bobolar
o`giti, ota ibrati, ona mehri, aka-uka, opa-singillarning mehr-oqibati orqali amalga
oshib boradi.

Ko‘p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson o‘z umri

davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan
davrida olar ekan. Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga
oladigan bo‘lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida
ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo‘la boshlaydi. Xalqimizning «qush


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

181

uyasida ko‘rganini qiladi», degan dono maqoli ham mana shu azaliy xaqiqatni
yaqqol aks ettiradi.

Odamzot uchun bir umr zarur bo‘ladigan tabiiy ko‘nikma va xususiyatlar,

masalan, har qaysi bolaning o‘ziga xos va o‘ziga mos qobiliyati atrofidagi odamlar
bilan muomalasi, tengdoshlari orasida o‘zini qanday his qilishi, yetakchilik
xislatlariga ega bo‘lishi yoki ega bo‘lmasligi, kerak bo‘lsa, dunyoqarashi bularning
barchasi avvalo uning tabiati, shy bilan birga, oilada oladigan tarbiyasiga uzviy
bog‘liq ekanini hayot tajribasi ko‘p misollarda tasdikdab beradi. Aynan mana
shu davrda bola hamma yaxshi-yomon narsani tushunib, anglay boshlaydi, uning
beg‘ybop ongi bamisoli bosma qog‘oz singari oiladagi, yon-atrofdagi barcha
voqea-hodisalarni, ularning zamiridagi taassurotlarni o‘ziga shimib-singdirib
oladi [2]. Uning ota-onasiga, bobo va momolariga mehri va hurmati, o‘zini o‘rab
turgan muhitga nisbatan munosabati kundan-kunga takomillashib boradi,
qisqacha aytganda, xonadondagi har bir narsa daraxt va o‘simliklar bo‘ladimi,
turli o‘yinchoqlar, uy hayvonlari bo‘ladimi bularning barchasi bolaning ko‘ziga
go‘yoki olamning beqiyos mo‘jizasi bo‘lib ko‘rinadi va shu tariqa u yorug‘ dunyoni
o‘zi uchun kashf qiladi.

Taassufki, ba’zi ota-onalar o‘z farzandini ana shunday qiziqishi va

intilishlariga, uning ongu tafakkurida har kuni bir o‘zgarish ro‘y berib, ko‘zida
yangi-yangi savollar paydo bo‘layotganiga ahamiyat bermaydi. Boz ustiga, agar
ota-ona oila¬da o‘zini tutishni bilmasa, axloq-odob bobida o‘z farzandlariga
o‘rnak bo‘lish o‘rniga qo‘pol muomala qiladigan bo‘lsa, bu holat, tabiiyki, bola
ma’naviy olamining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, vaqti-soati kelib, uning
xarakterida inson degan nomga noloyik, xunuk odatlar namoyon bo‘ladi. Yoki
oilada qo‘ni-qo‘shnilarni ko‘rolmaslik, fisqu fasod, xukmron bo‘lsa, hech
shubhasiz, bularning barchasi bolaning xotirasida tuzatib bo‘lmaydigan og‘ir
asorat qoldiradi. Umuman, oiladagi ma’naviy muhit va tarbiya tufayli bola yo
mehribon va rahmdil, yoki xudbin va bag‘ritosh bo‘lib voyaga yetishini tushunish
qiyin emas [3]. Hayotga teranlik bilan qaraydigan har bir kishi buni yaxshi
tushunishi, kelajak rejalarini belgilab olishda o’tmishga adolat yuzasidan baho
berishi lozimki, aynan bu masalaning bugungi kunga kelib dolzarbligi yanada
oshadi. Chunki vatanparvarlik, millatlararo do’stlik, tabiatni muhofaza qilish
(ekologik tarbiya) tejamkorlik kabi mavzular bugungi kunning muhim
masalasi sifatida hal etilishini kutmoqda.

Halq pedagogikasining xalqchil ko’rsatmalari asosida yoshlarni

manaviy-axloqiy tarbiyalash ham nazariy, ham amaliy jihatdan o’z yechimini
kutmoqda. Zero, o’tmish madaniy merosimizdan munosib o’rin olgan o’zbek


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

182

xalqining urf-odatlari, turmush tarzi, oilaviy marosimlari, ta’lim-tarbiya,
madaniyat an’analari moziyning uzoq- uzoq asrlariga borib taqaladi. Hozirgi va
kelajak avlod kishilarining bu kabi barcha an’analarini bilishi, bevosita
o’zining kundalik hayotida qo’llay olishi lozimki, bu har bir inson ma’naviyatining
boyligidan dalolat beradi. Bu - hamisha avlodlar tomonidan etirof etilgan
haqiqatdir. Shuning uchun ham bugungi kunda oilada bolalarni ma’naviy-
axloqiy tarbiyalash masalasida milliy an’analarimiz, urf-odatlarimizga e’tibor
va ehtiyoj har qachongiga nisbatan kuchliroqdir. Chunki xalq pedagogikasi
manbalarida mehnat, odob, ota-onalar ibrati, or-nomus, maishiy turmush,
salomlashish odobi, marhumlarni xotirlash, xalq marosimlarida qatnashish,
turli to’ylar va boshqa oilaviy an’analar aks ettirilganki, bularning barchasi
hozirgi zamon yoshlarini milliy kayfiyatda ma’naviy yetuk, axloqan pok,
jismonan sog’lom, estetik didli, farosatli, aqliy kamolot egasi qilib
tarbiyalashning muhim vositalari sifatida mujassamlangan. Shunday ekan, biz o‘z
farzandlarimizning baxtu saodatini, iqboli va kamolini ko‘rishni istar ekanmiz,
nafaqat oiladagi, balki mahalla-kuydagi odamlarning hatti-harakati ham bolaning
shakllanib kelayotgan sof qalbi va ongiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida doimo
uylashimiz, bu masalada zimmamizda kanday ulkan mas’uliyat borligini
unutmasligimiz zarur [4].

Xulosa o‘rnida aytganda, oilada yoshlar ta’lim-tarbiyaga jiddiy e’tibor

qaratmasak, ertaga kech bo‘lishi, tuzatib bo‘lmas darajadagi oqibatlarga olib
kelishi mumkin. Zero, biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan davlat ravnaqi, turmush
go‘zalligi mezonlari, faqat oila uchungina emas, balki jamiyat uchun alohida
ahamiyat kasb etadi. Chunki jamiyatimizning farovonligi, jahonda taraqqiy etgan
davlatlar safidan o‘rin olish uchun to‘la imkoniyat yaratmoq niyatida mehnat
qiladigan jismoniy sog‘lom, ma’naviy boy, axloqiy pok, komil farzandlarni ham
oila tarbiyalab voyaga yetkazadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Список литературы:

1. I.Karimov Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. Toshkent.; Ma’naviyat, 2008.56-
b.
2. Musurmanova O. Oila jamiyat tayanchi: Monografiya /O.Musurmanova.-
Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2019.-252 b.
3. Shoumarov G.B., Haydarov O.I. Oila psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. - T.: «Sharq»,
2013. - 296 b.
4. Ubaydullaeva R.A. Mustaqil O’zbekiston: ayol, oila va jamiyat. T.: O’zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi, FAN nashriyoti, 2006.

Библиографические ссылки

I.Karimov Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. Toshkent.; Ma’naviyat, 2008.56-b.

Musurmanova O. Oila jamiyat tayanchi: Monografiya /O.Musurmanova.-Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2019.-252 b.

Shoumarov G.B., Haydarov O.I. Oila psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. - T.: «Sharq», 2013. - 296 b.

Ubaydullaeva R.A. Mustaqil O’zbekiston: ayol, oila va jamiyat. T.: O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, FAN nashriyoti, 2006.