ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
141
“IKKILAMCHI NOMINATSIYA” HODISASINING
LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI
Ortiqov Ramazon Raxmat o‘g’li
Qarshi xalqaro universiteti “Filologiya va tillarni o‘qitish”
kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15516763
Annotatsiya:
Bu maqolada ikkilamchi nominatsiya hodisasining
lingvokulturologik hodisa ekangigi haqida ilmiy fikr-mulohazalar yuritilgan.
Annotation:
This article presents scientific considerations on the
phenomenon of secondary nomination as a linguocultural phenomenon.
Kalit so‘zlar:
Lingvokulturologiya, ikkilamchi nominatsiya, perifraza,
ijtimoiy-lisoniy shakllanish, adabiy til, sheva.
Key words:
Linguoculturology, secondary nomination, periphrasis,
sociolinguistic formation, literary language, dialect.
Bugungi globallashuv davrida har bir millatning milliy tilini va undagi faqat
shu millatgagina tegishli bo’lgan til hodisalarini tadqiq qilish bu kunning asosiy
masalalaridan biri ekanligini takidlash joyizdir. Chunki, iqtisodiy, madaniy va
siyosiy integiratsiya tildagi o‘ziga xosliklarga salbiy ta’sir qilmoda. Qisqa qilib
aytganda, iste’moldan chiqish xavfini tug‘dirmoqda. Shunday ekan ikkilamchi
nominatsiyaga o‘xshash tilimizning lingvokulturologik hodisalari ustida tadqiqot
o‘tkazish muhimdir. Shu holatni inobatga olgan holda bu lisoniy hodisani
madaniyatimizning ajralmas qimi ekanligi borasida ba’zi fikr va mulohazalarni
keltirdik.
Perifraza(ikkilamchi nominatsiya hosilasi)larning aksariyati joy nomlarini
ikkilamchi nomlash, munosabat bilan ifodalash maqsadida ham shakllandi.
Shuningdek, perifrazalar oilaviy muhit ta’siri bilan aloqador tarzida yuzaga
kelishi ham mumkin. Bunda oila a’zolariga nisbatan turlicha modal munosabat
ifodalash asosida perifrazalar hosil qilinadi. Perifrazalarning aksariyati
dehqonchilik, chorvachilik bilan aloqador tarzda hosil qilinadi. Shuningdek, ilm-
fan, sportga oid tushunchalarni obrazli ifodalash asosida talaygina perifrazalar
shakllanganki, ular ham til lug‘at tarkibining boyib borishiga samarali ta’sir
etadi
1
. Hozirda ham xalqimizning ijtimoiy hayotiga kirib kelayotgan turli
sohalarda ham ikkilamchi nominatsiya hosilasi ham paydo bo‘lmoqda. Bu
jarayon har doim o‘sishda va rivojlanishdadir.
Biz maqolamizda qarindoshlikka aloqador bo‘lgan ikkilamchi nomlarning
milliy o‘ziga xosligini diqqat markazimizga qo‘ymoqdamiz, shuningdek,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
142
kitobxonlarga yana-da tushunarli bo‘lishi uchun yuqoridagi jihatlarga ham biroz
to‘xtalib o‘tdik. Bizning millatimizning oilaga bo‘lgan qadriyatlari oliy
darajadadir. Farzandlarning ota-onaga bo‘lgan e’tibori, hurmati beqiyos.
Shunday ekan, ular orqali oilaga mansub bo‘ladigan kelin ham, kuyov ham
ularga qarab qaynota va qaynonasini yuksak qadrlaydi va ularga nisbatan
andishali bo‘ladi. Bu bizning xalqimizda qadimdan qadriyat sifatida shakllanib
ulgurgan xususiyatlar hisoblanadi. Shu bilan birgalikda qarindosh-urug‘larning
bir-biriga munosabati, kattalarning biri-biriga munosabati, butun bir
qishloqning yoki ovulning bir-biriga munosabati ham hurmat va lutf asosiga
qurilganligini aytish mumkin. Bu munosabatlar allaqachon tartibga solinib,
milliy qadriyat sifatida shakllangan. Bu insonlar bir-biri bilan muloqotda bo‘lar
ekan, kommunikatsiya jarayonida milliy qadriyatlarimiz tartibga solib bergan
qonuniyatlarga, an’analarga bo‘ysungan, amal qilgan holda munosabatda bo‘ladi.
Ikkilamchi nominatsiya hodisasining ham mohiyatida aynan shu narsalar
yotganligi sababli bu sohada yaqqol bu jarayon ko‘zga tashlanadi. Farzand ota-
onani shunchaki ota yoki ona emas, uni ulug‘lab, uni hurmatlab ikkilamchi
nomlar qo‘yib aytishi va atashi, ota-onalar esa farzandlarni izzat qilib, erkalab
ikkilamchi nomlar qo‘yib aytishi, kelinning turmush o‘rtog‘ining yaqin
qarindoshlariga ham murojaat qilayotganda ikkilamchi nom qo‘yishi kabi qator
jihatlarni sanab o‘tishimiz mumkin.
So‘zimizning isboti sifatida o‘zbek oilalarida ota-onaga bo‘lgan ikkilamchi
nomlarga misollar keltiramiz. Masalan: otaga nisbatan -
Oppoq dada
,
Padari
buzrukvor
,
Oilaboshi
,
…dadasi
(odatda, oilada katta farzandning ismini qo‘yib,
falonchining dadasi),
Rais, Hoji(
ijtimoiy mavqeyidan kelib chiqib ikkilamchi
nom qo‘yadi). Onaga nisbatan –
Hoji ona, Otinoyi, Volidam, Volidayi
muhtarama, O‘choqboshi egasi, Tov momo, Oq sutim egasi, Jannatim
va shu
kabi ikkilamchi nomlarni keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari kelinlarning
turmush o‘rtog‘ining yaqin qarindoshlariga ikkilamchi nom qo‘yishlarini, ota-
onalarning farzandlariga ikkilamchi nom tanlashlarini, biron-bir ovulning
ovuldoshlariga ikkilamchi nom qo‘yishlarini ham keltirishimiz mumkin. Bu kabi
ikkilamchi nom tanlashlar qadimdan o‘zbek xalqining ota-onaga, qarindosh-
urug‘ga, ovuldoshlarga bo‘lgan o‘zaro hurmati, izzati va qadriyati sifatida
shakllanib kelgan. Yuqorida sanab o‘tgan barcha ikkilamchi nomlarga e’tibor
qaratadigan bo‘lsak, ularning barchasida nutqda jozibadorlik, ohangdorlik,
aniqlikni, ta’sirchanlikni, odobni, ulug‘lilikni va faxrni ko‘rishimiz mumkindir. Bu
haqiqiy o‘zbek qadriyatidir. O‘zbeklar qadimdan ota-onani qadrlashi, ulug‘lashi,
ularga odob bilan murojaat qilishini anglatadi. Ota-onaning hayotda farzandlar
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
143
uchun qilgan mehribonligi, jonkuyarligi, o‘zining farzandi uchun hayotini
baxshida etishini, ular uchun qilgan qurbonliklarini ulug‘lovchi ikkilamchi
nomlar bilan atash o‘zbek millati uchun milliy qadriyat va shu xalq bilan
tarixdan poyma-poy bo‘lib yashab kelayotganligini ta'kidlashimiz mumkin.
Til - madaniyatning ko‘zgusi bo‘lib, unda nafaqat insonni o‘rab olgan real
borliq, uning real yashash sharoitlari, balki xalqning ijtimoiy o‘zini-o‘zi anglashi,
uning mentaliteti, milliy xarakteri, hayot tarzi, an’analari, urf-odatlari, axloqi,
qadriyatlar yig‘indisi va dunyoqarashi ham aks etadi
2
.
Kelinlarning turmush o‘rtog‘ini va uning yaqin qarindoshlarini o‘z ismi
bilan aytishi ham bizning qadriyatlarimizda, an’analarimizda hurmatsizlik
belgisi sifatida baholanadi. Chunki ularni o‘z ismi bilan atash, murojaat qilish
qo‘pollik, dag‘allik hosil qilgandek tuyuladi. Odatda, o‘z ismi bilan atash, uning
tengdoshlari, do‘st-u birodarlari tomonidan aytilishi kuzatiladi. Aynan shuning
uchun ham kelinlar yuksak farosat va odob bilan o‘z ismi bilan atashdan andisha
qiladi. Bundan biz o‘zbek xalqining qarindoshlik rishtalari nozik bir
qonuniyatlar, murojaat odoblari, o‘ziga xos munosabatlar bilan bog‘langanligini,
bu esa shu millat farzandining fitratiga qadim davrdan singganini aytishimiz
joizdir.
Hozirgi sheva faktlari til tarixini tushunish uchun ham xizmat qiladi.
3
Tilning, shevaning tashuvchilik funksiyasi ham mavjudligini inobatga oladigan
bo‘lsak, undan foydalanuvchi sheva vakillarining qadimgi, hozirgi va kelajakdagi
milliy madaniyatini, an’analarini o‘zida akslantiradi, o‘zida tashiydi. Xuddi
shuningdek, ikkilamchi nom qo‘yish an’anasi ham o‘zbek xalqining ajralmas bir
qismi bo‘lib ulgurgan. Ikkilamchi nomlarda, nom qo‘yish jarayonida o‘zbek
xalqining nozik bir o‘ziga xos milliyligi saqlanib qolgan. Bizning xalqimiz
hayotida yashayotgan, milliyligini saqlab qolgan, sheva va til xususiyatlarini
o‘rganishimiz va tadqiq etishimiz maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Samixon Ashirboyev “O‘zbek dialektalogiyasi” Toshkent-2021.
2. Ro‘ziqul Normurodov “O‘zbek tilida ikkilamchi nominatsiya” Toshkent-2010.
3. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent-1980.
4. Usmonova Sh. Lingvokulturologiya. –Toshkent, 2019.
1. www.literature.uz
2. www.genhis philol.ru