Авторы

  • Munisa Sobirova
    Urganch davlat unversiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Yurispurudensiya yo’nalishi 1-bosqich talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.98174

Ключевые слова:

Bola huquqlari bola huquqlari boyicha qo’mita konvensiya ILO (xalqaro mehnat tashkiloti) mehnat kodeksi bola huquqlar boyicha ombudsman UNICEF (BMT Bola jamg’armasi).

Аннотация

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining BMT tomonidan 1989-yilda qabul qilingan Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilishi, uning ahamiyati va mazkur xalqaro hujjatning milliy darajada amalga oshirilishi masalalariga bag‘ishlangan. Konvensiyaning asosiy tamoyillari – bola manfaatlarini ustuvor qo‘yish, tenglikni ta’minlash va bolalarning asosiy huquqlarini kafolatlash – O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlari va milliy qonunchiligida qanday ifodalanganligi yoritiladi. Shuningdek, maqolada 2024–2027-yillarga mo‘ljallangan Milliy harakatlar rejasi, uning tavsiyalari hamda BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan hamkorlik natijalari haqida batafsil ma’lumot keltiriladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

77

BOLA HUQUQLARI HAQIDA NIMA BILAMIZ?

Sobirova Munisa Ruslanbek qizi

Urganch davlat unversiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti

Yurispurudensiya yo’nalishi 1-bosqich talabasi.

sobirovamunisa006@gmail.com

+998 97 708-01-20

https://doi.org/10.5281/zenodo.15500950

Annotatsiya:

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining BMT tomonidan

1989-yilda qabul qilingan Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilishi,
uning ahamiyati va mazkur xalqaro hujjatning milliy darajada amalga oshirilishi
masalalariga bag‘ishlangan. Konvensiyaning asosiy tamoyillari – bola
manfaatlarini ustuvor qo‘yish, tenglikni ta’minlash va bolalarning asosiy
huquqlarini kafolatlash – O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlari va milliy
qonunchiligida qanday ifodalanganligi yoritiladi. Shuningdek, maqolada 2024–
2027-yillarga mo‘ljallangan Milliy harakatlar rejasi, uning tavsiyalari hamda
BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan hamkorlik natijalari haqida
batafsil ma’lumot keltiriladi.

Kalit so’zlar:

Bola huquqlari,bola huquqlari boyicha qo’mita, konvensiya,

ILO (xalqaro mehnat tashkiloti),mehnat kodeksi, bola huquqlar boyicha
ombudsman,UNICEF (BMT Bola jamg’armasi).

Аннотация:

Данная статья посвящена присоединению Республики

Узбекистан к Конвенции о правах ребенка, принятой ООН в 1989 году, ее
значению и реализации этого международного документа на
национальном уровне. Как основные принципы Конвенции приоритет
интересов ребенка, обеспечение равенства и гарантия основных прав
детей отражены в международных обязательствах Узбекистана и
национальном законодательстве. Также в статье представлена подробная
информация о Национальном плане действий на 2024-2027 годы, его
рекомендациях и результатах сотрудничества с Комитетом ООН по правам
ребенка.

Ключевые слова:

права ребенка, комитет по правам ребенка,

конвенция, МОТ (международная организация труда), трудовой кодекс,
омбудсмен по правам ребенка, ЮНИСЕФ (Детский фонд ООН).

Annotation:

This article is devoted to the merger of the Republic of

Uzbekistan to the Convention on the Rights of the Child in the 1989 and the
importance of this international document. The basic principles of the
Convention are covered by the international liability and national legislation of
Uzbekistan. The article also provides detailed information on the results of the


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

78

National Action Plan for 2024-2027 and its recommendations and the results of
cooperationwith the Committee on the Rights of the United Nations.

Keywords:

Child rights, Committee for Subscribe to the Rights of the Child,

Ilo (International Labor Organization), UNICEF (UN Child Fund).

Bola huquqlari — inson huquqlarining bolaga nisbatan ishlatilishi. Bu

sohadagi maxsus normalarning ishlab chiqilishi, bolaning jamiyatdagi alohida
holati, ularning oiladagi o‘rni, yoshi bilan bog‘liq maxsus huquqlarning hamma
davlat qonunchiligida belgilanmaganligi voyaga yetganlar huquqlarning
barchasiga ega emasligidan kelib chiqadi. Bola huquqlari sohasiga tegishli
xalqaro hujjatlarning ko‘pchiligi u yoki bu doirada yosh bolarga taauqlidir.
Mustaqillikning dastlabki yillarida Oʻzbekiston Respublikasi qo‘shilgan birinchi
xalqaro shartnoma Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi boʻlsa, keyingi
xalqarolik boʻyicha asosiy shartnoma esa Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya
hisoblanadi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrdagi
757-XII son qarori). Bu bilan O‘zbekiston bola huquqlari va erkinliklarini
taʼminlash boʻyicha bir qancha xalqaro- huquqiy tajribalarni ham oʻz zimmasiga
oldi. Maʼlumki, Bola huquqlarining milliy qonunchilikning asosini Oʻzbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi tashkil qiladi.

Birlashgan

Millatlar

Tashkiloti

Inson

huquqlari

umumjahon

deklaratsiyasida bolalar alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar, deb
e’lon qilganligini eslatib,jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy
muhitga uning barcha a’zolari, ayniqsa, bolalar o‘sib ulg‘ayishlari va farovonlikka
ega bo‘lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga to‘liq
oladigan bo‘lishiga erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan
ta’minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda,bolaning shaxsi sog‘lom
va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamoloti uchun u oila g‘amxo‘rligida,
baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o‘sishi zarurligini e’tirof
etib,bola jamiyatda mustaqil hayotga to‘la tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan g‘oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-
qimmat, sabr-toqat, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi
lozimligini hisobga olib,bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi
1924-yilgi Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasida va 1959-yil 20-noyabrda
BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari
deklaratsiyasida ko‘zda tutilganligini va Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda
(jumladan, 23- va 24-moddalarda), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar
to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 10-moddada), shuningdek, ixtisoslashgan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

79

muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi
xalqaro tashkilotlarning Nizomlari va tegishli xujjatlarida e’tirof etilganligini
e’tiborga olib,Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilganidek, “bola, agar u
jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga yetishmagan bo‘lsa, maxsus ravishda
muhofaza va g‘amxo‘rlikka, binobarin, tug‘ilguncha va tug‘ilgandan keyin ham
munosib darajadagi huquqiy himoyaga muhtoj” ekanligini e’tiborga olib,Ijtimoiy
va huquqiy tamoyillar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning bolalar himoyasi va
farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish
hamda asrab olish paytidagi himoyasi va farovonligiga doir qoidalariga,
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil
sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (“Pekin qoidalari”) va
Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya
qilish to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalariga tayanib, jahondagi barcha
mamlakatlarda nihoyatda og‘ir sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda
ular alohida e’tiborga muhtoj ekanliklarini e’tirof etib, bolaning himoya qilinishi
va uyg‘un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an’analari va madaniy
qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib,har bir
mamlakatda,jumladan rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush
sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof
etilgan.

Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mita. Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mita 18

mustaqil ekspertdan iborat organ bo‘lib, ishtirokchi–davlatlar tomonidan Bola
huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning bajarilishini nazorat qiladi. Qo‘mita,
shuningdek, Bolalarni qurolli mojarolarga jalb qilish va Bolalarni sotish, bolalar
fohishaligi va bolalar pornografiyasi to‘g‘risidagi Konvensiyaning uchta
Fakultativ Protokollarining bajarilishini nazorat qiladi. Barcha ishtirokchi-
davlatlar konvensiya qoidalarini amalga oshirilishi bo‘yicha Qo‘mitaga
muntazam ravishda hisobot berib boradilar. Ishtirokchi-davlatlar Konvensiyaga
qo‘shilganidan keyin ikki yil o‘tgach, dastlabki hisobotlarni, so‘ngra har besh
yilda bir marta davriy hisobotlarni taqdim etishlari shart. Qo‘mita taqdim etilgan
har bir hisobotni o‘rganib chiqib, ishtirokchi-davlatga “yakuniy mulohazalar”
shaklida o‘z fikr va tavsiyalarini beradi.Qo‘mita, shuningdek, Konvensiyaning
birinchi ikkita Fakultativ Protokoliga qo‘shilgan davlatlar tomonidan taqdim
etiladigan, bolalarni qurolli mojarolarga jalb qilish va bolalarni sotish, bolalar
fohishaligi va bolalar pornografiyasiga oid dastlabki hisobotlarni ko‘rib chiqadi.
Bundan tashqari, Qo‘mita ishtirokchi-davlatlar tomonidan Bola huquqlari
to‘g‘risidagi konvensiya va uning ikkita Fakultativ Protokollari buzilganligi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

80

haqidagi shaxsiy shikoyatlarni hamda Konvensiya va uning uchta Fakultativ
Protokollarida mustahkamlangan huquqlarning jiddiy va muntazam ravishda
buzilishi holatlari bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazishi mumkin. Qo‘mita Jenevada
yiliga uch marta majlis o‘tkazadi, bu uch haftalik yalpi majlis va bir haftalik
ishchi guruhning dastlabki sessiyasini o‘z ichiga oladi.2021-yil dekabr holatiga
ko‘ra Konvensiyada 196 ta davlat ishtirok etmoqda.O‘zbekiston Respublikasi
mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-
dekabrdagi 757-757-XII-sonli “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga
qo‘shilish haqida”gi qaroriga muvofiq qo‘shilgan. Konvensiya O‘zbekiston
Respublikasi uchun 1994-yil 29-iyuldan kuchga kirgan.O‘zbekiston Respublikasi
2008-yil 11-dekabrda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga doir bolalar
savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ
protokolni, 2008-yil 12-dekabrda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga doir,
bolalarning qurolli mojarolarda ishtirokiga taalluqli Fakultativ protokolni
ratifikatsiya qilgan.“Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya” qoidalarining
bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 1999-yilda dastlabki, 2005-
yilda ikkinchi davriy, 2010-yilda uchinchi va to‘rtinchi davriy, 2019-yilda
beshinchi davriy hisobotlari BMTning bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasiga
topshirilgan.2022-yil sentyabr oyida “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya”
qoidalarining bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining beshinchi
davriy hisoboti Qo‘mitaning 91-sessiyasida ko‘rib chiqildi.

Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, bola
huquqlarining kafolatlarini ta’minlash va ushbu sohadagi xalqaro
majburiyatlarni bajarishning ta’sirchan tizimini yaratish maqsadida: Bola
huquqlari bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib
quyidagilar belgilansin: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari
to‘g‘risidagi konvensiyasini bajarish strategiyasini va bola huquqlari masalalari
bo‘yicha boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok
etish; bolalar va ularning qonuniy vakillari orasida bola huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlarini tushuntirish, bola huquqlari va Bola huquqlari bo‘yicha
vakil faoliyati haqidagi xalqaro hamda milliy normalar qoidalarini targ‘ib qilish;
aholi o‘rtasida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari masalalari
bo‘yicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga ko‘maklashish;
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, bolalar hamda ular qonuniy
vakillarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risidagi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

81

murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash; bola huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining ijrosini
o‘rganish; o‘z vakolati doirasida bola huquqlari va erkinliklari xalqaro
standartlarini qonun hujjatlariga tatbiq etishni hamda davlat organlari va
boshqa tashkilotlarning faoliyatida bola huquqlariga rioya etilishini monitoring
qilish; bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va
ularni himoya qilish holatidan jamoatchilikni xabardor qilish; imkoniyati
cheklangan bolalar, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum
bo‘lgan bolalar tarbiya muassasalarini tamomlagandan keyin ularning ijtimoiy
moslashuviga ko‘maklashish;

Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, bola
huquqlarining kafolatlarini ta’minlash va ushbu sohadagi xalqaro
majburiyatlarni bajarishning ta’sirchan tizimini yaratish maqsadida:

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to‘g‘risidagi

konvensiyasini bajarish strategiyasini va bola huquqlari masalalari bo‘yicha
boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish; bolalar
va ularning qonuniy vakillari orasida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini tushuntirish, bola huquqlari va Bola huquqlari bo‘yicha vakil
faoliyati haqidagi xalqaro hamda milliy normalar qoidalarini targ‘ib qilish; aholi
o‘rtasida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari masalalari bo‘yicha
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga ko‘maklashish; jismoniy va
yuridik shaxslar, shu jumladan, bolalar hamda ular qonuniy vakillarining bola
huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib
chiqish orqali bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish kafolatlarini ta’minlash; bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari normalari va talablarining ijrosini o‘rganish; o‘z vakolati doirasida bola
huquqlari va erkinliklari xalqaro standartlarini qonun hujjatlariga tatbiq etishni
hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatida bola huquqlariga
rioya etilishini monitoring qilish; bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish holatidan jamoatchilikni
xabardor qilish; imkoniyati cheklangan bolalar, shuningdek, yetim bolalar va
ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tarbiya muassasalarini
tamomlagandan keyin ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish; tarbiya
muassasalarini tamomlagan uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

82

qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning maqsadli kommunal uy-joy fondidagi
belgilangan sanitariya va texnik me’yorlarga hamda qonun hujjatlarining boshqa
talablariga javob beradigan turar-joy bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish;
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarini takomillashtirishga ko‘maklashish, bunda bolaning eng ustun
manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan normalarni qabul qilish, shu jumladan,
bola huquqlari va erkinliklari masalalari bo‘yicha xalqaro hujjatlarni
ratifikatsiya qilish to‘g‘risida takliflar kiritish; maslahat, tavsiya va xulosalar
berish orqali davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati
boshqa institutlarining bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
ta’minlash hamda himoya qilish sohasidagi faoliyatini takomillashtirishga
ko‘maklashish; bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash
sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

O’zbekiston Respublikasida Bola huquqlarini himoya qilish bo’yicha bir

qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Nafaqat mamlakatimizda balki butun
dunyoda yosh avlodga bo’lgan e’tibor shuningdek,ularga nisbatan qilinayotgan
zo’ravonliklarning oldi olinmoqda. Bola huquqlari bolalarning normal
rivojlanishini ,ta’lim olishini,sog’lom hayot kechirish va xavfsiz muhitda yashash
huquqlarini himoya qiluvchi universal qoidalar yig’indisidir.Ushbu huquqlar
BMT ning Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyasida bayon etilgan bo’lib,u
butun dunyo bo’ylab bolalarni kamsitish,zo’ravonlik va beparvolikdan himoya
qilishga qaratilgan. Bola huquqlarini ta’minlash har bir davlat va jamiyat
zimmasidagi ma’suliyatdir.Huquqlarni buzish oqibatida bola rivojlanishi
to’xtashi yoki turtki bo'lishi salbiy psixologik va jismoniy boqibatlarga olib
kelishi mumkin.Shu sababdan,barcha ota onalar,o’qituvchilar va jamiyat a’zolari
bolalarning huquqlarini himoya qilishda faol bolishi kerak.

Foydalanigan adabiyotlar:

1.

BMT Bola huquqlari to’g’risidagi kavensiya.(21.02.2024 yildagi 4068-IV-

son)
2.

Bola huqulari bo’yicha qo’mita.(http://www.insonhuquqlari.uz)

3.

O’zbekiston

Respublikasi

Bola

huquqlari

bo’yicha

Ombudsman.(29.02.2024-yildagi O’RQ-917-son)
4.

Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlikning

profilaktikasi to’g’risidagi qonun.(https://lex.uz)
5.

O’zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi kanstitutsuyasi.(30.04.2023.)

6.

Bola huquqlarininng kafolatlari to’g’risidagi qonun.(07.01.2008-yildagi

O’RQ-139-son)(https://lex.uz)

Библиографические ссылки

BMT Bola huquqlari to’g’risidagi kavensiya.(21.02.2024 yildagi 4068-IV-son)

Bola huqulari bo’yicha qo’mita.(http://www.insonhuquqlari.uz)

O’zbekiston Respublikasi Bola huquqlari bo’yicha Ombudsman.(29.02.2024-yildagi O’RQ-917-son)

Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlikning profilaktikasi to’g’risidagi qonun.(https://lex.uz)

O’zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi kanstitutsuyasi.(30.04.2023.)

Bola huquqlarininng kafolatlari to’g’risidagi qonun.(07.01.2008-yildagi O’RQ-139-son)(https://lex.uz)