TELEKANALLAR DASTURLARIDA INFORMATSION KO‘RSATUVLARNING TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI

Аннотация

Ushbu maqolada televizion axborot dasturlarining tili va uslubi, mavzuga yondoshuv jarayonlari, axborot berishning uslublari, mualliflar qo‘llaydigan janrlar, axborot tayyorlash madaniyatini yuksaltirish, uni auditoriyasini kengaytirish uchun yangicha shakl va uslublar, ta’sirchan vositalardan samarali foydalanish masalalarining dolzarbligi xususiyatlari tahlil qilingan.  

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
  • O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
91-95
10

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Hatamov , M. . (2025). TELEKANALLAR DASTURLARIDA INFORMATSION KO‘RSATUVLARNING TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI. Академические исследования в современной науке, 4(29), 91–95. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/99410
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada televizion axborot dasturlarining tili va uslubi, mavzuga yondoshuv jarayonlari, axborot berishning uslublari, mualliflar qo‘llaydigan janrlar, axborot tayyorlash madaniyatini yuksaltirish, uni auditoriyasini kengaytirish uchun yangicha shakl va uslublar, ta’sirchan vositalardan samarali foydalanish masalalarining dolzarbligi xususiyatlari tahlil qilingan.  


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

91

TELEKANALLAR DASTURLARIDA INFORMATSION

KO‘RSATUVLARNING TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI

Hatamov Mirjamol To‘lakovich

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro

munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti

kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15549715

Annotatsiya:

Ushbu maqolada televizion axborot dasturlarining tili va

uslubi, mavzuga yondoshuv jarayonlari, axborot berishning uslublari, mualliflar
qo‘llaydigan janrlar, axborot tayyorlash madaniyatini yuksaltirish, uni
auditoriyasini kengaytirish uchun yangicha shakl va uslublar, ta’sirchan
vositalardan samarali foydalanish masalalarining dolzarbligi xususiyatlari tahlil
qilingan.

Kalit so‘zlar:

informatsiya, televidenieda tinglovchi, muharrir.

Jamiyatda huquqiy-demokratik tamoyillarning qaror topishini ommaviy

axborot vositalarisiz tasavvur etish qiyin. Televidenie omma fikrini,
ma’naviyatini shakillantirishga xizmat etuvchi ta’sirchan vosita sifatida
namoyon bo‘ladi. Eng asosiysi, televidenie kishilarning axborot olish manbasi va
madaniy xordiq chiqarishga xizmat qiluvchi san’at turidir. Shu bois, televidenie
aholi uchun faqat hordiq vazifasi emas, balki tezkor axborot manbai sifatida
xizmat qilishi zarurdir. Ammo, bugungi kunda xolis va tezkor axborot olish, xolis
va tezkor axborot uzatish o‘zbek jurnalistkasining eng jiddiy muammolaidan
ekanini tan olishimiz kerak. Bu borada Prezidentimiz, “Xalqimiz ommaviy
axborot vositalaridan mamlakatimiz va xorijda sodir bo‘layotgan voqealar
to‘g‘risida xolis va tezkor axborotlar olishni...kutadi” deya aytib o‘tgan. Natija va
tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak OAVning har bir tizimida ma’lum
yutuqlarga erishildi, shu jumladan, televideniyada ham, bugungi kunda
televideniening imkoniyatlari qamrovi shu darajada kengaydiki, natijada
bevosita shu daqiqaning o‘zida teletomoshabinlarga voqea-hodisani namoyish
eta olish darajasida rivoj topdi. Televidenie voqealar jarayoni haqiqatni ko‘rsata
oluvchi hamda unga hamohang va uyg‘un qadrlar teletomoshabin hotirasiga
kirib, voqealar jarayonini kuzatishga va tushinishiga ko‘mak beradi.

Shuningdek, “Televidenie faqatgina kadrlar va tasviriy tizma shaklida emas,

balki axborot berish vositasi sifatida namoyon bo‘lishi zarurdir” .

Hozirda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida to‘rtta kanal faoliyat

ko‘rsatmoqda. Bu televizion kanallar orqali asosan uch janr asosidagi
teleko‘rsatuvlar berib boriladi. Bular:


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

92

1.Axborot janri – voqeani qisqa va lo‘nda tomoshabinga yetkazish, izchillik,

holislik va oshkoralik. Bu turkum ko‘rsatuvlarning asosiy mezoni va o‘ziga
xosligidir.

22.Publitsistik janr – bu turkumdagi ko‘rsatuvlar dramaturgiya qonunlariga

bo‘ysingan, mavzu bir maqsadga yo‘naltirilgan, reja asosida amalga oshirilgan
tarzda tayyorlanadi.

3.Badiiy janr – muallif tasavvurida o‘ylab topilgan, hayotiy voqelikni

umumlashtirish, ularni tartibga solish, har xil janrlarda teletomoshabinga
yetkazib beriladi.

Demak, har bitta teleko‘rsatuv bevosita teletomoshabin ehtiyoji hamda

madaniy hordiq olishiga qaratilgandir. Bu telekursatuvlar sirasida informatsion
ko‘rsatuvlar alohida ahamiyat kasb etadi. E’tiborlisi, infomatsion ko‘rsatuvlar
doymiy ravishda muhim bo‘lgan mavzularni yoritib bormoqda. Bu yurtboshimiz
tomonidan ilgari surilgan fikrlarda ham o‘z aksini topgan, “Mamlakatimizda
fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida
amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarni tanqidiy baholar ekanmiz, muhim bir
masalaga e’tibor qaratishimiz zarur, deb o‘ylayman. Ya’ni, bu o‘rinda gap
ommaviy axborot vositalari va davlat hokimyati organlari o‘rtasidagi
munosabatlarning ustuvor jihatlarini to‘g‘ri belgilash, jumladan, ommaviy
axborot vositalari faoliyati ustidan nazorat qilishning iqtisodiy mehanizmlarini,
axborot manbalarining yopiqligini, shuningdek tahririyatlarga hokimiyat
organlari va ma’muriy tuzilmalar tomonidan bo‘layotgan ma’lum darajadagi
bosimlarni bartaraf qilish bilan bog‘liq muammoli masalalarni hal etish haqida
bormoqda”.

Informatsiya – nafaqat axborot manbai balki, tezkorlik hamda auditoriya

ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Informatsiya – inson uchun muhim omil,
balki kundalik ehtiyoj hamdir. Aslida, informatsiya tushunchasi nima? Bu atama
asli lotincha so‘z bo‘lib. “informatsiya” ya’ni, bayon qilish, habar qilish,
tushintirish, ma’lum qilish, ma’nolarini anglatadi. Bu o‘z navbatida, axborotning
tabiati va mohiyatini talqin etish borasidagi yagona bir to‘htamga kelish
masalasini yanada murakkablashtirgan janr hisoblanadi. Chunonchi, bu
masalani mahsus tadqiq etgan olimlardan birining ta’kidlashicha, “Axborot
bilimdan ajralmasdir – bilimning tarkibiy qismidir” . Ayni paytda berilayotgan
har qanday axborot ham bilim axboroti bo‘la olmaydi, chunki berilayotgan har
bitta informatsiya insoniyatning o‘zini o‘rab turgan tashqi olamini bilishda
hamda o‘zaro muloqotda muhim rol o‘ynaydi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

93

Shuningdek, informatsion ko‘rsatuvlarda berilayotgan axborot, faktlar

haqidagi habardangina iborat bo‘lib qolmay, balki inson ichki ehtiyoji bo‘lishi
muloqotni ta’minlovchi aloqa qilish amali va fikr almashish jarayoni hamdir.

Bugungi kunda “Ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan har bitta

axborot erkin va xolis ifodalashga qodir bo‘lishi, hokimiyat bilan jamiyat
manfaatlarining faol va izchil himoyachisi bo‘lishi uchun professional
jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlarini tayyorlash jarayonini
qayta ko‘rib chiqish, ishlash va yetkazishning zamonaviy usullarini va
vositalarini o‘zlashtirishda, ularga yordam berish zarur”. Ha, bu fikirlar tag
zamirida bevosita axborotga munosabat, axborot berish hamda berilayotgan har
bir informatsiya aniq ravshan bo‘lmog‘i darkorligi aytib o‘tilgan. Agarda biz
milliy teleradiokompaniya tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan “O'zbekiston”,
“Yoshlar”, “Toshkent” va “Sport” telekanallarini kuzatadigan bo‘lsak, bu
telekanallarning eng tezkor va dolzarb voqea-hodisalarni aynan informatsion
ko‘rsatuvlar orqali doimiy ravishda yoritib borayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Har bir informatsion dastur mamlakatimizda yuz berayotgan voqea-

hodisalarni tezkorlik bilan yetkazib beruvchi hamda aholini o‘zi uchun muhim
bo‘lgan ma’lumotlardan xabardor etuvchi ko‘rsatuvdir. “Shuningdek,
berilayotgan har qaysi informatsion habar, inson akl-zakovatiga hamda
tafakkuriga ta’sir etuvchi vosita hamdir” .

Informatsion ko‘rsatuvlar bevosita bitta janr yuzasidan emas, balki o‘z

ichiga muhim bo‘lgan axboriy janrlarni qamrab olgan. Va bu axboriy tuzilma
tarkibi qo‘yidagilardan iboratdir:

1.

Axborot

2.

Sharhli mavzular

3.

Xabar

4.

Profil

5.

Intervyu

6.

Yangiliklar

7.

Reportaj

Bu axborot turlari qo‘yidagicha ta’riflanadi:
Axborot – xabar qilish, tushintirish, ma’lum qilish degan ma’nolarni

anglatadi. Mutaxasislarning fikricha, jurnalistikada oldindan ma’lum bo‘lmagan
biror narsa, voqea haqidagi har qanday xabar axborot, deb ataladi. Agar
informatsion dasturda voqelik qanchalik rang-barang aks etsa, xabarning
axboriy qiymati shunchalik yuqori bo‘ladi. Informatsion dasturlarda siyosiy


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

94

axborot demokratik tamoyillar hamda muhim ustuvor vazifalarni keng targ‘ib,
qiluvchi, yuzaga chiqaruvchi vosita sifatida talqin etiladi.

Informatsion dasturning axboriy qiymatini ko‘rsatib beruvchi janrlardan

biri sharhli mavzular hisoblanadi.

Sharhli mavzularda – ma’lum mavzuda fikr va mulohazalar ifoda etiladi.

Bunda jurnalist, asosan, davlat miqyosidagi va xalqaro maydonda sodir
bo‘layotgan muhim voqea-hodisalarga munosabat bildiradi va sharhlab beradi.
Xabar – jamiyatda yuz berayotgan voqea-hodisalar haqida o‘kuvchilarga xabar
berish ma’lumot yetkazishdir.

Profil – bir odam haqida ifoda etiluvchi qisqacha voqea-hodisa. Juda kam

hollarda savol-javob tariqasida bo‘ladi. Bu kabi portretli obrazni yaratishda
odamlar ham fikr bildirishlari kerak.

Intervyu – axborot janri sifatida ijtimoiy ahamiyatga molik shaxs bilan

suhbat demakdir. Shuningdek, intervyu – savol-javoblar tizimidir. Unda
jurnalistning vazifasi suhbatdoshi qarashlarini to‘laqonli tarzda ko‘rsatib
berishdan iborat bo‘ladi. Qolaversa, intervyuning ham bir necha turlari mavjud
bo‘lib, bu informatsion dasturlarda turli xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Intervyu turlari: intervyu dialog, intervyu monolog, intervyu lavha, intervyu fikr
kabilar. Intervyu informatsion dasturlarda berilayotgan har bitta ma’lumotning
negizini tashkil etadi.

Biror sohada masalan, texnika, sanoat, ilm-fanda kashfiyot qilinishi, fanga

yangilik olib kirilishi yangilika misol. Yangilikning habardan asosiy farqli
jihatlari qo‘yidagilarda ko‘rinadi:

Birinchidan, hamma narsa ham yangilik bo‘lavermaydi, biroq biror hudud

yoki tashkilotda yig‘ilish, konferensiya bo‘lsa, bu xabar tarzida berilishi mumkin.
Yangilikda buning iloji yo‘q. Shu sababdan ham yangilik jamoatchilik uchun
qiziqarli bo‘lmog‘i darkor.

Reportaj – voqea-hodisalarni bevosita, jonli aks ettiruvchi, tezkor yoritib

beruvchi informatsion mahsulotdir. Uning oddiy xabardan farqi shuki, xabarda
hayotdan olingan fakt, voqea, xodisalar umumiy, ya’ni qayd etish tarzida bayon
etilsa, reportajda fakt, vokea va xodisalar haqida bevosita, o‘sha voqea, hodisa
bo‘lib o‘tayotgan paytda, ana shu voqea va xodisalar yuz berayotgan joydan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar beriladi. Boshqacha qilib aytganda, hayot voqealari qayd
etilmaydi, balki harakatda, jonli tasvirlanadi hamda bu jarayonda jurnalist
bevosita ishtirok etadi. Reportaj informatsiyaning o‘ziga xos, jonli ko‘rinishi
bo‘lganliti bois, unning informatsiya berish, habardor qilish bilan bir vaqtda,
tasvirlash, taxlil qilish, xulosa chiqarish kabi xususiyatlari ham mavjuddir.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

95

Informatsion ko‘rsatuvlarning asosida birinchi o‘rinda fakt turadi.

Informatsion ko‘rsatuvlarda berilayotgan axborotda o‘tkazilgan tadbir yoki
yig‘ilishning qachon, qaerda, kimlar ishtirokida, qay mavzudaligi haqida aniq
ma’lumotlar bo‘lishi lozim. Ammo, har qanday fakt, voqea-hodisa ham
informatsion ko‘rsatuv uchun asos bo‘la olmaydi. “Avvalo bu faktning ijtimoiy
ahamiyati, ya’ni jamiyat uchun, shu kun, davr uchun kerak yoki nokerakligi
muhim ahamiyatga egadir” .

Jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy , ishlab chiqarish, madaniy-ma’rifiy

hayotiga taaluqli, to‘liq bo‘lgan fakt, voqea-hodisagina informatsiya uchun asos
bo‘la oladi. Bunda ana shu fakt, voqea-hodisaning yangiligi birinchi darajali
ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, yangilik ilgari ma’lum bo‘lmagan, endigina yuz
berayotgan voqea-hodisadir. Bunday voqea-xodisaning ro‘y berganligini yuzaga
chiqaruvchi asosiy tuzilma informatsion ko‘rsatuv hisoblanadi. Shuningdek,
informatsion ko‘rsatuvlarga qo‘yiladigan talablardan biri uning auditoriya,
o‘quvchilar, eshituvchilar va ko‘ruvchilar uchun tushunarli bulishidir. Aniq
faktlarga asoslangan va tushunarli bo‘lgan informatsiyagina o‘z funksiyasini
bajara oladi. Aksincha, tekshirilmagan faktlar ustiga qurilgan, pala-partish,
tushunarsiz axborot vositasi ko‘rsatuv auditoriyasiga ta’sir o‘tkazmasdan
qolmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Toshaliev I. Sarlavha stilistikasi. – Toshkent, 1995.

2.

Ernazarov Q. Mamatova Yo. va b. Reportyorlik faoliyatining nazariyasi va

amaliyoti. – Toshkent, Universitet, 2002.
3.

Abdusattorov R., Mahmudova S. Ommaviy axborot vositalari tili va uslubi.

– Toshkent, 2000.
4.

Do‘stmuhammad X. Jurnalistning kasb odobi muammolari: nazariy-

metodologik tahlil: /Monografiya/. – Toshkent, Yangi asr avlodi, 2007
5.

Do‘stmuhammad X. Jamiyat oldidagi mas’uliyat. – Toshkent, O‘zbekiston

matbuoti, 2006. №1.
6.

Nizomov F. Yangilanish an’anasi. – Toshkent, O‘zbekiston, 2000.

7.

Toshev F. Muxbirlik saboqlari. – Toshkent, Tafakkur, 2009.

8.

Xudoyqulov M. Jurnalistika va publitsistika. (O‘quv qo‘llanma) –Toshkent,

Universitet, 2008.

Библиографические ссылки

Toshaliev I. Sarlavha stilistikasi. – Toshkent, 1995.

Ernazarov Q. Mamatova Yo. va b. Reportyorlik faoliyatining nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent, Universitet, 2002.

Abdusattorov R., Mahmudova S. Ommaviy axborot vositalari tili va uslubi. – Toshkent, 2000.

Do‘stmuhammad X. Jurnalistning kasb odobi muammolari: nazariy-metodologik tahlil: /Monografiya/. – Toshkent, Yangi asr avlodi, 2007

Do‘stmuhammad X. Jamiyat oldidagi mas’uliyat. – Toshkent, O‘zbekiston matbuoti, 2006. №1.

Nizomov F. Yangilanish an’anasi. – Toshkent, O‘zbekiston, 2000.

Toshev F. Muxbirlik saboqlari. – Toshkent, Tafakkur, 2009.

Xudoyqulov M. Jurnalistika va publitsistika. (O‘quv qo‘llanma) –Toshkent, Universitet, 2008.