Authors

  • M.Y. Suvonova
    Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi:
  • U.Q. Murodboyeva
    Qarshi davlat universiteti talabasi:

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.61543

Keywords:

Bosh kiyimlari bel kiyimlari ust kiyim kostyum turlari chopon bichimlar oyoq kiyimlari belbog‘lar kamarlar yopinchoqlar.

Abstract

Ayollarning o’ziga xos kiyimlari turiga yopinchoqlar va paranjilar bo’lgan. Ko’cha kiyimi sifatida ayollar yopinchoq kiyishgan. U keng, to’g’ri to’rtburchak shaklli matodan qilinib, gavdani berkitardi. Yopinchoqni boshga yoki yelkaga tashlab yurishgan, uchlarini esa qo’l bilan ushlab turishgan. Yuzi ochiq qolar, ammo kerakli paytda yuzni ko’zgacha berkitishar edi. Shunday yopinchoqlar noqulay bo’lganligi uchun ayollar ko’chaga chiqqanda boshga choponni tashlab yuradigan bo’lishdi. Miniatyuradagi tasvirlarga ko’ra ayollar kostyumining nomlari, turlari, shakli, bichimi, bezagi erkaklarnikiga o’xshash bo’lgan. Bugungi zamonaviy kiyimlarimizda ham ilk о‘rta asr kostyumlarining bichimlaridan foydalanib, о‘ziga xos liboslar yaratib kelinmoqda.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

158

ILK О‘RTA ASR DAVRNING KOSTYUM TURLARI VA ULARNING

BICHIMLARI

M.Y.Suvonova

Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi:

suvonova8100@gmail.com

U.Q.Murodboyeva

Qarshi davlat universiteti talabasi:

umidamurodboyeva3@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14498962

Annotatsiya:

Ayollarning o’ziga xos kiyimlari turiga yopinchoqlar va

paranjilar bo’lgan. Ko’cha kiyimi sifatida ayollar yopinchoq kiyishgan. U keng,
to’g’ri to’rtburchak shaklli matodan qilinib, gavdani berkitardi. Yopinchoqni
boshga yoki yelkaga tashlab yurishgan, uchlarini esa qo’l bilan ushlab turishgan.
Yuzi ochiq qolar, ammo kerakli paytda yuzni ko’zgacha berkitishar edi. Shunday
yopinchoqlar noqulay bo’lganligi uchun ayollar ko’chaga chiqqanda boshga
choponni tashlab yuradigan bo’lishdi. Miniatyuradagi tasvirlarga ko’ra ayollar
kostyumining nomlari, turlari, shakli, bichimi, bezagi erkaklarnikiga o’xshash
bo’lgan. Bugungi zamonaviy kiyimlarimizda ham ilk о‘rta asr kostyumlarining
bichimlaridan foydalanib, о‘ziga xos liboslar yaratib kelinmoqda.

Kalit so‘zlar:

Bosh kiyimlari,bel kiyimlari, ust kiyim, kostyum turlari,

chopon, bichimlar, oyoq kiyimlari, belbog‘lar, kamarlar, yopinchoqlar.

O‘rta Osiyo insoniyat sivilizatsiyasining o‘choqlaridan biri hisoblanadi.

Antik davrda yashab o‘tgan insonlarning kiyinishi jihatdan ham ancha qadimiy
hisoblangan.

O‘zbekiston hududida yashagan eng qadimgi ajdodlarimizning kiyimlari

ham dunyoning boshqa mintaqalaridagi qadimgi kishilar kiyimlari kabi tabiiy
iqlim, turmush sharoitlari va urug‘-qabila an’analari asosida shakllangan.
O‘tmish kiyim-kechagi, ularning shakllari, mahalliy xususiyatlari va ularga
ishlatilgan matolar respublika hududidagi arxeologik yodgorliklardan topilgan
devoriy rasmlar, haykalchalar, mayda naqshlar, torevtika (metallga ishlangan
relef), yozma manbalarda, qo‘lyozma kitoblarga ishlangan mo‘jaz tasvir
miniatyuralarda ham aks etgan.

Kiyimlarning dastlabki shakl taraqqiyoti to‘qimachilikning paydo bo‘lishi

bilan bog‘liq. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo hududida
to‘qimachilikning vujudga kelishi yangi tosh asri — neolitga borib taqaladi.
Qadimda joriy etilgan tangalar, idishlar, qurol-aslahalarga solingan rasmlarda
ham tabiat manzaralari, odam va hayvonlar tasvirini ko‘ramiz. Qadimiy O‘rta


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

159

Osiyo san’atiing yodgorliklari antik davri kiyimlarining turlari bilan tanishishga
keng imkoniyat beradi.

Endi esa, Qadimiy O‘rta Osiyo ayollar kostyumi haqida gapiradigan

bо‘lsak, ular, yunonsimon, skifsimon va hindsimon bo‘lgan. Ular ichki va ustki:
yelka, bel, bosh va oyoq kiyimlardan iborat bo‘lgan. Ayollar ko‘ylagining ikki
turi bo‘lib, birinchisi - tunikasimon bichimli ko‘kragining tagida va belida
belbog‘ bilan bog‘langan to‘g‘ri ko‘ylak bо‘lgan. Uning yoqa o‘mizi dumaloq
bo‘lgan, oldi esa tomchisimon kesimli bo‘lgan. Ko‘ylakni ikkinchisi yunon
turiga o‘xshash bo‘lib, bo‘y baravar mato parchasi yelkada to‘g‘nog‘ich bilan
biriktirilar, etagining yon burchaklari tugunga bog‘lab qo‘yilar, etagi esa erkin
tushib, drapirovkalanardi. ya’ni hozirgi kiyimlarimizda “taxlamalar” deyiladi.
Bu ko‘ylak belida yoki ko‘kragini tagidan belbog‘ bilan bog‘lanadigan bo‘lgan.
Ustki kiyimlari kaftanlar va yopinchoq bo‘lgan. Kaftan bichimi tunikasimon
bo‘lgan, shakli to‘g‘ri yoki gavdaga yopishib turgan. Top yengi uzun, ba’zan,
ko‘ndalang taxlamalilari ham bo‘lgan. Kaftanlar tik yoki diagonal
yo‘nalishida qavilgan. Yoqa o‘mizi va oldi to‘qilgan tasma bilan bezatilgan.
Ko‘ylak yoki kaftan ustidan yopinchoq kiyishgan. Ular bo‘y qatori to‘g‘ri
turtburchak matodan qilinib, yelkaga tashlanadigan bo‘lgan, old uchlari esa
to‘g‘nog‘ich bilan biriktirilgan. Bel kiyimi uzun, etikka kirgizilgan ishtonlar va
ular ko‘ylakning tagidan ko‘rinishi mumkin bo‘lgan. Aynan, erkaklar kiyimlari
ham yelka va bel, ustki va ichki kiyimlardan iborat bо‘lib, yelka kiyimi ichki
ko‘ylak va ustidan kiyiladigan kaftandan iborat bо‘lgan. Ularning bichimi
tunikasimon, shakli to‘g‘ri edi. Kiyim gavdaga sal yopishib turardi. Uzunligi
bo‘ksasidan pastroq yoki tizzagacha edi. Uzun yengi tor yoki ko‘ndalang
taxlamali bo‘lgan. Belga belbog‘ bog‘lashardi. Xuddi bugungi kunimizda ota-
bobolarimiz belbog‘ bog‘laganlari kabi. Bel kiyimi tor yoki ko‘ndalang taxlamali
ishtonlardan iborat edi. Bosh kiyimlari yassi yoki konussimon qalpoqlar bo‘lgan.
Oyoq kiyimlari esa yumshoq, tepasi qaytarilgan etiklar edi. Demak, kо‘rinib
turibdiki,о‘sha davrning qadimiy kiyimlari hozirgacha ham bizda kiyilmoqda.
Ayniqsa, biz yashayotgan Qashqadaryoda hozir ham bobolarimiz bellariga
belbog‘larini taqib, etiklarini kiyib, mehnat qilishadi. Bu kiyimlarimizni
qadimdan ota-bobolarimiz kiyib kelishgan va kiyishmoqda. Ammo O‘rta
Osiyoliklarning kiyimlarining shaklida, kiyinish odatlarida, kiyim turlarida
mahalliy odatlariga oid xususiyatlari mavjud bo‘lgan va u juda keng hamda boy
tarixga egadir.

Farg‘ona vodiysidagi Munchoqtepadan ilk o‘rta asrlarga oid erkak, ayol va

bolalar ust-boshlari topilgan. Ayollar ko‘ylagi uzun bo‘lib, ipakdan tayyorlangan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

160

va etagi to‘pig‘igacha tushgan, etagining eng quyi qismidan ikki yon tomondan
10-15 sm qirqib qo‘yilgan, bellariga esa kamar va belbog‘ bog‘lab zeb berilgan.
Bolalar kiyimi ham ipakdan kalta qilib tikilgan bo‘lib, belidan sal pastga tushib
turgan. Ko‘ylak etagidan ya’ni beli atrofidan ikki tomondan 10-15 sm qirqib
qo‘yilgan. Yoqalari to‘g‘ri va belida maxsus tasma-belbog‘i bo‘lgan. Tashqi
choklari ensiz lenta bilan tikib mustahkamlangan. Qiz bolalar ko‘ylagining
ko‘krak qismi, yengining uchi va etagi maxsus qadama gullar bilan bezatilgan.
O‘ng qo‘l tomonidan esa o‘yma cho‘ntak tikilgan. Kiyimga munchoqlar tikilib zeb
berilgan, yengi va ko‘krak qismiga mayda marjondan naqshlar ishlangan.

О‘zbekiston hududida yashaydigan xalqlarning kiyim-kechaklari uzluksiz

о‘zgarishi va rivojlanishi faqat shu hududning ijtimoiy-siyosiy va etnik tarixi
bilan bog‘liq bо‘lmay, balki butun Markaziy Osiyo tarixi va ijtimoiy hayoti bilan
ham bog‘liqdir. Devoriy suratlardan ma’lum bо‘ladiki, ilk о‘rta asrlarda mahalliy
aholi-ning kiyimlari bichimi, asosan, bir xil bо‘lgan. Yengsiz, uzun, ba’zi hollarda
yengi keng qilib bichilgan. Kiyimlarning yon tomonida, odatda, yirmoch-qiyiq
joyi, yonlama yoqasi bо‘lganki, bu holni о‘zbek xalqining bugungi kundagi kiyim-
kechaklarida ham kuzatish mumkin. Endi, ozgina bosh kiyimlari haqida
gapiradigan bо‘lsak, bosh kiyimlarining turlari har xil bo’lgan. XV—XVIII
аsrlаrning miniаtyurаlаrigа binоаn hаr хil shаklli mаtоdаn tikilgаn tеlpаklаr

edi.

Uni аhоlining bаrchа tаbаqаlаri uydа vа ko’chаdа kiyishgаn.

Hindlаrdаn fаrqli rаvishdа, O’rtа Оsiyodа ulаrni sаllа yoki bоg’ichsiz

kiyishgаn, gаrdish qаytаrmаlаri аslzоdаlаr yuzining mаrkаzidа jоylаshаrdi, quyi
tаbаqаlаr bu bоsh kiyimini erkinrоq kiyishаrdi. Sallani aholining barcha
tabaqalari kiyishgan. Salla

- O’rta Osiyoda asosiy bosh kiyim hisoblanardi. Uni

аqliy mеhnаt bilаn shug’ullаngаn аhоli kiyishgаn. Sаllа - rаsmiy vа tаntаnа bоsh
kiyim dеb hisоblаnган. O’rtа Оsiyo sаllаsining kаttаligi o’rtаchа bo’lgаn. O’rаsh
usullаri bir nеchа хil bo’lib, dеyarli murаkkаb emаs edi. Diniy vа аqliy mеhnаt
аrbоblаri sаllаning bir uchini iyagini оstidаn o’tkаzishаrdi. Оdаtdа, sаllа sidirg’а
vа yo’l-yo’l mаtоdаn qilinган. Erkаklаr оyoq kiyimlаri etiklаr vа kаvushlаr
bo’lgаn.

Biz, ilk о‘rta asr davrining kostyumlari haqida qisqacha gapirib о‘tdik, aslida

esa bu haqda ma’lumotlar juda ham kо‘p. Keyingi maqolalarimizda yana bu
mavzuga albatta qaytamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.Хаsаnbоеvа G.K.”Kоstyum vа mоdа tаriхi”.Tоshkеnt -1999 y.
2.X.X.Kamilova,N.A.Isaxojayeva, K.R.Fuzailova “Kostyum kreativ grafikasi”2017.
3.Xasanboyeva G.K. “Kompozitsiya asoslari” Ma’ruza matni.

References

Хаsаnbоеvа G.K.”Kоstyum vа mоdа tаriхi”.Tоshkеnt -1999 y.

X.X.Kamilova,N.A.Isaxojayeva, K.R.Fuzailova “Kostyum kreativ grafikasi”2017.

Xasanboyeva G.K. “Kompozitsiya asoslari” Ma’ruza matni.