ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
66
SARLAVHA: OʻZBEKISTONDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK
LOYIHALARINI MOLIYAVIY NAZORAT QILISHNI
TOKOMILLASHTIRISH
Xoliqov Akmal Asrorovich
https://doi.org/10.5281/zenodo.13770607
O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik tushunchasining mazmuni va
mohiyati, hozirgi holati, milliy iqtisodiyotimizda tutgan oʻrni va afzalliklari.
Shuningdek
oʻzbekistonda
davlat-xususiy
sheriklik
asosida
amalga
oshirilayotgan loyihalari va ularni monitoring qilishni takomillashitirish.
Bundan tashqari davlat-xususiy sheriklik qonunining qabul qilinishidan
koʻzlangan maqsadi va davlat-xususiy sheriklik (DXSh) rivojlangan mamlakatlar
tajribasi yoritilgan.
davlat-xususiy sherikchilik loyihalarini moliyaviy nazorati bag'ishlangan.
Ishning asosiy maqsadi, moliyaviy resurslarni boshqarish va ulardan foydalanish
jarayonida sodir bo'ladigan muammolarni aniqlash, shuningdek, ushbu
muammolarga yechim topish yo'llarini o'rganishdan iborat. Diplom ishida
zamonaviy moliyaviy tahlil usullari va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini
amalga oshirishda eng yaxshi xalqaro tajribalar ko'rib chiqilgan. Shuningdek,
ushbu sohada samarali monitoring tizimini yaratish va moliyaviy shaffoflikni
ta'minlash yo'llari muhokama qilingan. Ishning natijalari, davlat-xususiy
sheriklik loyihalarini tizimidagi nazorat tadbirlarini yanada samarali va
samarador qilish, shuningdek, moliyaviy resurslarni boshqarish tizimini
yaxshilashga qaratilgan takliflar asosida amalga oshiriladi.
Jahonda barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlashda davlat-xususiy sheriklik
mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib
borilmoqda. Bu borada davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etish
bosqichlari va sohalarini aniqlash: tarnsport, energetika, sog‘likni saqlash,
komunal, suv xo‘jaligi, madaniyat, sport, oliy ta’lim sohasida talabalar uchun
yotoqxonalarni qurish, maktab va bolalar bogʻchalari, va boshqa sohalarda
davlat va xususiy investorlarni o‘zaro samarali hamkorligini rivojlantirish,
hududiy infratuzilma obyektlari faoliyat samaradorligini taʼminlash usul va
vositalarini joriy etish, sohaning istiqboldagi faoliyat miqyoslarini baholash va
prognoz qilish singari tadqiqot yo‘nalishlarini qayd etish mumkin.
Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda davlat-
xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish borasida bir qancha muhim chara-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
67
davlat-xususiy sheriklikni sohasida bo‘yicha bir qancha vazifalar belgilab berildi.
Jumladan:
– Mamlakatimizda 250 milliard dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish,
jumladan 110 milliard dollar xorijiy investitsiyalar va
30 milliard dollar
davlat-xususiy sheriklik doirasidagi investitsiyalarni jalb qilish.
– Umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb
qilish orqali 2024-yildan boshlab har yili davlat-xususiy sheriklik asosida
kamida
100 tadan
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari qurilishi bo‘yicha shartnomalar
tuzish;
– Davlat-xususiy sheriklik asosida va xalqaro moliya institutlaridan jalb
qilinadigan mablag‘lar hisobidan 2 milliard dollarlik umumiy o‘rta ta’lim
tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish loyihalarini amalga oshirish;
– Davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni
daromadliligi va Davlat budjetiga yukini inobatga olib, ularni tasniflash hamda
loyiha yo‘nalishlari bo‘yicha boshqarish tizimini joriy etish;
– transport-logistika yo‘nalishida Toshkent – Samarqand va Toshkent –
Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobil
yo‘llarini qurish, Samaradorligi past bo‘lgan hududiy aeroportlarni davlat-
xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va ishonchli boshqaruvga berish,
shunigdek, Respublikaning 6 ta yirik aeroportini, shu jumladan davlat-xususiy
sheriklik asosida modernizatsiya qilish va xususiy aviakompaniyalar sonini 10
taga yetkazish;
– Xalqaro moliya institutlari bilan O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik
loyihalarini ishlab chiqish jamg‘armasini tashkil etish.
– Irrigatsiya sohasiga xususiy sektorni jalb qilish, davlat-xususiy sheriklik
mexanizmlarini keng joriy qilish hisobiga xususiy investitsiyalar oqimini
ko‘paytirish.
– Fuqarolarni xorijiy hamkorlar bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik
shartlari asosida kasb-hunarga va chet tillariga o‘qitish doirasida 2 mingta
xorijiy kompaniyalar bilan kasbga o‘qitish va ish bilan ta’minlash tizimini tashkil
etish.
Yuqoridagilarga ko‘ra mazkur sohani ilmiy tadqiq qilishni yanada zarur va
dolzarb ekanligini ko‘rsatadi.
O'zbekistonning
davlat-xususiy
sheriklik
loyihalarini
monitoring
tadbirlarini o'tkazish va ularning samaradorligini oshirishga oid ilmiy
yondashuvlarni boyitadi. Tadqiqot, moliyaviy nazorat tizimlari va boshqaruv
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
68
amaliyotlariga zamonaviy ilmiy metodologiyalar va nazariyalarini tatbiq etish
orqali yangi bilimlar yaratishga xizmat qiladi. Bu, moliyaviy nazorat sohasida
ilmiy tadqiqotlar uchun yangi yo'nalishlar ochib beradi va kelajakdagi
o'rganishlar uchun asosiy manba bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Shuningdek, tadqiqot natijalari, O'zbekiston iqtisodiyoti va jamiyati uchun
katta ahamiyatga ega. Samara va shaffoflikning oshirilishi, iqtisodiy
barqarorlikni ta'minlashga va davlat mablag'laridan samarali foydalanishni
rag'batlantirishga
yordam
beradi.
Bu
esa,
davlat
byudjetining
optimallashtirilishi, korruptsiyaga qarshi kurashishda yangi yondashuvlarni
qo'llash imkoniyatlarini yaratadi va umuman, jamiyatning moliyaviy
sog'lomlashuvida muhim rol o'ynaydi.
Bugungi kunda DXSh modellarini oʻzining iqtisodiyotining turli sohalariga
samarali tadbiq etgan davlatlar juda koʻplab topish mumkin. Jumladan: Xitoy,
Turki, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya kabi mamlalat DXSH tizimining
samaradorligi tahlili Xitoyda Bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasi modelini
iqtisodiyotning turli sohalarida jadal qoʻllanmoqda. Jumladan:
Bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat-xususiy sheriklik (keyingi
oʻrinlarda – DXSH) modelini iqtisodiyotning turli sohalarida jadal qoʻllanmoqda.
Xitoyning DXSH markazi (
China public private partnerships center
)
tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, 2022-yil noyabr oyi oxirida
maʼlumotlar bazasidagi DXSH loyihalarning umumiy soni
14081
tani va
kiritilgan investitsiyalar umumiy qiymati
21,1 trln.yuan
tashkil etgan. Xususan,
boshqaruv bazasidagi loyihalar soni
10363 ta
boʻlib, investitsiya hajmi
16,8
trln.yuan zaxira roʻyxatidagi loyihalar soni 3718 ta boʻlib, investitsiya hajmi
4,3 trln.yuan.
Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish maqsadida Xitoyning Janubi-Gʻarbiy
qismidagi Nujiang daryosi vodiysidagi Lujiang tekisligidagi Mangdan
qishlogʻidagi DXSH loyihasi misolida koʻrish mumkin.
Turkiya soʻnggi 15 yil ichida transport, energetika, sogʻlikni saqlash va
boshqa sohalarida umumiy qiymati 100 milliard dollarga yaqin boʻlgan 100 ga
yaqin davlat xususiy sheriklik loyihani amalga oshirdi
1
. Xususan sogʻlikni
saqlash sohasi davlat-xususiy sheriklik modelini joriy qilish boʻyicha mamlakat
katta tajribaga ega.
Mamlakatimizda ham Turkiya tajribasini oʻrgangan holda davlat xususiy-
sheriklik shartlari asosida kasalxonalar barpo etish yuzasidan Moliya vazirligi
huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi kasalxonalar qurush
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
69
boʻyicha ushbu kampaniyalar bilan 2022-yilning dekabr oyi davomida muzokara
ishlarni olib bordi.
“
Rönesans Holding
” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyati,
Nurafshon shahrida Dxsh shartlari asosida shifoxona qurish boʻyicha oʻz takliflari
taqdim etgan. Taklifda kompaniya quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
1. Dxsh shartlari asosida keyingi 10 yil ichida kamida 600 oʻrinli 3 ta
shifoxona loyihasini qurish va ishlatish.
2. Har birining qurilish maydoni 250.000 m² boʻlgan 3 ta shifoxona
loyihasini keyingi 10 yil ichida yakunlash.
3. Dxsh shartlari asosida qurilgan 3 ta shifoxonada kompaniya tomonidan
quyidagi xizmatlarni koʻrsatish:
Qurilish va taʼmirlash xizmati;
Mebel xizmati;
Kasalxona hovlisidagi yer va bogʻlarga xizmat koʻrsatish;
Avtoturargoh xizmati;
Tozalash xizmati;
Kasalxona maʼlumotlarini boshqarish tizimi (HIMC) xizmati;
Xavfsizlik xizmati;
Bemorni yuborish va hamrohlik / Qabul qilish / Yordam boʻlimi /
Transport xizmati;
Tibbiy asbob-uskunalarni texnik xizmat koʻrsatish xizmati;
Kir yuvish xizmati;
Ovqatlanish xizmati.
Buyuk Britaniyada
1980-yillarda qabul qilingan xususiy moliya modeli
2018-yilda bekor qilinmaguncha, oʻz faoliyati davomida 56 milliard funt
sterlingga yaqin xususiy investitsiyalar bilan 700 dan ortiq DXSH loyihalarini jalb
qildi. Mamlakat Gʻaznachiligi 2028-yilgacha infratuzilma rejasini tasdiqladi, unda
600 milliard funt sterling miqdoridagi investitsiyalar koʻzda tutilgan, shundan 50
foizi DXSH orqali jalb qilinishi kerak. 2017-2021-yillarda Jahon banki
maʼlumotlariga koʻra, Buyuk Britaniya 2000 dan ortiq loyihalarga ega boʻlgan
infratuzilmada loyihalar soni va jalb qilingan mablagʻlar hajmi boʻyicha Yevropa
bozorida yetakchilardan biri hisoblanadi. Bu davrda umumiy qiymati qariyb 7,5
milliard yevroga teng 30 dan ortiq loyiha amalga oshirildi.
Xitoy Xalq Respublikasi davlati hamda vatanimizda ilmiy faoliyatini olib
borayotgan ayrim olimlarning aktivlar sifatini tasniflash bo‘yicha hamda davlat-
xususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirish jarayonlari ularni amalga
oshirishda yuzaga kelish mumkin bo‘lgan muammolarni kelib chiqish
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
70
sabablarini o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha bergan fikrlari atroflicha
o‘rganildi.
Olimlarning ilmiy ishlari bilan tanishish jarayonida shu ma’lum bo‘ldiki,
davlat-xususiy sheriklik sohasida bugungi kungacha ko‘plab olimlar izlanishlarni
amalga oshirishgan ekan va ushbu izlanishlar natijalari bo‘lgan ularning fikr va
mulohazalari bugungi kunda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga
oshirish jarayoninida, ularni monitoringini amalga oshirish jarayonida hamda
davlat xususiy sheriklik loyihalariga investitsiyalarni kiritish jarayonida ham o‘z
aksini topganligi ma’lum bo’lmoqda.
Masalan: ko‘pgina olimlarning fikrlari jamlangan xulosalarga to‘xtaladigan
bo‘lsak, jumladaniqtisodiy va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlarida davlat-
xususiy sheriklikni rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklik loyihalarining
samaradorligi va afzalliklarini baholash, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish
dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan, muayyan loyihalar konsepsiyalarini
ishlab chiqish, avlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarida investorlar,
xalqaro moliya va donor tashkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari,
shuningdek, bozorning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etish,
ma’lumotlarni tezkor va aniq jamlash va ularning vizualizatsiyasini
ta’minlashning tez va samarali yo‘llarini yuqori informatsion texnologiyalarni
qo‘llagan holda amalga oshirish kabi fikrlar bugungi kundagi banklarning
faoliyatida o‘z aksini topib kelmoqda.