XX ASR 50-80-YILLARIDA QASHQADARYO VOHASI AHOLISINING DEMOGRAFIK HOLATI VA ETNIK TARKIBI.

Аннотация

Ushbu maqolada XX asrning 2-yarmidagi Qashqadaryo vohasida sodir boʻlgan ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar va voha aholisining demografik holati hamda etnik tarkibi haqida fikr yuritiladi. Maqolada mazkur davrda vohada sodir boʻlgan jarayonlarning mintaqa aholisi ijtimoiy hayotiga, demografik holatiga va etnik tarkibiga ta’siri tahlil qilingan.                    

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
62-65
39

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Salayev, F. (2024). XX ASR 50-80-YILLARIDA QASHQADARYO VOHASI AHOLISINING DEMOGRAFIK HOLATI VA ETNIK TARKIBI. Академические исследования в современной науке, 3(29), 62–65. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/50216
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada XX asrning 2-yarmidagi Qashqadaryo vohasida sodir boʻlgan ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar va voha aholisining demografik holati hamda etnik tarkibi haqida fikr yuritiladi. Maqolada mazkur davrda vohada sodir boʻlgan jarayonlarning mintaqa aholisi ijtimoiy hayotiga, demografik holatiga va etnik tarkibiga ta’siri tahlil qilingan.                    


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

62

XX ASR 50-80-YILLARIDA QASHQADARYO VOHASI AHOLISINING

DEMOGRAFIK HOLATI VA ETNIK TARKIBI.

F.Sh.Salayev

assistent oʻqituvchi, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti,

+998 97 386 95 55

https://doi.org/10.5281/zenodo.13141060

Annotatsiya:

Ushbu maqolada XX asrning 2-yarmidagi Qashqadaryo

vohasida sodir boʻlgan ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar va voha aholisining
demografik holati hamda etnik tarkibi haqida fikr yuritiladi. Maqolada mazkur
davrda vohada sodir boʻlgan jarayonlarning mintaqa aholisi ijtimoiy hayotiga,
demografik holatiga va etnik tarkibiga ta’siri tahlil qilingan.

Kalit soʻzlar:

Qarshi choʻli, Qarshi Magistral kanali, savxoz, Qarshi,

Shahrisabz, aholi roʻyxati, millatlar, oʻzlashtirish, majburiy koʻchirish.
Tarixdan ma’lumki dunyodagi har bir xalq oʻz boshidan murakkab ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy hamda etnik jarayonlarni oʻtkazgan. Biz yashayotgan
mintaqa ham bu xildagi ijtimoiy jarayonlardan holi emas.

Qashqadaryo vohasi qadimdan muhim ahamiyatga ega, turli xil muhim

tarixiy va etnik jarayonlar sodir boʻlgan mintaqa hisoblanadi. XX asrdagi
Qashaqadaryo vohasida sodir boʻlgan etnodemografik jarayonlarni oʻrganar
ekanmiz, etnik jarayon, etnik tarix va etnik guruhlar oʻrtasidagi munosabatlar,
turli millat vakillarining voha boʻylab joylashishlari, ulardan tashqari
mintaqadagi demografik jarayonlarni oʻrganish muhim va dolzarb ahamiyat
kasb etishini koʻramiz. Mazkur tadqiqotimizda mintaqada mazkur davrda
qanday jarayonlarni sodir bo

ʻ

lganligiga to

ʻ

xtalib o

ʻ

tamiz.

Qashqadaryo viloyatida Qarshi choʻlini oʻzlashtirilishi natijasida

paxtachilik maydonlari kengayib, zavod va fabrikalarning qurilishi jadallashdi
hamda yangi ish oʻrinlari paydo boʻldi. Yangi qurilgan, qurilayotgan zavod va
fabrikalarda malakali mahalliy ishchi-kadrlarga boʻlgan ehtiyoj mavjud edi.
Ana shu ehtiyojni ta’minlash maqsadida Oʻzbekistonga sovet davlatining
markaziy hududlaridan “mutaxasislar” ni koʻplab koʻchirilib keltirilishi aholi
sonining, ayniqsa shahar aholisining keskin koʻpayishiga olib keldi [1] .

1959-yil aholi roʻyxati boʻyicha Oʻzbekistonda jami 8261 ming kishi

yashagan boʻlsa, shuning 930 minggi Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
hissasiga toʻgʻri kelar edi [2] .

XX asr 60-yillaridan boshlab Qarshi choʻlini oʻzlashtirish harakati

boshlandi. Bunda ham oʻzlashtirishni izchil amalga oshirish maqsadida
respublikaning turli hududlaridan koʻplab oilalar “majburiy-ixtiyoriy” tarzda
koʻchirib keltirildi. Xususan, “Aholining Qarshi choʻllariga tashkiliy ravishda


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

63

koʻchirishning butun davri mobaynida u yerga 600 ta oila koʻchib borgan,
xolos. Bugungi kunga qadar ulardan 40 ta oila yashab qolgan” [3] .1965-1975-
yillar davomida Qarshi choʻlini oʻzlashtiruvchilarning asosiy e’tibori bosh
obyektlar boʻlmish – Qarshi Magistral va Ulyanov kanallarini qurishga
qaratildi. Choʻlni tezroq oʻzlashtirish uchun 1965-yilda yangi tashkil
topayotgan savxozlarga viloyatning togʻli rayonlaridan 6,9 mingga yaqin oila
yoki 31,2 kishi koʻchirildi. Koʻchib borganlarning 15 mingga yaqini mehnatga
layoqatli boʻlib, ularning 4 mingtasi mexanizator edi [4] .1967-1970-yillarda
Amdaryodan Qashqadaryogacha boʻlgan hududlarda yangi yerlarni
oʻzlashtiruvchilar uchun(asosan, nasos stansiyalari yaqinida) posyolkalar
qurilishi amalga oshirildi.

Qarshi choʻlini oʻzlashtirish jarayonida togʻli hududlardan aholi yangi

oʻzlashtirilayotgan hududlarda tashkil etilgan savxozlarga koʻchirilgan.
Oʻtkazilgan dala tadqiqotlarimiz shuni koʻrsatdiki, koʻchirilgan aholi
vakillarining bergan ma’lumotlariga koʻra mazkur aholining koʻpchiligi oʻz
xohishi bilan koʻchma xoʻjalik shaklida koʻchib kelgan. Albatta bu ishlar
Markazning buyrugʻi bilan amalga oshirilgan, lekin koʻchib kelgan aholi
vakillari togʻli hududlarda chorvachilikdan boshqa kun kechirish uchun
deyarli ishning yoʻqligi, koʻchayotganlarning yaxshigina daromadli ish va
yashash uchun muqim uy-joyga ega boʻlish istagi, mazkur kompaniyani oʻz
xohishlariga koʻra amalga oshirishiga sabab boʻlganligi bildirdi.

Tarixan ma’lumki, Sovet davlati tarkibiga kirgan respublikalarning

boyliklarni oʻzlashtirib, markazga olib ketish siyosatiga katta e’tibor qaratgan.
Shu maqsadda Qarshi choʻlini oʻzlashtirish, tabiiy boyliklari qidirib toppish,
mazkur hududda ishchi kuchini shakllantirish zarurligi bu yerda koʻp sonli
mehnat resurslarini jalb qilishni taqazo etdi. Shu sababli, Shahrisabz, Kitob,
Yakkabogʻ, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor, Dehqonobod, Chiroqchi, Ulyanov va
Koson tumanlari singari aholi gavjum yashaydigan hamda yer kam boʻlgan
togʻ yonbagʻri va togʻli tumanlar qoʻriq xoʻjaliklarga mehnat resursi yetkazib
beruvchi asosiy manbalar boʻlib xizmat qilgan[5] .

1970-yilda viloyatdagi mavjud 2 ta – Qarshi (71,1 ming) va Shahrisabz

(27,3 ming) shaharlarida 98,4 ming aholi istiqomat qilgan edi. Keyingi yillarda
aholi soni ancha ortib bordi. Sovet davrida 1979-yil 17-24-yanvar va 1989-yil
12-19-yanvarkunlari Butunittifoq aholi roʻyxati olindi [6] . Roʻyxatga olish
ishlarida aholi soni oʻsib borganligini koʻrish mumkin. Xususan, 1979 va 1989-
yillarda Qarshi va Shahrisabz shaharlari aholisi 1.4 martaga koʻpaygan. 1990-
yilda esa viloyat markazida 180.8 ming, Shahrisabz shahrida esa 55.0 ming


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

64

aholi istiqomat qilgan. Sovet davrida viloyat shaharlari aholisining jins
tarkibi ham oʻziga xosdir. 1979- va 1989-yillarda Qarshi shahri aholisi sonida
erkaklarning, Shahrisabz shahrida esa ayollar sonining ustunligi kuzatiladi.

Viloyatda “yangi” tashkil etilgan shaharlar aholisining jins tarkibi ham

turlicha boʻlib, ayollarning jami aholi sonidagi ulushi ortib borgan. Masalan,
1979-yilda Muborak, Talimarjon, Qamashi shaharlarida erkaklarning, Koson,
Kitob, Gʻuzor, Beshkent shaharlarida ayollar sonining ustunligi kuzatilsa, faqat
Yakkabog‘ shahrida har ikkala jinsning tengligi kuzatildi. 1989-yilda esa
Muborak va Yangi Nishon shaharlaridan tashqari barcha shaharlar aholisida
ayollarning ulushi yuqori boʻldi.

1979-yilda oʻtkazilgan aholi roʻyxatida

Qashqadaryo viloyati boʻyicha millatlar soni [7] .




Millatlar


Soni

1

Oʻzbeklar

975,006

2

Ruslar

33,585

3

Tojiklar

55,054

4

Qozoqlar

-

5

Tatarlar

26,371

6

Qrim Tatarlar

-

7

Qirgʻizlar

-

8

Turkmanlar

12,469

9

Qoraqalpoqlar

-

10

Koreyslar

-

11

Ukrainlar

-

12

Ozarbayjonlar

-


Jami


1,124,342 (Oʻzbekistonda jami:

15,389,307)


Qashqadaryo viloyatida 1970-yilda ikkita – Qarshi va Shahrisabz shaharlari
shahar maqomida boʻlib, Shahrisabz kichik shahar (aholi soni 50 minggacha),
Qarshi – oʻrta shahar (aholi soni 50-100 minggacha) turkumiga kirgan. Sovet
davrida Butunittifoq aholi roʻyxati oʻtkazilgan yil (1979 va 1989-yil) larda
Qashqadaryo viloyati shaharlari aholisida oʻsish kuzatilib, klassifikasiyasida
oʻzgarishlar boʻldi. Aholisi 50 minggacha boʻlgan kichik shaharlar 1979-yilda
jami 9 tani tashkil etgan boʻlib, viloyatda faqatgina Qarshi shahri katta


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

65

shaharlar (aholisi 100-250 minggacha) turkumiga kirgan. Shuningdek, bu
paytda oʻrta, yirik va eng yirik shaharlar toifasiga kiradigan shaharlar mavjud
boʻlmagan. Viloyatda jami shaharlar soni 10 tani tashkil etgan.

1989-yilda oʻtkazilgan aholi roʻyxatida Qashqadaryo viloyati boʻyicha

millatlar soni [8] .



Millatlar


Soni

1

Oʻzbeklar

1,399,238

2

Ruslar

37,579

3

Tojiklar

79,876

4

Qozoqlar

-

5

Tatarlar

21,184

6

Qrim Tatarlar

7,175

7

Qirgʻizlar

-

8

Turkmanlar

19,722

9

Qoraqalpoqlar

-

10

Koreyslar

649

11

Ukrainlar

-

12

Ozarbayjonlar

-


Jami


1,595.760 (Oʻzbekistonda jami:

19,810,077)

Foydalanilgan manba va adabiyotlar roʻyxati:

1. Бобожонова Д. Ўзбекистонда ижтимоий-иқтисодий муносабатлар (70-80
йиллар мисолида). –Т.: Шарқ, 1999. 123-бет.
2. Советский Узбекистан за 40 лет. –Ташкент, 1964. –С.12 .
3. Комилов О. К. ЎЗБЕКИСТОНДА ИРРИГАЦИЯ ТИЗИМИ РИВОЖЛАНИШИ ВА
УНИНГ ОҚИБАТЛАРИ (1951-1990 йй.) ДИСС. Андижон. 2017 – Б.161
4. Комилов О. К. ЎЗБЕКИСТОНДА ИРРИГАЦИЯ ТИЗИМИ РИВОЖЛАНИШИ ВА
УНИНГ ОҚИБАТЛАРИ (1951-1990 йй.) ДИСС. Андижон. 2017 –Б.162.

5. Комилов О. К. ЎЗБЕКИСТОНДА ИРРИГАЦИЯ ТИЗИМИ РИВОЖЛАНИШИ ВА
УНИНГ ОҚИБАТЛАРИ (1951-1990 -йй.) ДИСС. Андижон. 2017 – Б.162-163 6.
Перепись населения. Т., 1980., Перепись населения. Т., 1991. 7.
Всесоюзная

перепись

населения

1979

года.

Узбекская

ССР.

8. Всесоюзная перепись населения 1989 года. Узбекская ССР.

Библиографические ссылки

Бобожонова Д. Ўзбекистонда ижтимоий-иқтисодий муносабатлар (70-80 йиллар мисолида). –Т.: Шарқ, 1999. 123-бет.

Советский Узбекистан за 40 лет. –Ташкент, 1964. –С.12 .

Комилов О. К. ЎЗБЕКИСТОНДА ИРРИГАЦИЯ ТИЗИМИ РИВОЖЛАНИШИ ВА УНИНГ ОҚИБАТЛАРИ (1951-1990 йй.) ДИСС. Андижон. 2017 – Б.161

Комилов О. К. ЎЗБЕКИСТОНДА ИРРИГАЦИЯ ТИЗИМИ РИВОЖЛАНИШИ ВА УНИНГ ОҚИБАТЛАРИ (1951-1990 йй.) ДИСС. Андижон. 2017 –Б.162. 5. Комилов О. К. ЎЗБЕКИСТОНДА ИРРИГАЦИЯ ТИЗИМИ РИВОЖЛАНИШИ ВА УНИНГ ОҚИБАТЛАРИ (1951-1990 -йй.) ДИСС. Андижон. 2017 – Б.162-163 6. Перепись населения. Т., 1980., Перепись населения. Т., 1991.

Всесоюзная перепись населения 1979 года. Узбекская ССР.

Всесоюзная перепись населения 1989 года. Узбекская ССР.