ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
27
O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISH VA
“E- COMMERCE” BOZORI
Ahmedova Zulayxo Sharofaddin qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti
E-mail: zulish1248@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.12819835
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning muhim yo’nalishi hisoblanmish
O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirishning zamonaviy yo’nalishlari
yuzasidan fikr va mulohazalar yuritiladi. Raqmli iqtisodiyot shuningdek, elektron
tijorat tushunchasi mamlakatimizdagi yosh va jadal rivojlanayotgan sohalardan
biri ekanligi sababli, ushbu yonalish haqida manbalar afsuski yetarlicha
topilmaydi. Joriy yetishmovchiliklarni to’ldirishda o’z xissamizni qo’shish
maqsadida, maqolada turli mulohaza va takliflar taqdim etiladi.
Kalit so‘zlar:
raqamli iqtisodiyot, raqamlashtirish, internet, elektron biznes,
elektron tijorat.
Raqamli iqtisodiyot hamda, elektron tijorat borasida qilingan nazariy va
amaliy ishlarni tahlil qilgan holda yangidan-yangi takliflar va metodlarni yaratish
borasida bir qancha ilmiy izlanishlar qildik. Zero qilingan ilmiy izlanish davomida
ko’plab masalalarga yechimlar topishni maqsad qildik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3-iyuldagi PQ-3832-sonli
qaroriga binoan iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida davlat
tomonidan keng ko’lamli chora-tadbirlar ko’rilmoqda, elektron hujjat aylanishi
tizimlari joriy etilmoqda, elektron to’lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat
sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda.
O‘z navbatida keng qamrovli xizmat - korporativ mijozlarga ham, oxirgi
iste’molchiga ham xizmat ko‘rsatadigan Internet-vositachilar paydo bo‘lmoqda.
Ular avtomatlashtirilgan axborot kanallari orqali mijozlariga xizmat ko‘rsatish
boyicha ishlarni olib boradi:
•
sotishdan oldin ishlar potensial xaridorlar va buyurtmachilar bilan
ishlash, onlayn marketing;
•
onlayn buyurtmalar (bevosita bitim bilan bog‘liq vazifalari) - xizmat
xaridorlar va iste’molchilar, maxfiy axborotni muhofaza qilish;
•
moliyaviy xizmatlar –
buyurtmalarni bajarish
bilan bog‘liq
onlayn- tranzaktsiyalarning tarkibiy qismlari;
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
28
•
sotishdan keyingi ishlar – buyurtma, hisob-kitob, almashtirish, nizolarni hal
qilish holatini kuzatish.
Bundan tashqari taqdim etilgan ma’lumotlarga o’zgarish kiritish osonligi va
shu tariqa vaqt va harajatlarni tejab qolinishi raqamli iqtisodiyot va elektron
tijoratning inson hayotida naqadar muhim o’rin egallaganligini ko’rsatadi.
Sohaning izchil rivojlanayotgani va keng ommaga tarqalayotganining sababi ham
aynan shu.
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki elektron tijorat sodda qilib aytganda ijtimoiy
tarmoqlar hamda boshqa internet sahifalari kabi elektron vositalar ko’magida
ehtiyojlarimizni qondiradigan xizmatlar va tovarlarni sotib olish yoki aksincha
sotish kabi online tijorat amaliyotidir. Demak jahon standartlarida ishlashimiz
biznesimizni takomillashtirib tovarlarimizni jahon bozorlariga milliy brend
tarzida olib kirishimizda raqamli texnologiyalarning o’rni beqiyos. Ammo har
qanday raqamli biznesni boshlashdan oldin, u qaysi modelga kirishini bilishingiz
kerak.
Elektron tijorat quyidagilardan iborat :
•
Elektron malumot almashish (Electronics Date Interchange,EDI);
•
Elektron kapital harakati (Elektronic Funds Transfer, EFT;
•
Elektron savdo (inglizcha e-trade);
•
Elektron pullar (e-cash);
•
Elektron marketing e-marketing);
•
Elektron bank (e-banking);
•
Elektron sug'urta xizmatlari (e-insurance).
Elektron tijorat amaliyotida shuni ko‘rish mumkinki, aksariyat holatlarda
elektron tijoratning yuqori samaradorligi muomaladagi xarajatlarni
minimallashtirish orqali ta’minlanadi. Ushbu sohada elektron tijorat
samaradorligini baholashga uslubiy yondashuv quyidagicha bo‘lishi mumkin:
•
elektron tijoratning samaradorligini baholash uchun o‘rganilayotgan
obyekt sohasini aniqlash;
•
ushbu sohadagi tadbirkorlik subyektining maqsadli funktsiyasini aniqlash;
•
maqsadga erishish uchun ishlanish ko‘rsatkichlarini aqlash;
•
ishlash mezonlarini shakllantirish;
•
samaradorlik
ko‘rsatkichlarini aniqlash
uchun
zarur statistik
va
boshqa ma’lumotlarni olishni tashkil etish;
•
ko‘rsatkichlar va ishlash mezonlarini hisoblash;
•
natijalarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilish.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
29
Elektron tijorat dasturlari tobora keng qamrovli yo’nalishlarni taqdim qilib
bormoqda, qo‘llanilishning ham yangi yo‘nalishlari paydo bo‘la boshladi. Buguni
kunda bir necha to’liq shakllangan elektron tijorat tizimlarini sanab o’tishimiz
mumkin.
Kompaniyaning bozor strategiyasiga qarab, Internetdagi quyidagi shakllari
mavjud:
•
elektron biznes karta;
• elektron katalog;
•
elektron do‘kon;
• savdo internet-tizimlar;
•
internet do’kon.
Elektron biznes kartasi
bir necha sahifalardan iborat bo‘lgan kompaniya va
uning faoliyati haqida ma’lumot. Bunday saytning asosiy vazifasi – potensial
mijozga oddiy biznes ma’lumotnomasi yoki reklama e’loniga o‘xshash bo‘lib
kompaniyaning xizmatlari bilan tanishish uchun imkoniyat berish.
Mijozni xabardor qilishning yanada rivojlangan shakli – bu tovarlar va
xizmatlar haqida batafsil ma’lumot beruvchi va ko‘pincha hozirgi narxlar bilan
xabardor qiluvchi
elektron katalog.
Elektron do‘kon
sizga nafaqat mahsulot yoki xizmatni tanlash, balki
Internet orqali Buyurtma berish va xarid qilish imkoniyatini beradi.
Internet do‘kon
oddiy do‘kon bo‘lib, tovarlar va xizmatlarni sotish lekin
onlayn uslubda, shuningdek maqsadli auditoriyaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Asosiy
maqsad – mahsulotlar sotuvi. Savdo hajmini oshirish asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ko‘pincha savdo bo‘limining murakkab tashkiliy tuzilishibilan farqlanadi.
Nihoyat,
savdo internet-tizimi
umumiy logistikat izimi, Tovar zahiralarni
boshqarishni, internet-do‘konni va odatiy do‘konlarni yagona tizimga
birlashtiradi.
Xulosa o‘rnida takidlashimiz kerakki, iqtisodiyotni raqamlashtirgan
mamlakatlar allaqachon jahon maydonida mustahkam o’rin egallamoqda. Albatta
raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat bu yo’lda “mayoq” vazifasini o’taydi desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Elektron do‘kon, ijtimoiy media marketing xizmatlari va
boshqa ko‘p imkoniyatli xizmatlarni taklif qilish orqali biznesingizni
rivojlantirishingiz mumkin.
Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, onlayn savdo faoliyatini yangi boshlayotgan
kichik biznes subyektlari uchun chakana savdo nuqtalari va ofislarni ijaraga
olishda mablag'larni tejaydi, shuningdek, internet orqali xorijiy bozorlarga
chiqish ancha osonlashadi. Taklif etilayotgan tovar va xizmatlarning keng
assortimenti, turli narxlarning taqqoslanishi, shuningdek, elektron platformadagi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
30
chakana tovarlar narxining an'anaviy bozorga nisbatan arzonligi elektron
tijoratning mahalliy bozorga tez moslashishi va rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birgalikda, ma'lum bir davlatda elektron tijoratni rivojlantirish
uchun quyidagilarga amal qilish muhimdir:
Elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay huquqiy muhitni, jumladan,
ma'lumotlarni himoya qilish va elektron imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini
yaratish, ularni tadbiq etilish jaroyanida shaffodlikni ta'minlash;
Elektron tijorat infratuzilmasini, jumladan, Internetga keng qamrovli
ulanish va elektron to‘lov tizimlarini rivojlantirish;
O‘z biznesini kengaytirish uchun elektron tijoratdan foydalana oladigan
kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash;
Iste'molchilarni elektron tijoratdan foydalanish bo'yicha huquqiy
savodxonligini oshirish va qo'llab-quvvatlash, shu jumladan Internet va elektron
to'lov tizimlarida xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish;
Elektron tijorat orqali xalqaro savdoni rivojlantirish, jumladan, bojxona
tartib-taomillarini soddalashtirish va xalqaro standartlarni o‘rnatish;
Elektron tijoratda innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, yangi
texnologiyalar va biznes modellarini ishlab chiqish;
Mobil elektron tijoratni rivojlantirish, shu jumladan mobil ilovalar yaratish
va mobil qurilmalar uchun saytlarni optimallashtirish;
Barqaror elektron tijoratni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, uning o'sishiga
to'siq bo'luvchi muammolarni bartaraf etish.
Umuman olganda, elektron tijoratni rivojlantirishda yuqorida qayd etilgan
samarali usullari savdoni oshirishga, mijozlar bilan munosabatlarni yaxshilashga
va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga yordam beradi.
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:
1.
Porsaev G’.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot asoslari
2020-yil.
2.
United Nations Conference on Trade and Development (UNCTAD). Digital
economy report 2019.
3.
Digital 2019: global digital overview. Value creation and capture:
implications for developing countries. UNCTAD, 2020.
4.
World Trade Statistical Review 2019 - World Trade Organization.
5.
Kurpayanidi, K., Ilyosov, A. (2020) Problems of the use of digital
technologies in industry in the context of increasing the export potential of the
country// ISJl Theoretical & Applied Science. p. 113-117.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
31
6.
Егорова А.Ю., Неверова Е.Т. Электронный бизнес в современной
экономике. Доступно на: https://izron.ru/articles/razvitie-ekonomiki-i-
menedzhmenta-v- sovremennom-mire-sbornik-nauchnykh-trudov-po-itogam-
mezhdunarodn/sektsiya-2- ekonomika-i-upravlenie-narodnym-khozyaystvom-
spetsialnost-08-00-05/elektronnyy- biznes-v-sovremennoy-ekonomike/
7.
ЮрасовА.B., Иванов А.B. Интернет маркетинг. Москва, изд. Горячая
линия- телеком, 2007, 245 с.
8.
Майминас
E.С.
Информационное
общество
и
парадигма
экономической теории// Bопросы экономики. 1997. No 11.
9.
Nabijonov O., Shavkatova Sh., Sattorova S. (2022). THEORETICAL
FOUNDATIONS OF THE STRATEGY FOR MINIMIZING PRODUCTION COSTS AT
ENTERPRISES. Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences, 2(7), 27–
29. retrieved from https://in-academy.uz/index.php/EJLFAS/article/view/1918
10. Nabijonov Otabek Ganievich and Sh. A. Kholbutaeva (2022). THE ROLE OF
CONSULTING IN A MODERN MARKET ECONOMY. Central Asian Academic Journal
of Scientific Research, 2 (2), 5-8.
11. Холикова Рухсора Санжаровна и Бахтиеров Ахмадбек Феруз-оглу.
(2023). ИТОГИ электронной ТОРГОВЛИ, СОЗДАНИЕ УСКОРЯЮЩЕЙСЯ
ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ. Зона электронной конференции, 40-43.
Извлечено из http://econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/1876
12. Бахтиеров, А. (2022). Торгово-экономические показатели с помощью
цифровой экономики. Gospodarka i Innowacje., 24, 720-726.
13. Бахтиеров, А. (2023). ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ПОБОЧНЫЕ ЭФФЕКТЫ
СИСТЕМЫ ОТКРЫТОГО РЫНКА Для РАЗВИВАЮЩИХСЯ СТРАН. Решение
социальных проблем в управлении и экономике, 2(8), 9-11.
