ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
17
AKSIOLOGIK YONDASHUV VOSITASIDA BO’LAJAK
O’QITUVCHILARNI IJTIMOIY PEDAGOGIK AMALIYOTGA
TAYYORLASHNING PEDAGOGIK MASALALARI
Xushnazarova Ma’mura Nodirovna
Qoʻqon davlat pedagogika instituti, pedagogika
fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD), dotsent
tel.: +998905561700
e-mail:xushnazarovamamura@kspi.uz
ORCID: 0000-0001-8643-7729
https://doi.org/10.5281/zenodo.12787206
Annotatsiya:
Ushbu maqolada aksiologik yondoshuv vositasida bo’lajak
o’qituvchilarni ijtimoiy pedagogik amaliyotga tayyorlash milliy masala sifatida
qayd etilishi, insonning ijtimoiy pedagogik amaliyotda faol ishtirok etishi,
jarayonga o’zini baxshida qilishi, u tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar
yig’indisini anglatishi hususida fikr yuritilgan.
Kalit soʻzlar:
aksiologik yondoshuv, aksiologik dunyoqarash, aksiologik
baholash, qadriyatlar falsafasi, qadriyatlar nazariyasi, kategoriya, ilmiy tahlil,
munosabat bildirish, tanqidiy tahlil, aksiologik munosabat.
Аннотация:
В данной статье подготовка будущих учителей к
социально-педагогической практике отмечается как общенациональная
проблема посредством аксиологического подхода, то, что человек активно
участвует в социально-педагогической практике, отдает себя этому
процессу, означает сумму педагогических ценностей. созданный им.
Ключевые слова:
аксиологический подход, аксиологическое
мировоззрение, аксиологическая оценка, философия ценностей, теория
ценностей, категория, научный анализ, установка, критический анализ,
аксиологическая установка.
Annotation:
In this article, the preparation of future teachers for social
pedagogical practice is noted as a national issue by means of an axiological
approach, the fact that a person actively participates in social pedagogical
practice, devotes himself to the process, means the sum of pedagogical values
created by him.
Key words:
axiological approach, axiological outlook, axiological
assessment, philosophy of values, theory of values, category, scientific analysis,
attitude, critical analysis, axiological attitude.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgasha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va “Oila” ilmiy-
amaliy tadqiqot markazi bilan birgalikda “Uzluksiz ma’naviy tarbiya
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
18
kontseptsiyasi” loyihasi ishlab shiqildi. Mazkur kontseptsiya: ma’naviy tarbiyani
baholashning ilmiy asoslangan indikatorlari; bola tarbiyasida milliy tarbiya
metodlari va zamonaviy Pedagogikaning ilg‘or yutuqlaridan samarali
foydalanish shakllari; ma’naviy tarbiyani shakllantirishda oila, ta’lim
muassasalari, mahalla, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar
o‘rtasida samarali hamkorlikni o‘rnatish mexanizmlari; tarbiyalanuvchilar bilan
birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borishni
nazarda tutuvshi uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimi; ma’naviy tarbiyani
shakllantirishning homiladorlik davridan boshlanishi va tarbiyaning har bir
bosqichdagi o‘ziga xos xususiyatlari; ma’naviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va
uzluksizlik tamoyillariga asoslanishini belgilab beradi. Shuningdek, mazkur
Qaror bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini
muvofiqlashtirish bo‘yisha Respublika kengashi, Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot
markazi bilan birgalikda “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitning holatini
aniqlash va manzilli sog‘lomlashtirish metodikasi” loyihasini ishlab shiqildi.
Aksiologik yondoshuv vositasida bo‘lajak o’qituvchilarni ijtimoiy pedagogik
amaliyotga tayyorlashda asosiy tuchunshalar qatoriga quyidagilar kiradi:
qadriyatlar, aksiologiya, aksiologik dunyoqarash, aksiologik baholash, aksiologik
munosabat, pedagogik aksiologiya. Aksiologik yondoshuvni tadqiq qilish
avvalambor “aksiologiya” atamasini tushunishni talab etadi. Mazkur atama
dastlab falsafa fanida qo‘llanilgan va keyinchalik turdosh fanlarda, jumladan
pedagogika fanida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Tadqiqotshi M.Xodjieva
aksiologiyani
“yangi
ta’lim
falsafasi”
va
“zamonaviy
pedagogika
metodologiyasining asosi” deb hisoblanishini bayon etgan
.
1
“Aksiologiya” atamasi qadimgi grek tilidan, ya’ni “axia” – qadriyat (qadr-
qiymat) va «logos» (fan, ta’limot) tuchunshalariga asoslanadi.
2
Qadriyatlar kategoriya bo‘lib, kishilar ongida turli narsa va hodisalarni
taqqoslash orqali shakllanadi. Qadriyatlar bu narsalar emas, balki narsalar,
hodisalar ba boshqalarga munosabatdir.
3
Bo‘lajak o’qituvchilarni ijtimoiy
pedagogik amaliyotga tayyorlash jarayonida ularda narsa va hodisalarni
taqqoslash, ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qilish, turli nuqtai nazarlardan turib
o‘z munosabatini bildirishiga e’tibor qaratishni taqozo etadi. Shuningdek,
ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda muzokara, munozara, ilmiy tahlil,
1
Xojieva M. Ta‘lim jarayonida aksiologik tarbiyani tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari. –T.: “Pedagogik
mahorat” j. 2021/1. – B. 74.
2
Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi (Aksiologiya). – T.: Faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti, 2004. – B. 5.
(196-b.)
3
Yusubov D.A., Saitxodjaev X.B., Mavlyanov A.A. Falsafa // Toshkent, 2012. – B. 237.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
19
munosabat bildirish, tanqidiy tahlil qilish, qiyosiy tahlil qilishga yo‘naltirish –
aksiologik munosabatlarning rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Talabalarda aksiologik
munosabatlarning rivojlanishi uzluksiz, uzviy amalga oshirilishi va
singdirilishini talab etadi.
Kishilarning voqelikka qadriyatli munosabati va faoliyatining yo’nalishini
belgilaydigan aksiologik qarashlar, tamoyil va maslaklar majmuasi aksiologik
dunyoqarash sifatida tavsiflanadi. Aksiologik dunyoqarash talaba aksiologik
munosabatining konseptual integratsiyasi sifatida namoyon bo’ladi. Qadriyat
talaba tomonidan interiorizatsiyalansa, bo’lajak o’qituvshi sifatida kasbiy
tarbiyaviy faoliyati maqsadini aniq shakllantira olsa, faoliyatining global va lokal
darajada muhimligini anglasa, kasbiy maqsadlarini amalga oshirishning samarali
vositalarini torsa, o’z identitetini kasb bilan identifikatsiya qilganda namoyon
bo’ladi.
Aksiologik dunyoqarash o’z ichiga aksiologik yondashuv, aksiologik
munosabat, aksiologik baholash kabilarni qamrab oladi. Pedagogik hodisalarga
ijtimoiy-sotsiologik yondashilganda voqea va jarayonlar orasidagi o’zaro
bog’liqlik, tarixiy aloqadorlik, sabab va oqibat bog’lanishining ifodasi bo’lgan
uzluksizlikning ahamiyati ortadi. Falsafada “qadriyat” tushunchasi “ahamiyat”
tushunchasi bilan yaqin. Qachonki, sub’ekt ob’ekt bilan harakatga kirishganda,
inson faoliyatining moddiy va ma’naviy dunyosini qamrab olganda, ob’ektning
yoki uning xususiyatlarining aniq ahamiyati namoyon bo’ladi. Faqat
faoliyatdagina qadriyat o’zining muhim mavjudlik maqomini oladi.
Umumlashtirgan holda
aksiologik munosabat
– shaxsdagi ijtimoiy va shaxsiy
ahamiyatlilikning o’zaro uzviyligini o’zida aks ettiruvshi ichki pozitsiya. Bu esa
shaxsning etuk inson sifatida voyaga etishi jarayonining tarkibiy qismidir. Shaxs
vaqt o’tishi bilan olam, odam, vaqt, muhit, atrofdagi odamlar qadrini anglab
boradi. Bu shaxsda aksiologik munosabatlar rivojlanishining belgisi sifatida
namoyon bo’ladi. Mazkur munosabat bir shaxsgagina bog’liq bo’lmay, ijtimoiy
guruh, jamiyat, millat va davlat uchun tegishli bo’lishi mumkin. Atrofdagi voqea-
hodisalarga aksiologik munosabat, ularni qadrlash tuyg’usi asosidagi xulosa va
xukmlar aksiologik bahoda aks etadi.
Aksiologik yondoshuv vositasida bo’lajak o’qituvchilarni ijtimoiy pedagogik
amaliyotga tayyorlash milliy masala sifatida qayd etiladi. Aksiologik yondoshuv
vositasida ijtimoiy pedagogik amaliyotga tayyorlash – insonning ijtimoiy
pedagogik amaliyotda faol ishtirok etishi, jarayonga o’zini baxshida qilishi, u
tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar yig’indisini anglatadi. Ijtimoiy
pedagogik amaliyotga tayyorgarlik kasbiy ijtimoiylashuv, kasbiy kompetentlik
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
20
negizida shakllanadi. Talabaning individual rivojlanishi, uning ijodiy salohiyatini
rivojlantirish ham talabaning shaxsiy va kasbiy nuqtai nazarini shakllanishiga
yo’naltirilgan bo’lishini talab qiladi. N.Egamberdievaning
4
fikricha, ushbu
jarayonlarning muvafaqqiyati quyidagi ikkita shartni amalga oshirishni talab
etadi: talaba-yoshlarni faol ijtimoiy va kasbiy munosabatlarga jalb etish;
birgalikdagi samarali ijtimoiy va kasbiy faoliyat jarayonida shaxsning o’z-o’zini
to’la namoyon eta olishiga imkoniyat yaratish.
Ijtimoiy pedagogik amaliyot uchun nazariy bilimlar bilan bir qatorda
talabalarda quyidagi pedagogik-psixologik sifatlarning shakllanishi muhim
ahamiyat kasb etadi:
kasbiy kuzatuvchanlik;
ziddiyatli holatlarda o’zini, xatti-harakatlarini boshqara olish
qobiliyati;
o’z atrofiga insonlarni jamlash va ularning ishonchiga kira olish
qobiliyati;
insonlar hayotiga e’tiborli bo’lish va ularning xatti-harakatlarini kuzata
olishi;
begona insonlar bilan tez aloqa o’rnata olish qobiliyati.
Aksiologik munosabatlarni rivojlantirish shaxsning o’zi yashab turgan
jamiyatda ijtimoiy faol rolni egallashi va bir vaqtning o’zida jamiyatga ijobiy
ta’sir qilishi nuqtai nazaridan muhim. Shu asosda jamiyatda va shaxslarda
qadriyatlarning o’rni ortib boradi. Ijtimoiy hayotda qadriyatlar yo’qolib
ketmaydi, balki shaxs uchun uning ahamiyati kamayib, ular uchun me’yoriy
doira vazifasini o’tamay qo’yadi. Aksiologik munosabatlar o’zini tutish,
kompetentlik va faoliyatda o’z aksini ko’rsatadi. Ta’lim va tarbiya jarayonida
qadriyatlarga asoslangan holda jamiyatda o’zini tutish, qadriyatli
kompetentsiyalarni rivojlantirish va qadriyatli faoliyat ko’rsatishni maqsad
qiladi. Ta’lim oluvchilarda erkinlik, fuqarolik, ijtimoiy va demokratik
qadriyatlarni anglashi va ularni tan olishi ta’lim tizimiga jamiyat tomonidan
qo’yilgan ijtimoiy buyurtmalarning mazmunini tashkil etadi.
5
Aslida jamiyatda
qadriyatlarga bo’lgan ehtiyoj oshib bormoqda. Ayniqsa, insonlar o’rtasidagi
masofalashish jarayonlari raqamlashtirish hisobiga yana kun tartibiga chiqib
bormoqda.
6
Aksiologik munosabatlar hayotning barsha jabhalarini qamrab
4
Egamberdieva N. Madaniy-insonparvarlik yondashuv asosida talabalarni shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashtirish
nazariyasi va amaliyoti (pedagogika oliy ta‘lim muassasalari misolida): ped. fan. dok. ... diss. – T., 2010. – 332 b. – 27
b.
5
Tegeler J., Märtin R. Leitlinien für die Wertebildung von Kindern und Jugendlichen // Bertelsmann Stiftung, 2017. –
P. 9. (85)
6
Walton J., Sullivan N. Men of Prayer: Spirituality of Men With Prostate Cancer: A Grounded Theory Study // Journal
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
21
oladi, jismoniy, psixologik va ijtimoiy haqiqatdan ustun turadi.
Olima Z.Taylanova fikricha, aksiologik yondoshuv barqaror xususiyat kasb
etishi inson faoliyatining maqsadi va motivlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi
“qadriyatli yo’nalganlik” atamasi bilan ifoda etiladi.
7
Aksiologik yondoshuv
vositasida bo’lajak o’qituvchilarni ijtimoiy pedagogik amaliyotga tayyorlash
murakkab o’quv jarayoni sifatida talabaning ijtimoiylashuvi, ta’lim va tarbiya
jarayonida uning atrof-muhit, tengdoshlar, jamoalar va albatta jamiyat bilan faol
ishtirokida sodir bo’ladi. Shaxslararo munosabatlar, “namuna andozalar”dan
o’rganish, ya’ni qadriyatlarni o’zida aks ettirgan va namunali axloqi, munosabati
bilan o’rnak bo’ladigan shaxslardan o’rganish. Bunday munosabatlar mazmuni
va sifati shaxsda qadriyatlar tizimini shakllanishida katta tajriba vazifasini
bajaradi. Qadriyatlar rasmiy, norasmiy ta’lim jarayonida shakllanadi.
Talabalarda aksiologik munosabatlarni rivojlantirish nafaqat kundalik hayotiy
vaziyatlarda, balki ta’limiy vaziyatlarda ham pedagogik qadriyatlarni o’rganish,
tahlil qilish va solishtirish orqali shakllantirib boriladi. Pedagogik qadriyatlar
ta’lim sohasidagi mavjud ijtimoiy dunyoqarash va o’qituvshi faoliyati o’rtasidagi
vositachi va bog’lovshi bo’g’in vazifasini bajaradigan kognitiv faoliyat
ko’rsatuvchi tizim vazifasini bajaruvshi va pedagogik faoliyatni tartibga soluvchi
me’yorlardir. Bu pedagogik qadriyatlarning sub’ektivlik darajasi o’qituvchining
shaxsiy va kasbiy rivojlanishining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi.
Pedagogik aksiologiya inson va ta’limni qadriyat deb e’tirof etgan holda
ta’limiy qadriyatlarni muhokama etuvshi hamda ta’limga aksiologik
yondashuvni amalga oshiruvchi pedagogik bilimlar sohasidir.
8
N.A.Astoshova
ilmiy maqolasida pedagogik aksiologiyaning funktsiyalari uning o’ziga
xosliklarini belgilashga imkon beradi va ular quyidagilardan iborat bo’lishini
ta’kidlaydi:
mazmunli muvofiqlik (ta’limning mazmunli va protsessual jihatlarini
birlashtirganligi sababli intellektual tashabbusni rag’batlantiradi) – fikriy
jarayon, ob’ektni aktuallashtirish, aniq dalil va isbotlarni belgilash, axborotni
tanqidiy mushohada etish, ma’no-mazmunini tuchunish, shaxsiy fikrning o’sishi;
baholovshi – Pedagogik jarayon ishtirokchilarida borliq va ma’naviy
hodisalarni adekvat baholashni rivojlantirishni aks ettiradi;
yo’naltirish funktsiyasi – “qadriyatlar ierarxiyasi”ning ma’lum
parametrlari asosida shaxsiy, kasbiy tavsifning muhim qoidalarini aniqlash
of holistic nursing, Vol. 22 No. 2, June 2004. – P.137. (133-151)
7
Тайланова Ш.З. Педагогика олий таълим муассасалари талабаларида qадриятлар тизимини ривожлантириш
технологиясини такомиллаштириш: пед. фан. док. ... дисс. автореф... – Самарqанд, 2019. – 13 б.
8
Мардонов Ш., Ходжаев Б., Тайланова Ш., Хожимуhамедова Д. Педагогик аксиология. O’qув qo’лланма. – Т.:
Фан ва технология, 2013. – Б. 3-4 (184) бет.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
22
imkoniyatlari bilan bog’liq;
nazorat qiluvshi – madaniy-tarixiylik kontekstida qadriyatning rivoji,
shaxsda qadriyatga yo’nalganlikni shakllantirish imkonini beradi.
9
Ijtimoiy hayot sharoitlarining o’zgarishi, jamiyat va shaxs ehtiyojlarining
rivojlanishi bilan pedagogik qadriyatlar ham o’zgaradi. Pedagogika tarixida
o’zgarishlarning izlanish-tasviriy, keyinchalik muammoli-ta’limiy sxolastik
nazariyalarining o’zgarishi kuzatiladi.
N.M.Egamberdieva esa talabalarni shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashtirish
nuqtai nazaridan pedagogik qadriyatlarni ikkita katta guruhga tasnif etishni
taklif etadi: ijtimoiy-pedagogik va shaxsiy-pedagogik qadriyatlar. Ijtimoiy-
pedagogik qadriyatlar turli ijtimoiy tizimlarda ish olib boruvchi, ijtimoiy ongda
namoyon bo’luvchi qadriyatlarning tavsifi va mazmunini aks ettiradi. Bu ta’lim
sohasidagi jamiyat faoliyatini tartibga soluvchi g’oyalar, tuchunchalar, me’yorlar,
qoidalar, an’analar majmuidir. Shaxsiy-pedagogik qadriyatlar ijtimoiy-psixologik
ta’lim sifatida yuzaga chiqib, ularda o’qituvshi shaxsining maqsadlari, motivlari,
ideallari va boshqa dunyoqarashga oid xususiyatlari aks etadi. Bu xususiyatlar
majmui uning qadriyatlar yo’nalishi tizimini tashkil etadi.
10
Umumiy tarzda qadriyatlarni ta’limiy va tarbiyaviy qadriyatlarga ajratish
mumkin bo’ladi. Ta’limiy qadriyatlar davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari
va rejalari, darslik, o’quv metodik adabiyotlar mazmuni, shuningdek, yangi
pedagogik texnologiyalar mohiyatida o’z ifodasini topa olishi zarur. Tarbiyaviy
qadriyatlar esa, ijobiy tarzdagi ob’ektiv-ijtimoiy shart-sharoitlar, munosabatlar
orqali ta’lim oluvshilar shaxsiga samarali ta’sir ko’rsatuvshi moddiy va ma’naviy
voqelik tuchuniladi. Tarbiyaviy qadriyatlar esa o’zida ota-onalar va pedagoglar
tarbiyalanuvchi shaxsida tarkib tortirishni xohlaydigan, fuqarolik jamiyati uchun
foydali, mazkur ijtimoiy sharoitda muhim va zaruriy ahamiyat kasb etuvshi
fazilat, sifat, xohish-istak, intilish kabilarni aks ettiradi.
11
Mohiyatan ijtimoiy-
Pedagogik qadriyatlar ta’limiy qadriyatlar bilan hamohang bo’lsa, shaxsiy-
Pedagogik qadriyatlar tarbiyaviy qadriyatlar bilan mazmundosh.
Yuqorida keltirib o’tilgan qadriyatlar bo’lajak o’qituvshilarda aksiologik
munosabatlarni rivojlantirishning quyidagi samarali yo’llarini aniqlashtirishga
xizmat qiladi:
talabaning o’zini-o’zi rivojlantirishga, o’zini o’zi kasbga safarbar
9
Astashova N.A. Aksiologicheskoe obrazovanie sovremennogo uchitelya: metodologiya, kontseptsiya, modeli i
texnologii razvitiya. – Moskva, 2001. – 123 s. (498)
10
Egamberdieva N. Madaniy-insonparvarlik yondashuv asosida talabalarni shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashtirish
nazariyasi va amaliyoti (pedagogika oliy ta‘lim muassasalari misolida): ped. fan. dok. ... diss. – T., 2010. – 128 b. (332)
11
Мардонов Ш., Ходжаев Б., Тайланова Ш., Хожимухамедова Д. Педагогик аксиология. – Т.: Фан ва
технология, 2013. – Б. 109. (184)
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
23
etishga, o’z pedagogik faoliyatini tashkil etishga shayligi;
kasbiy-axloqiy me’yorlariga muvofiq o’z xulq-atvorini rivojlantirish;
shaxsiyatini rivojlantirib borishga qaratilgan ongli xulq-atvori,
pedagogik faoliyatining ekspert darajasini egallashning zaruriy malaka va
ko’nikmalarini egallashga yo’naltirilgan harakat.
Talabalarda oliy ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayonida, ijtimoiy
pedagogik amaliyot doirasida, guruh yig’ilishlari, individual suhbatlarda
ta’limning individual-shaxsiy xarakterdagi qadriyatlari singdirilib boriladi.
Talabalarda pedagoglik kasbining ijtimoiy ahamiyati, pedagogning jamiyatdagi
nufuzi, jamiyat tomonidan e’tirof etilishi, o’z yaqinlari tomonidan tan olinishi,
ijtimoiy hayotda insonlarning muloqotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga
mas’ullilik singdirilib boriladi.
Pedagog sifatida o’z individualligini doimiy taraqqiy ettirib borishi orqali
o’z ustida ishlashi, pedagog kasbining hissiyotga boyligi, hissiyot va reallik
o’rtasidagi muvozanatni saqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga yordam
bera olish imkoniyati, davlat tomonidan faoliyatining kafolatlanganligi, ijodiy va
shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari, ya’ni pragmatik qadriyatlar singdirilib
boriladi. O’qituvshi faoliyatining nufuzini, davlat oldidagi mas’ulliligi, ijtimoiy
ahamiyatini, o’z qobiliyatini namoyon qilish imkoniyati, ta’lim oluvshilar oldida
mas’uliyatni o’z ichiga oluvshi qadriyatlar shaxsiy qadriyatlar sifatida
tavsiflanib, ta’lim oluvchilarning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Umuman olganda, pedagogik aksiologiyaning shakllanish va rivojlanishi
jarayonida ta’lim va tarbiyaga asosiy qadriyat sifatida qarash, qadriyatli
fikrlashdan kelib chiqadigan individual rivojlanish, shaxsiy erkinlik, burch,
majburiyat kabi qadriyatlarni anglab olinishi va qadriyatga aylanishiga erishildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Xojieva M. Ta‘lim jarayonida aksiologik tarbiyani tashkil etishning o‘ziga xos
xususiyatlari. –T.: “Pedagogik mahorat” j. 2021/1. – B. 74.
2.Nazarov Қ. Qadriyatlar falsafasi (Aksiologiya). – T.: Faylasuflar milliy jamiyati
nashriyoti, 2004. – B. 5. (196-b.)
3.Yusubov D.A., Saitxodjaev X.B., Mavlyanov A.A. Falsafa // Toshkent, 2012. – B.
237.
4.Egamberdieva N. Madaniy-insonparvarlik yondashuv asosida talabalarni
shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashtirish nazariyasi va amaliyoti (pedagogika oliy
ta‘lim muassasalari misolida): ped. fan. dok. ... diss. – T., 2010. – 332 b. – 27 b.
5.Tegeler J., Märtin R. Leitlinien für die Wertebildung von Kindern und
Jugendlichen // Bertelsmann Stiftung, 2017. – P. 9. (85)
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
24
6.Walton J., Sullivan N. Men of Prayer: Spirituality of Men With Prostate Cancer:
A Grounded Theory Study // Journal of holistic nursing, Vol. 22 No. 2, June 2004.
– P.137. (133-151)
7.Taylanova SH.Z. Pedagogika oliy ta‘lim muassasalari talabalarida qadriyatlar
tizimini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish: ped. fan. dok. ... diss.
avtoref... – Samarqand, 2019. – 13 b.
8.Mardonov SH., Xodjaev B., Taylanova SH., Xojimuhamedova D. Pedagogik
aksiologiya. O’quv qo’llanma. – T.: Fan va texnologiya, 2013. – B. 3-4 (184) bet.
9.Astashova N.A. Aksiologicheskoe obrazovanie sovremennogo uchitelya:
metodologiya, kontseptsiya, modeli i texnologii razvitiya. – Moskva, 2001. – 123
s. (498)
10.Egamberdieva N. Madaniy-insonparvarlik yondashuv asosida talabalarni
shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashtirish nazariyasi va amaliyoti (pedagogika oliy
ta‘lim muassasalari misolida): ped. fan. dok. ... diss. – T., 2010. – 128 b. (332)
11. Мардонов Ш., Ходжаев Б., Тайланова Ш., Хожимухамедова Д. Педагогик
аксиология. – Т.: Фан ва технология, 2013. – Б. 109. (184)
11. Khushnazarova Mamura Nodirovna, "VOLUNTEERING AS A FORM OF
SOCIAL PROTECTION", GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY
RESEARCH JOURNAL (GIIRJ)ISSN (E): 2347-6915, Vol. 11, Issue 11, November
(2023)
12. Расулов, Эркин, and Мамура Хушназарова. "Talabalarning intellektual
qobiliyatlarini rivojlantirishda talaba portfoliosini muhim o ‘rni." Современные
тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном
мире 1.4 (2022).
13. Khushnazarova, M. N., and E. M. Rasulov. "EFFECTIVE ASPECTS OF
APPLYING METACOGNITIVE METHODS TO UNIVERSITY STUDENTS." (2023).
14. Artiqova M., Rasulova D. BOʻLAJAK INGLIZ TILI OʻQITUVCHILARINI KASBIY
FAOLIYATGA TAYYORLASHNING MEXANIZMI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. –
№. 28.
15. Nodirovna,
Khushnazarova
Mamura.
"PEDAGOGICAL
AND
PSYCHOLOGICAL PROBLEMS OF PREPARING STUDENTS FOR VOLUNTEER
ACTIVITIES." American Journal of Pedagogical and Educational Research 12
(2023): 303-306.
16. Xushnazarova Ma’mura Nodirovna, "OLIY TA’LIM TALABALARI ORASIDA
VOLONTYORLIKNING MIKRO DARAJADAGI OMILLARIGA E’TIBOR QARATISH",
Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy
axborotnomasi–2023-yil_12-son
