CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
106
IJTIMOIY TARMOQLARDAGI ERKAKLAR VERBAL MULOQOTINING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Gulsanam To‘lanboyeva Azizjon qizi
ingliz tili o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13918429
Annotatsiya
Ushbu maqolada erkaklar verbal muloqoti tahlil qilinadi. Nafaqat umumiy
erkaklar verbal muloqoti, balki aynan ijtimoiy tamoqlarda erkaklar verbal
muloqotdan qanday foydalanishadi, qanday vositalar yordamida ifoda etilishi
o‘rganib chiqiladi. Ushbu tahlilda qanday so‘z tanlash, jumlalar, gaplar tuzish, va
o‘zaro ta’sir uslublari kabi bir qancha jihatlar qamrab olinadi.
Annotation
This article analyzes male verbal communication. Not only general male
verbal communication, but it is in social contacts that it is studied how men use
verbal communication, what means it is expressed. This analysis covers several
aspects such as how to choose a word, make sentences, sentences, and
interaction styles.
Kalit so‘zlar
Muloqot, verbal muloqot, erkaklar verbal muloqoti, hukmronlik,
boshqaruvchanlik, report-talk, erkaklar leksikoni
Key words
Communication, verbal communication, men's verbal communication,
domination, manageability, report-talk, men's lexicon
Muloqot juda keng qamrovli tushuncha sanalib, uni tahlil qilib, o‘rganilgan
sari turli qirralari ochilib boraveradi. Shu kunga qadar muloqotni ko‘plab
tilshunos olimlar o‘rganganlar va o‘z yo‘nalishlarida qimmatli yutuqlarga
erishganlar. Ammo qancha o‘rganilsa ham ochilmagan jihatlar hamon talaygina.
Ko‘zlangan maqsadga osonroq yetish va aniqroq natijalarni qo‘lga kiritish
maqsadida analiz ya’ni qismlarga bo‘lish metodidan foydalanilsa yanada
samaraliroq bo‘ladi. Shu sababdan muloqotni verbal va noverbal, erkaklar va
ayollar muloqot turlariga ajratib tahlil qilishni maqul ko‘rdim. Muloqot umumiy
nuqtai nazardan ma’lumot almashish, uchrashish, ko‘rishish kabi ma’nolarni
anglatsa-da, uni yuqoridagi subguruhlarga ajratib o‘rganilsa ularning nechog‘lik
katta tushuncha ekanini anglash mumkin. Ushbu bo‘limda erkaklar muloqoti va
aynan erkaklar verbal muloqoti tahlil qilinadi. Nafaqat umumiy erkaklar verbal
muloqoti, balki aynan ijtimoiy tamoqlarda erkaklar verbal muloqotdan qanday
foydalanishadi, qanday vositalar yordamida ifoda etilishi o‘rganib chiqiladi.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
107
Ushbu tahlilda qanday so‘z tanlash, jumlalar, gaplar tuzish, va o‘zaro ta’sir
uslublari kabi bir qancha jihatlar qamrab olinadi. Real hayotda ya’ni yuzma-yuz
muloqotda va ijtimoiy tarmoqlarda erkaklar verbal muloqoti qay darajada farqli
ekani tahlil qilinadi. Kuchli jins vakillari – erkaklarning ijtimoiy tarmoqlarda
(Facebook, Telegram, Instagram, Twitter, YouTube va hokazo.) kabi onlayn
platformalardagi verbal muloqotining leksik, semantik va sintaktik xususiyatlari
o‘ziga xos va real hayot bilan o‘xshash jihatlari ham mavjud. Erkaklar ijtimoiy
tarmoqlarda muloqotga kirishar ekan ushbu muloqotda qanday so‘z tanlashi,
qanday mavzularda ko‘proq suhbat qilishlari, jumla va gap tuzilishlarining o‘ziga
xosligi o‘rganiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda erkaklar verbal muloqotining xususiyatlari
-
Erkaklar verbal muloqotida eng avvalo ko‘zga tashlanuvchi jihat, ularning
mavzuni ochiqdan ochiq, to‘g‘ridan to‘g‘ri, qo‘shimchalar qo‘shmasdan bayon
etishidir. Ayollar bilan solishtiriladigan bo‘lsa ayollar u ma’lumotni aylantirib,
avval o‘sha mavzu atrofidagi tushunchalarni obdon bayon etib, keyin asosiy
masalaga e’tibor qaratadi. Erkaklar verbal muloqotda shaffof, aniq faktlarni
sodda til bilan tushuntirishni ma’qul ko‘rsa, ayollar his-tuyg‘uga boyitilgan
ifodalarni xush ko‘radilar.
-
Erkaklar tabiatan hukmron, boshqaruvchi tur sanaladi va bu jihat ularning
hayot tarzining har jabhasida va albatta verbal muloqotida ham yaqqol ko‘rinib
turadi. Muloqot shakli oddiy suhbat, do‘stlar bilan biror ijtimoiy-maishiy
masalaning muhokamasi, tortishuv va hattoki oddiy hazil-mutoyibada ham
erkaklarning hukmronlikka intilayotgani sezilib turadi. Agar bu munosabat
ayollar bilan bo‘lsa bu tabiiy holdek qabul qilinadi, ammo erkaklarning o‘zi bilan
bo‘lsa ba’zida yengil kelishmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Buning sababi,
muloqot ishtirokchilarining barchasi bir jins vakili ekanliklaridadir.
-
Erkaklar verbal muloqotida Deborah Tannen aytganidek “report-talk”
xususiyati bo‘lib, muloqot jarayonida ular suhbatdoshga ma’lumot berish,
tushuncha shakllantirish va ma’lumot almashishga harakat qiladilar. Tuyg‘ular,
his-hayajon gaplar emas aynan aniq dalillarga asoslangan ma’lumotlarni,
hamdardlikdan ko‘ra asosli yechimlarni afzal ko‘radilar.
-
Erkaklarning muloqot maqsadi ham ayollarnikidan farqli. Ayollar odatda
biror munosabatni yo‘lga qo‘yish, munosabatlarni rivojlantirish uchun
muloqotga kirishishsa, erkaklar esa o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadga erishish
yoki bajarilishi kerak bo‘lgan vazifani bajarish uchun muloqot qiladilar.
-
Ko‘p bora takrorlanganidek ayollar hissiyotlar asosida harakatlanadilar,
lekin erkaklar og‘zaki muloqotda ayollardan ancha kam hissiyotga beriladilar.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
108
Ularning kundalik og‘zaki muloqotlarida ham juda kam hollarda hissiyotlar
junbushini ko‘rish mumkin. Qisqa-qisqa, aniq, jo‘n va hissiyotdan xoli so‘z va
jumlalardan foydalanadilar.
-
Erkaklarning suhbat mavzulari ham farqli, odatda turli faoliyat turlari,
masalan, sport, texnika-texnologiya, mashina, dunyo miqyosidagi yangiliklar
haqida suhbatlashadilar. Qachonki erkaklar hursand va mamnun hollarida
o‘zlarining sevimli mashg‘ulotlari va erishgan yutuqlari haqida so‘zlashlari
mumkin. Ular o‘zlariga yoqqan va ichki dunyosidan chuqur joy olgan
tushunchalarni odatda erkaklar hammaga ham gapiravermaydi. Aksariyat
hollarda yaqin do‘stlari va oila a’zolarigagina his-tuyg‘ularini namoyish etishlari
mumkin. Hamkasblar, ko‘cha-ko‘ydagi umumiy tanishlarni ular kam hollarda
o‘zlarining xos doiralariga kiritadilar.
-
Erkaklar leksikoni ya’ni so‘z boyligi ham ayollarning lug‘atidan ancha
farqli. Erkaklar so‘z tanlashda asosiy e’tiborni qat’iy ravishda so‘z tanlashga va
uni ham o‘ziga ishonch bilan so‘zlaydi. Aniq fiklar, texnik atamalar, iboralardan
foydalanadilar, taxminiy, ehtimollik iboralarni deyarli ishlatmaydilar. Qabul qila
olmaydigan, so‘zlashni istamaydigan so‘zlarni o‘rniga bosh silkish, sukut
saqlashni afzal ko‘radilar. Yana shuningdek, ular do‘stlar davrasida so‘kinish,
hazil-mutoyiba va masxaraomuz so‘zlardan keng foydalanadilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Tannen, Deborah. 1992. You Just Don’t Understand. London, England: Virago
Press. Page 36 ISBN 9781853814716 (Tannen, Deborah. You Just Don’t
Understand: Women and Men in Conversation. New York: Ballantine Books,
1990.)
2. Siegman, A. W. (1985). Multichannel integrations of nonverbal behavior.
Hillsdale, NJ: Lawrence Erlbaum.
3. Ekman, P., Friesen, W. V., & Hager, J. C. The facial action coding system (FACS).
Retrieved
July
2,
2008,
from
http://face-and-
emotion.com/dataface/facs/manual.
4.https://open.lib.umn.edu/principlesmanagement/chapter/12-5-different-
types-ofcommunication/
5. https://www.everstudy.co.in/blog/meaning-of-communication
6.https://www.toppr.com/guides/business-studies/directing/communication/