CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
113
ONLAYN MULOQOTNING VUJUDGA KELISHI
Gulsanam To‘lanboyeva Azizjon qizi
ingliz tili o‘qituvchisi
Roziqova Gulbahor Zaylobidinovna
filologiya fanlari doktori
https://doi.org/10.5281/zenodo.13382464
Annotatsiya
Muloqot insoniyat hayotidagi eng muhim faoliyat turlaridan biri bo‘lib,
qolgan barcha faoliyat turlari muloqot bilan bevosita bog‘liq. Dastlabki muloqot
qay tarzda shakllangan va bugungi kundagi eng ko‘p murojaat etilayotgan
onlayn muloqot qanday vujudga kelgan. Onlayn muloqotning shakllanishi, uning
afzalliklari va kamchiliklari, hamda tilshunoslikdagi nechog‘lik ahamiyatli ekani
haqida ushbu maqolada so‘z yurtiladi.
Annotation
Communication is one of the most important types of activity in human
life, and all other types of activity are directly related to communication. In what
way the initial communication was formed and how the most sought-after
online communication of today came into being. This article will talk about the
formation of online communication, its advantages and disadvantages, as well as
how significant it is in linguistics.
Kalit so‘zlar
Internet, ijtmoiy tarmoqlar, muloqot, onlayn muloqot, muloqot vositasi,
elektron pochta, ARPANET.
Key words
Internet, social networks, communication, communication means, e-mail,
ARPANET.
Bugungi kunda har eshitilayotgan o‘nta so‘zdan albatta oltitasida internet
mavjud. Hayotimizning ajralmas, muhim bir bo‘lagiga aylanib ulgurgan, hattoki
jipslashib ketgan internet eng asosiy muloqot vositamizga aylanib bo‘ldi.
Internet bugungi kunda har bir kishi tomonidan aloqa uchun eng ko‘p
foydalanilmoqda. Xo‘sh, internet vositasida muloqot qilish, aloqa o‘rnatish
tushunchasiga ta’rif berib o‘tsam, bu shuni anglatadiki internet yoki undagi
ijtimoiy tarmoqlar vositasida bir joydan ikkinchi joyga, bir shaxs tomonidan
ikkinchi bir shaxsga yoki shaxslar guruhiga ma’lumot va xabarlar jo‘natish,
ularni almashish tushuniladi. Bu keng ko‘lamli tushuncha bo‘lib, uning zamirida
bir qator faoliyat turlari va vositalar yotadi. Jumladan, avvalgi bo‘limlarda
takidlab o‘tganimdek elektron pochta, tezkor xabar almashish, turli xil ijtimoiy
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
114
tarmoqlar va ularning o‘zaro ta’siri, video konferensiya va yana boshqalar shular
jumlasidan. Internet vositasida muloqot qilish geografik joylashuvi qanday va
qay darajada uzoq bo‘lishidan qat’i nazar, shaxslararo ma’lumotlarni
almashishni osonlashtirish, insoniyat og‘irini yengil qilish uchun turli xil
texnologiyalar va onlayn platformalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Yoki,
boshqacha so‘z bilan aytadigan bo‘lsam, millionlab kompyuter va elektron
qurilmalarning juda keng va izchil bog‘langan tarmoq vositasida bog‘lanish
internet vositasida muloqot qilishdir. Xo‘sh internetda muloqot qilish, mobil
tarmoq orqali bog‘lanish qay taiqa vujudga keldi? Uning tarixi qanchalik boy?
Qachon, qayerda, kim tomonidan bu aloqa vujudga kelib, yo‘lga qo‘yildi? Shu va
shu kabi savollarga quyida birma – bir javob berib o‘taman.
Internet vositasida muloqot qilish – ARPANET (Advanced Research Projects
Agency)
1
1960-yillarning oxirida AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan maxsus
tadqiqot muassasalari o‘rtasida xavfsiz aloqa qilish, ma’lumotlar xavfsizligini
ta’minlash uchun dastlabki model ishlab chiqilgan. Bunda bir nechta
kompyuterlar bitta tarmoqda ishlaydi. Bu esaushbu tadqiqotchilar guruhining
o‘sha davr uchun mislsiz eng katta yutug‘i edi. ARPANET bir tarmoq ostida bir
nechta kompyuter tizimlarini bog‘lanib, tarmqoda ishlashi uchun packet
switching(ma’lumotlarni qismlarga bo‘lib – bo‘lib keyingi kompyuterlarga
uzatish)dan foydalanadi. Nima uchun ma’lumot uzatishda aynan bu usuldan
foydalanilganini sababi shundaki, agar malumot butun, to‘lig‘icha, katta
kompleks holatda uzatiladigan bo‘lsa, ushbu ma’lumot sifatiga zarar yetishi yoki
uzatish vaqti cho‘zilib ketish ehtimoli yuqori. Oddiy misol, agar kompyuter yoki
telefonlarga ham birdaniga ko‘p ma’lumot yuklasak, yoki internetdan katta
hajmli ma’lumotlar ustida to‘xtalib o‘tsak u bizning qurilmalarimizni normal
tarzda ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sekin ishlaydi, yoki butunlay to‘xtaydi,
ayrim holatlarda undagi ma’lumotlar o‘chib ketadi, mavjudlarining sifati
buzilishi yoki o‘sha qurilmani butunlay o‘chib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun ham ARPANETda ma’lumotlarni tarmoqdagi bir qurilmadan
chiqyotganida uni bir qancha kichik qismlarga bo‘lib, u manzilga yetib
borgandan keyin yana o‘sha qismlarni birlashish usulidan foydalandi. Maqsad
ma’lumot sifatiga zarar yetkazmaslik(quyida 1-ilovaga qarang). Shunday qilib
1969-yil oktyabr oyida ARPANETda rasmiy tarzda birinchi xabarini bir
kompyuterdan boshqasiga o‘tkazildi. Shu tariqa bu texnologiya rivojlanishni
boshladi. Dastlab mudofaa xizmati uchun ishlab chiqilgan ushbu muloqot turi
sekin-astalik bilan hayotning barcha jabhalariga kirib bordi va bu jadallik bilan
1
https://www.geeksforgeeks.org/arpanet-full-form/
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
115
rivojlanmoqda. Ayniqsa bu ta’lim, tibbiyot, biznes, marketing sohalarida yaqqol
namoyon bo‘lmoqda.
1-ilova.
2
ARPANET ixtirosidan keyin esa E-MAIL – elektron pochta ham dunyo yuzini
ko‘rdi. E-MAIL asinxron turdagi aloqa vositasi hisoblanadi, ya’ni ikki
foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida tarmoqda bo‘lishi shart emas. Xabarlar
pochtaga kelib tushgandan so‘ng, bir qancha vaqt o‘tib ochsa va unga javib
yuborsa ham elektron pochta o‘z qiymatini yo‘qotmaydi. Elektron pochta
dastavval 1965-yilda Massachusets texnologiyalar institutida ishlab chiqilgan.
Uni aynan yagona bir muallifi bo‘lmagan, umumiy guruh tarzda kichik
loyihalashtirishdan boshlangan. Birinchi elektron pochta juda ham sodda, ya’ni
ma’lum bir foydalanuvchining fayl katalogidagi ko‘zga ko‘rinarli joyda kichik
xabar qoldirilgan. Xuddiki, foydalanuvchi o‘z tizimiga kiradi va ish stolid
qoldirilgan xabarni ko‘radi. Bu sodda tizim MAILBOX
3
– pochta qutisi nomi bilan
taniladi. Bu kabi sodda tizimdan foydalanishning bir nechta sabablarini keltirish
mumkin, birinchidan insonlardagi elektron xabardan foydalanish savodxonligi
to‘liq takomillashmagan bo‘lsa, ikkinchidan o‘sha davrdagi kompyuterlarning
sodda tizimda ishlashida edi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.X.U.Urokov. Internetda muloqot qilish usullari// Innovation: the journal of
social sciences and researches. Volume 1, Issue 4, 2023.40 January, 2023
2.Internetda muloqot qilishning asosiy usullar. Internet aloqasi vositalari.
Totrdlo.ru
3.G.To‘lanboyeva. Tilning gender xususiyatlari//Theoretical aspects in the
formation of Pedagogical sciences. International scientific-online conference.
https://doi.org/10.5281/zenodo.8191336
4. https://www.geeksforgeeks.org/arpanet-full-form/
2
https://networkencyclopedia.com/wp-content/uploads/2019/10/packet-switching.png
3
https://www.bookyourdata.com/blog/a-brief-history-of-email
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
116
5.https://networkencyclopedia.com/wp-content/uploads/2019/10/packet-
switching.png
6.https://www.bookyourdata.com/blog/a-brief-history-of-email
7.https://www.geeksforgeeks.org/what-is-internet-definition-uses-working-
advantages-and-disadvantages/