CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
18
IQLIM O‘ZGARISHINING SANOATGA TA’SIRI VA UNI KAMAYTIRISH
CHORA-TADBIRLARI.
Tadjibayeva Lolaxon Akbarali qizi
FarDU, o‘qituvchi
Valijonov Ubaydullo Shukurullo o‘g'li
FarDU, talaba
A’zamova Asolatxon Shavkatjon qizi
FarDU, talaba
https://doi.org/10.5281/zenodo.14844309
Annotatsiya.
Iqlim o‘zgarishi zamonaviy jamiyatning eng dolzarb
muammolaridan biri bo‘lib, u har bir soha, atrof tabiiy muhit, shu jumladan,
sanoatga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Atmosferada issiqxona gazlarining
ko‘payishi va iqlimning keskin o‘zgarishi sanoatni qayta ko‘rib chiqishga majbur
qilmoqda. Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishining sanoatga bo‘lgan asosiy ta’sirlari
va kelajakda ushbu ta’sirlarni kamaytirish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
global isish, IPBES tashkiloti, EM-DAT bazasi, logistika,
iqtisodiy zarar, ekologik toza texnologiya, barqarorlikka yo‘naltirilgan
strategiyalar, innovatsion texnologiyalar, muqobil energiya manbalari,
Ma’lumki, sanoat tarmoqlari, issiqlik elektr stansiyalari, ko‘mir asosidagi
energiya manbalari va transport sohasidagi faoliyatlar issiqxona gazlarini
ko‘paytirib, global isishni kuchaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida, iqlimning
o‘zgarishiga va atrof-muhitga ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Bunday ta’sirlar bir
necha yo‘nalishlada namoyon bo‘ladi:
Birinchidan,
global issiqlik darajasining oshishi natijasida ko‘plab
hududlarda haddan tashqari issiqlik to‘lqinlari yuz beradi. Bu nafaqat inson
salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, balki o‘simliklar va hayvonlar hayot tarziga
ham zarar yetkazadi.
Ikkichidan,
Shimoliy va janubiy muz qoplamalarining tez erishi dengiz
sathining ko‘tarilishiga olib kelmoqda. Natijada, past joylashgan sohalarda
qirg‘oq chizig‘i erozyoniga, toshqinlarga va boshqa ekologik muammolarga olib
keladi. Masalan, NASA va boshqa ilmiy tashkilotlarning ma’lumotlariga ko‘ra,
Arktika hududida yozgi muz qoplamasi 1980-yillardan boshlab har o‘n yilda
taxminan 13% ga kamaygan. Dengiz sathining ko‘tarilishi esa so‘nggi yillarda 20-
asr oxiriga nisbatan tezlashib, 1900-yillardan beri dengiz sathi taxminan 15–20
sm ga ko‘tarilgan.
Uchinchidan
, iqlim sharoitining o‘zgarishi sababli ba’zi hayvon va o‘simlik
turlari yashash muhitini yo‘qotishi yoki migratsiya qilishga majbur bo‘ladi. Bu
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
19
esa biologik xilma-xillikning kamayishiga olib keladi va oziq-ovqat zanjirlariga
salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
To‘rtinchidan
, iqlim o‘zgarishi tufayli kuchli bo‘ronlar, yog‘ingarchilik,
qurg‘oqchilik va boshqa ekstremal ob-havo hodisalari soni va kuchayishi
kuzatilmoqda. Bu hodisalar qishloq xo‘jaligi, infratuzilma va inson hayotiga katta
zarar yetkazadi. Masalan, EM-DAT (Xalqaro favqulodda vaziyatlar to'g'risidagi
ma'lumotlar bazasi) ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha o‘n yilliklarda
ekstremal ob-havo hodisalari (bo‘ronlar, qurg‘oqchilik, toshqinlar va boshqalar)
soni sezilarli darajada oshgan bo‘lsa, ayrim hududlarda ekstremal haroratlar va
kuchli yog‘ingarchiliklar holatlari odatiy holga aylangan.
Beshinchidan
, qurg‘oqchilik va suvning notekis taqsimlanishi natijasida
qishloq xo‘jaligida suv yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin. Bu esa oziq-
ovqat ishlab chiqarish va inson ehtiyojlariga ta'sir qiladi. Masalan, ba’zi
tadqiqotlarga ko‘ra, global haroratning 1°C ga oshishi asosiy don ekinlar
(bug‘doy, makkajo‘xori, guruch, soya) hosilini 3–10% ga pasaytirishi mumkin.
Issiq iqlim sharoitida, xususan, Afrika, Janubiy Osiyo va Lotin Amerikasi kabi
mintaqalarda ba’zi ekinlarning hosili hatto 6% yoki undan ko‘proq miqdorda
kamayishiga olib kelishi mumkin.
Oltinchidan
, iqlim o‘zgarishi agronomik sharoitlarni o‘zgartiradi, ba’zi
mintaqalarda hosil berishning pasayishiga, zararli hasharotlarning ko‘payishiga
va yangi kasalliklarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Natijada oziq-
ovqat yetishtirish jarayoni murakkablashadi. Masalan, FAO va boshqa
tashkilotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, ekstremal ob-havo hodisalari
(qurg‘oqchilik, toshqinlar, kuchli bo‘ronlar) qishloq xo‘jaligi hosiliga yillik
iqtisodiy zararlar miqdorini global miqyosda 50 milliard dollardan oshirishi
mumkin.
Yettinchidan
, o‘zgargan iqlim sharoitlari issiq to‘lqinlar, suv va havo
sifatining yomonlashuvi, yangi viruslar va kasalliklarning tarqalishi kabi salbiy
holatlarga olib kelishi mumkin. Bu esa global salomatlik muammolarini keltirib
chiqaradi.
Sakkizinchi
, IPBES (BMTning Biologik xilma-xillik va ekotizim xizmatlari
bo‘yicha hisobotlari) hisobotlariga ko‘ra, taxminan 1 million tur hayvon va
o‘simlik turlari yo‘qolish xavfi ostida, bunda iqlim o‘zgarishi muhim rol o‘ynaydi.
Umuman olganda, sanoat va antropogen omil oqibatida iqlimning o‘zgarishi
atrof-muhitning turli jabhalariga keskin va kompleks ta'sir ko‘rsatishi bilan bir
qatorda sanoat ham o'zining ishlab chiqarish jarayonlarida iqlim
o'zgarishlaridan ta'sirlanadi. Ta'sirlar bir necha yo'nalishda bo'lishi mumkin:
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
20
1. Energiya resurslarining iste’moli.
Sanoat tarmoqlari energiyaning eng yirik iste’molchilari hisoblanadi. Iqlim
o‘zgarishi esa sanoat korxonalarini barqaror energiya manbalariga, masalan,
quyosh, shamol va biomassa kabi qayta tiklanuvchi energiya resurslariga
o‘tishga undamoqda.
2. Resurslarning cheklanishi.
Iqlim o‘zgarishi tabiiy resurslarning kamayishiga, suv tanqisligi va qishloq
xo‘jaligidagi inqirozlar xomashyo zaxiralarining kamayishiga sabab bo‘lmoqda.
Bu esa ishlab chiqarish hajmini qisqartirish va narxlarning oshishiga olib keladi.
Shuningdek, sanoat korxonalarini yanada samarali va ekologik toza
texnologiyalarga o‘tishini talab etadi.
3. Logistika va ta’minot zanjirlariga ta’siri.
Iqlim o‘zgarishi tufayli ekstremal ob-havo sharoitlari (to‘fonlar, suv
toshqinlari, qurg‘oqchilik) logistika va ta’minot zanjirlarida uzilishlarga sabab
bo‘lmoqda. Masalan, dengiz sathining ko‘tarilishi port infratuzilmasiga zarar
yetkazishi yoki transport yo‘llarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu esa
mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib berishni qiyinlashtiradi.
4. Sanoatning iqtisodiy zararlari.
Tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishiga bog‘liq xarajatlar sanoat korxonalarining
iqtisodiy ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sug‘urta to‘lovlari oshadi, ob-
havoga moslashish uchun qo‘shimcha investitsiyalar talab etiladi. Bu esa
sanoatni global miqyosda raqobatbardoshlikni yo‘qotish xavfiga duchor qiladi va
h.k.
Turli davlatlar iqlim o'zgarishining oqibatlarini kamaytirish va unga
moslashish maqsadida ko‘plab strategiyalar va chora-tadbirlarni amalga
oshirmoqda. Jumladan,
1.
Parij Kelishuvi: 2015-yilda qabul qilingan ushbu kelishuv asosida
davlatlar global isishning 1,5°C dan oshmasligini ta'minlashga intilishmoqda.
Kelishuv doirasida har bir davlat o‘z milliy hissa (Nationally Determined
Contributions – NDCs) ni belgilaydi va issiqxona gazlari emissiyalarini
kamaytirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqadi.
2.
Boshqa xalqaro dasturlar: masalan, BMTning iqlim o'zgarishi
bo‘yicha konferentsiyalari, Global Climate Action Plan kabi tashabbuslar orqali
davlatlar o‘zaro tajriba almashish va qo‘llab-quvvatlash tizimlarini yaratmoqda.
3.
Energetika sektorida islohotlar: yoqilg‘i manbalaridan voz kechish.
Ko‘plab davlatlar ko‘mir, neft va gaz kabi an’anaviy yoqilg‘ilardan foydalanishni
kamaytirish, ularni qayta tiklanuvchi energiya manbalari (quyosh, shamol,
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
21
gidroenergetika, geotermal) bilan almashtirish bo‘yicha investitsiyalarni
kuchaytirmoqda.
4.
Energiya samaradorligini oshirish: sanoat, transport, qurilish va
boshqa sohalarda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish orqali energiya
iste'molini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
5.
Iqtisodiy va moliyaviy chora-tadbirlar: ko‘plab davlatlar karbon
emissiyalarini kamaytirish maqsadida karbon soliqlari yoki emissiya savdosi
tizimlarini joriy etmoqda. Bu ishlab chiqarish va iste'mol jarayonlarida uglerod
chiqindilarini kamaytirishga undaydi.
6.
Yashil investitsiyalar: davlatlar innovatsion texnologiyalar, qayta
tiklanuvchi energiya, transport va sanoatda yashil texnologiyalarni rivojlantirish
uchun grantlar, subsidiyalar va boshqa moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishmoqda.
7.
Qishloq xo‘jaligi va yer resurslarini boshqarish: iqlim o'zgarishining
ta’sirini kamaytirish uchun innovatsion agronomik texnologiyalar, suvni tejash
tizimlari, iqlimga chidamli navlarni joriy etish va yer resurslarini samarali
boshqarish choralari ko‘rilmoqda.
8.
O‘rmonlarni tiklash: deforestratsiyani kamaytirish va o‘rmonlarni
tiklash orqali karbon yutish qobiliyatini oshirish bo‘yicha global va mintaqaviy
dasturlar amalga oshirilmoqda.
9.
Shaharsozlik va infratuzilma: davlatlar va mahalliy hokimiyatlar
shahar infratuzilmasini iqlim o'zgarishiga moslashtirish, toshqinlar,
qurg‘oqchilik va ekstremal ob-havo hodisalariga chidamli tizimlar yaratish
bo‘yicha investitsiyalarni kuchaytirmoqda.
10.
Transport tizimini modernizatsiya qilish: elektr transport
vositalarini joriy etish, jamoat transportini rivojlantirish va yo‘l-transport
infratuzilmasini ekologik jihatdan toza texnologiyalar bilan yangilash istiqbollari
amalga oshirilmoqda.
11.
Ilmiy tadqiqotlar va texnologik innovatsiyalar: davlatlar ilmiy
tadqiqotlar, monitoring tizimlari va modellashtirish orqali iqlim o'zgarishining
oqibatlarini chuqur o‘rganish va kelajakdagi xavflarni prognozlash uchun
resurslar ajratmoqda.
12.
Kam uglerodli texnologiyalar: raqamli texnologiyalar, energiya
saqlash tizimlari, uglerodni ushlab qolish va saqlash (CCS) texnologiyalari kabi
yangi texnologiyalarni rivojlantirishga e'tibor qaratilmoqda.
13.
Mahalliy aholini tayyorlash: iqlim o'zgarishiga moslashish bo‘yicha
jamoatchilikni xabardor qilish, treninglar o‘tkazish va iqlimga mos keladigan
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
22
qishloq xo‘jaligi, suv boshqaruvi va sog‘liqni saqlash strategiyalarini ishlab
chiqish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, iqlim o‘zgarishi
sanoat rivojlanishiga jiddiy tahdid solayotgan bo‘lsa-da, bu muammo korxonalar
uchun yangi imkoniyatlarni ham taqdim etmoqda. Ekologik toza texnologiyalar
va barqarorlikka yo‘naltirilgan strategiyalar orqali sanoat iqlim o‘zgarishining
salbiy ta’sirlarini kamaytirib, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashi mumkin. Shu sababli,
iqlim muammolariga mas’uliyatli yondashish har bir korxona va jamiyatning
ustuvor vazifasi bo‘lishi lozim. Bu muammoga qarshi kurashish uchun milliy va
xalqaro miqyosda chora-tadbirlar ko‘rish, innovatsion texnologiyalarni joriy
etish va barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan siyosatlarni amalga oshirish zarur
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Tadjibayeva, L., Anvarova, M., A’zamova, R., & Valijonov, U. (2024).
FITOREMEDIATSIYA: ATROF-MUHITNI TOZALASHNING TABIIY USULI.
Современные подходы и новые исследования в современной науке, 3(15),
166-170.
2.
Tadjibayeva Lolaxon Akbarali qizi. (2023). SELITEB LANDSHAFTLARDA
TUPROQLARNING IFLOSLANISHI VA CHIQINDILAR MUAMMOSI. Proceedings of
International Conference on Modern Science and Scientific Studies, 2(4), 515–
517.
Retrieved
from
https://econferenceseries.com/index.php/icmsss/article/view/1851
3.
Tadjibayeva , L. (2024). BIOSFERADA OG’IR METALLAR MUAMMOSI VA
ULARNING ATROF-MUHITGA TA’SIRI. Наука и инновация, 2(6), 77–79.
4.
Таджибаева, Л. А. (2023). ЗНАЧЕНИЕ" ЗЕЛЕНОЙ ЗОНЫ" В ОХРАНЕ
ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЫ, АНТРОПОГЕННЫХ ЛАНДШАФТОВ. Science and
innovation in the education system, 2(9), 29-33.
5.
Tadjibayeva, L. (2023). SHAHAR HUDUDLARIDA ATROF-MUHIT
IFLOSLANISHINING AHOLI SALOMATLIGIGA SALBIY TA’SIRI. Наука и
инновация, 1(5), 67-70.
6.
Abdullayeva , M., & Tadjibayeva , L. (2024). QISHLOQ XO‘JALIGIDA YERNI
BOYITISHDA DON DUKKAKLI O‘SIMLIKLARNING RO‘LI. Farg’ona Davlat
Universiteti,
30(3),
514.
Retrieved
from
https://journal.fdu.uz/index.php/sjfsu/article/view/4729
7.
Isaqov, V., & Tadjibayeva, L. (2024). FАRG ‘ONА SHАHRINING
GEOKIMYOVIY LАNDSHАFTLАRI, ULАRNING O‘ZIGА XOS XUSUSIYATLАRI.
Farg'ona davlat universiteti, (2), 129-129.
8.
https://www.ipbes.net/global-assessment
9.
https://www.fao.org/home/ru
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
23
10.
https://climate-adapt.eea.europa.eu/en/metadata/portals/em-dat-the-
international-disaster-database-year-of-launch