ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№2 | 2020
85
УДК: 616.12-008.331.1.616.36
Ярмухаммедова Саодат Хабибовна
кандидат медицинских наук,
заведующая кафедрой пропедевтики
внутренних болезней Самаркандского Государственного
медицинского института. г. Самарканд, Узбекистан
Гаффоров Худоёр Худойбердиевич
ассистент кафедры пропедевтики внутренних болезней
Самаркандского Государственного медицинского
института. г. Самарканд, Узбекистан
Ярматов Сувон Тотлибоевич
ассистент кафедры пропедевтики внутренних болезней
Самаркандского Государственного медицинского
института. г. Самарканд, Узбекистан
ЗНАЧЕНИЕ СИСТОЛИЧЕСКОЙ И ДИАСТОЛИЧЕСКОЙ ДИСФУНКЦИИ СЕРДЦА ПРИ ЦИРРОЗЕ ПЕЧЕНИ
For citation:
Yarmukhamedova S. Kh., Gafforov Kh. Kh., Yarmatov S. T
Significance of systolic and diastolic dysfunction in cirrhosis of
the liver. Journal of cardiorespiratory research. 2020, vol. 2, issue 1, pp. 85-87
http://dx.doi.org/10.26739/2181-0974-2020-2-16
АННОТАЦИЯ
При клиническом и инструментальном обследовании с включением ЭхоКГ в М-режиме 98 больных с циррозом печени в
85% случаях были выявлены поражения сердца. Основу сердечных поражений составили гипертрофия левого желудочка и
дистрофия миокарда (цирротическая кардиомиопатия), что привело нарушению сократительной функции, диастолической и
систолической дисфункции. Поражение сердца, в свою очередь, способствовало развитию хронической сердечной недостаточности
и повышению степени портальной гипертензии.
Ключевые слова:
цирроз печени, систолическая и диастолическая дисфункции, цирротическая кардиомиопатия.
Yarmuxamedova Saodat Xabibovna
Samarqand davlat tibbiyot institutining ichki kasalliklar
propedevtikasi kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi. Samarqand sh., O'zbekiston.
Gafforov Xudoyor Xudoyberdiyevich
Samarqand davlat tibbiyot institutining ichki kasalliklar
propedevtikasi kafedrasi assistenti. Samarqand sh., O'zbekiston
Yarmatov Suvon Totliboyevich
Samarqand davlat tibbiyot institutining ichki kasalliklar
propedevtikasi kafedrasi assistenti. Samarqand sh., O'zbekiston
JIGAR SIRROZIDA YURAKNING SISTOLIK VA DIASTOLIK
DISFUNKTSIYASINING AHAMIYATI
ANNOTATSIYA
Jigar sirrozi bilan kasallangan 98 bemorni klinik va instrumental tekshiruvlardan M- rejimdagi ExoKG bilan 85% da yurak zararlanishi
aniqlandi. Chap qorincha gipertrofiyasi, va miokard distrofiyasi (sirrotik kardiomiopatiya) yurak zararlanishini asosini tashkil etadi, bu esa
yurakning qisqaruvchanlik, sistolik va diastolik funktsiyaning buzilishiga olib keladi. Yurak zararlanishi o`z navbatida, surunkali yurak
yetishmovchiligi va portal gipertenziya darajasini yanada oshiradi.
Kalit so'zlar:
Jigar sirrozi, sistolik va diastolik disfunktsiya, sirrotik kardiomiopatiya.
Yarmukhamedova Saodat Khabibovna
Candidate of Medical Sciences, Head of the Department
of Propaedeutics of Internal Diseases,
Samarkand State Medical Institute. Samarkand, Uzbekistan
Gafforov Khudoyor Khudoyberdievich
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№2 | 2020
86
Assistant, Department of Propaedeutics of Internal Diseases,
Samarkand State Medical Institute. Samarkand, Uzbekistan
Yarmatov Suvon Totliboevich
Assistant, Department of Propaedeutics of Internal Diseases,
Samarkand State Medical Institute. Samarkand, Uzbekistan
SIGNIFICANCE OF SYSTOLIC AND DIASTOLIC DYSFUNCTION IN CIRRHOSIS OF THE LIVER
ANNOTATION
In clinical and instrumental examination of 98 patients with cirrhosis of the liver by means of Echo-CG in M-regimen, in 85% of
cases damage to the heart was revealed. The basis of damage to the heart was presented by hypertrophy of the left ventricle and myocardial
dystrophy that resulted in disturbance of contractive function, diastolic and systolic dysfunction. Damage to the heart in its turn contributed
to the development of chronic cardiac insufficiency and increase of portal hypotension degree.
Keywords:
cirrhosis of the liver, systolic and diastolic dysfunction, cirrhotic cardiomyopathia.
Jigar sirrozi aholi orasida ko‘p tarqalganligi, nogironlik
ko`rsatkichlarining yuqori ekanligi, davolash muolajalarining hamma
vaqt ham ijobiy samara bermasligi tufayli hozirgi vaqtda ham jiddiy
muammo sifatida qaratilmoqda. Ma’lumki, jigar sirrozi nekroz,
apoptoz, biriktiruvchi to`qima reaktsiyasi va portal gipertenziya
rivojlanishi bilan kechadi [1].Kasallikda portal gipertenziya va u
bilan bog`liq gemodinamik o`zgarishlar barcha organlarning
buzilishlariga olib keladi [1,2].
Yurak qon tomir tizimi zararlanishi yurak mushagidagi
metabolitik tipdagi buzilishlar bilan kechadi va «sirrotik
kardiopatiya» («miokard distrofiyasi») sifatida tavsiflanadi [2,3,4]
Jigar sirrozi kasalligida yurakning sistolik va diastolik funktsiyasi
buzilishlarini o`rganish, kasallikning oqibatlarini erta aniqlash va
kerakli davo muolajalarini o`tkazishda muhim ahamiyat kasb etishini
ko`rsatmoqda. Аmmo, ushbu muammoni yechishga qaratilgan ilmiy
izlanishlar hozirgacha yetarli bo`lmay, kasallikni davolashda bir
yoqlama
yondashuv
kuzatilmoqda
va
ko`pgina
davolash
muassalarida davo muolajalari faqat gepatoprotektorlar va diuretiklar
tavsiya etish bilan cheklanib qolmokda. [3,4]
Ishning maqsadi.
Jigar sirrozi bilan kasallangan
bemorlarda
kasallikning
kechuvi va og`irlashuvida
yurak
zararlanishlari, hamda sistolik va diastolik disfunktsiyasining
ahamiyatini o`rganish.
Tekshirish materiallari va usullari.
Samarqand davlat
tibbiyot instituti 1-klinikasining terapiya bo`limlarida jigar sirrozi
bilan kasallangan 98 ta bemor klinik, laborator va instrumental
tekshiruvlardan o`tkazildi. Ulardan- 59 bemorda (60,2%) - virus
etiologiyali jigar sirrozi, 34 bemor (34,7%) – kriptogen jigar sirrozi,
5 bemor ( 5,1%) - toksik etiologiyali jigar sirrozi aniqlandi.
Tekshiruvlarimizda erkaklar ko`p bo`lib, ular 55 kishidan (56,1%),
ayollar esa 43 kishidan (43,9%) iborat edilar. Bemorlarning o`rtacha
yoshi virus etiologiyali jigar sirrozida 40,5±1,9 yoshga, kriptogen
jigar sirrozida – 52,3±2,7 yilga, toksik etiologiyali jigar sirrozida esa
– 56,6±7,5 yoshga teng bo`ldi. Umuman, kuzatuvimizdagi
bemorlardan 11 bemorda (11,2%) Chayld bo`yicha kasallikning А
bosqichi, 43 bemorda – B bosqichi (43,8%), 44 bemorda – C bosqichi
(44,9%) aniqlangan.
Maxsus
tekshirish
usullariga
bemorlarning
yurak
zararlanishiga
xos
shikoyatlarini
va
yurak
zararlanishlari
simptomatikani aniqlash, yurakning zararlanishi va jigar sirrozi
anamnezini aniqlash kiritildi. Yurakni fizikal tekshiruvi yurak
sohasini ko`zdan kechirish, yurakning nisbiy va absolyut chegarasini,
qon bosimi va pulsni aniqlashdan iborat boʼldi.
Instrumental tekshiruvlardan ko`krak qafasi rentgenologik
tekshiruvida chap qorincha gipertrofiyasi, kardiomegaliya, oʼpkada
dimlanish belgilari, elektrokardiografiyada – ritm va oʼtkazuvchanlik
buzilishlari, yurak devorlari gipertrofiyasi, miokarddagi diffuz-
distrofik, gipoksik xarakterdagi oʼzgarishlar aniqlandi. Yurakning
funktsional holatini baholashda jigar sirrozi bilan ogʼrigan
bemorlarda M va B -rejimdagi dopplerografiya bilan ExoKG
tekshiruvi oʼtkazildi. Yurakni ultratovush tekshiruvida chap
qorinchaning sistolik oʼlchami (KSR) va diastolik oʼlchami (KDR),
otish fraktsiyasi (FV, %), mushak tolasining qisqarish tezligi
(Vcfo/c), chap qorinchaning sistolik va diastolik hajmi (KSO, i KDO
ml) oʼlchandi.
Sistolik funksiya koʼrsatkichi - chap qorinchaning sistolik
hajmi va oʼlchamlari, zarb hajmi, diastolik funktsiya ko`rsatkichi -
chap qorinchaning diastolik oʼlchami va hajmiga qarab belgilandi.
Exokardiografiya
tekshiruvi
shuningdek,
yurak
boʼshliqlari
dilatasiyasi,
devorlar
gipertrofiyasi,
gipokineziya
yoki
giperkineziyasi,
yurak
klapan
apparati
holati
va
yurak
qisqaruvchanlik holatini aniqlash imkoni boʼldi.
Nazorat guruhi uchun 20 nafar sogʼlom kishilar
tekshiruvlari natijalari inobatga olindi. Olingan natijalar variatsion
statistika usulida baholandi. O`rtacha arifmetik miqdor, uning
o`rtacha kvadrat xatosi momentlar usulida aniqlandi. Olingan
natijalarning ishonchlilik mezoni (t), ishonchlilik darajasi (R)
tahlildan o`tkazildi.
Olingan natijalar va tahlili
. Jigar sirrozi kasalligida
yurakning obʼektiv tekshiruvi 4,4-58,3% hollarda yurakka xos
simptomlarni aniqlash imkonini berdi. Jigar sirrozida yurak
zararlanishining klinik simptomlari boʼlib – yurak sohasidagi ogʼriq,
yurak urishi, yurak toʼxtab qolish hissi va shishlar hisoblanadi.
Obʼektiv tekshirilganda teri va koʼrinarli shillik qavatlarining
rangparligi, yurak nisbiy chegarasining chapga siljishi, yurak
kundalang oʼlchamining 15 sm dan koʼpligi aniqlandi. Shuningdek
puls tarangligining pasayishi, taxikardiya va yurak tonlarining
boʼgʼiqligi kuzatildi. Bu klinik simptomlar yurak zararlanishining
nafaqat funksional xarakterda, balki yurak mushagining distrofik va
ishemik zararlanishini ko`rsatadi.
Rentgenologik tekshiruv yordamida yurakka oid turli xil
oʼzgarishlar 61 nafar bemorlarda (62,24%) aniqlandi. 50 nafar
bemorda (51,0%) chap qorinchaning kengayishi, 12 nafar bemorda
(12,24%) – ikkala qorinchaning kengayishi, 61 nafar bemorda
(62,24%) – kardio-torakal indeksning 40% dan kattaligi, 25 nafar
bemorda (25,5%) - aorta yoyining yassilashuvi, 44 nafar bemorda
(44,8%) – yurak qisqaruvchanligining pasayishi, 17 bemorda
(17,34%) – qorinchalar qisqaruvchanligining kuchayishi kuzatildi.
Yurak ritmiga xos EKG tekshiruvida avtomatizm, qoʼzgʼaluvchanlik
va oʼtkazuvchanlik buzilishi belgilari 71 bemorda aniqlandi va bu
72,44% ni tashkil etdi. Аvtomatizm buzilishi sinus taxikardiyasi 37
bemorda (37,7%), sinus bradikardiyasi 8 bemorda (8,1%), sinus
aritmiyasi 5 bemorda (5,1%) kuzatildi. Qoʼzgʼaluvchanlikning
buzilishlari - qorincha ekstrasistoliyasi 12 bemorda (12,2%),
supraventrikulyar ekstrasistoliya 5 bemorda (5,1%), titrokq aritmiya
6 bemorda (6,1%) kuzatildi. Oʼtkazuvchanlik buzilishidan I darajali
atrioventrikulyar blokada 3 nafar bemorda (3,1%), Gis tutami chap
oyoqchasi notoʼliq blokadasi 10 nafar bemorda (10,2%) qayd etildi.
EKG
tekshiruvi
yordamida
35
kishida
(35,7%)
miokardning distrofik zararlanish belgilari: RS-T segmentining
pasayishi, I, II, III, aVL, aVF, V3, V4 va V5 ulanishlarda T
tishchaning yassilashuvi yoki manfiyligi aniqlandi. Miokard
ishemiyasi belgilari EKGda - S-T segmentining pasayishi va T
tishchaning oʼzgarishi asosida qayd etildi (28 nafar bemorda –
28,6%). Bunda I, aVL ulanishlarda S-T segment depressiyasi (oldingi
devor ishemiya belgilari) - 10 nafar (10,2%), II, III, aVF ulanishlarda
S-T segment depressiyasi (orka devor ishemiya belgilari) - 12
bemorda (12,24%) aniqlandi.
ExoKG tekshiruvida yurakning zararlanish belgilari 85
bemorda (86,7%) qayd etildi. Bemorlarda sogʼlom kishilarga
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№2 | 2020
87
nisbatan chap qorinchaning oxirgi sistolik (115%), oxirgi diastolik
oʼlchami (117%), oxirgi sistolik hajm (143%) va oxirgi diastolik hajm
(128%) (KSR, KDR, KSO, KDO) kabi koʼrsatkichlarining statistik
ishonchli kattaliklarda ortishi xos boʼldi (R<0,05; R<0,02). Bu
koʼrsatkichlar kasallikda yurak mushagining jiddiy zararlanishi va
gemodinamikaning
chuqur
oʼzgarishi
belgilari
hisoblanadi.
Yurakning zarb hajmi oʼrtacha 52,3±5,4% ni tashkil etdi va sogʼlom
odamlarga nisbatan 1,28 marta statistik pasayishi qayd etildi
(R<0,02). Tekshirilgan bemorlardan 13 kishida (13,26%) zarb hajmi
60% dan koʼp (normal koʼrsatkich), 41 bemorda (41,8%) - 59-50%
(qisqaruvchanlikning pasayganligi ko`rsatkichi), 27 bemorda
(27,5%) - 49-40% (yaqqol yurak yetishmovchiligi belgisi), 16
bemorda (16,3) - 40% dan kam (ogʼir yurak yetishmovchiligining
belgisi) bo`ldi. Shuningdek, bemorlarda yurakning qisqaruvchanlik
faoliyatining pasayish belgisi - mushak tolalarining sirkulyar
qisqarish tezligining pasayishi xos boʼldi (Vcfo/c).
Bundan tashqari, yurak devorlari gipertrofiyasi belgilari (40
bemor, 40,8%), shu jumladan, chap qorincha orqa devori va
qorinchalararo toʼsiq gipertrofiyasi (65 bemorda, 66,3,0%), chap
qorincha boʼshligʼi dilyatasiyasi (18 bemorda, 18,3%), devorlar
gipokineziyasi (15 bemorda 15,3%) va yurak qisqaruvchanligining
kuchayishi (20 bemorda, 20,4%) aniqlandi. Bundan tashqari, 12
bemorda (5 toksik etiologiyali, 4 virus etiologiyali va 3 kriptogen
jigar sirrozi bilan ) exokardiografik tekshiruvda diastolik disfunktsiya
belgilari aniqlangan. E/A nisbati 0,78 dan 0,43 gacha o'zgarishi
ko'zatildi. Demak, jigar sirrozi bilan og'rigan bemorlarda maqsadli
ravishda klinik, rentengenologik, EKG va ExoKG tekshiruvlarini
o'tkazish 85,0% holatlarda yurak zararlanishini aniqlashga imkon
beradi. Yurak zararlanishlari asosini chap qorincha gipertrofiyasi va
miokardda distrofiya rivojlanishi tashkil etadi. Buning natijasida
miokardning qiskaruvchanlik, sistolik va diastolik funktsiyasining
pasayishi kuzatiladi.
Xulosa.
Jigar sirrozi kasalligida EKG va ExoKG
tekshiruvlari yurak zararlanishi ko’zatiladi. Yurak zararlanishi o`z
navbatida surunkali qon aylanishi buzilishlariga olib keladi, portal
gipertenziya
darajasini
yanada
oshiradi,
jigar
hujayrasi
yetishmovchiligini kuchaytiradi, gepatorenal sindromning asosiy
sabablaridan bo`lib qoladi va bemorlarning umumiy ahvolini yanada
og`irlashuviga olib keladi. Jigar sirrozi kasalligini davolashda yurak
funktsional holatini yaxshilash va yurak zararlanishini oldini olish
maqsadida kaliy preparatlari, b-adrenoblokatrlar, APF-ingibitorlarini
qo'llash yurak zaralanishlarini davolashda patogenetik jihatdan
muhim hisoblanadi.
Список литературы/ Iqtiboslar /References
1.
Касьянова Т.Р., Левитан Б.Н., Тимошенко Н.В. Диагностика цирротической кардиомиопатии. роль эхокардиографии и
пронатрийуретического пептида // Современные проблемы науки и образования. – 2016. – № 5.;
2.
Родионова О. Н. и др. Цирротическая кардиомиопатия //Вестник Волгоградского государственного медицинского
университета. – 2018. – №. 2 (66).
3.
Солнышков С. К. и др. Цирротическая кардиомиопатия //Вестник Ивановской медицинской академии. – 2017. – Т. 22. – №. 3.
4.
Клинические рекомендации EASL: трансплантация печени // J. Hepatology. Русское издание. – 2016. – Т. 2, № 2. – С. 84–108.
5.
Рекомендации ESC по диагностике и лечению острой и хронической сердечной недостаточности 2016 / Рабочая группа по
диагностике и лечению острой и хронической сердечной недостаточности Европейского общества кардиологов (ESC) //
Российский кардиологический журнал. – 2017. – № 1 (141). – С. 7–81.
6.
Чистякова М.В., Говорин А.В., Радаева Е.В. Некоторые особенности гемодинамики печени и сердца у больных вирусным
циррозом // Бюллетень ВСНЦ Сибирского отделения РАМН. – 2014. – № 1 (95). – С. 60–63.
7.
Морозова Е.И., Филев А.П., Говорин А.В. Кардиогемодиамические нарушения у больных с поствирусным циррозом печени
// Дальневосточный медицинский журнал. – 2012. – № 2. – С. 27–30.