ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2020
52
УДК 616-073.756.8:616-002.77
Ахмедов Ибрат Амриллаевич
Преподаватель кафедры внутренных болезней №1
Самаркандский государственный медицинский институт,
Самарканд, Узбекистан.
Ташинова Лайло Холмуратовна
Преподаватель кафедры внутренных болезней №1
Самаркандский государственный медицинский институт,
Самарканд, Узбекистан.
ВОЗМОЖНОСТИ МАГНИТНО-РЕЗОНАНСНОЙ И КОМПЬЮТЕРНОЙ ТОМОГРАФИИ ПРИ ДИАГНОСТИКЕ РАННИХ
ВЫЯВЛЕНИЙ СУСТАВНЫХ И БРОНХОПУЛЬМОНАЛЬНЫХ ИЗМЕНЕНИЙ У БОЛЬНЫХ РЕВТОИДНЫМ
АРТРИТОМ
For citation:
Ahmedov I.A., Tashinova L.Kh. - Possibilities of magnetic resonance and CT diagnostics in early detection of changes in the
joint and lungs in patients with rheumatoid arthritis. Journal of cardiorespiratory research. 2020, vol.3, issue 1, pp.52-54
http://dx.doi.org/10.26739/2181-0974-2020-3-10
АННОТАЦИЯ
Цель: Раннее выявление повреждений суставов и бронхолегочных изменений методами магнитно-резонансной (МРТ) и
компьютерной томографии (КТ) у больных ревматоидным артритом (РА).
Материалы и методы. Обследовано 104 пациента с РА и 54 - РА ассоциированный с патологией дыхательной системы. В
зависимости от течения заболевания все пациенты были разделены на раннюю и позднюю стадии. Средний возраст пациентов на
ранних сроках составил 49,4 ± 14,1 года. На ранних стадиях заболевания изменения паннуса суставного мешка отмечалось у 29
пациентов (85,3%), синовит у 34 (94,1%), истончение сустава, очаговые опухоли на ладонях у 23 (67,6%), эрозии у 49 (47,1%)
пациентов. В поздней стадии: эрозии у 59 (47,1%), сферические бляшки на суставах у 44 (42,3%), склеротические изменения у 17
(16,3%) пациентов.
Заключение. МРТ позволяет четко отличить паннус и синовит на ранних стадиях РА, по сравнению с рентгенографией
компьютерная томография дает качественные результаты в 35% случаев. Использование комплексных методов скрининга при РА
эффективно для ранней дигностики и выбора тактики лечения.
Ключевые слова:
магнитно-резонансная и компьютерная томография, суставные изменения, бронхопульмональные изменения,
ревматоидный артрит.
Akhmedov Ibrat Amrillaevich
Assistant of the Department of Internal Medicine No. 1
Samarkand State Medical Institute,
Samarkand, Uzbekistan.
Tashinova Laylo Kholmuratovna
,
Assistant of the Department of Internal Medicine No. 1
Samarkand State Medical Institute,
Samarkand, Uzbekistan.
POSSIBILITIES OF MAGNETIC RESONANCE AND CT DIAGNOSTICS IN EARLY DETECTION OF CHANGES IN THE
JOINT AND LUNGS IN PATIENTS WITH RHEUMATOID ARTHRITIS
ANNOTATION
Purpose of the study: Early detection of joint damage by MRI and CT methods of respiratory system damage in patients with rheumatoid
arthritis. Materials and methods. The SamMI clinic examined 104 patients with RA and 54 patients with RA-associated respiratory pathology.
All patients were divided into early and late stages relative to the course. The mean age of patients in the early stages was 49.4 ± 14.1 years.
Among the patients, 87 were women (83.65%) and 17 were men (16.3%). The duration of the disease ranged from 1 month to 30 years (8.8 ±
1.3) years. In the early stages of the disease: changes in the joint sac pannus in 29 patients (85.3%), synovitis in 34 patients (94.1%), thinning
of the joint, focal tumors in the paws in 23 patients (67.6%), erosions in 49 patients (47.1%); In the late stage: erosions in 59 patients (47.1%),
spherical plaques in the joints in 44 patients (42.3%), sclerotic changes in 17 patients (16.3%). Conclusion: MRI examination can clearly
distinguish pannus and synovitis in the early stages of RA. Compared to radiography, computed tomography gives high-quality results in 35%
of cases. The use of complex screening methods in RA disease is effective in early and effective diagnosis and choice of treatment.
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2020
53
Keywords:
magnetic resonance imaging and computed tomography, joint changes, bronchopulmonary changes, rheumatoid arthritis.
Axmedov Ibrat Amrillaevich
,
Samarqand davlat tibbiyot instituti
1-ichki kasalliklar kafedrasi o‘qituvchisi,
Samarqand, O‘zbekiston.
Tashinova Laylo Xolmuratovna
,
Samarqand davlat tibbiyot instituti
1-ichki kasalliklar kafedrasi o‘qituvchisi,
Samarqand, O‘zbekiston.
REVMATOID ARTRIT KASALLIGIDA BO‘G‘IM VA BRONXOPULMONAL O‘ZGARISHLARNI ERTA ANIQLASHDA
MAGNIT REZONANS VA KOMPYUTER TOMOGRAFIYANING IMKONIYATLARI
ANNОTATSIYA
Maqsad:
Revmatoid artrit kuzatilgan bemorlarda kasallikning bosqichiga nisbatan
bo‘g‘imlar zararlanishini MRT va nafas tizimi
zararlanishini KT usullari orqali erta aniqlash.
Materiallar va usullar.
SamMI klinikasida RA bilan kasallangan
104 nafar va RA bilan nafas tizimi patologiyasi birgalikda kuzatilgan 54
nafar bemorlar tekshirildi.
Barcha bemorlar kechishiga nisbatan erta va kechki bosqichlarga bo‘lindi. Erta bosqichda bemorlarning o‘rtacha yoshi 49,4±14,1 deb olindi.
Bemorlar ichida ayollar 87 kishi (83,65%), erkaklar 17 kishi (16,3%) tashkil qildi. Kasallikning davomiyligi 1 oydan 30 yilgacha (8,8±1,3)
yilni tashkil qildi. Kasallikning erta bosqichida bo‘g‘imlar MRT sida: bo‘g‘im xaltachasining o‘zgarishi, pannus 29 bemorda (85,3%),
sinovitlar 34 bemorda (94,1%), tog‘ayning yupqalashishi, panjalarda o‘chog‘li shishlar 23 bemorda (67,6%), eroziyalar 49 bemorda (47,1%);
va kechki bosqichda: eroziyalar 59 bemorda (47,1%), bo‘g‘imlarda sharsimon plastinkalar 44 bemorda (42,3%), sklerotik o‘zgarishlar 17
bemorda (16,3%) kuzatildi.
Xulosa:
MRT tekshirish RA ning erta bosqichida pannus va sinovitni aniq ajrata oladi. Rentgenografiya nisbatan kompyuter tomogramma
usuli 35% holatlarda yuqori saviyali natijalarni beradi. RA kasalligida kompleks tekshirish usullarini qo‘llash erta va effektiv tashxis qo‘yishda
va davolash usulini tanlashda samarali hisoblanadi.
Kalit so'zlar:
magnit-rezonans tomografiya va kompyuter tomografiyasi, bo`g`imdagi o'zgarishlar, bronxopulmonal o'zgarishlar, revmatoid
artrit.
Dolzarbligi. Revmatoid artrit (RA) – noma’lum etiologiyali
kasallik bo‘lib, periferik bo‘g‘imlarning surunkali simmetrik eroziv
artriti (sinovit) va ichki organlarning sistem yallig‘lanishli
zararlanishi bilan xarakterlanadi. RA – ko‘p tarqalgan surunkali
yallig‘lanish kasalliklaridan biri bo‘lib, populyasiyada o‘rtacha
tarqalish darajasi 1 % (0,6 – 1,6 %) ni tashkil etadi. Kasallik
erkaklarga qaraganda ayollarda 2,5 barobar ko‘proq uchraydi. Yoshi
kattalar ichida RA ning uchrashi 0,5–2% ni tashkil etadi [1–3].
RA mayda va yirik bo‘g‘imlarning ko‘plab yallig‘lanishi,
kuchli og‘riq, diffuz shish va yoshi ulug‘ odamlarda harakatning
cheklanishi bilan kechadi. Bo‘g‘imlar zararlanishini 2 ta toifaga
bo‘lish mumkin: 1. Potentsial qaytar (odatda erta) – sinovit; 2.
Qaytmas strukturaviy o‘zgarishlar (birmuncha kech) – eroziyalar,
ankiloz. RA da bo‘g‘imlar sinovial qobiq yallig‘lanishini
ko‘rsatuvchi aniq belgilardan biri – ertalablari harakatlanish
chegaralanganligi bo‘lib, uning davomiyligi odatda sinovit yuzaga
chiqishi bilan bog‘liq va 1 soatdan kam bo‘lmagan muddatni tashkil
etadi.
Bo‘g‘imdan tashqari boshqa nafas tizimi zararlanishiga xos
quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi: plevrit, o‘pkaning interstitsial
kasalligi, obliteratsiyalovchi bronxit, o‘pkada revmatoid tugunchalar
(Kaplan sindromi).
Hozirga paytda MRT tekshirish usuli RA bilan kasallangan
bemorlarda o‘tkazilishi yumshoq to‘qimalarning zararlanishi va
boshqa ichki a’zolarning zararlanishini erta aniqlash uchun qullay
usul deb hisoblanadi.
RA kasalligida ko‘krak qafasi rentgenografiyasi o‘pka
to‘qimasida kuzatiladigan o‘zgarishlarni faqatgina 1–5% holatlarda
aniqlaydi. Ko‘krak qafasi kompyuter tomografiyasida o‘pkada
kuzatiladigan o‘zgarishlar 50%, agarda biopsiya usuli qo’llansa 60%
holatlarda aniqlanadi [10, 11].
Maqsad:
Revmatoid artrit bilan kasallarning bosqichiga
nisbatan
bo‘g‘imlar zararlanishini MRT va nafas tizimi zararlanishini
KT usullari orqali erta aniqlash.
Materiallar va usullar.
SamMI klinikasida RA bilan
kasallangan
104 nafar va RA bilar nafas tizimi patologiyasi
birgalikda kuzatilgan 54 nafar bemorlarni kasallikning bosqichlariga
nisbatan kompleks tekshirildi.
Barcha bemorlar kasallik kechishiga nisbatan erta va kechki
bosqichlarga bo‘lindi.
Kasallikning erta bosqichi artralgiya, shish (5 tagacha bo‘g‘imning
shishi, og‘rishi), bo‘g‘imdan tashqari belgilarning yo‘qligi, RO
titrlarining pastligi yoki yo‘qligi, ECHT va SRO darajasining
me’yorida bo‘lishi yoki nisbatan oshishi, panja va tovonning mayda
bo‘g‘imlarida
rentgenologik
o‘zgarishlar
yo‘qligi
bilan
xarakterlanadi.
Kechki bosqichi 6 – 20 bo‘g‘imlar artriti, bo‘g‘imdagi
deformatsiyalar, RO ning yuqori titrlari, ECHT va SRO ning turg‘un
ko‘payishi, qo‘l va oyoq panjalari mayda bo‘g‘imlarini rentgenologik
tekshirganda bo‘g‘im tirqishlarining o‘rtacha torayishi va ko‘p
eroziya mavjudligi bilan ifodalanadi.
Tekshirish mezonlari bo‘lib hisoblanadi: anamnezida
chekish, o‘pkaning surunkali kasalliklari, o‘tkir va surunkali buyrak
kasalliklari va qon kasalliklarini aniqlash.
RA kasallikning faolligini aniqlashda DAS28 indeksi, SRO
ko‘rsatkichi, ECHT, RO ning mavjudligi va kasallikning
davomiyligidan foydalanildi.
Erta bosqichda bemorlarning o‘rtacha yoshi 49,4±14,1
yillarni tashkil etdi. Bemorlar ichida ayollar 87 kishi (83,65%),
erkaklar (17 kishi — 16,3%) tashkil qildi. Kasallikning davomiyligi
1 oydan 30 yilgacha (8,8±1,3) yilni tashkil qildi.
Barcha bemorlarga to‘liq klinik, laborator, funktsional
sinamalar, bilan birgalikda bo‘g‘imlarda MRT 38 bemorda (36,5%),
ko‘krak qafasi KT va funksional tekshirishlar 84 bemorda (80,8%),
spirometriya — 65 bemorda (62,5%) o‘tkazildi.
Natijalar.
RA da bo‘g‘imlar MRT si natijalariga ko‘ra:
Kasallikning erta bosqichda: bo‘g‘im xaltachasining
o‘zgarishi, pannus 29 bemorda (85,3%), sinovitlar 34 bemorda
(94,1%), tog‘ayning yupqalashishi va panjalarda o‘chog‘li shishlar 23
bemorda (67,6%), eroziyalar 49 bemorda ( 47,1%).
Kechki bosqichda: eroziyalar 59 bemorda (47,1%),
bo‘g‘imlarda sharsimon plastinkalar 44 bemorda (42,3%), sklerotik
o‘zgarishlar 17 bemorda (16,3%).
Faolligiga nisbatan DAS28 indeksi bo‘yicha baholashda
MRT natijalariga ko‘ra: past faollikda pannuslar 60%, tog‘ay
destruksiyasi 50%, osteofit va subxondral osteoskleroz 95%; o‘rta
faollikda pannuslar 56,4% va tog‘ay destruksiyasi 61,5%; .qori
faollikda yumshoq to‘qimalarning diffuz periartikulyar qalinlashuvi
77,8%, sinovit 68,9%, tendinit va tendosinovit 48,9%, tog‘ay
destruksiyasi 86,7%, eroziyalar 28,9% holatda aniqlandi.
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2020
54
RA kuzatilgan 84 nafar (80,8%) bemorda ko‘krak qafasi
kompyuter tomografiyasida o‘pka to‘qimasida o‘zgarishlar aniqlandi:
o‘pkada interstitsial jarayoni 48 bemorda (57,1%), nospetsifik
interstitsial zotiljam («matovogo stekla») 28 bemorda (33,3%), ikki
tomonlama zotiljam 4 bemorda (4,8%), o‘pkada o‘choqli o‘zgarishlar
32 bemorda (38,1%), bronxlar zararlanishi 35 bemorda (41,7%).
Bronxlarda o‘ziga xos o‘zgarishlar aniqlandi: yirik
bronxlarda divertikullar 10 bemorda (11,9%), yirik bronxlar
deformatsiyasi 16 bemorda (19,0%), bronxiolitlar 5 bemorda (5,9%),
bronxoektazlar 4 bemorda (4,8%), pnevmofibrozlar 25 bemorda
(29,8%).
Funktsional tekshirishlarda bronxial obstruktsiya belgilari
63 bemorda (75%) aniqlandi: o‘pka to‘qimasining ventilyasiyasi
buzilishi 64 bemorda (46,6%), o‘pka emfizema 10 bemorda (11,9%).
RA bemorlarda o‘pkaga xos bo‘lmagan o‘zgarishlar:
plevrada suyuqlikning paydo bo‘lishi 4 bemorda (4,8%), perikardial
suyuqlik 5 bemorda (5,9%); ko‘krak qafasi ekskursiyasining
buzilishi va atelektazlar) 47 bemorda (55,9%).
RA kasalligining erta bosqichida ko‘krak qafasi KTda
quyidagi o‘ziga xos o‘zgarishlar aniqlandi: bronxial obstruksiya
belgilari ventilyasiya buzilishi bilan 19 bemorda (52,8%), o‘pkada
interstitsial jarayoni va nospetsifik interstitsial zotiljam («matovogo
stekla») 13 bemorda (36,1%), bronxiolitlar 11 bemorda (30,5%), kam
holatlarda pnevmoniya (1 bemorda 2,8%).
RA kasalligining kechki bosqichida ko‘krak qafasi KTda
quyidagi o‘ziga xos o‘zgarishlar aniqlandi: yirik bronxlar divertikuli
10 bemorda (11,9%), yirik bronxlar deformatsiyasi, bronxoektazlar
va pnevmofibrozlar 9 bemorda (13,2%), o‘pka gipertenziyasi
belgilari 17 bemorda (25%), atelektazlar 31 bemorda (47,7%).
Xulosa:
Shunday qilib, MRT va KT tekshirish usullari
bo‘g‘imlardagi, bronxopulmonal o‘zgarishlarni rentgenografiyaga
nisbatan 35% holatlarda yuqori aniqlikda natija beradi. RA ning erta
bosqichida pannus va sinovitni aniq ajrata oladi.
RA kasalligida kompleks tekshirish usullarini qo‘llash
nafas tizimida kuzatiladigan o‘zgarishlarni erta aniqlashda va effektiv
davolash usulini tanlashda samarali hisoblanadi.
Список литературы/ Iqtiboslar/References
1.
Амосова Н.А., Сперанская А.А., Золотницкая В.П., Нестерович И.И. / Возможности магнитно-резонансной диагностики
патологии мелких суставов кисти у пациентов с ревматоидным артритом, осложненным поражением легких. // Лучевая
диагностика и терапия № 2 (7) 2016. Стр 79-84.
2.
Тоиров Э.С., Ахмедов И.А., Султонов И.И./ Дисбаланс неврной и эндокринной системы при ревматоидном артрите. // Журнал
кардиореспираторных исследований №2 2020. Стр. 73-76
3.
Тоиров Э.С., Абдуллаева Н.Н., Ахмедов И.А./ Клинические особенности невротических нарушений при ревматоидном
артрите//journal of neurology and neurosurgical research №1 2020. Стр 19-22
4.
Абдушукурова К.Р., Ахмедов И.А., Тоиров Э.С. / Сравнительная оценка психологических качеств больных ревматоидным
артритом и остеоартрозом. // Биология ва тиббиёт муаммолари №2 (118) 2020. Стр 18-22.
5.
Абдурахманова Н.М., Ахмедов Х.С. Особенности течения ревматоидного артрита в зависимости от полиморфизма С3435Т
гена MDR1. //O’zbekiston tibbiyot jurnali. 2019. №1. стр. 101-105.
6.
Абрамкин А.А., Лисицына Т.А., Вельтищев Д.Ю., Серавина О.Ф., Ковалевская О.Б., Насонов Е.Л. Влияние синтетических
базисных противовоспалительных препаратов, генно-инженерных биологических препаратов и психофармакологической
терапии на динамику психических расстройств у больных ревматоидным артритом. //Научно-практическая ревматология.
2017. №55(4). стр. 393-402.
7.
Yeesuk Kim, MD, Hyun-Cheol Oh, MD, Jang Won Park, MD, et.al. Diagnosis and treatment of inflammatory joint disease. // Hip
Pelvis. 2017. №29 (4). 211–222.
8.
James S. Andrews, MD, Laura Trupin, MPH, Katherine D. Wysham, MD, Catherine L. Hough, MD, MS, Edward H. Yelin,
PhD, and Patricia P. Katz, PhD. The impact of frailty on changes in physical function and disease activity among adults with
rheumatoid arthritis. // ACR Open Rheumatol . 2019. №1 (6). 366–372.
9.
Alagoma Iyagba, Dasetima Altraide / Rheumatoid myositis: An unusual presentation of rheumatoid arthritis maquerading as an
inflammatory myopathy. //International Journal