YOSH STOL TENNISCHILARNING MUVOZANAT SAQLASH QOBILIYATLARINI O’RGANISH VA UNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI | Центральноазиатский исследовательский журнал междисциплинарных исследований

YOSH STOL TENNISCHILARNING MUVOZANAT SAQLASH QOBILIYATLARINI O’RGANISH VA UNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI

  • Узбекский государственный университет физического воспитания и спорта
CC BY f
29
Поделиться
G’aniyeva, M. (2023). YOSH STOL TENNISCHILARNING MUVOZANAT SAQLASH QOBILIYATLARINI O’RGANISH VA UNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI. Центральноазиатский исследовательский журнал междисциплинарных исследований, 2(11). извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/carjis/article/view/16475
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Stol tennisiga dastlabki oʼrgatish bosqichlarida, hatto undan keyingi bosqichlardan keyin ham (oʼquv-mashgʼulot va sport takomillashuvi bosqichlari) oʼyin usullariga xos harakat texnikasi va aniqligini anʼanaviy mashqlar asosida shakllantirilishi barchamizga ma’lum. Masalan, oʼrgatish jarayonining birinchi bosqichida oʼrgatiladigan usul texnikasi haqida tasavvur hosil qilinadi. Bu bosqichda tushuntirish va koʼrsatish metodlaridan foydalaniladi. Ikkinchi bosqichda oʼrgatiladigan usul oddiy sharoitda shu usulni ijro etish bilan bogʼliq holat va harakatlanishlar, raketkani ushlash usullari , u bilan sharni urish, yuqoriga past balandlikda urish, toʼxtatish va yana urish, juftlikda sharni stoldan turli harakatlar bilan urishlar, turli oraliq va turli nuqtalarga oʼrnatilgan nishonlarga sharni urish mashqlari qoʼllaniladi.


background image

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

DOI:

10.24412/2181-2454-2022-11-546-552

E-mail: carjisor@gmail.com

546

YOSH STOL TENNISCHILARNING MUVOZANAT SAQLASH

QOBILIYATLARINI O’RGANISH VA UNI RIVOJLANTIRISH

SAMARADORLIGI

M.Yu.G’aniyeva, B.O’.Xolmatov, I.I.Ne’matullayev

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Mavzuning dolzarbligi.

Stol tennisiga dastlabki oʼrgatish bosqichlarida, hatto

undan keyingi bosqichlardan keyin ham (oʼquv-mashgʼulot va sport takomillashuvi
bosqichlari) oʼyin usullariga xos harakat texnikasi va aniqligini anʼanaviy mashqlar
asosida shakllantirilishi barchamizga ma’lum. Masalan, oʼrgatish jarayonining birinchi
bosqichida oʼrgatiladigan usul texnikasi haqida tasavvur hosil qilinadi. Bu bosqichda
tushuntirish va koʼrsatish metodlaridan foydalaniladi. Ikkinchi bosqichda
oʼrgatiladigan usul oddiy sharoitda shu usulni ijro etish bilan bogʼliq holat va
harakatlanishlar, raketkani ushlash usullari , u bilan sharni urish, yuqoriga past
balandlikda urish, toʼxtatish va yana urish, juftlikda sharni stoldan turli harakatlar bilan
urishlar, turli oraliq va turli nuqtalarga oʼrnatilgan nishonlarga sharni urish mashqlari
qoʼllaniladi. Uchinchi bosqichda bunday harakatlar tezlik, yoʼnalish, takrorlanish va
aniqlik jihatlaridan murakkablashtiriladi yoki boshqacha aytganda mazkur bosqichda
usullar texnikasi va aniqligi murakkablashtirilgan sharoitda shakllantiriladi. Bu
bosqichda tayyorlov, yordamchi, yondashtiruvchi, taqlidiy va asosiy texnik mashqlar
turli taktik maqsadlar asosida qoʼllaniladi. Ushbu jarayonda usullarni qismlar, fazalar,
elementlarga boʼlib oʼrgatish metodlari, keyin esa usullarni toʼliq holda topshiriqlarni
murakkablashtirish, turli vaziyatlar va vaqt oraliqlarida qoʼllash metodlridan
foydalaniladi. Toʼrtinchi bosqichda takrorlov, oʼyin va musobaqa metodlari yordamida
usullar texnikasi hamda aniqligi tezkor va oʼzgaruvchan yoʼnalishli yugurish mashqlari
asosida shakllantiriladi, asta-sekin mukammallashtiriladi. Juftlikda uzatish mashqlari,
ikki yoqlama oʼyin mashqlari, turli yoʼnalishda va tezlikda kiritilgan sharlarni qabul
qilish, sharni raqibidan uzoq nuqtalarga zarba berish mashqlari qoʼllaniladi. Usullar
texnikasi va aniqligi mukammallashgan sari mashqlar murakkabligi orttirilib boriladi,
ularni turli oʼyin vaziyatlari talablariga mos ravishda modellashtirilgan holda qoʼllash
amalga oshiriladi. Lekin professional stol tennischilar tajribasidan maʼlumki, texnik-
taktik usullar maxsus mashqlar yordamida qanchalik mukammal shakllantirilgan
boʼlmasin, shu usul yoki usullar aniqligi tashqi va ichki omillar taʼsirida ishdan chiqadi.
Tashqi omillar- obi-havo, harorat, atmosfera bosimi, havo namligi va hokazolarni dz
ichiga oladi. Ichki omillar – bu asab faoliyatining buzulishi, oshqozon origʼi, jarohat,
chayqalish asosida muvozanatni yoʼqotish va hokazo.


background image

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

DOI:

10.24412/2181-2454-2022-11-546-552

E-mail: carjisor@gmail.com

547

Qayd etilgan omillar ichida eng oʼtkir taʼsir etuvchi qoʼzgʼatkich- bu aylanma –

burilma harakatlardir. Harakat texnikasi va uning aniqligi yoʼqoladi. Yurakni urish soni
va nafas olish ritmi tezlashadi, bu oʼz navbatida harakat koordinatsiyasini buzadi.

Yuqorida qayd etilganidek statik holatlarda va aylanma harakatlar koordinatsiyasi

ham boʼlmaydi, harakat texnikasi va uning aniqligi izdan chiqadi. Shuning uchun
avvalo muvozanat saqlash funktsiyasini oʼrganish muhim amaliy ahamiyatga egadir.

Stol tennisi bilan shugʼullanuvchi 8-9 yoshli oʼquvchilarda muvozanat

saqlash vaqtini aniqlash natijalari (n=16)

1 jadval.

Funksional testlar

2022 yil

fevral

2022 yil

aprel

Ko’rsatki

chlar farqi

Jipslashtirilgan oyoqlar uchida turib,
ko‘z yumilgan va ko‘llar yuqorida hhga
ko‘tarilgan holatda muvozanat saqlash
(sek.)

6,7±1,02

7,9±1,05

1,2

Oyoqlar jipslashtirib, tik turgan holatda
ko‘zni

yumib

boshni

aylantirish

davomida muvozanat saqlash (sek.)

5,2±1,17

6,6±0,97

1,4

Diametri 50sm aylanma ichida turib 90⁰
oldinga egilgan holatda tanani aylantirish
davomida muvozanat saqlash (sek.)

9,5±3,07

11,8±3,21

2,3

Tadqiqot natijalari shuni koʼrsatdiki, boshlangʼi guruhida shugʼullanuvchi yosh

stol tennischilarda jipslashtirilgan oyoqlar uchida turib, koʼz yumilgan va qoʼllarni
yuqoriga koʼtarilgan holatda muvozanat saqlash vaqti dastlabki tadqiqotlarda (2022
yil, fevral) 6,7±1,02 sek.ni tashkil etdi.

Stol tennisi bilan shugʼullanuvchi 8-9 yoshli bolalarda tinch holatda,

moksimon yugurish mashqi taʼsirida YuQCh va zarba berish aniqligining

oʼzgarish dinamikasini ifodalovchi koʼrsatkichlar (n=16)

(aprel-2022 yil)

2-jadval.

Testlar

Tinch

holatda

1

6×11m.ga

yugurishdan

keyin

2

5 daqiqa

tiklanishdan

so’ng

3

Ko’rsatkichlar

farqi

1̸ 2

1̸ 3

YuQCH

(zarba/daqiqa.)

67,8±4,27

149,3±5,12

113,6±4,67

81,5

45,8


background image

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

DOI:

10.24412/2181-2454-2022-11-546-552

E-mail: carjisor@gmail.com

548

Sharni nishonga

yo’llash aniqligi –

10 imkoniyat (marta)

5,3±0,75

1,3±0,07

2,2±0,24

-4,0

-3,1

3 oy davomida an'anaviy mazmunli mashg‘ulotlarda shug‘ullanib kelgan (2022

yil, aprel) ushbu bolalarda mazkur ko‘rsatkich 7,9±1,05 sek. bilan ifodalanadi.
Muvozanat saqlash vaqti 1,2 sek.ga teng bo‘ldi holos. Demak, yosh stol tennischilarda
muvozanat saqlash funksiyasi deyarli shakllanmagan.

Oyoqlarni jipslashtirib, tik turgan holatda ko‘zni yumib boshni aylantirish

davomida muvozanat saqlash vaqti yanada tushib ketdi va 5,2±1,17 sek. bilan
ifodalandi. 3 oydan so‘ng esa bunday aylanma harakat ta'sirida muvozanat saqlash
vaqti 6,6±0,97 sek.ni tashkil etdi. Muvozanat saqlash turg‘unligining 3 oylik o‘sish
sur'ati 1,4 sek.ga teng bo‘ldi holos.

Diametri 50 sm. aylanma chiziq ichida turib, 90⁰ oldinga egilgan holatda tanani

aylantirish ta'sirida muvozanat saqlash vaqti 9,5±3,07 sek.ni tashkil etdi. 3oylik
an'anaviy mashg‘ulotlardan so‘ng ushbu ko‘rsatkich 11,8±3,21 sek.gacha ortdi yoki
muvozanat saqlash turg‘unligining 3 oylik o‘sish darajasi 2,3 sek. bilan ifodalandi.
Demak, natijalardan ko‘rinib turibdiki, stol tennisiga dastlabki o‘rgatish bosqichida
shug‘ullanuvchi yosh bolalarda statik muvozanatni saqlash turg‘unligi ham, dinamik
muvozanatni saqlash imkoniyati ham nihoyatda zaif shakllangan ekan.

Ko’plab olimlarning fikriga qaraganda yosh stol tennischilarning bazaviy

tayyorgarligini samarali tashkil qilish uchun ularning imkoniyatlarini testlar yordamida
baholash va olingan natijalar asosida oʼrgatish hamda takomillashtirish jarayonlarini
maqsadl shakllantirishga asos boʼlar ekan. Koʼrinib turibdiki, malakali sportchilar
tayyorlashda har bir sport turiga xos hususiyatlarni eʼtiborga olish, ayniqsa qaysi bir
sport turida holatning final aniqligi talab qilinsa, shu sport turida muvozanat saqlash
funktsiyasini rivojlantirishga ustunlik berish muhim ahamiyatga loyiqdir. Bundan
tashqari sport oʼyinlarida, ayniqsa stol tennisida, oʼta keskin oʼzgaruvchan
yoʼnalishlarda ijro etiladigan nihoyatda shiddatli harakatlar, keskin zarba berish, yon
tomonlarga o‘ta tezkor harakatlar, burilish, aylanish kabi harakatlar uzoq vaqt
oraligʼida ko‘p martalab takrorlanadi. Bunday yuklamalar taʼsirida, А.O.Skorodmova
(2000) ning maʼlumotlariga qaraganda, yurakni urish soni 200 marta/min. va undan
ham koʼp martagacha ortib ketishi mumkin ekan. Shuning uchun ham stol tennischilar
aksariyat hollarda zarbalarni ijro etishda hatolarga yoʼl qoʼyadi, asabiylashadi. Harakat
koordinatsiyasi va uning aniqligining buzilishi, birinchi navbatda chayqalish va
muvozanat yoʼqotishbilan bogʼliq boʼlsa, ikkinchidan, yurak ritmining tezlashib
ketishi tana va tana qismlarini tebranishiga olib keladi. Mazkur holatning oʼyin
texnikasi, harakat koordinatsiyasi va uning aniqligiga salbiy taʼsir koʼrsatishi ko‘plab
olimlar tomonidan ham taʼkidlangan. Shunday ekan stol tennischilarga chayqalish va


background image

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

DOI:

10.24412/2181-2454-2022-11-546-552

E-mail: carjisor@gmail.com

549

muvozanat saqlashni buzilishini oldini olish, shu jumladan yurak va nafas faoliyatini
shiddatli yuklamalar taʼsiriga bardosh berish imkoniyatini taʼminlash maqsadida
barcha funktsional organlarni mashqlantirish yoki boshqacha qilib aytganda jismoniy
tayyorgarlik bilan bir qatorda funktsional tayyorgarligini ham erta yoshlikdan boshlab
shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir. Аna shunday maʼlumotlar va fikr-
mulohazalarga asoslangan holda biz boshlangʼich tayyorgarlik guruhida
shugʼullanuvchi yosh stol tennischilarda yurak urish ritmini zarba berish aniqligiga
taʼsir etish dinamikasini oʼrgandik (2 jadval). Jadvaldan koʼrinib turbdiki, tadqiqotda
ishtirok etgan yosh stol tennischilarda YuQCh 67,8±4,27 zarba/daq. bilan ifodalandi.
Maʼlumki, yoshi katta, sogʼlom odamlarda yurakning qisqarish chastotasi (pulsi)
minutiga 70-80 martaga teng boʼlishi. Yosh bolalarda esa biroz kamroq (65-75 marta)
boʼlishi mumkin ekan.

Bizning tadqiqotimizda ishtirok etgan yosh stol tennischi bolalarda YuQCh

6×11 m.ga mokkisimon tartibda maksimal tezlikda yugurish yuklamasi taʼsirida 149,3
± 5,12 zarba / min.ga koʼtarildi. Koʼrinib turibdiki, tinch holatda va ushbu yuklamadan
keyin olingan YuQCh koʼrsatkichlarining farqi 81,5 zarba / min.ni tashkil etgan.
Yuklama tugagandan soʼng olingan YuQCh miqdori (149,3 zarba / daq) 5 min. oʼtgan
113,6±4,67 zarba /min.gacha tushdi. Demak, pulsning tiklanish darajasi 45,8 zarba /
min.ni tashkil etgan. Sharni raketka bilan, stolga o‘rnatilgan 30x30 sm oʼlchamli
nishonga zarba berishda aniq yo‘llashlar soni tinch holatda 5,3±0,75 martani tashkil
etdi. Lekin ushbu koʼrsatkich 6×11 m.ga mokkisimon tartibda maksimal tezlik bilan
yugurish yuklamasidan soʼng 1,3±0,07 martagacha tushib ketdi. Ehtimol qilish
mumkinki, bunday holatning asosiy sababi, birinchidan, keskin oʼzgaruvchan
yoʼnalishli yugurish yuklamasi toʼgʼridan – toʼgʼri vestibulyar analizatorining
funktsional retseptorlariga taʼsirtana muvozanatini yoʼqolishiga va harakat
koordinatsiyasini izdan chiqishiga olib kelgan, ikkinchidan, yuklama taʼsirida
yurakning ritmik reaktsiyasi keskin ortib ketgan (149,3 zarba / min.), bu holat esa tana
tebranishi ortishiga sabab boʼlgan. Shuning uchun ham sharni nishonga zarba berish
aniqligi keskin kamayib ketgan. Mokkisimon yugurish yuklamasi tugaganidan keyin 5
minut oʼtgach zarba berish aniqligi biroz koʼtarildi va 2,2±0,24 martani tashkil etdi. 1
va 2 –holatlar oʼrtasidagi farq zarba berish aniqligi boʼyicha minus 4,0 martaga teng
boʼldi.

Stol tennisi bilan shug‘ullanuvchi 8-9 yoshli bolalarda tinch holatda,

shiddatli aylanma harakat yuklamasi ta'sirida YuQCh va zarba berish

aniqligining o‘zgarish dinamikasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar -n=16

(aprel – 2022 yil)

3-jadval.


background image

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

DOI:

10.24412/2181-2454-2022-11-546-552

E-mail: carjisor@gmail.com

550

Testlar

Tinch

holatda

1

6×11m.ga

yugurishdan

keyin

2

5 daqiqa

tiklanishd

an so’ng

3

Ko’rsatkichlar

farqi

1/2

1/3

YuQCH (zarba/daqiqa.)

69,7±4,92

142,9±4,78

109,3±3,1

6

73,2

39,6

Sharni nishonga

yo’llash aniqligi –

10 imkoniyat (marta)

4,8±0,82

0,97±0,05

1,81±0,19 -3,87

-2,91

XULOSA

Mavzu doirasida to‘plangan manbalar, ularda keltirilgan ma'lumotlar, fikr-

mulohazalar, joriy tadqiqotlar va pedagogik tajriba natijalarining qiyosiy tahliliga
asosan quyidagi xulosalarni e'tirof etish mumkin:

1. Adabiyotlar tahlilidan ma'lum bo‘ldiki stol tennisiga dastlabki o‘rgatish,

texnik usullarni shakllantirish metodlari va vositalari, zarba berish aniqligini
takomillashtirish, ushbu jarayonlarni samarali tashkil qilishda jismoniy sifatlarning
o‘rni mutaxassis-olimlar tomonidan turli yondashuvlar asosida tadqiqot ostiga olingan
ekan. Bu borada o‘quv va o‘quv uslubiy manbalarda ham materiallar mohiyatini ochib
berganligi aniqlandi. Ammo shu bilan bir qatorda zarba berish aniqligiga aylanma
harakat va keskin yugurish mashqlari salbiy ta'sir etishi haqida yoki zarba aniqligini
noan'anaviy vestibulosomatik mashqlar yordamida mukammallashtirish mumkinligini
ifodalovchi tadqiqot natijalar mavjud emasligi ma'lum bo‘ldi.

2. Joriy tadqiqotlardan ma'lum bo‘ldiki, boshlang‘ich tayyorgarlik guruhida

shug‘ullanuvchi 9-10 yoshli stol tennischilarda muvozanat saqlash turg‘unligi
nihoyatda sust shakllangan ekan. Statik va dinamik muvozanat saqlash vaqti 5,2-9,5
sek.ni tashkil etar ekan. Ushbu yosh stol tennischilarda mokkisimon tartibda tezkor
yugurish va aylanma harakatlar bilan bog‘liq yuklamalar ta'sirida yuraknik ritmik
reaksiyasi keskin ortishi va zarba berish aniqligi minimal darajagacha tushib ketishi
kuzatildi. Bunday regressiv yo‘nalishli o‘zgarishlar dinamikasi bir necha oylardan
so‘ng ham takrorlanganligi aniqlandi. Zarba berish aniqligi tinch holatda 10
imkoniyatdan 5,3±0,75 martani tashkil etgan bo‘lsa, 6×11 m.ga yugurish va aylanma
harakat bilan bog‘liq yuklamalar ta'sirida 0,97-1,3 martagacha tushib ketishi qayd
etildi.

3. Pedagogik tajriba natijalaridan aniqlandiki, stol tennisiga dastlabki o‘rgatish

bosqichida shug‘ullanuvchi 9-10 yoshli stol tennischilarda olib borilayotgan an'anaviy
mazmunli ma'lumotlar muvozanat saqlash turg‘unligi, yurakning ritmik faoliyati va
zarba berish aniqligini jadal shakllantirish qudratiga ega emas. Bunday xulosa tajriba
davomida odatiy mashg‘ulotlarda shug‘ullanishni davom ettirgan NG da olingan


background image

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

DOI:

10.24412/2181-2454-2022-11-546-552

E-mail: carjisor@gmail.com

551

natijalar bilan asoslandi. YuQCh tajriba bo‘ylab bergan sari ortib bordi, zarba berish
aniqligi esa minimal darajagacha (2,04 marta -10 imkoniyatdan ) tushib ketdi.

5. Joriy tadqiqotlar va pedagogik tajribada qo‘llanilagan funksional testlar,

ishlab chiqilgan noan'anaviy eksperimental mazmunli mashqlar zarba aniqligini
oshiruvchi vosita sifatida nafaqat yosh tennischilar tayyorlash amaliyotiga, balki katta
yoshli, yuqori malakali tennischilar mashg‘ulotlariga ham tadbiq qilish tavsiya etiladi.

REFERENCES

1.

Шлагер В. Руководство от чемпиона мира “Настольный теннис”, Книга: 2011г. -

15 с.

2.

Жданов В.Ю. «Обучение настольному теннису за 5 шагов» Учебное пособие.

Россия-2014г. 50с.

3.

Серова Л.К. «Управление подготовкой спортсменов в настольном теннисе»

Учебное пособие. 2016 г -13с.

4.

Колотаев а Алиса «Настольный теннис» Учебное пособие. 2019 г. -70 c.

5.

Безверхов В.П. Адаптация нейро – моторного аппарата к мышечной нагрузке

переменной интенсивности. Автореф. канд.дисс. Ташкент, 1996. 28с.

6.

Верхошанский Ю.В. Основы специальной физической подготовки. М.: ФиС 1988.

331 c.

7.

Пулатов А.А. Ҳаракатни аниқ ижро этишда вестибуляр анализаторининг ўрни.

“Жисмоний тарбия, спорт ва маънавият”. Илмий – амалий анжуман материаллари
тўплами. II жилд. Т., 1995. 52-54 б.

8.

Арзикулов

Д.

Н.

СПОРТЧИЛАРНИ

ПСИХОЛОГИК

ЖИҲАТДАН

ТАЙЁРЛАШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ПСИХОЛОГИК МУАММОЛАРИ //Fan-Sportga.
– 2020. – №. 4. – С. 73-75.

9.

Ishtayev, Javlon Mavlonboyevich, et al. "EFFECTIVENESS OF THE NEW

DEVELOPED SPORTS AND HEALTH PROGRAM IN SPORTS GYMNASTICS IN
THE PREPARATION OF 3-7 YEAR OLD BOYS." Central Asian Research Journal for
Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.3 (2022): 94-99.

10.

Ёқубова, Д. М., & Усманова, Ш. Ш. (2021). ТАЛАБАЛАРДА СТЕСС ҲОЛАТИ

ВА УНИ БАРТАРАФ ЭТИШ ЙЎЛЛАРИ. Central Asian Research Journal for
Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(3), 207-211.

11.

Ёқубова, Д. М., & Усманова, Ш. Ш. (2022). БОҒЧА ЁШИДАГИ БОЛАЛАРДА

БИЛИШ ЖАРАЁНЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИ. Central Asian Research Journal
for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 155-161.


background image

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

DOI:

10.24412/2181-2454-2022-11-546-552

E-mail: carjisor@gmail.com

552

12.

Усманова, Ш. Ш., & Ёқубова, Д. М. (2022). ДЕВИАНТ ХУЛҚЛИ ЎҚУВЧИЛАР

БИЛАН ИШЛАШДА ПСИХОКОРРЕКЦИОН ИШЛАРНИНГ НАТИЖАЛАРИ.
Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 170-175.

13.

Умаров, Н. Х. "МЕТОД РАЗВИТИЕ СКОРОСТНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ У

ФУТБОЛИСТОВ 14-15 ЛЕТ."

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary

Studies (CARJIS)

2.2 (2022): 481-491.

14.

Артиков, А. А. "Ёш футболчиларни дарвозага зарба бериш аниқлигини

ўрганиш."

Фан-спортга

3 (2021): 79-81.

15.

Моисеева, М. В. "МИНИ ФУТБОЛЧИ ҚИЗЛАРНИНГ ДАРВОЗАГА ЗАРБА

БЕРИШДАГИ КЎРСАТКИЧЛАРИ."

Central

Asian

Research

Journal

for

Interdisciplinary Studies (CARJIS)

2.3 (2022): 521-526.

16.

Мельзиддинов, Р. "ЎЗБЕКИСТОН “СУПЕРЛИГАСИ” ФУТБОЛЧИЛАРИНИНГ

ҲАРАКАТЛАНИШ ФАОЛЛИГИ КЎРСАТКИЧЛАРИ БЎЙИЧА МАХСУС
ТАЙЁРГАРЛИК ДАРАЖАСИ ТАҲЛИЛИ."

Central Asian Research Journal for

Interdisciplinary Studies (CARJIS)

2.3 (2022): 527-534.

17.

Umarov, Xurshid. "About prognostic value of indicators of motor abilities in young

gymnastes."

Физическое воспитание, спорт и здоровье

5.5 (2021).

18.

Abdurashidovich, Shayimardanov Sherali. "EXERCISE PROGRAMS WHICH ARE

DEVOTED TO PREPARING BY TECHNICAL TRAININGS FOR GYMNASTICS,
THEIR

ATTITUDES

TO

MOTOR

SKILLS

AND

RHYTHM-TEMPO-

STRUCTURE."

Халмухамедов, РД, Махмудова, ММ, Рахматов, БШ, Маъмурова,

ЛК, & Эркинова, НМ

(2021).

19.

Инаков, Бахтиёр Туклиевич, and Турсунбой Ковжовович Холбоев.

"ТРЕНИРОВКА СТУДЕНТОВ ВУЗОВ, ЗАНИМАЮЩИХСЯ БЕГОМ НА
СРЕДНИЕ ДИСТАНЦИИ, НА ОСНОВЕ ОЦЕНКИ ИХ ФУНКЦИОНАЛЬНОГО
СОСТОЯНИЯ."

Academic research in educational sciences

2.1 (2021): 292-301.

20.

Gapparov, Z. G., et al. "Efficiency Development Explosive Abilities at Schoolboys of

12-13 Years."

Solid State Technology

63.4 (2020): 348-353.

21.

Иштаев, Ж. М. "ВЛИЯНИЕ РАЗВИТИЯ СПОСОБНОСТИ К ВЗРЫВНЫМ

ДЕЙСТВИЯМ

НА

СОРЕВНОВАТЕЛЬНЫЙ

РЕЗУЛЬТАТ

ЮНЫХ

БОРЦОВ."

Проблемы и перспективы физического воспитания, спортивной

тренировки и адаптивной физической культуры

. 2019.

22.

Tadjibayevna, Baltayeva Ikbal. "THE GENERAL-TYPICAL PLACES OF FOLK

EPICS IN THE PLOT SYSTEM SPECIFIC FEATURES."

CURRENT RESEARCH

JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (2767-3758)

3.04 (2022): 70-73.

Библиографические ссылки

Шлагер В. Руководство от чемпиона мира “Настольный теннис”, Книга: 2011г. -15 с.

Жданов В.Ю. «Обучение настольному теннису за 5 шагов» Учебное пособие. Россия-2014г. 50с.

Серова Л.К. «Управление подготовкой спортсменов в настольном теннисе» Учебное пособие. 2016 г -13с.

Колотаев а Алиса «Настольный теннис» Учебное пособие. 2019 г. -70 c.

Безверхов В.П. Адаптация нейро – моторного аппарата к мышечной нагрузке переменной интенсивности. Автореф. канд.дисс. Ташкент, 1996. 28с.

Верхошанский Ю.В. Основы специальной физической подготовки. М.: ФиС 1988. 331 c.

Пулатов А.А. Ҳаракатни аниқ ижро этишда вестибуляр анализаторининг ўрни. “Жисмоний тарбия, спорт ва маънавият”. Илмий – амалий анжуман материаллари тўплами. II жилд. Т., 1995. 52-54 б.

Арзикулов Д. Н. СПОРТЧИЛАРНИ ПСИХОЛОГИК ЖИҲАТДАН ТАЙЁРЛАШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ПСИХОЛОГИК МУАММОЛАРИ //Fan-Sportga. – 2020. – №. 4. – С. 73-75.

Ishtayev, Javlon Mavlonboyevich, et al. "EFFECTIVENESS OF THE NEW DEVELOPED SPORTS AND HEALTH PROGRAM IN SPORTS GYMNASTICS IN THE PREPARATION OF 3-7 YEAR OLD BOYS." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.3 (2022): 94-99.

Ёқубова, Д. М., & Усманова, Ш. Ш. (2021). ТАЛАБАЛАРДА СТЕСС ҲОЛАТИ ВА УНИ БАРТАРАФ ЭТИШ ЙЎЛЛАРИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(3), 207-211.

Ёқубова, Д. М., & Усманова, Ш. Ш. (2022). БОҒЧА ЁШИДАГИ БОЛАЛАРДА БИЛИШ ЖАРАЁНЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 155-161.

Усманова, Ш. Ш., & Ёқубова, Д. М. (2022). ДЕВИАНТ ХУЛҚЛИ ЎҚУВЧИЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ПСИХОКОРРЕКЦИОН ИШЛАРНИНГ НАТИЖАЛАРИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 170-175.

Умаров, Н. Х. "МЕТОД РАЗВИТИЕ СКОРОСТНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ У ФУТБОЛИСТОВ 14-15 ЛЕТ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 481-491.

Артиков, А. А. "Ёш футболчиларни дарвозага зарба бериш аниқлигини ўрганиш." Фан-спортга 3 (2021): 79-81.

Моисеева, М. В. "МИНИ ФУТБОЛЧИ ҚИЗЛАРНИНГ ДАРВОЗАГА ЗАРБА БЕРИШДАГИ КЎРСАТКИЧЛАРИ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.3 (2022): 521-526.

Мельзиддинов, Р. "ЎЗБЕКИСТОН “СУПЕРЛИГАСИ” ФУТБОЛЧИЛАРИНИНГ ҲАРАКАТЛАНИШ ФАОЛЛИГИ КЎРСАТКИЧЛАРИ БЎЙИЧА МАХСУС ТАЙЁРГАРЛИК ДАРАЖАСИ ТАҲЛИЛИ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.3 (2022): 527-534.

Umarov, Xurshid. "About prognostic value of indicators of motor abilities in young gymnastes." Физическое воспитание, спорт и здоровье 5.5 (2021).

Abdurashidovich, Shayimardanov Sherali. "EXERCISE PROGRAMS WHICH ARE DEVOTED TO PREPARING BY TECHNICAL TRAININGS FOR GYMNASTICS, THEIR ATTITUDES TO MOTOR SKILLS AND RHYTHM-TEMPO-STRUCTURE." Халмухамедов, РД, Махмудова, ММ, Рахматов, БШ, Маъмурова, ЛК, & Эркинова, НМ (2021).

Инаков, Бахтиёр Туклиевич, and Турсунбой Ковжовович Холбоев. "ТРЕНИРОВКА СТУДЕНТОВ ВУЗОВ, ЗАНИМАЮЩИХСЯ БЕГОМ НА СРЕДНИЕ ДИСТАНЦИИ, НА ОСНОВЕ ОЦЕНКИ ИХ ФУНКЦИОНАЛЬНОГО СОСТОЯНИЯ." Academic research in educational sciences 2.1 (2021): 292-301.

Gapparov, Z. G., et al. "Efficiency Development Explosive Abilities at Schoolboys of 12-13 Years." Solid State Technology 63.4 (2020): 348-353.

Иштаев, Ж. М. "ВЛИЯНИЕ РАЗВИТИЯ СПОСОБНОСТИ К ВЗРЫВНЫМ ДЕЙСТВИЯМ НА СОРЕВНОВАТЕЛЬНЫЙ РЕЗУЛЬТАТ ЮНЫХ БОРЦОВ." Проблемы и перспективы физического воспитания, спортивной тренировки и адаптивной физической культуры. 2019.

Tadjibayevna, Baltayeva Ikbal. "THE GENERAL-TYPICAL PLACES OF FOLK EPICS IN THE PLOT SYSTEM SPECIFIC FEATURES." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (2767-3758) 3.04 (2022): 70-73.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов