YOSH STOL TENNISCHILARNING MUVOZANAT SAQLASH QOBILIYATLARINI O’RGANISH VA UNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI
Stol tennisiga dastlabki oʼrgatish bosqichlarida, hatto undan keyingi bosqichlardan keyin ham (oʼquv-mashgʼulot va sport takomillashuvi bosqichlari) oʼyin usullariga xos harakat texnikasi va aniqligini anʼanaviy mashqlar asosida shakllantirilishi barchamizga ma’lum. Masalan, oʼrgatish jarayonining birinchi bosqichida oʼrgatiladigan usul texnikasi haqida tasavvur hosil qilinadi. Bu bosqichda tushuntirish va koʼrsatish metodlaridan foydalaniladi. Ikkinchi bosqichda oʼrgatiladigan usul oddiy sharoitda shu usulni ijro etish bilan bogʼliq holat va harakatlanishlar, raketkani ushlash usullari , u bilan sharni urish, yuqoriga past balandlikda urish, toʼxtatish va yana urish, juftlikda sharni stoldan turli harakatlar bilan urishlar, turli oraliq va turli nuqtalarga oʼrnatilgan nishonlarga sharni urish mashqlari qoʼllaniladi.