Chet tili o'qitish jarayonida yuzaga keluvchi muammolar va ularning yechimlari

CC BY f
77-79
0
0
Поделиться
Аслонова, С., & Хожамова , Ю. (2024). Chet tili o’qitish jarayonida yuzaga keluvchi muammolar va ularning yechimlari . Вопросы совершенствования базовых языковых навыков на основе коммуникативного подхода: теория и практика, 1(1), 77–79. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/communicative-language-skills/article/view/30125
Севинч Аслонова, Узбекский государственный университет мировых языков
1- курс
Юлдуз Хожамова , Узбекский государственный университет мировых языков
Преподаватель
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yanada yaxshilashda zamonaviy dunyoqarashga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalashda dasturilamal bo‘lmoqda.


background image

77

CHET TILI O'QITISH JARAYONIDA YUZAGA KELUVCHI

MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI

Aslonova Sevinch

1-

kurs, O'zDJTU

Xo'jamova Yulduz

O'qituvchi, O'zDJTU

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yil 10

dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora

tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini

yanada yaxshilashda zamonaviy dunyoqarashga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalashda

dasturilamal bo‘lmoqda. Bu sohada zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning samaradorligini

oshirishni ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Ko'rinib turibdi tilga bo'lgan talab bir

necha yillar oldin boshlangan. 2021-yil 1- сентябрьdan boshlab xorijiy tillarni o‘qitish

bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish maqsadida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini ta’sis etildi. Chet tillarni o‘qitishning sifatini

oshirish va yanada samarali usullarini ta’lim jarayoniga tadbiq qilish, oliy ta’lim

muassasalarida ilmiy- tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, ilmiy salohiyatli

mutaxassislarni tayyorlash hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biridir. Mamlakatimiz

ta’lim tizimida ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan, chet tillarni o‘qitishda nutqiy

muloqotga yo‘naltirilgan yangi pedagogik texnologiyalarni yorituvchi va informatsion

texnologiyalar bilan jihozlangan darsliklar, o‘quv-qo‘llanmalarni yaratish va o‘quv

jarayoniga joriy etib, xorijiy til ta’limini yanada takomillashtirish milliy ta’lim

dasturining asosiy maqsadidir. Shu nuqtai nazardan xorijiy tillarni o‘qitishda an’anaviy

o‘qitish metodlari o‘rniga butun dunyoda ustuvor yo‘nalish sifatida tan olinayotgan

kommunikativ ta’lim metod va usullaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu

jarayonda mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda olib borilayotgan filologik va

linvodidaktik tadqiqotlarga tayanib ish olib borish yaxshi samara beradi.

Hozirgi kunda chet tillarini o'rganishga bo'lgan talab kundan kunga oshib


background image

78

bormoqda. Bir necha yillar oldin rus tilini o'rganishga talab katta bo'lgan bo'lsa, ayni

damda ingliz tili bu o'rinni egallamoqda. Keyingi yillardan esa koreys va xitoy tiliga talab

oshmoqda. Bu tillar o'rtasidagi o'zaro “poyga” nimaga qarab belgilanadi?. Albatta,

davlatlar o'rtasidagi xalqaro aloqalar, eksport, import masalalari va xalqaro ishlardagi

vazifasiga qarab belgilanadi. Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, «Til bilgan - el

biladi» kabi purmano so'zlari, Avaz O'tarning til o'rganishga bo'lgan davatidan ham, til

bilgan insonning mavqeyi qay darajada bo'lishini bilib olishimiz mumkin. Chet tilini

o'rganishda , albatta, ko'p qiyinchiliklarga duch kelamiz. Misol uchun, chet tili darslarida

savol - javoblarda, yoki biror mavzuni prizentatsiya qilayotganda talaba nutqida beihtiyor

o'z ona tilisini qo'llaydi.

-

Cheklangan o'quv muhiti- faqat o'qituvchi bo'lganda chet tildan foydalanish

qolgan paytlarda o'z tilida gaplashish.

-

Chet tilini o'rganishda talaffuzga(pronunciation) e'tibor bermaslik.

- Jiddiy yondashmaslik- faqat grammatikaga bog'lanib, til ko'nikmakarini

rivojlantirmaslik.

Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan o’sib

bormoqda. Har bir sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Xususan, ilm-fanda ham

katta o’zgarishlar, sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion

pedagogik texnlogiyalardan foydalanib talabalarga yetkazib berish bugungi kundagi

ta’limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.

Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o'rgatish va o'rganish eng

samarador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan: kompyuterlardan foydalanganda

o'quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni

ham ko'rishi ham eshitishi mumkin, chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniyadagi

dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin; ancha an'anaviy usul hisoblanadigan

magnitafon va kassetalardan foydalanish; CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu

texnik vositalardan foydalanish o'quvchilarning chet tilini o'rganishlari jarayonini

qiziqarliroq va samaraliroq bo'lishini ta'minlaydi.

Til o'rganishda ko'p muammolar bor, lekin shunga mos samarali yechimlar ham bor.


background image

79

Xulosa qilish kerakki, til o'rganishda o'qituvchilarning roli katta. O'quvchilarga

motivatsiya berish, darsga qiziqish uyg'otish asosiy o'rin egallaydi. O'qituvchi o'z ustida

ishlashi va talabalar uchun til o'rganishda yangi metodlarni yaratishi kerak.

Ta’lim sifatini ta’minlashda eng asosiy omil o‘qituvchilar kasbiy mahoratidir. Ta’lim

sifati o‘qituvchi sifatidan yuqori bo‘lolmaydi, o‘qituvchining qo‘liga tom ma’noda millat

taqdirini yaratish berilgan bo‘lib, ularni doimiy qo‘llab-quvvatlash, kasbiy mahoratini

rivojlantirish,ularni ijtimoiy-iqtisodiy himoyalash zarur.

Innavatsion ta’lim texnologiyalarning samaradorligi ularning ta’lim jarayonida to’g’ri

va unumli foydalanilganidadir. Ta'lim va texnologiya bugungi davrda bir-birini to'ldirib

boradi, albatta to'g'ri yo'lda foydalanilsa

Adabiyotlar ro'yxati:

1.

A.Avloniy nomidagi xalq ta'limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini

belgilash ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-nazariy va o'quv-uslubiy jurnali

2.

M.R.Otaboyeva “Chet tilini o’qitishda zamonaviy innovatsion

texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi”

3.

http://marifat.uz

4.

Ziyatova, N., Nurmuhamedova, N., & Xakimbayeva, O. K. (2022, July).

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA IBORALI QO’SHMA SO’ZLAR

YASALISHIDA METONIMIYANING O’RNI. In Международная

конференция академических наук (Vol. 1, No. 24, pp. 39-42).

Библиографические ссылки

A.Avloniy nomidagi xalq ta'limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-nazariy va o'quv-uslubiy jumali

M.R.Otaboyeva “Chet tilini o’qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi”

http://marifat.uz

Ziyatova, N., Nurmuhamedova, N., & Xakimbayeva, О. K. (2022, July). INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA IBORALI QO’SHMA SO’ZLAR YASALISHIDA METON1M1YANING O’RNL In Международная конференция академических наук (Vol. 1, No. 24, pp. 39-42).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов