27
CHET TILLARNI O’QITISH JARAYONIDA YUZAGA KELUVCHI
MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI
Sunnatova Dilnoza Shokir qizi
2221 -guruh talabasi Ilmiy rahbar:
Avezmetov Jahongir
O’zbekiston davlat
jahon tillar universiteti
Amaliyot mukammal qiladi va siz o'zingiz tasavvur qilmagan usullarni
o'rganasiz va yechim topasiz.
(Hikmatlar)
XXI asr zamonaviy texnika va ilm fan tarraqiyoti davridir. Insoniyat har
sohada, har jabhada jaddallik bilan rivojlanib bormoqda. Zamon bilan hamnafas
bo'lish uchun xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan xohish yuqori darajada o'smoqda.
Respublikamizda ham qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Chet tillarini o'rganish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi prezident farmonining
asosiy maqsadi ham zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirish hamda,
respublikani jahon hamjamiyatida integratsiyalshuviga chuqur yonadashishdir. Yosh
avlodni qo'llab-quvvatlash uchun keng ko'lamdagi islohotlar ham yaqqol misoldir.
Masalan, yoshlar ishlari agentligi tomonidan xalqaro imtihon (IELTS, TOEFL)
xarajatlari to'liq qoplanadi. Bunday imkoniyatlar yosh avlod uchun ko'plab
imkoniyatlar eshigini ochadi. Ammo, bu yo'lni bosib o'tishda ular ko'plab
muammolarga duch kelishmoqda. Oliy ta'lim muassasalari talabalari, akademik
litsey, maktablar va hattoki kichik yoshdagi bolalarda ham bu holat kuzatilmoqda.
Maqola davomida so'zlashuv bo'limining (speaking) asosiy muammolari
hamda unga ba'zi yechimlarini berib o'tmoqchiman. Bu tillarning kelib chiqishi bilan
uzviy bo'g'liqdir. Asosiy sabablardan biri ikki ayro bobo tilli, bu holat o'z navbatida
fonetik, leksik, grammatik, hatto transkripsiya qoidalari o'rtasidagi tafovutni yuzaga
keltiradi. So'zlashuv bo'limida har bir so'zlovchida qo'rquv mavjud. Bular:
28
-o'ziga ishonmaslik;
-so'zni to'g'ri qo'llay olmaslik;
-to'g'ri talaffuz qoidalarida qiyinchilik;
-gap bo'laklarini uzviy bo'g'lay olmaslik.
Qisqagina dialog jarayonida ko'rib chiqaylik.
-
What is your favourite animal?
-Beer (talaffuzda)
-Beer?
-
Yes, beer.
To'g'ri talaffuzda:
Beer[bis] -pivo
Bear[be:]-ayiq
Yohud tree, see so'zlaridagi ee[i:] ko'rinishida talaffuz qilinadi.
Lemon tea. Ho'sh siz qanday talaffuz qilasiz? Lemon o talaffuz jarayonida
ishtirok etmaydi ya'ni lemn shaklida aytiladi.O'zbek tilida bir harfning bir tovush
tarzida talaffuz qilinishiga odatlangan o'quvchilarda biroz muammolar kuzatiladi.
Shu sababli tillarni o'rganish davomida birinchi navbatda uning transkripsiyasini
o'rganish zarur.
Qolaversa, o’zbek va ingliz tillarida gap tuzilishi bir-biridan to’laqonli farq
qiladi. O’zbek tilida gap tartibi, gapda so’zlarning o’zgarishi deyarli uning ma’nosiga
ta’sir qilmaydi. Gap boshida ega kelsa undan so’ng ko’pincha ikkinchi darajali
bo’laklar va so’ngida kesim keladi. Ingliz tilida esa buning aksidir. Gapda so’zning
o’rni va tartibi qat’iy. Aksariyat hollarda darak gap boshida doim ega, undan keyin
kesim keladi. Tarjima jarayonida o’zbek o’quvchilarining qiyinchiliklar va
tushunmovchiliklarining sabablari ham shunda.
Ikkilamchi sabab, gaplarni to'g'ridan to'g'ri tarjima qilish yoki o'zbekcha
fikrlash ya'ni muayyan grammatik qolipda shakllantirishdir. Esimdan chiqib qolibdi
birikmasini o'zbek tiliga tarjima qilayotgan o'rganuvchilar " I do not remember" yoki
soddagina "I forgot" holida qo'llashadi, aslida esa "It slipped my mind". O'zbel tiliga
tarjima qilganda slip-sirpanmoq, to'liq shaklda esimdan sirpandi. Yana bir qiziqarli
29
misol: battar bo'l. To'g'ridan to'g'ri tarjimada " be better", aslida " It serves you right".
Biroz g'ayrioddiy, ammo ingliz tilini chuqur o'rganishni istasangiz shu tilda
gaplashuvchi xalq kabi qo'llashingiz lozim. Shu kabi birikmalarni mukammal
qo'llashni istagan o'rganuvchilar ko'proq inglizcha kinolar ko'rishi, qo'shiqlar
tinglashi kerak bu orqali noto'g'ri tarjimadan xalos bo'lish mumkin. So'zlashish
bevosita tinglash bilan bog'liq.
Keyingi asosiy sabab esa bevosita muhit bilan aloqador. Cheklangan o'quv
muhiti haqida so'z borganda, sinfxonlar yoki o'quv qo'llanmalari yoki o'quv
dargohning joylashuvi nazarda tutilmagan. Ko‘p hollarda, talabalar faqat o‘qituvchi
nazorati ostida bo‘lsagina, ingliz tilida so‘zlash uchun harakat qiladilar. Bundan
tashqari, talabalarning atrofida ingliz tilida doimiy ravishda muloqot qiluvchilar
yetishmovchiligi ham mavjud. Natijada ingliz tilini o‘rganish va ushbu tilda muloqot
qilishda qiynalishadi. Atrofingizni, do’stlar davrasini o’zingiz kabi maqsaddagilar
bilan o’rab oling. Zamonaviy taraqqiyot davrida siz uchun online suhbatdoshlar
mavjud yoki shunchaki online dasturlar. Bular til o’rganishni qiziqroq va maroqliroq
qiladi. Sherik topilmagan taqdirda, o’zingizga o’zingiz suhbatdosh bo’lishingiz
mumkin.
O‘quv materiallari, xususan kitoblar, audiomateriallar o‘quv jarayonida
yordam beruvchi vositalar hisoblanadi. Agar talaba o‘rganilayotgan til yuzasidan
berilgan topshiriqlarni audio va video orqali kuzatib borsa, so‘zlar va jumlalarni
qanday talaffuz qilishni o‘rganadi. Ta’kidlash joizki, talabalar ko’p hollarda til
o’rganishga jiddiy yondashmaydilar. Grammatik qoidalarga qaramlik, til bilan
bog’liq to’siqlar kabi muammolar til o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishni so’ndirib
qo’yishi mumkin. Aslida, grammatik qoidalarni B1 daraja bilish so’zlashuv bo’limi
uchun yetarli. Asosiy e’tiborni uni unumliroq va to’g’ri foydalanishga qaratish kerak.
Muammoning yechimi sifatida ko’p shug’ullanishni (practice) taklif qilgan
30
bo’lar edim. Shug’ullanish muvaffaqiyat kalitidir. Rim ham bir kunda bunyod bo’lmagan.
Qaysidir tilni o’rganishga hoxish paydo bo’ldimi, astoydil o’rganish kerak. Til o’rganish
orqali shunchaki Oliy ta’lim dargohlariga kirish, test sinovlaridan yuqori natijani yohud
til bilish sertifikatini qo’lga kiritish kabi bir tomonlama maqsadni ko’zlash kerak emas.
Bu tilga yuzaki qarashni keltirib chiqaradi. O’z o’rnida o’rganilayotgan tilni to’liq anglab
yetmaslik, ibora va murakkab birikmalarga tushunishda qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
Chet tillarini bilish, o'rganish davr talabidir. Bu zamon talabi- zamon esa biz
yoshlarnikidir. Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, respublikamizning har bir
hududida zamonaviy o'qitish metodlari orqali yo'shlarimizni xorijiy tillarni o'rganishdagi
muammmolariga ijobiy yordam berishimiz, yoshlar o'rtasida chet tillarini targ'ib qilish va
erkin so'zlashni yo'lga qo'yishimiz kerak. Chet tillarini o'rganish jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy
hayotiga ta'sir ko'rsatish bilan birgalikda yoshlarni o'sha xalqning turmush tarzi,
mentaliteti, dunyoqarashi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi.
Adabiyotlar ro’yhati:
1 .Nilufar Muhammadjonova Universal ingliz tili-2022 127- 135b.
2.
https: //youtu.be/yML4ZkshV2Q
3.
https://oliygoh.uz/post/ielts-exam
4.
Toshboyeva, B. O. "Pedagogical approaches to early foreign language
teaching." International Bulletin of Applied Science and Technology 11 (2023): 14.
5.
Тошбоева, Б. "Проблемы употребления профессионализмов." (2018).
