23
AN’ANAVIY VA MASOFAVIY TA’LIMNING YUTUQ VA
KAMCHILIKLARI
Azimova Sarvinoz Jahongir qizi
2221 -guruh talabasi
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Ilmiy rahbar:
Avezmetov Jahongir
Biz yashayotgan tezkor zamonda ilm olish asosiy maqsadga aylangan. Chunki bilim
olish orqali insonning dunyo qarashi, bilim salohiyati kengayib, kelajakda foydali va
kerakli kadr bo’lib yetishadi. Dunyo miqyosida yaratilayotgan ta’lim tizimidagi
imkoniyatlar barcha o’quvchi-talabalar uchun mafaatli bo’lmoqda va ular o’qitish
tizimidagi o’zgarishlarga, tizimning texnologik jihatdan ham boyishiga ijobiy javob
sifatida turli yo’nalishlardagi samarali yutuqlarini taqdim etib kelishmoqda. Qolaversa,
bugungi kunda o’qitish timining an’anaviy va masofaviy usullari ham o’quvchilarga
tadbiq qilingan va amaliyotda qo’llanilyapti.
Barchamizga tanish bo’lgan an’anaviy ta’limning juda ko’plab qulayliklari va
afzalliklari mavjud. An’anaviy ta’lim tizimining asosiy yutuqlaridan biri: u bilimni sifatli
bo’lishini ta’minlaydi. Misol sifatida aytadigan bo’lsak, an’anaviy ta’limda o’qish
tizimini anglab olish uchun ko’nikma olish osonroq kechadi. Chunki o’qituvchi
tomonidan o’qitilayotgan mavzu o’quvchi tomonidan yuzma-yuz tarzda qabul qilinishida
tez yodda qoladi. Ushbu vaziyatda miyamizga ayan o’sha ustozning tovush tembri,
tovushning kuchi, jismoniy harakatining davomiyligi va ko’z bilan aloqa qilish (ing.
tilida - eye contact) kabilar miyamizga kuchli signal bo’lib yetib boradi va aynan
yuqorida sanab o’tganlarimiz bilan birgalikda xotiramizga muhrlanadi. An’anaviy
ta’limda o’quvchilar bir-biri bilan bemalol fikr almasha oladi, ko’pchilik oldila o’z fikrini
to’liq va ravon bildira olishni o’rganadi. Ular bilan guruhlarda ishlash, turli xildagi
loyihalar yaratish va boshqalar bilan
muloqot jarayonida yangi bilimlarga ega bo’lish kabi imkoniyatlatga ega bo’lishadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tgan yutuqlar va samaradorliklarga qaramay, ushbu o’qitish usulida
ham kamchiliklar bor. Masalan, an’anaviy ta’limda qabul qilish samarali kechadi, lekin
bu usul bizda “xotira maktabi”ni keltirib chiqaradi. Ya’ni o’quvchi ko’proq ustoz
tomonidan berilgan bilimni eslab qolishga harakat qiladi, u mustaqil ta’lim faoliyatidan
uzoqroq bo’ladi. Ushbu ta’limda masofaviy tizimdan farqli o’laroq moliyalashtirish ham
kata rol o’ynaydi va u o’quv pulidan tashqari ortiqcha mablag’ va vaqt ham talab qiladi.
Texnika asrida ta’lim tizimi ham ortda qolayotgani yo’q. Oxirgi 3 yil ichida
O’zbekiston o’qitish tizimiga kirgan va barchamiz uchun tanish bo’lgan masofaviy
24
ta’limning afzalliklari ham talaygina. Jumladan, u vaqtimizni tejaydi, ya’ni o’quv
dargohiga borish uchun alohida vaqt talab qilmaydi. Qolaversa, biz online o’qish usulida
ta’lim vaqtini o’zimiz tanlashimiz, faqat o’qish bilan chegaralanib qolmay, ish bilan ham
shug’ullanishimiz mumkin. Masofaviy ta’lim iqtisodiy jihatdan ham afzalliklarga ega.
Online darslar offline darslardan birmuncha arzonroq bo’ladi. Dunyodagi ko’plab
korxonalar aynan shu usul orqali o’z chiqimlarini kamaytirib, daromadlarini bir necha
barobar oshirishga erishmoqdalar. Ushbu ta’lim usulida siz o’zingiz hohlagan hududda
ta’lim olishingiz mumkin bo’ladi. Ya’ni O’zbekistonda yashab turib ham chet eldagi
universitetlarda yoki maktablarda o’qishingiz mumkin. Masofaviy ta’limning yutug’i
shundaki, u o’quvchini mustaqil ta’limga qaratadi, yodlashga emas, fikrlash orqali
o’rganishga yo’naltiradi. O’z vaqtida butun dunyoni egallab olgan Covid-19 O’zbekiston
ta’lim tizimiga ham ta’sir qildi. Pandemiya davrida maktablar, oliy o’quv yurtlari online
ta’limga o’tkazildi. Ma’lumki, bu barcha uchun yangilik bo’ldi va o’zi bilan bir qancha
qiyinchiliklar tug’dirdi. Ko’plab chekka hududlarda internet tezligining pastligi, undan
foydalanish uchun qo’shimcha narx to’lanishi, kerakli texnikalarning yetrali emasligi va
o’quvchilar ulardan foydalishni bilmasligi, darslarda o’z vaqtida qatnasha olaslik va dars
davomida chalg’ish kabi muammolar yuzaga keldi. O’qituvchi o’quvchi bilan yaxshi
aloqa o’rnata olmagani sabab, bilim samaradorligining tushish holatlariga ham guvoh
bo’ldik. Ko’pgina o’quvchilar masofaviy ta’lim usuliga nisbatan ishonchsizlik bildiradi,
internet aloqasi yomonligi sabab o’qituvchi bergan ma’lumotlari to’liq qabul qila
olmaydi va bu nomaqbullikni keltirib chiqaradi.
Eng muhimi sifatli va samarali bilim olishdir. Bu samaradorlikni ko’paytirish
maqsadida qilinayotgan islohotlar ham bir qancha. Shu jumladan, muhtaram
prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ta’lim haqida aytgan quyidagi fikrlari ham
so’zimizning isbitiodir: "Ta'lim-tarbiya - bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi.
Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo'q. Qanchalik murakkab
bo'lmasin, maktab ta'limida poydevorni bugundan mustahkam qo'yishimiz kerak”.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, qanday bilim olish o’zimizga, intilishimizga,
tirishqoqligimizga bog’liq, hoh u an’anaviy bo’lsin, hoh masofaviy. Kim uchundir
an’anaviy ta’lim, kim uchundir masofaviy ta’lim afzal. O’quvchilar o’zlarning
ko’nikmalaridan kelib chiqib, o’zlari istagan ta’lim turini tanlashlari mumkin. Qaysi
ta’lim usulida o’qishdan qat’i nazar, eng muhimi, kuchli va foydali kadr bo’lib yetishish
va ta’lim tizimida kelajak avlod uchun manfaaatli, samarali bo’ladigan yanada ko’proq
islohotlarni yaratishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
2.
3.
Aliyevna, Sodikova Sevinch. "Historical Approach to the Study of Ideographic
Dictionaries in Western Linguistics." JournalNX 7.04 (2021): 61-64.
4.
Sevinch, Azimova, and Uzoqova Xayriniso. "FRAZEOLOGIK LUG ‘ATLAR
HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR." Scientific Impulse 1.8 (2023): 304-307.
5.
Qodirov, E., Sodiqova, G., Ismailov, D., & Raxmonqulov, I. (2022). GROWING
RICE IN MEADOW AND SWOG SOILS. Science and Innovation, 1(8), 286-291.
