Chet tillarni o’qitish jarayonida yuzaga keluvchi muammolar va ularning yechimlari

Abstract

XXI asr zamonaviy texnika va ilm fan tarraqiyoti davridir. Insoniyat har sohada, har jabhada jaddallik bilan rivojlanib bormoqda. Zamon bilan hamnafas bo'lish uchun xorijiy tillami o'rganishga bo'lgan xohish yuqori darajada o'smoqda. Rcspublikamizda ham qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi prezident farmonining asosiy maqsadi ham zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirish hamda, respublikani jahon hamjamiyatida integratsiyalshuviga chuqur yonadashishdir. Yosh avlodni qo'llab-quvvatlash uchun keng ko'lamdagi islohotlar ham yaqqol misoldir. Masalan, yoshlar ishlari agentligi tomonidan xalqaro imtihon (IELTS, TOEFL) xarajatlari to'liq qoplanadi. Bunday imkoniyatlar yosh avlod uchun ko'plab imkoniyatlar eshigini ochadi. Ammo, bu yo'lni bosib o'tishda ular ko'plab muammolarga duch kelishmoqda. Oliy ta'lim muassasalari talabalari, akademik litsey, maktablar va hattoki kichik yoshdagi bolalarda ham bu holat kuzatilmoqda.

CC BY f
55-58
30

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Sunnatova, D., & Avezmetov, J. (2024). Chet tillarni o’qitish jarayonida yuzaga keluvchi muammolar va ularning yechimlari . Вопросы совершенствования базовых языковых навыков на основе коммуникативного подхода: теория и практика, 1(1), 55–58. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/communicative-language-skills/article/view/48407
Dilnoza Sunnatova, Uzbek State University of World Languages
Student of group 2221
Djakhongir Avezmetov, Uzbek State University of World Languages
Scientific supervisor
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

XXI asr zamonaviy texnika va ilm fan tarraqiyoti davridir. Insoniyat har sohada, har jabhada jaddallik bilan rivojlanib bormoqda. Zamon bilan hamnafas bo'lish uchun xorijiy tillami o'rganishga bo'lgan xohish yuqori darajada o'smoqda. Rcspublikamizda ham qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi prezident farmonining asosiy maqsadi ham zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirish hamda, respublikani jahon hamjamiyatida integratsiyalshuviga chuqur yonadashishdir. Yosh avlodni qo'llab-quvvatlash uchun keng ko'lamdagi islohotlar ham yaqqol misoldir. Masalan, yoshlar ishlari agentligi tomonidan xalqaro imtihon (IELTS, TOEFL) xarajatlari to'liq qoplanadi. Bunday imkoniyatlar yosh avlod uchun ko'plab imkoniyatlar eshigini ochadi. Ammo, bu yo'lni bosib o'tishda ular ko'plab muammolarga duch kelishmoqda. Oliy ta'lim muassasalari talabalari, akademik litsey, maktablar va hattoki kichik yoshdagi bolalarda ham bu holat kuzatilmoqda.


background image

CHET TILLARNI O’QITISH JARAYONIDA YUZAGA KELUVCHI

MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI

Sunnatova Dilnoza Shokir qizi

2221 -guruh talabasi Ilmiy rahbar:

Avezmetov Jahongir

O’zbekiston davlat

jahon tillar universiteti

Amaliyot mukammal qiladi va siz o'zingiz tasavvur qilmagan usullarni

o'rganasiz va yechim topasiz.

(Hikmatlar)

XXI asr zamonaviy texnika va ilm fan tarraqiyoti davridir. Insoniyat har

sohada, har jabhada jaddallik bilan rivojlanib bormoqda. Zamon bilan hamnafas

bo'lish uchun xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan xohish yuqori darajada o'smoqda.

Respublikamizda ham qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Chet tillarini o'rganish

tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi prezident farmonining

asosiy maqsadi ham zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirish hamda,

respublikani jahon hamjamiyatida integratsiyalshuviga chuqur yonadashishdir. Yosh

avlodni qo'llab-quvvatlash uchun keng ko'lamdagi islohotlar ham yaqqol misoldir.

Masalan, yoshlar ishlari agentligi tomonidan xalqaro imtihon (IELTS, TOEFL)

xarajatlari to'liq qoplanadi. Bunday imkoniyatlar yosh avlod uchun ko'plab

imkoniyatlar eshigini ochadi. Ammo, bu yo'lni bosib o'tishda ular ko'plab

muammolarga duch kelishmoqda. Oliy ta'lim muassasalari talabalari, akademik

litsey, maktablar va hattoki kichik yoshdagi bolalarda ham bu holat kuzatilmoqda.

Maqola davomida so'zlashuv bo'limining (speaking) asosiy muammolari

hamda unga ba'zi yechimlarini berib o'tmoqchiman. Bu tillarning kelib chiqishi bilan

uzviy bo'g'liqdir. Asosiy sabablardan biri ikki ayro bobo tilli, bu holat o'z navbatida

fonetik, leksik, grammatik, hatto transkripsiya qoidalari o'rtasidagi tafovutni yuzaga

keltiradi. So'zlashuv bo'limida har bir so'zlovchida qo'rquv mavjud. Bular:


background image

-o'ziga ishonmaslik;

-so'zni to'g'ri qo'llay olmaslik;

-to'g'ri talaffuz qoidalarida qiyinchilik;

-gap bo'laklarini uzviy bo'g'lay olmaslik.

Qisqagina dialog jarayonida ko'rib chiqaylik.

-

What is your favourite animal?

-Beer (talaffuzda)

-Beer?

-

Yes, beer.

To'g'ri talaffuzda:

Beer[bis] -pivo

Bear[be:]-ayiq

Yohud tree, see so'zlaridagi ee[i:] ko'rinishida talaffuz qilinadi.

Lemon tea. Ho'sh siz qanday talaffuz qilasiz? Lemon o talaffuz jarayonida

ishtirok etmaydi ya'ni lemn shaklida aytiladi.O'zbek tilida bir harfning bir tovush

tarzida talaffuz qilinishiga odatlangan o'quvchilarda biroz muammolar kuzatiladi.

Shu sababli tillarni o'rganish davomida birinchi navbatda uning transkripsiyasini

o'rganish zarur.

Qolaversa, o’zbek va ingliz tillarida gap tuzilishi bir-biridan to’laqonli farq

qiladi. O’zbek tilida gap tartibi, gapda so’zlarning o’zgarishi deyarli uning ma’nosiga

ta’sir qilmaydi. Gap boshida ega kelsa undan so’ng ko’pincha ikkinchi darajali

bo’laklar va so’ngida kesim keladi. Ingliz tilida esa buning aksidir. Gapda so’zning

o’rni va tartibi qat’iy. Aksariyat hollarda darak gap boshida doim ega, undan keyin

kesim keladi. Tarjima jarayonida o’zbek o’quvchilarining qiyinchiliklar va

tushunmovchiliklarining sabablari ham shunda.

Ikkilamchi sabab, gaplarni to'g'ridan to'g'ri tarjima qilish yoki o'zbekcha

fikrlash ya'ni muayyan grammatik qolipda shakllantirishdir. Esimdan chiqib qolibdi

birikmasini o'zbek tiliga tarjima qilayotgan o'rganuvchilar " I do not remember" yoki

soddagina "I forgot" holida qo'llashadi, aslida esa "It slipped my mind". O'zbel tiliga

tarjima qilganda slip-sirpanmoq, to'liq shaklda esimdan sirpandi. Yana bir qiziqarli


background image

misol: battar bo'l. To'g'ridan to'g'ri tarjimada " be better", aslida " It serves you right".

Biroz g'ayrioddiy, ammo ingliz tilini chuqur o'rganishni istasangiz shu tilda

gaplashuvchi xalq kabi qo'llashingiz lozim. Shu kabi birikmalarni mukammal

qo'llashni istagan o'rganuvchilar ko'proq inglizcha kinolar ko'rishi, qo'shiqlar

tinglashi kerak bu orqali noto'g'ri tarjimadan xalos bo'lish mumkin. So'zlashish

bevosita tinglash bilan bog'liq.

Keyingi asosiy sabab esa bevosita muhit bilan aloqador. Cheklangan o'quv

muhiti haqida so'z borganda, sinfxonlar yoki o'quv qo'llanmalari yoki o'quv

dargohning joylashuvi nazarda tutilmagan. Ko‘p hollarda, talabalar faqat o‘qituvchi

nazorati ostida bo‘lsagina, ingliz tilida so‘zlash uchun harakat qiladilar. Bundan

tashqari, talabalarning atrofida ingliz tilida doimiy ravishda muloqot qiluvchilar

yetishmovchiligi ham mavjud. Natijada ingliz tilini o‘rganish va ushbu tilda muloqot

qilishda qiynalishadi. Atrofingizni, do’stlar davrasini o’zingiz kabi maqsaddagilar

bilan o’rab oling. Zamonaviy taraqqiyot davrida siz uchun online suhbatdoshlar

mavjud yoki shunchaki online dasturlar. Bular til o’rganishni qiziqroq va maroqliroq

qiladi. Sherik topilmagan taqdirda, o’zingizga o’zingiz suhbatdosh bo’lishingiz

mumkin.

O‘quv materiallari, xususan kitoblar, audiomateriallar o‘quv jarayonida

yordam beruvchi vositalar hisoblanadi. Agar talaba o‘rganilayotgan til yuzasidan

berilgan topshiriqlarni audio va video orqali kuzatib borsa, so‘zlar va jumlalarni

qanday talaffuz qilishni o‘rganadi. Ta’kidlash joizki, talabalar ko’p hollarda til

o’rganishga jiddiy yondashmaydilar. Grammatik qoidalarga qaramlik, til bilan

bog’liq to’siqlar kabi muammolar til o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishni so’ndirib

qo’yishi mumkin. Aslida, grammatik qoidalarni B1 daraja bilish so’zlashuv bo’limi

uchun yetarli. Asosiy e’tiborni uni unumliroq va to’g’ri foydalanishga qaratish kerak.

Muammoning yechimi sifatida ko’p shug’ullanishni (practice) taklif qilgan


background image

bo’lar edim. Shug’ullanish muvaffaqiyat kalitidir. Rim ham bir kunda bunyod

bo’lmagan. Qaysidir tilni o’rganishga hoxish paydo bo’ldimi, astoydil o’rganish kerak.

Til o’rganish orqali shunchaki Oliy ta’lim dargohlariga kirish, test sinovlaridan yuqori

natijani yohud til bilish sertifikatini qo’lga kiritish kabi bir tomonlama maqsadni

ko’zlash kerak emas. Bu tilga yuzaki qarashni keltirib chiqaradi. O’z o’rnida

o’rganilayotgan tilni to’liq anglab yetmaslik, ibora va murakkab birikmalarga

tushunishda qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.

Chet tillarini bilish, o'rganish davr talabidir. Bu zamon talabi- zamon esa biz

yoshlarnikidir. Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, respublikamizning har bir

hududida zamonaviy o'qitish metodlari orqali yo'shlarimizni xorijiy tillarni

o'rganishdagi muammmolariga ijobiy yordam berishimiz, yoshlar o'rtasida chet tillarini

targ'ib qilish va erkin so'zlashni yo'lga qo'yishimiz kerak. Chet tillarini o'rganish jamiyat

ijtimoiy, iqtisodiy hayotiga ta'sir ko'rsatish bilan birgalikda yoshlarni o'sha xalqning

turmush tarzi, mentaliteti, dunyoqarashi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi.

Adabiyotlar ro’yhati:

1 .Nilufar Muhammadjonova Universal ingliz tili-2022 127- 135b.

2.

https: //youtu.be/yML4ZkshV2Q

3.

https://oliygoh.uz/post/ielts-exam

4.

TADJIBAYEV,

MUSAJAN

SABIROVICH.

"GRAMMATICAL

INTERPRETATION

SHADOW

THEORY

IN

HERMENEVIC

ANALYSIS." Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal 5.03
(2024): 357-365.
5.

Скубневская, Т. В., and М. С. Таджибаев. "ДИСТАНЦИОННОЕ

ОБУЧЕНИЕ

СТУДЕНТОВ

НЕЛИНГВИСТИЧЕСКОГО

ПРОФИЛЯ." Konferensiyalar| Conferences. Vol. 1. No. 10. 2024.
6.

Tadjibayev, Musajan S. "THE CONCEPT OF HERBARISM IN BABUR'S

CREATIVE HERITAGE." Mental Enlightenment Scientific-Methodological
Journal (2023): 216-222.
7.

Sadikova, Sevinch. "THEORETICAL AND PRACTICAL BASICS OF

CREATING MODERN ELECTRONIC DICTIONARIES." Theoretical aspects
in the formation of pedagogical sciences 2.20 (2023): 41-44.

References

.Nilufar Muhammadjonova Universal ingliz tili-2022 127- 135b.

https: /Zvoutu.be/yML4ZkshV2Q

https://oliygoh.uz/post/ielts-exam

TADJIBAYEV, MUSAJAN SABIROVICH. "GRAMMATICAL INTERPRETATION SHADOW THEORY IN HERMENEVIC ANALYSIS." Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal 5.03 (2024): 357-365.

Скубневская, T. B., and M. С. Таджибаев. "ДИСТАНЦИОННОЕ ОБУЧЕНИЕ СТУДЕНТОВ НЕЛИНГВИСТИЧЕСКОГО ПРОФИЛЯ." Konfcrcnsiyalarl Conferences. Vol. 1. No. 10. 2024.

Tadjibayev, Musajan S. "THE CONCEPT OF HERBARISM IN BABUR'S CREATIVE HERITAGE." Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal (2023): 216-222.

Sadikova, Sevinch. "THEORETICAL AND PRACTICAL BASICS OF CREATING MODERN ELECTRONIC DICTIONARIES." Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences 2.20 (2023): 41-44.