Oliy ta’lim muassasalarida strategik qarorlar qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari

CC BY f
316-320
6
4
Поделиться
Ташбаев, А., & Оринбоева, Ф. (2023). Oliy ta’lim muassasalarida strategik qarorlar qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. Информатика и инженерные технологии, 1(2), 316–320. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25279
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash borasida strategik qarorlar qilish va qaror qabul qilish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashning o‘ziga xos yondashuvlari va bu borada amalga oshirilayotgan amaliy ishlarning natijadorligi keng yoritilgan.


background image

316

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA STRATEGIK QARORLAR QABUL

QILISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Tashbayev Asliddin Kumakovich,

O‘rinboyeva Farangiz Jaloliddin qizi

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

asliddintashbayev@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini

oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda
faol ishtirokini ta’minlash borasida strategik qarorlar qilish va qaror qabul qilish
jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashning o‘ziga xos yondashuvlari va bu
borada amalga oshirilayotgan amaliy ishlarning natijadorligi keng yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Strategiya, Oliy ta’lim, strategik rejalashtirish, M.V.Karkavin,

I.Ansoff, rejalashtirish, konsepsiya, menejment, jamoatchilik kengashi, Ochiqlik,
Zamonaviy ta’lim, raqobatbardoshlik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29

dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Oliy ta’limning qamrovi va sifatini
oshirishga alohida e’tibor qaratish”, “Barcha davlat organlarida qaror qabul qilish
jarayonlari, ochiq va faqat ochiq bo‘lishini ta’minlash” kabi vazifalar belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini
oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda
faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 5
iyundagi PQ-3775-son Qarori va uning ilovasi bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga
muvofiq, Jamoatchilik kengashining (keyingi o‘rinlarda Kengash deb yuritiladi)
maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari hamda uning faoliyatini tashkil etish
tartibini belgilaydi.

Bugungi kun talabidan kelib chiqib oliy ta’lim muassasalarida har tomonlama

sifat va raqobatbardoshlikka erishish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Oliy ta’lim
tizimida budjetdan tashqari mablag‘larga qaram bo‘lib qolishi, ayniqsa moliyaviy
mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida bu jarayon yanada yorqinlashmoqda.
Shundan kelib chiqib o‘z-o‘zini moliyalash mexanizmining yangi usullarini qo‘llashga
majbur bo‘lishi zamonaviy oliy ta’limda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan oddiy haqiqatga
aylangan.

Shu boisdan oliy ta’lim muassalari zamon talabi darajada faoliyat yuritishlari

uchun strategik boshqaruvni o‘zlariga kasb qilib olishlari talab etiladi.

Strategiya – bu maqsadni aniq belgilab, vositalar va usullarni bilib, ular

o‘rtasidagi mustahkam munosabatni yo‘lga qo‘ymoq demakdir.

Strategik rejalashtirish bu-kelajak haqidagi tasavvurni yaratish va mazkur

kutilgan taxmin borasida boshqaruv.


background image

317

Bu qisqa muddatli qarorlarni uzoq muddatli maqsadlar bilan muvofiqlashtirish

bo‘yicha samarali jarayon bo‘lib, strategik rejalashtirish hujjatlari uchta darajada ishlab
chiqiladi.

Bular;
Birinchidan - qisqa muddatli strategik hujjatlar bunda rejalar bir yildan ikki

yilgacha bo‘lgan muddatda tuziladi.

Ikkinchidan - o‘rta muddatli strategik hujjatlar bunda rejalar uch yildan besh

yilgacha bo‘lgan muddatda tuziladi.

Uchinchidan - uzoq muddatli strategik hujjatlar bunda rejalar besh yil va undan

ortiq bo‘lgan muddatda tuziladi.

Shunga muvofiq Oliy ta’lim muassasalarining bosh maqsadi — kam mablag‘

sarflab, yuqori natijalarga erishishdan iborat. Strategik rejalashtirish sifati ham ana shu
bosh maqsadning qanchalik to‘g‘ri tanlanganligi va qabul qilinganligiga bog‘liq.

Shundan kelib chiqib, Oliy ta’lim muassasalari faoliyatining ochiqligini

ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari bilan aloqalarini mustahkamlash,
jamoatchilikka axborot taqdim etishning tezkor va zamonaviy shakllarini joriy etilishi,
malaka oshirish, ilmiy tadqiqot ishlarini tayyorlash va amaliyotga tatbiq etish, nazorat-
monitoring, xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash, oliy ta’lim
muassasalari faoliyatini o‘rganish va tizimdagi boshqa jarayonlarda shaffoflikni
ta’minlanishi, professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini optimallashtirish,
kasbiy faoliyatga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy
etish asosida oliy ta’lim tizimi xodimlarining mehnat unumdorligini oshirishga katta
e’tibor qaratilmoqda.

Bugungi kunga kelib ko‘plab sohalarda qo‘llanilayotgan rejalashtirish va

boshqaruv apparatining katta qismi 19-asrda yaratilgandir. Biroq, rejalashtirish va unga
mos holda boshqaruv sohasining kengaya borishi, direktiv rejali topshiriqlarga
muqobil variantlarning mavjud emasligi, shu jumladan, mos holdagi axborot va
metodik asoslarning mavjud emasligi shunga olib keldiki, uzoq muddatli rejalashtirish
g‘oyalari XX asrning 80-yillari boshlariga kelib amaliyotda namoyon bo‘lganidek,
iqtisodiyotda va ishlab chiqarishda yangi trendlarning shiddat bilan kirib kelishi
natijasida yaroqsiz holga kelib qoldi. Bunda uzoq muddatli rejalashtirish o‘rniga
strategik rejalashtirish kirib kelib, u bora-bora strategik menejment konsepsiyasiga
aylandi. Rejalashtirish apparatining rivojlanishi va o‘sa borishi, shuningdek,
zamonaviy axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi bilan birga har bir menejer
strategik rejalashtirish maqsadlarida ma’lumotlarni tahlil qilishning juda murakkab
bo‘lgan matematik apparatidan foydalana bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi va bu
apparatni bilish-tushunish uning uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lib qoldi.

XX asrning ikkinchi yarmida “strategiya” va “strategik rejalashtirish” atamalari

boshqaruv nazariyasida, jumladan, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini boshqarish
jarayonlarida ham katta ahamiyatga ega bo‘la bordi. Buning sababi bo‘lib shunday
boshqaruv texnologiyalarining yaratilishi sanaladiki, bunga ko‘ra ular hozirgi zamon
bozorlari, shuningdek, oliy ta’lim xizmatlari bozoridagi dinamik shart-sharoitlarda
ham faoliyatni tashkil etishni rejalashtirish jarayonlarini amalga oshirish uchun katta
imkoniyatlarni taqdim eta olar edi. Bizning fikrimizcha, oliy ta’lim muassasalari
faoliyatida strategik rejalashtirishning tutgan o‘rni, mazmun-mohiyatini to‘la anglab


background image

318

olish uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan atamalarning ilmiy sharhini keltirib o‘tish
lozim bo‘ladi.

Rossiyalik taniqli tadqiqotchi-olim M.V.Karkavin talqiniga ko‘ra, “.strategik

rejalashtirish – bu maqsadlarga erishish uchun mo‘ljallangan o‘ziga xos
strategiyalarning ishlab chiqilishiga olib boradigan va rahbariyat tomonidan qabul
qilinadigan qarorlar, harakatlar to‘plamidir”. Strategik rejalashtirishning asosiy
tamoyili “kelajakdan – hozirga” tarzida namoyon bo‘ladi. Bunda yuzaga kelgan
mavjud tendensiyalarni o‘zgartirishga qodir bo‘lgan favqulodda holatlar, imkoniyatlar,
xavf-xatarlar, tendensiyalar belgilab olinadigan tashkilot istiqbollarini tahlil qilish
alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.

Menejmentning mumtoz nazariyalaridan kelib chiqqan holda aytish mumkinki,

strategik rejalashtirish – bu o‘zaro bog‘langan va biri ikkinchisidan mantiqiy tarzda
kelib chiqadigan boshqaruv jarayonlarining jamlanmasidir. Strategik rejalashtirish
uchun shuningdek, nomuvofiqliklarni belgilab olish maqsadlarida oldingi bosqchilarni
baholash va nazorat qilish bosqichi ko‘rinishida qaytar aloqaning albatta mavjudligini
ham ko‘rsatib o‘tish zarur bo‘ladi. Shunga ko‘ra, I.Ansoff ta’kidlab o‘tganidek,
tashkilotning muvaffaqiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri holatga ko‘ra shartlangan to‘g‘ri
tanlovga va tashkilotning hozirgi hamda kelgusidagi faoliyat yuritishining
o‘zgartirilishini hisobga oluvchi metodlarni qo‘llashga bog‘liq bo‘ladi. Optimal
natijalarga erishish uchun tashkilot rejalashtirish turlaridan va atrof-muhitning
o‘zgarishlariga mos holda rejalarni amalga oshirish dastaklaridan foydalana bilishi
zarurdir.

Yuqoridagilarga qo‘shimcha qilib shuni ham alohida ta’kidlab o‘tishni istar

edikki, oliy ta’lim muassasalarida strategik qarorlar qabul qilish jarayonida ta’kidlab
o‘tilgan metodlarning samarali holda qo‘llanilishi ko‘p jihatdan oliy ta’lim
muassasalarida strategik qarorlar qabul qilishning huquqiy-me’yoriy asoslari
yaratilishiga ham bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi sharoitlarida olib qaraydigan
bo‘lsak, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining so‘nggi bir necha yil davomida
oliy ta’lim tizimini isloh qilish borasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar
mana shunday asos bo‘lib xizmat qila oladi.

Hozirgi vaqtga kelib ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ro‘y berayotgan ko‘plab

o‘zgarishlar barcha sohalardagi kabi oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga ham kuchli
ta’sir o‘tkazmoqda. Buning ustiga 2019 yil oxirlaridan boshlangan koronavirus
pandemiyasi ham biznes va ijtimoiy sohaning barcha sub’ektlari singari oliy ta’lim
muassasalari oldiga ham yangidan-yangi talablarni qo‘ydi. Bular qatorida ta’lim berish
va ilmiy-tadqiqot ishlarini yangicha sifat darajasiga ko‘tarish, oliy ta’lim
muassasalarini rivojlantirish uchun uning uzoq istiqboldagi maqsad va vaziflariga
qartailadigan strategik qarorlarni qabul qilish, ularning o‘z vaqtida va samarali amalga
oshirilishini ta’minlash kabilarni ko‘rsatib o‘tish mumkindir.

Mavzu doirasida ko‘rib chiqildiki, uzoq muddatli rejalashtirish o‘rniga strategik

rejalashtirish kirib kelib, u bora-bora strategik menejment konsepsiyasiga aylandi va
har bir xo‘jalik sub’ektining, shu jumladan oliy ta’lim muassasalarining ham strategik
qarorlarni qabul qilish jarayonida keng qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib namoyon
bo‘lmoqda.


background image

319

Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini boshqarishda, jumladan,

ularning strategik qarorlarni qabul qilish jarayonidagi faoliyati samaradorligini
ta’minlashda hozirgi davrgacha shakllangan milliy oliy ta’lim tizimi tajribalarini
mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or chet el tajribalari bilan uyg‘unashtirgan holda qo‘llash
jarayonida mazkur takliflarni o‘rtaga tashlashni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

1.

OTM larda strategik qaror qabul qilishda rejalashtirishning turli xil

metodlaridan o‘z o‘rnida foydalanishga e’tibor berish – chunki bugungi tez
o‘zgaruvchan shart-sharoitlarda OTM lar faoliyati samaradorligini ta’minlaydigan
yagona universal metodni o‘zi mavjud emas, aksincha, bir nechta metodlardan
foydalanishga to‘g‘ri keladi;

2.

OTM faoliyatida strategik qarorlarni qabul qilishda turli xil metodlardan

foydalanish davomida oliy ta’lim muassasasi duch kelishi ehtimoli mavjud bo‘lgan
tavakkallar doirasi aniqlab olish zarur bo‘ladi;

Oliy ta’lim muassasalarida strategik qarorlarni qabul qiluvchi shaxslarning

alohida ijtimoiy guruh sifatida o‘zlarini anglab yetishlari, ya’ni, ular o‘zlarini jamiyat,
davlat va OTM ning har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun ma’sul
bo‘lgan rahbar kadrlar sifatida shakllanishiga intilish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan «Ta’lim

to‘g‘risida»gi O‘RQ-637-sonli Qonuni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi oliy

ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-
5847-son farmoni 08.10.2019 y.

3.

Agranovich M.L. Indikatorы dostijeniya seley ustoychivogo razvitiya v sfere

obrazovaniya i natsionalnaya obrazovatelnaya politika. J.: Voprosы obrazovaniya. №
4. 2017 g., S.242-264. 1814-9545eISSN: 2412-4354.

4.

Bekmurodov M. O‘zbekistonda jamoatchilik fikri. –T.: Fan, 1999. 22.

Berneys E. L. The Later Years. Public Relations Insights 1956-1986.- Rhinebeck: Free
Press, 1986.

5.

Qahhorov Otabek Siddiqovich, Ta’lim muassasalari boshqaruvining

samaradorligini boholashdagi yondashuvlar va usullar // «Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar» ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2017 yil.

6.

Qurbonov Sh., Seytxalilov E. Ta’lim tizimini boshqarish. -T.: «Turon-Iqbol»:

2006. – 592 b.

7.

Xolov A.X. Boshqaruv qarorlari samaradorligini baholashning zamonaviy

usullari va rahbar mas’uliyati. Monografiya. –T.: «Tafakkur-qanoti» nashriyoti, 2017.
-224 bet.

8.

Bazarboevich R. K., Kumakovich T. A. Toponym and Ethnonyms of the

Emirate of Bukhara in the Late Xix and Early Xx Centuries //Vital Annex: International
Journal of Novel Research in Advanced Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 136-
142.

9.

Xolov A.X. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishning Oliy

ta’lim tizimida strategik qarorlar qabul qilish va jamoatchilik nazorati 86 nazariy-


background image

320

metodologik masalalalri 2-jild. O‘quv qo‘llanma (hammuallif). –T.: «Spectrum media
group» nashriyoti, 2015. - 224 bet.

10.

Kumakovich T.A. et al. “RAQAMLI UNIVERSITET” TARAQQIYOT

OMILI SIFATIDA //International Journal of Contemporary Scientific and Technical
Research. – 2022. – С. 196-199.

11.

Насиров Б. ХХ АСРНИНГ 30-80 ЙИЛЛАРИДА ЎЗБЕКИСТОНДА

УМУМИЙ ОВҚАТЛАНИШ ТИЗИМИ ТАРИХИДАН //ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ.
– 2022. – Т. 5. – №. 1.

12.

Nasirov B. Catering In Uzbekistan From The History Of The System //The

American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research. – 2021. – Т. 3. – №.
02. – С. 11-15.

13.

Хосилмуродов И. O ‘zbekistonda bag ‘rikenglik va millatlararo totuvlik

g‘oyalarining ijtimoiy hayotdagi ahamiyati //Общество и инновации. – 2021. – Т. 2.
– №. 11/S. – С. 16-24.

14.

E'tiborxon Mallayeva С. М. МАФКУРА ВА МАФКУРАВИЙ

КАТЕГОРИЯЛАР ЎРТАСИДАГИ ЎЗАРО МУНОСАБАТНИНГ НАЗАРИЙ ЖИ
//АТЛАРИ, Архив Научных Публикаций JSPI. – 2020.

15.

Рахматов Х. Б. БУХОРО АМИРЛИГИ АҲОЛИСИНИНГ ЭТНИК

ТАРКИБИ ХУСУСИДА (XIX асрнинг иккинчи ярми–ХХ аср бошлари)
//ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ. – 2021. – №. SI-3.

16.

Ortikov O. K. et al. Views of eastern thinkers on the development of

intellectual

abilities

in

the

scientific

heritage

//ACADEMICIA:

AN

INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. – 2021. – Т.
11. – №. 1. – С. 211-214.

17.

Хакимов О., Қурбонов З. ПЛАСТИКЛИГИ КАМ ТУПРОҚЛАР

АСОСИДА ЕНГИЛ ТЎЛДИРУВЧИЛАР ОЛИШ ИМКОНИЯТЛАРИНИ
ЎРГАНИШ //Solution of social problems in management and economy. – 2022. – Т.
1. – №. 5. – С. 58-64.

18.

Boltaeva M. J., Kh O. Ortikov. Features of the scientific heritage of

eastern thinkers about the attitude of parents to the child //Society and innovations.
Special. –2021. –No. 2. –С. 469-474.

19.

Kumakovich T. A. et al. “RAQAMLI UNIVERSITET” TARAQQIYOT

OMILI SIFATIDA //International Journal of Contemporary Scientific and Technical
Research. – 2022. – С. 196-199.

20.

Xosilmurodov Islom, Kalandarov Mexroj Abu Nasr Farobiy Falsafasida

axloq masalasi. Pedagog respublika ilmiy jurnali. 2023.04.15. 434-437b

21.

Islam Hasilmurodov. SOCIO-PHILOSOPHICAL IMPORTANCE OF THE

SCIENTIFIC WAY OF THINKING. WEB OF SCIENTIST: INTERNATIONAL
SCIENTIFIC RESEARCH JOURNAL. 2022. Noyabr. 138-147b.



Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘RQ-637-sonli Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5847-son farmoni 08.10.2019 y.

Agranovich M.L. Indikatorы dostijeniya seley ustoychivogo razvitiya v sfere obrazovaniya i natsionalnaya obrazovatelnaya politika. J.: Voprosы obrazovaniya. № 4. 2017 g., S.242-264. 1814-9545eISSN: 2412-4354.

Bekmurodov M. O‘zbekistonda jamoatchilik fikri. –T.: Fan, 1999. 22. Berneys E. L. The Later Years. Public Relations Insights 1956 1986.- Rhinebeck: Free Press, 1986.

Qahhorov Otabek Siddiqovich, Ta’lim muassasalari boshqaruvining samaradorligini boholashdagi yondashuvlar va usullar // «Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar» ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2017 yil.

Qurbonov Sh., Seytxalilov E. Ta’lim tizimini boshqarish. -T.: «Turon-Iqbol»: 2006. – 592 b.

Xolov A.X. Boshqaruv qarorlari samaradorligini baholashning zamonaviy usullari va rahbar mas’uliyati. Monografiya. –T.: «Tafakkur-qanoti» nashriyoti, 2017. -224 bet.

Bazarboevich R. K., Kumakovich T. A. Toponym and Ethnonyms of the Emirate of Bukhara in the Late Xix and Early Xx Centuries //Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 136-142.

Xolov A.X. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishning Oliy ta’lim tizimida strategik qarorlar qabul qilish va jamoatchilik nazorati 86 nazariymetodologik masalalalri 2-jild. O‘quv qo‘llanma (hammuallif). –T.: «Spectrum media group» nashriyoti, 2015. - 224 bet.

Kumakovich T.A. et al. “RAQAMLI UNIVERSITET” TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA //International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. – 2022. – С. 196-199.

Насиров Б. ХХ АСРНИНГ 30-80 ЙИЛЛАРИДА ЎЗБЕКИСТОНДА УМУМИЙ ОВҚАТЛАНИШ ТИЗИМИ ТАРИХИДАН //ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ. – 2022. – Т. 5. – №. 1.

Nasirov B. Catering In Uzbekistan From The History Of The System //The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research. – 2021. – Т. 3. – №. 02. – С. 11-15.

Хосилмуродов И. O ‘zbekistonda bag ‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarining ijtimoiy hayotdagi ahamiyati //Общество и инновации. – 2021. – Т. 2. – №. 11/S. – С. 16-24.

E'tiborxon Mallayeva С. М. МАФКУРА ВА МАФКУРАВИЙ КАТЕГОРИЯЛАР ЎРТАСИДАГИ ЎЗАРО МУНОСАБАТНИНГ НАЗАРИЙ ЖИ //АТЛАРИ, Архив Научных Публикаций JSPI. – 2020.

Рахматов Х. Б. БУХОРО АМИРЛИГИ АҲОЛИСИНИНГ ЭТНИК ТАРКИБИ ХУСУСИДА (XIX асрнинг иккинчи ярми–ХХ аср бошлари) //ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ. – 2021. – №. SI-3.

Ortikov O. K. et al. Views of eastern thinkers on the development of intellectual abilities in the scientific heritage //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. – 2021. – Т. 11. – №. 1. – С. 211-214.

Хакимов О., Қурбонов З. ПЛАСТИКЛИГИ КАМ ТУПРОҚЛАР АСОСИДА ЕНГИЛ ТЎЛДИРУВЧИЛАР ОЛИШ ИМКОНИЯТЛАРИНИ ЎРГАНИШ //Solution of social problems in management and economy. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 58-64.

Boltaeva M. J., Kh O. Ortikov. Features of the scientific heritage of eastern thinkers about the attitude of parents to the child //Society and innovations. Special. –2021. –No. 2. –С. 469-474.

Kumakovich T. A. et al. “RAQAMLI UNIVERSITET” TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA //International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. – 2022. – С. 196-199.

Xosilmurodov Islom, Kalandarov Mexroj Abu Nasr Farobiy Falsafasida axloq masalasi. Pedagog respublika ilmiy jurnali. 2023.04.15. 434-437b

Islam Hasilmurodov. SOCIO-PHILOSOPHICAL IMPORTANCE OF THE SCIENTIFIC WAY OF THINKING. WEB OF SCIENTIST: INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH JOURNAL. 2022. Noyabr. 138-147b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов