Bugungi kunda mediata’lim texnologiyalarining mavjud nazariy asoslari

CC BY f
343-346
8
0
Поделиться
Пардаев, А. (2023). Bugungi kunda mediata’lim texnologiyalarining mavjud nazariy asoslari . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 343–346. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25298
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Zamonaviy axborotlarning shiddat bilan tarqalishi, ijtimoiy
ahamiyatga molik (ilmiy, texnologiyaga oid, madaniy va boshqalar) axborotlarning nihoyatda oshib borishi har qanday jamiyatga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Ushbu ishda mediata’lim texnologiyalarining mavjud nazariy asoslari haqida fikr yuritilgan.


background image

343

BUGUNGI KUNDA MEDIATA’LIM TEXNOLOGIYALARINING MAVJUD

NAZARIY ASOSLARI

Pardayev Asror Ikromovich

Oʻzbekiston Finlandiya Pedagogika instituti


Annotatsiya:

Zamonaviy axborotlarning shiddat bilan tarqalishi, ijtimoiy

ahamiyatga molik (ilmiy, texnologiyaga oid, madaniy va boshqalar) axborotlarning
nihoyatda oshib borishi har qanday jamiyatga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi.
Ushbu ishda mediata’lim texnologiyalarining mavjud nazariy asoslari haqida fikr
yuritilgan.

Kalit so‘zlar

: mediata’lim, axborot kommunikatsion texnologiyalar, Ommaviy

kommunikatsiya vositalar, mediamadaniyat.


Axborot kommunikatsion texnologiyalari ishlab chiqarishdagi rivojlanish

axborotlarni yaratish, uzatish, saqlash, ishlash, ko‘paytirish va jarayonlarini
avtomatlashtirishga bo‘lgan talab, axborotni kitoblar, gazetalar, foto va kino
ko‘rinishida taqdim etishga asoslangan an’anaviy axborot texnologiyalari bilan bir
qatorda yangi turdagi axborot texnologiyalari vujudga kelishiga sharoit yaratdi. Yangi
axborot texnologiyalari an’anaviylarini siqib chiqarayotgani yo‘q lekin shu bilan birga
axborotlar miqdori kamayayotgani ham yo‘q. Jamiyatda esa insonning axborotlarga
moslashuvi yoki boshqacha aytadigan bo‘lsak adaptatsiya muammosi yuzaga
kelmoqda. Ko‘p sondagi belgili tizimlarni paydo bo‘lishi va rivojlanishi, uning natijasi
o‘laroq ko‘pkomponentli “axborot maydoni”ni tashkil topishi, insonning o‘ziga xos
axborotlar olamini tashkil etadi. Vizual va audiovizual axborotdan foydalanish
ko‘nikmasini shakllantirish muammolari bilan zamonaviy pedagogikada vizual
savodxonlik (inglizcha visual literacy) deb nomlangan yo‘nalish tadqiq qiladi. Vizual
savodxonlik tushunchasi turli nuqtai nazardan qaralishi mumkin: idrok etuvchi obyekt
va subyekt o‘rtasida kommunikatsiya (muloqotga kirishish) jarayoni sifatida;
obrazlarni ko‘rish, uning elementlarini qabul qilish, subyekt bilan o‘zaro ta’sirlashuvi
va subyektning ko‘rish obrazlarini mutanosib qabul qila olish qobiliyati sifatida [1].

Ommaviy kommunikatsiya vositalarini “ommaviy kommunikatsiya”

tushunchasi orqali tahlil qilib chiqish zarurdir. Ommaviy kommunikatsiya (lotincha
communicalio so‘zidan olingan bo‘lib, xabar, eshittirish ma’nosini beradi) axborotni
(matbuot, radio, kino, televideniye, ovoz yozish, internet kabi vositalar orqali)
tayyorlash va tarqatishning zamonaviy ommaviy jarayonlaridan biri hisoblanadi.
Davlat tomonidan tegishli jamiyatning muayyan ma’naviy qadriyatlarini qaror
toptirish va odamlarning munosabati, o‘y-fikri va xulqiga mafkuraviy, iqtisodiy yoki
tashkiliy ta’sir ko‘rsatish maqsadida foydalaniladi. Aksariyat tadqiqotchilarining
fikriga ko‘ra, ommaviy kommunikatsiyaning tavsifi va maqsadlari siyosiy kurash
quroli sifatida boshqaruv, targ‘ibot, madaniyatni yoyish, reklama orqali jamiyatning
ijtimoiy tabiatini aniqlaydi [2].

Mediamadaniyatni turli pozitsiyadan ko‘rib chiqish mumkin:
1. Media sohasi - moddiy va intellektual qadriyatlar to‘plami;


background image

344

2. Ijtimoiy muhitda ularning yaratilishi va faoliyat yuritishining tarixiy

aniqlangan tizimi;

3. Mediamadaniyat auditoriyaga nisbatan mediamatnni qabul qilish, tahlil etish,

baholash, mediaijod bilan shug‘ullanish, media jabhasidagi yangi bilimlarni
o‘zlashtirishga qodir inson shaxsini rivojlantirish darajalari tizimi sifatida namoyon
bo‘lishi mumkin [2].

Zamonaviy auditoriyada mediamadaniyatni (boshqacha aytganda, uning media

savodxonligini) maqsadli shakllantirish mediata’lim berish doirasida amalga oshirilishi
mumkin.

Ayni paytda dunyoda mediata’lim berishning yagona shakllangan nazariy

konsepsiyasi mavjud emas. Lekin, asosiy nazariy yondashuvlarni shartli ravishda
ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:

1. Mediata’lim berishning “inyeksion” nazariyasi – medianing “inyeksion”

nazariyasiga asoslanadi (Inyeksion nazariya (Hypodermic needle theory)- u ommaviy
axborot vositalarining yoshi, madaniy, geografik va boshqa xususiyatlariga e’tibor
bermay, auditoriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirini tasdiqlaydi) - media mediamatn asosan
mohiyatini tushunmaydigan passiv iste’molchilar ommasidan iborat auditoriyaga o‘z
salbiy ta’sirini o‘tkazadi. Shunday ekan, mediata’lim berishning asosiy vazifasi
mediaga haddan tashqari berilishning salbiy effektini kamaytirish. Mediapedagoglar
o‘quvchilarga real voqeliq va mediamatn o‘rtasidagi farqni medianing salbiy
ta’sirlarini aniq misollari yordamida tushunishga yordam berishadi.

2. Mediata’lim berish nazariyasi auditoriya “ehtiyojlarini qondirish” manbai

sifatida - media sohasining nazariy asosi bo‘lib “ehtiyoj va qoniqish nazariyasi”
hisoblanadi: medianing auditoriyaga ta’siri chegaralangan, talabalar o‘z ehtiyojlaridan
kelib chiqib, mediamatnni mustaqil tanlash va baholash imkoniga ega. Mediata’limdan
asosiy maqsad – o‘quvchilarga mediadan o‘z istagi va moyilligiga mos holda foyda
olishlariga yordam berish.

3. Medianing “amaliy” nazariyasi. Nazariyaning asosi – media sohasida “ehtiyoj

va qoniqish”ning moslashtirilgan nazariyasi, ya’ni mediatexnika jabhasidagi qiziqishni
qanoatlantirish (kino/video tasvir olishga va boshqalarga o‘rgatish). Ushbu yondashuv
doirasida medianing auditoriyaga ta’siri cheklangan, ammo mediata’lim berishning
asosiy maqsadi o‘quvchi va talabalarni yoki o‘qituvchilarni mediajihozlarning texnik
qurilmasini batafsil o‘rgangan hamda jihozlardan foydalanishning amaliy
ko‘nikmasini shakllantirish hisoblanadi.

4. Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish nazariyasi. Mazkur nazariyaning nazariy

asosi “kun tartibi” nazariyasi hisoblanib, bunda media aholi orasida ijtimoiy qadriyatlar
va axloq modellarini tarqatish vositasi sifatida qaraladi. Mediata’lim berishning
yetakchi maqsadi – o‘quvchilarni medianing manipulyativ ta’siridan himoya qilish,
hozirgi demokratik jamiyatning axborot oqimiga nisbatan mo‘ljalni olishga o‘rgatish.
Medianing manipulyativ imkoniyatlari haqida yetarli bilimlarga ega bo‘lmagan,
olinayotgan axborotni to‘laqonli tushunish va tahlil qilish mahorati bo‘lmagan inson
medianing xurujlariga qarshi tura olmaydi.

5. Mafkuraviy nazariya. Media - qaysidir bir ijtimoiy sinfning manfaatlariga

moslab jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilishga qodir. O‘sib kelayotgan yosh
avlod media yordamida ta’sir o‘tkazish uchun eng maqbul auditoriya hisoblanadi.


background image

345

Mediata’limning maqsadi - yoki auditoriyada ommaviy kommunikatsiya tizimini
o‘zgartirishga istakni yuzaga chiqarish, rag‘batlantirish, yoki auditoriyada mavjud
media tizimi dunyodagi eng yaxshisi ekani haqidagi mutlaq fikrni qaror toptirish.
Hozirgi davr mediata’limida mazkur nazariya transformatsiyalanib, o‘zgarishga yuz
tutdi, sinfiy prioritetlar o‘rniga, birinchi o‘ringa mediaaxborotlashtirishga milliy-
mintaqaviy va ijtimoiy-siyosiy yondashuvlar chiqdi.

6. Mediata’limning semiotik nazariyasi. Mediamatnlarning ko‘p ma’noli belgili

tavsifi auditoriya, ayniqsa, bolalar tomonidan to‘laqonli, jiddiy qabul qilinmaydi.
Mediata’limning bosh maqsadi mediamatn kodlari va “grammatikasi”ni o‘rganish
asnosida mediamatnlarni to‘g‘ri tushunib o‘zlashtirishga ko‘maklashishdan iborat.

7. Mediata’limning madaniyatshunoslik nazariyasi. Nazariy asos sifatida

medianing madaniyatshunoslik nazariyasi olinadi - media mediamatnlarni qanday
talqin etish, interpretatsiya qilishni nazarda tutadi. Shunday qilib, media auditoriyaning
idroki va bilimlarini qanday boyita olishini tushunishda o‘quvchilarga yordam
ko‘rsatishi mediata’limning asosiy maqsad ekani ayon bo‘ladi.

8. Mediata’lim berishning estetik (badiiy) nazariyasi. Bunda ham medianing

madaniyatshunoslik nazariyasi asos sifatida gavdalanadi. Mediata’limning bosh
maqsadi esa mediaaxborot badiiy aspekti asosiy qonunlari va tilini tushunishda, badiiy
mediamatnlarni estetik qabul qilish, ularni tahlil etish qobiliyatini rivojlantirishda
o‘quvchilarga ko‘mak ko‘rsatishdan iborat.

Mediata’lim berishning yuqorida nomlari zikr etilgani nazariyalarini tahlil eta

turib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

1. Mediata’lim berishning “inyeksion” nazariyasi asosiy e’tiborni medianing

salbiy ta’sirlariga, shuningdek, zo‘ravonlikning salbiy ta’siri muammolariga qaratishga
undaydi. Bunda media komikslar, reklama, ishonchsiz ma’lumot tarqatuvchi matbuot
misolida “madaniy degradatsiya agenti” sifatida ko‘zga tashlanadi.

2. Ko‘plab nazariy yondashuvlarda “tanqidiy tafakkurni rivojlantirish” nazariyasi

bilan o‘xshash jihatlarni topish mumkin:

- mediata’lim berishning mafkuraviy, ideologik nazariyasi “tanqidiy tafakkurni

rivojlantirish” nazariyasida bo‘lgani kabi biror bir mediama’lumot kimning
manfaatlariga javob berishi va u aholining qaysi tabaqalariga mo‘ljallanganini
aniqlashtirishga asoslangan;

- mediata’limning semiotik va “tanqidiy tafakkurni shakllantirish” nazariyasi

medianing manipulyativ imkoniyatlarini hamda mediamatnlarni tahlil qilishdagi
yondashuvlar o‘rtasida bevosita uyg‘unlik kuzatiladi;

- mediata’limning madaniyatshunoslik nazariyasi bilan o‘xshatishlik pedagoglar

vazifasiga kirib, u orqali o‘quvchilar mediamatnlarni baholashga va tanqidiy tahlil
qilishga o‘rgatiladi.

3. Aksariyat nazariyalarda markaziy o‘rin ta’lim oluvchilarga ajratilib, bu esa

shaxsga ta’lim berishning zamonaviy yondashuvlariga mos keladi.

4. Mediata’lim konsepsiyalarida ham umuman olganda media imkoniyatlaridan

foydalanishga ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi va ijodiy yondashuvlar e’tiborga olinadi.
Ushbu yondashuvlarni ro‘yobga chiqarishda mediapedagoglar o‘quv faoliyatlari
jarayonida turli usullarni tatbiq etadilar:


background image

346

- deskriptiv usul (ishtirok etuvchilar va voqea-hodislarni qayd etgan holda

umumiy mazmunni qayta so‘zlab berish),

- shaxsga bog‘liq bo‘lgan usul (mediamatn bilan bog‘liq emotsiyalar,

munosabatlar, xotiralarni tasvirlash),

- tahlil usuli (mediamatn tili, tuzilishi, turli nuqtai nazarlarni tahlil qilish),
- tasniflash, klassifikatsiyalash usuli (tarixiylik kontekstida asarning o‘rni),
- tushuntirish, izohlash usuli (media matn haqidagi fikr, muhokamalarni

shakllantirish),

- baholash usuli (muayyan mezonlar, kriteriyalar asosida mediamatnning yaxshi

va ustun tomonlari to‘g‘risida xotima, xulosalarni ifoda etish).

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Ковшарова Т.В.Формирование медиаобразованности старшеклассников

в эколого-информационном педагогическом пространстве урока. Диссертация
кандид. пед. наук. – Иркутск, 2006. – 186 с.

2.

Максимова Г.П. Медиавоспитание в высшей профессиональной

коле. Ростов н/Д.: Изд-во Ростов. гос. пед. ун-та, 2006. 180 с.

3.

Искаков, Б.А. Развитие медиакомпетентности учителей в условиях

ресурсного центра: дис. … канд. пед. наук: 13.00.08 / Искаков Бейбит
Абаканович. – Барнаул, 2013. – 179 с


ИНФОРМАТИКА ДАРСЛАРИДА ЎҚУВЧИЛАРНИНГ КОГНИТИВ

ФАОЛИЯТИНИ ИНДИВИДУАЛЛАШТИРИШ (АКАДЕМИК ЛИЦЕЙ

АНИҚ ФАНЛАР ЙЎНАЛИШИ МИСОЛИДА)

Боймуротов Асқарали Бургутович

Тошкент молия институти академик лицейи

gentramokre@gmail.com

Аннотация.

Давлат умумтаълим стандартларида таълимнинг педагогик

мақсадлари ўқувчиларнинг ўқишдаги муваффақиятларидан кўра кўпроқ шахсий
ривожланишига

йўналтирилган.

Мақолада

информатика

дарсларида

ўқувчиларнинг когнитив фаолиятини индивидуаллаштириш борасида ўқувчи
шахсини ҳар томонлама ривожлантириш зарурлиги, олинган билим ва
кўникмаларни ривожлантириш масалалари ёритиб берилган.

Калит сўзлар.

ривожлаништирувчи таълим, узлуксизлик, маҳорат,

табақалаштирилган таълим, бошқарув тамойиллари, тизим, вазият.


Бошланғич синфлар, асосий ва ихтисослаштирилган мактабларда ҳамда

академик лицей ва касб-ҳунар коллежларида ахборот муҳитида ҳаракат қила
оладиган ва онгли қарорлар қабул қила оладиган, ижодий фаолият усулларини
биладиган, ўз-ўзини тарбиялаш, мустақил таълим олиш, нафақат мавжуд
билимларни ўзлаштиришга, балки янгиларини яратишга тайёр бўлган кадрлар
тайёрланиши мамлакатимиз таълимини модернизациялаш асосида яратилган

Библиографические ссылки

Ковшарова Т.В.Формирование медиаобразованности старшеклассников в эколого-информационном педагогическом пространстве урока. Диссертация кандид. пед. наук. – Иркутск, 2006. – 186 с.

Максимова Г.П. Медиавоспитание в высшей профессиональной коле. Ростов н/Д.: Изд-во Ростов. гос. пед. ун-та, 2006. 180 с.

Искаков, Б.А. Развитие медиакомпетентности учителей в условиях ресурсного центра: дис. … канд. пед. наук: 13.00.08 Искаков Бейбит Абаканович. – Барнаул, 2013. – 179 с

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов