Сравнительный анализ инновационного развития реформ образовательного процесса

CC BY f
161-164
1
0
Поделиться
Алибеков, Д. (2023). Сравнительный анализ инновационного развития реформ образовательного процесса. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 161–164. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25353
Даврон Алибеков, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека Джизакский филиал

(Кн)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim tizimidagi amalga oshirilayotgan islohatlar, ta’lim infratuzilmalari, ta’limni innovatsion rivojlantirish, xorijiy davlatlarning ta’lim tizimidagi innovatsion jarayonlar va ularning qiyosiy tahlili haqida so‘z yuritiladi.


background image

161

статей по итогам Международной научно-практической конференции
(Новосибирск, 02.10.2019 г.). – Стерлитамак: АМИ, 2019. – С. 26-28.

3. Современные информационные технологии в сфере образования:

возможности и перспективы / П.Н. Медведев, Д.В. Малий, Е.С. Папочкина //
Международный научно-исследовательский журнал. – 2021. – № 6 (108). – Часть
4. – С. 110-113. DOI:

https://doi.org/10.23670/IRJ.2021.108.6.119


TA’LIM JARAYONI ISLOHATLARINI INNOVATSION

RIVOJLANTIRISHNING QIYOSIY TAHLILI

(PhD) Alibekov Davron Abdurakibovich

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

alibekovdavron252@mail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ta’lim tizimidagi amalga oshirilayotgan

islohatlar, ta’lim infratuzilmalari, ta’limni innovatsion rivojlantirish, xorijiy
davlatlarning ta’lim tizimidagi innovatsion jarayonlar va ularning qiyosiy tahlili haqida
so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Ta’lim, tarbiya, innovatsiya, infratuzilma, rivojlantirish,

strategiya, integratsiya, jamiyat, barqarorlik, qadriyat, dunyoqarash.


Ta’lim tizimini isloh qilmasdan turib, zamon talablariga javob bera oladigan

malakali mutaxassislarni tayyorlash, tajribali kadrlarsiz esa, bozor iqtisodiyotiga
asoslangan huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish
jarayoni qiyin kechishi, tabiiy. Bu o‘z o‘rnida, ta’lim sohasida muntazam rivojlanishni
ta’minlash, istiqlolning dastlabki yillaridanoq yangicha fikrlaydigan va ishlaydigan
kadrlar tayyorlash siyosatini ishlab chiqishni taqozo etdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim yoshidagi

bolalarni ta’lim muassasalariga qamrab olish muammosi to‘liq hal etilgan. Umumiy
ta’limni tashkil etishdagi bunday yondashuv natijasida, mamlakatdagi aholi
savodxonligi darajasi bo‘yicha 99,3 foizni tashkil etib, Italiya (98,4 foiz), Ispaniya,
Janubiy Koreya (98 foiz) va Isroil (97,1 foiz) kabi iqtisodiy jihatdan yuqori rivojlangan
mamlakatlarni ortda qoldirmoqda [1].

Oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlari, ilmiy izlanishlar va uning

natijalarini ishlab chiqarishga innovatsion asosda joriy etish jamiyat ijtimoiy hayotini
har tomonlama barqaror yuksalishiga olib keladi. Ta’lim va fan uyg‘unligi va
integratsiyasi chuqur ta’minlanadigan bo‘lsa, innovatsion faoliyat rivojlanadi, natijada
jamiyat va inson faravonligi ta’minlanadi. Hozirgi zamonaviy sharoitda
mamlakatimizda fan olamidagi ishlanmalar va innovatsiyalarni rivojlantirishga ehtiyoj
oliy ta’lim muassasasida ishlovchi olimlardan katta ilmiy mas’uliyat talab etmoqda.
Natijada olimlar yangi zamonaviy bilimlar, yangiliklar yaratish ko‘nikmalarini
egallash borasida innovatsion faollikka ega bo‘lib bormoqdalar.

Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimining takomillashtirishda xorijiy davlatlar

tajribasini o‘rganish va ularning yutuqli jihatlarini mamlakat ta’lim tizimiga


background image

162

moslashtirgan holda tatbiq etish muhim hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida
ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini taklif etish maqsadida bir qator
xorijiy davlatlarning tajribasi o‘rganildi.

Xorijiy amaliyotida oliy ta’limda davlat tomonidan ilmiy va innovatsion

faoliyatni rag‘batlantirish ishlari muhim bosqichlarda amalga oshiriladi. Angliyada
oliy ta’limda innovatsiyalarni rivojlantirish strategik moliyalash bir yo‘la beriladigan
subsidiyalar orqali amalga oshiriladi. Tadqiqotlar kengashlari mamlakatda
tadqiqotlarga loyiha asosida universitetlarga investitsiya kiritadi. Demak davlat
tomonidan bir yo‘la havola etiladigan subsidiyalar oliy ta’limda innovatsion
rivojlanishda barqarorlikni va strategik resurslarni doimiyligini ta’minlaydi.

AQShda maktab bolalarining bilim darajasiga qarab A, V, S guruhlari tashkil

etiladi. Shundan kelib chiqib, har bir sinfga talab oshib boradi. Barcha o‘quvchilar 9-
sinf boshlanishi oldidan test sinovlaridan o‘tkaziladi. Test sinovlarini 90 foizdan yuqori
natija bilan yakunlagano‘quvchilarga akademik yo‘nalishda ta’lim olish tavsiya etiladi
[2]. Natijasi 90 % dan past o‘quvchilar amaliy ta’lim yo‘nalishida o‘qishni davom
ettiradi. Sanoat yo‘nalishidagi sinflarda darslarning yarmi maktab ustaxonasida olib
boriladi. Ularda umumta’lim darslari qisqartirib o‘tiladi. Umumiy tayyorgarlik
yo‘nalishi esa, umumiy bilimlarni berib, ushbu bilimlar kasb tanlash uchun yoki oliy
ta’limda o‘qishni davom ettirish uchun yetarli emas. Shu sababli oxirgi yillarda ushbu
yo‘nalish qattiq tanqidlarga uchramoqda.

Rossiya Federatsiyasida ta’lim muassasalari davlat, munitsipal va xususiy

muassasalarga bo‘linadi. Umumiy ta’lim Rossiya Federatsiyasi ta’lim tizimida
majburiy hisoblanadi. Maktab yoshiga yetgan o‘quvchilar barcha umumta’lim
muassasalariga kirish imtihonlarisiz (sinov, test, tanlov va boshqa jarayonlarsiz) qabul
qilinadi. Rossiya ta’lim tizimi eksternat tartibida ham ta’lim olishni kafolatlaydi.

Rossiya federatsiyasida ta’lim tizimida innovatsion rivojlantirish borasidagi bir

qator olib borilgan islohotlar o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar uchun bir qator
qulayliklar va afzalliklar yaratib beradi. Mazkur mamlakatda ta’lim olishda eksternat
tizimini ham joriy etilishi o‘quvchi va talabalar ichidan iqtidorlilarini tanlab olish,
ularni rag‘batlantirish, bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni
yechishda qo‘l keladi. Bu esa, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ta’limiy munosabatlarda
uyg‘unlik va mutanosiblikni ta’minlaydi.

Koreya Respublikasi ta’lim tizimi o‘zida o‘ziga xos innovatsion o‘zgarishlarni

boshidan kechirgan. Koreya Respublikasida “Ta’lim haqida”gi qonun 1948 yilda qabul
qilingan. Ta’lim tizimiga asos qilib an’anaviy G‘arb modeli olingan. Koreya
Respublikasi ta’lim tizimi maktabgacha ta’lim (majburiy bo‘lmagan), 6 yillik
boshlang‘ich ta’lim (6 yoshdan), o‘rta maktab (o‘qish muddati 3 yil), oliy darajali o‘rta
maktab (o‘qish muddati 3 yil), oliy ta’limdan iborat.

Koreya oliy darajali o‘rta maktablarlari ikkiga: umumiy va professional-texnik

shakllarga bo‘linadi. Umumiy profildagi maktablarda o‘quvchilar gumanitar, ijtimoiy
va tabiiy fanlar san’at va xorijiy tillarni o‘rganishadi. Professional-texnik maktablar
esa o‘quvchilarga kompyuter texnikasi, ma’muriy ish yuritish, umumiy mashinsozlik,
qishloq xo‘jaligi va dengiz ishlari bo‘yicha bilimlar berishga ixtisoslashgan. Shunga
qaramasdan aytish mumkinki, oliy darajadagi o‘rta maktablarning asosiy vazifasi
o‘quvchilarni oliy o‘quv yurtiga tayyorlash hisoblanadi. Mazkur maktab


background image

163

bitiruvchilarining olgan baholari oliy o‘quv yurtiga kirish imkoniyatlariga sezilarli
darajada ta’sir ko‘rsatadi. Aksariyat o‘quvchilar dars mashg‘ulotlaridan so‘ng
qo‘shimcha tayyorlov yoki repititorlik kurslariga qatnashadilar. Asosiy e’tibor
matematika va ingliz tilini o‘rganishga ajrataladi.

Yaponiya ta’lim tizimi ham o‘ziga xos rivojlanish tendensiyalarini o‘zida

mujassamlashtirgan. Yaponiya ta’lim tizimining shakllanishi 1867-1868 yillarda
boshlangan bo‘lib, 1872 yilda “Ta’lim haqida”gi qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra,
Yaponiyada boshlang‘ich ta’lim majburiy 6 yillik qilib belgilangan. Mamlakat
konstitutsiyasi fuqarolarning ta’lim sohasidagi huquq va erkinliklarini belgilab berib,
unda barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishi shart ekanligi qayd etilgan [3]. Hozirgi
zamon yapon ta’lim tizimining tarkibi quyidagicha: bog‘chalar, boshlang‘ich maktab,
kichik o‘rta maktab, yuqori o‘rta maktab, oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi oliy o‘quv
yurtlari.

Singapurning oliy maktab intellektual kapitalini rivojlantirish borasidagi

tajribasi ham diqqatga sazovor. Singapurda ham “ASTAR” fan, texnologiyalar va
tadqiqotlar agentligi mavjud bo‘lib, u fan va texnologiyalar davlat sektorini nazorat
qiladi, 12 ta ilmiy tadqiqot institutini boshqaradi, universitetlar va boshqa tuzilmalarga
grantlar ajratib, mamlakatning yosh olimlarini jahonning eng yaxshi oliy o‘quv
yurtlariga yuboradi. Iqtidorli olimlar uchun turli mukofotlar va stipendiyalar to‘lanadi.
Doktorlik ishidan keyingi tadqiqotlar “ASTAR” xalqaro tashkiloti tomonidan
to‘lanadigan stipendiyalar hisobidan moliyalanadi [4].

Mazkur misoldan ko‘rinib turibdiki, Singapurda innovatsion rivojlanish inson

intellektual qobiliyatini rivojlantirish, ilmiy sohani rivojlantirish uchun uni oliy ta’lim
bilan chuqur integratsiyasini ta’minlash, ilm-fan sohasida davlat sektorini ulushini
saqlab qolgan holda uni boshqarishni jamiyat taraqqiyotining strategik vazifasi deb
belgilashi muhim va diqqatga sazovor jihatlardan biridir. Shuningdek, mazkur davlatda
yosh iqtidorli kadrlarni xorijga, jahonning eng yaxshi o‘quv yurtlariga jo‘natish, ilmiy
tadqiqotchilarga yuqori darajadagi stipendiyalar va maoshlar belgilanishi ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotga tamal toshini qo‘yib, jamiyatning yuqori ilmiy-innovatsion
natijalarga oid istiqbolini belgilaydi.

Yuqorida qayd etilgan ta’lim tizimi bo‘yicha keltirilgan Osiyo davlatlari ta’lim

tizimining G‘arb davlatlari ta’lim tizimidan farqli jihati shundaki, bugungi kunda
Osiyo davlatlarida G‘arbga nisbatan odob-axloq qoidalari va qadriyatlarga kengroq
rioya etib kelinmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston xalqi ta’lim tizimi mental
xususiyatlariga ham ushbu davlatlar ma’naviy-madaniy dunyoqarashi va e’tiqodlari
ko‘p tomonlama mos keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Inson

tarraqqiyoti

BMT

ma’lumotlari.

www.undp.org/.../uzbekistan/.../mdg_bk_uzb_preview.pdf

2.

Amerikanskaya

sistema

obrazovaniya.

http://www.psychologos.ru/articles/view/ mart, 2015.

3.

Markaryans S. Yaponiya: Gosudarstvennaya politika v oblasti obrazovaniya

//Ekonomicheskoe obozrenie, 2003, №1(43) –S. 6.


background image

164

4.

National

Framework

for

Research,

Innovation

and

Enterprise.

URL:http://www.nrf.gov.

5. Alibekov, D. (2020). Socio-philosophical basis of educational system

development. ISJ Theoretical & Applied Science, 10 (90), 24-26. Soi: http://s-o-
i.org/1.1/TAS-10-90-6 Doi:

https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.10.90.6

6. Alibekov, D. (2021). SOTSIALNO-FILOSOFSKIE OSNOVЫ RAZVITIYa

SISTEMЫ OBRAZOVANIYa.

Jurnal muzыki i iskusstva

,

2

(2).

7.

Farsakhanova, Dilafruz, and Davron Alibekov. "Technology to improve the

quality of education based on educational values."

Arxiv Nauchnыx Publikatsiy

JSPI

(2020).

8.

Alibekov, Davron. “Sharq mutafakirlarining ta’lim-tarbiya borasidagi

qarashlari.”

Jurnal muzыki i iskusstva

2.1 (2021).


INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN THE

EDUCATIONAL PROCESS

PhD, as.prof. Khakimov Zhamshid Oktyamovich

Tashkent State Technical University, Uzbekistan

khakimov-jamshid@mail.ru

Annotation:

The article discusses the issue of developing the intellectual

competence of gifted students through the use of information and communication
technologies in the educational process.

Key words:

informatization, intellectual, potential, formation, operational

control, level assessment.


Education is an inextricable part of any society, an indicator of its culture and

the basis of progress. As a connecting link, it ensures the unity and continuity of
experience, spiritual, moral and cultural traditions, and the progressive development of
society.

The main thing in the work of an educational institution is the optimal fulfillment

of the social order for the formation of a competent graduate through the introduction
of information and communication technologies into the educational process.

One of the priority areas of informatization of modern society is the

informatization of education - the process of providing the education sector with
methodology and practical development and rational use of information and
communication technologies

The use of modern information technologies in education makes it possible to

significantly overcome the conservatism and rigidity of the framework of traditional
educational systems and create an open educational space in which the student is not
an object, but a subject of education, independently shaping his own educational
trajectory.

The main goal of education is not only the assimilation of a huge and ever-

increasing amount of knowledge, or at least orientation in the flow of ever-increasing

Библиографические ссылки

Inson tarraqqiyoti BMT ma’lumotlari. www.undp.org/.../uzbekistan/.../mdg_bk_uzb_preview.pdf

Amerikanskaya sistema obrazovaniya. http://www.psychologos.ru/articles/view/ mart, 2015.

Markaryans S. Yaponiya: Gosudarstvennaya politika v oblasti obrazovaniya //Ekonomicheskoe obozrenie, 2003, №1(43) –S. 6.

National Framework for Research, Innovation and Enterprise. URL:http://www.nrf.gov.

Alibekov, D. (2020). Socio-philosophical basis of educational system development. ISJ Theoretical & Applied Science, 10 (90), 24-26. Soi: http://s-o-i.org/1.1/TAS-10-90-6 Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.10.90.6

Alibekov, D. (2021). SOTSIALNO-FILOSOFSKIE OSNOVЫ RAZVITIYa SISTEMЫ OBRAZOVANIYa. Jurnal muzыki i iskusstva, 2(2).

Farsakhanova, Dilafruz, and Davron Alibekov. "Technology to improve the quality of education based on educational values." Arxiv Nauchnыx Publikatsiy JSPI (2020).

Alibekov, Davron. “Sharq mutafakirlarining ta’lim-tarbiya borasidagi qarashlari.” Jurnal muzыki i iskusstva 2.1 (2021).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов