Роль творческой деятельности в подготовке студентов высших учебных заведений к профессиональному творчеству

CC BY f
179-183
3
0
Поделиться
Сатторова, М. (2023). Роль творческой деятельности в подготовке студентов высших учебных заведений к профессиональному творчеству. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 179–183. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25362
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbiy ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning ahamiyati hamda bu jatrayonda ijodiy faollikning o‘rni so‘z yuritiladi.


background image

179

Shunday qilib, matematika darsida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish

o‘qitishning sifat jihatidan yangi usuli bo‘lib, o‘qituvchining ishini osonlashtiradi,
shuningdek, o‘quvchilarning dasturni o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Sadoqat, Sharipova. "Ravshan Do'stov and Bahtiyor Po'filatov."

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИКТ В ПРЕПОДАВАНИИ МАТЕМАТИКИ."." Журнал
математики и информатики 2 (2022).

2.

Шарипова, С. (2022). Matematika fanlarini oqitishda innovatsion va axborot

texnologiyalaridan foydalanish. Современные инновационные исследования
актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 352–
355. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5090

3.

Fazliddinovna

S.

S.

et

al.

KARRALI

INTEGRALLARNI

HISOBLASHNING GEOMETRIK USULI //Conferencea. – 2022. – С. 76-79.

4.

Sadoqat, Sharipova. "METHODS FOR SOLVING PARAMETRIC

EQUATIONS AND INEQUALITIES." PEDAGOGS jurnali 10.2 (2022): 210-221.

5.

Rabimkul Abdunazarov. (2023). PROBLEMS OF CONSTRUCTING AN

EFFICIENT COMPUTATIONAL ALGORITHM FOR RESTORING THE
PARAMETERS OF THE STURM-LOUISVILLE OPERATOR. International Journal
of Contemporary Scientific and Technical Research, 1(1), 79–86. Retrieved from
https://journal.jbnuu.uz/index.php/ijcstr/article/view/352

6.

Абдуназаров Рабимкул, Бахтиёр Пулатов, Азиза Нориева, Клара

Холманова.

ВОССТАНОВЛЕНИЯ

ЯДРО

СПЕКТРАЛЬНОЙ

МЕРЫ

ОПЕРАТОРА ДИРАКА ПО НЕТОЧНЫМ СПЕКТРАЛЬНЫМ ДАННЫМ.
International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research.

7.

Р Абдуназаров, ЛУ Абдурашидова. Алгоритм восстановления оператора

Дирака по двум спектрам. Министерство высшего образования, науки и
инноваций министерство цифровых технологий республики Узбекистан
Ташкентский университет информационных технологий имени Мухаммада ал-
Хоразмий.


OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINI KASBIY IJODKORLIK

FAOLIYATIGA TAYYORLASHDA IJODIY FAOLLIKNING O‘RNI

Sattorova Mahliyo Burxanovna

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali tayanch doktoranti

makhliyosattorova87@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbiy

ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning ahamiyati hamda bu jatrayonda ijodiy faollikning
o‘rni so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Ta’lim, texnologiya, ijodkorlik, faollik, kasb ta’limi, ta’lim

jarayoni, tarbiya, nazariy, amaliy mashg‘ulot, rejalashtirish, ta’lim samaradorligi.


background image

180

Mustaqil Respublikamizda shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti ta'lim tizimi

oldiga jahon standartlari talablariga javob bera oladigan, salohiyatli, chaqqon
(harakatchan), ishlab chiqarish va ijtimoiy sohadagi yangiliklarni faol qabul qila
oladigan va yangilik yarata olishga qobiliyatli ijodkor mutaxassislarni tayyorlash
vazifasini qo‘ydi. Bunday mutaxassislar kasbiy bilimlarning zaruriy “yadro”sini
o‘zlashtirishdan tashqari, ijodkorlik, tashabbuskorlik, ilmiy izlanuvchanlik,
mustaqillik, yangilik yarata bilish, tanqidiy fikrlash, masalalarni ko‘p variantda yecha
olish va ularni ob'ektiv baholash ko‘nikmalarini egallagan bo‘lishi kerak.

Ijodkorlik yoki ijodiy faoliyat katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, yangi,

birinchi marta yaratilayotgan, o‘xshashi bo‘lmagan mahsulot beruvchi faoliyat. Bu
haqda quyidagi fikr qayd etilgan: “Inson faoliyati o‘z mohiyati, amalga oshirilish
xarakteri va ijtimoiy ahamiyati bo‘yicha ijodkorlikdir” [117, 25 b.].

Oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbiy ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashda

ijodiy faollikning o‘rni va ahamiyatini o‘rganish jarayonida tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, talabalarning bilish faoliyati, ijodiy va reproduktiv qismlardan iborat ekan
[134]. Ular o‘zaro bir - biri bilan aloqador va talaba tayyorgarligiga bog‘liq holda
muayyan nisbatda bo‘ladi. Ijodkorlik va eslash (xotirlash) elementlari bir - biridan
natija va faoliyat usuli bo‘yicha farq qiladi. Ijodiy faoliyat natijasida talaba yangi
bilimlarga ega bo‘ladi yoki o‘quv jihozlari, moslamalar, asbob - uskunalar va
boshqalarni yaratadi. Bu faoliyat natijasining yangiligi esa, talaba bilish faoliyati va
qiziqishi rivojida muhim rol o‘ynaydi. Ammo, didaktik nuqtai nazardan bu
ijodkorlikning asosiy va yagona belgisi emas, u birinchi navbatda o‘quv muammosini
yechish va qo‘yilgan maqsadga erishish vaqtida namoyon bo‘ladi. Masalan,
tikuvchilikni o‘rganishda talabalarni yengil sanoat buyumlari ishlab chiqarishning
zamonaviy yo‘nalishlari bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yo‘nalishlar
moda sanoati, yangi texnologiyalar va ulardan foydalanishga oid materiallar orqali
ochib beriladi.

V.G.Solovyanyukning tasdiqlashicha, “O‘qitish jarayonida ijodiy faollik

tamoyili o‘rganuvchini tevarak- atrofga moslashishga yordam beradi va uning ijodiy
fikrlash rivojiga asos yaratadi. Talabaning to‘g‘ri tashkil etilgan faolligi hamma vaqt
bilish qobiliyati va ijodiy fikrlashi bilan bog‘liq” [125, 37 b.].

Talabalarda o‘qishga, ijodiy va axloqiy rivojlanishga faol munosabatning

namoyon bo‘lishi esa ularda ehtiyoj, qiziqish, moyillik va javobgarlik hissini yuzaga
keltiradi. Shaxsda faollik rivojlanishi uchun hayotda va o‘qishda qulay muhit bo‘lishi
kerak. Bu shaxs faolligining asosiy psixologik sharti hisoblanadi. U holda, shaxs
faolligi rivojining manbai bo‘lib, yangi ehtiyoj, intilish va ularning qoniqtirilishi
darajasi o‘rtasidagi ziddiyat hisoblanadi. Talabalarning faolligi to‘g‘ri tashkil etilishi
natijasida ular mehnat va ishlab-chiqarish amaliyoti jarayonida mehnat faoliyati
tajribalarini egallaydi.

Serkutev G.V. talabalar ijodiy faolligi xarakterini o‘rganib, quyidagilarni qayd

etadi; “Ijodiy faollik bir-biriga bog‘liq ikkita komponent, ya’ni ko‘zlangan faoliyat
ko‘rinishidagi ijodiy munosabat va faoliyatda ifodalangan ijodiy jarayon natijasi bilan
ifodalanadi” [121, 23 b.].

Yuqorida qayd etilganlarni umumlashtirib, biz ijodiy faollik - bu sub’ekt yangi

mahsulot yaratish jarayonida qandaydir mashg‘ulotlarda egallangan ko‘nikma va


background image

181

malakalarni uning uchun yangi bo‘lgan vaziyatga qo‘llash faoliyati – degan xulosaga
keldik.

V.I.Orlov ongli maqsadga muvofiq faollik haqida fikr yuritib, quyidagilarni

qayd etgan: “O‘qishning bo‘lajak harakatlanuvchi kuchi uning mahsuldorligiga ta’sir
ko‘rsatadi. Shuning uchun, faollikni o‘qitish sharti emas, balki vositasi sifatida qarash
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda unga munosabat predmetga munosabat va bilish
jarayoni o‘zaro bog‘liq deb hisoblanadi” [101, 45 b.].

Ba'zi bir psixologik-pedagogik tadqiqotlarda faollikning uchta darajasi qayd

etilgan: reproduktiv–taqlidchilik, qidiruv–izlanuvchanlik va ijodiy [59, 72].

Reproduktiv xuddi shuningdek, o‘quv ijodiy bilish faoliyatidagi faollik o‘lchovi

bo‘lib, ularning berilgan vaqt oralig‘idagi natijaviyligi, talabalarning shu vaqtdagi
bilish imkoniyatlarining mosligi hisoblanadi. Shuning uchun ham, motiv muammosi
o‘qitish jarayonida muhim rol` o‘ynaydi. OTM talabalarida ehtiyoj va motiv
rivojlanmasdan o‘qishga ishtiyoq vujudga kelmaydi va amalga oshmaydi. Shu bois,
ularni OTM o‘qituvchisi o‘z ish faoliyatida hisobga olishi, zaruratga qarab o‘qitish
jarayonida talabalar ehtiyoji va motivini shakllantirishi muhim hisoblanadi.

M.N.Skatkin fikricha, keng ijtimoiy motivdan tashqari o‘qish jarayonida

shakllanuvchi va tor ma'nodagi, ya'ni ta'lim mazmuni va metodlari hamda tashkil
etilishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan, o‘quv faoliyatning o‘ziga bevosita bog‘liq
motivlar ham katta rol o‘ynaydi [122, 77 b.].

Faoliyat motivi - bu ehtiyojni qondirish uchun uning predmeti bilan amalga

oshiriladigan hatti-harakat.V.G.Solovyanyuk esa motiv haqida quyidagilarni qayd
etadi: “motiv - u yoki bu ehtiyojni ta’minlashga yo‘naltirilgan ongli faoliyatga insonni
yo‘naltiradi” [124,69b.]. V.G.Razumovskiy fikricha, “Motiv deganda psixologiyada
talabalarni hatti – harakatlarga undaydigan sabablar tushuniladi. Motivlarning
shakllanishiga talablar va instinktlar, mayllar hamda emotsiyalar, g‘oyalar va
qiziqishlar ta'sir etadi” [115, 94 b.]. Qayd etilganlarni kasbiy ijodkorlik faoliyatiga
tadbiq etib, motivni ta’riflaydigan bo‘lsak, uni “ijodkorlik ob’ekti bilan bog‘liq aniq
ehtiyojni qanoatlantirish uchun muammoli vaziyatni hal qilishga qaratilgan hatti–
harakatlar (yoki faoliyat jarayoni)” deyish mumkin bo‘ladi.

Ijodiy faoliyat motivlari turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: masalan,

“boshqalardan qolishmaslikka intilish”; “bilimdon, a’lochi bo‘lib nom chiqarishga
erishish” va hokazo. Eng oliy motivlar bu jamiyatga foydali bo‘lish uchun ijodkor
bo‘lish va nihoyat, “ko‘p bilish” motivi, ya'ni asosida bilishga qiziqish yotgan
motivlardir. Talabalarda ijodkorlik ehtiyojini tarbiyalash va rivojlantirishda
o‘qituvchining vazifasi ularda oliy motivlarni, ya’ni “jamiyatga foydali bo‘lish” uchun
ijodkor bo‘lishi zarurligiga ishonchni tarbiyalash, ijodkorlik masalalarini yechishda
ehtiyojni rivojlantirish, jazm-qarori qat’iyligini shakllantirish, shashti baland bo‘lish,
“qaynash” hissini tarbiyalashdan iboratdir.Talaba faoliyatida ehtiyoj motivi o‘ziga
xosligi yana quyidagilar bilan ham izohlanadi: g‘oya, tuyg‘u, kuyinchaklik, tashqi
dunyo predmetlari va boshqalar. Ehtiyoj va motiv ba’zan birlashib bitta tushunchani
ifodalaydi, ya’ni ularni bir so‘z bilan motivlashtirish (motivatsiya) deyiladi.

Ijodiy faoliyat jarayoni shaxsning ehtiyojlarini shakllantirish va qondirish uchun

keng imkoniyatlarga ega. Bu ehtiyojlar psixologiya fanida yuqori natijalarga erishishga
va bilishga bo‘lgan ehtiyojlarga ajratib talqin qilinadi.


background image

182

Agar talaba ijtimoiy fanlar, kasbiy va umumkasbiy kabi fanlardagi u yoki bu

nazariya yoki qonunni nima uchun o‘rganish kerakligini aniq tushunsa, u holda bu
qonunning o‘zi uchun, kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun ahamiyatini anglaydi va
kerakli o‘quv materiallarini tezda mustahkam egallaydi, natijada muammo yechimini
topish uchun ishchi farazni shakllantiradi. Boshqacha aytganda, bu yerdagi ijodkorlik
masalasi muammoli vaziyatda o‘ziga xos fikrlash hisoblanadi. Masalaning qo‘yilishi
bilan nima qilmoq va nimani izlamoq (topmoq) kerak va buning uchun nimalar zarur,
degan savollar paydo bo‘ladi. Demak, ijodkorlik masalasini muammoli vaziyatning
modeli deyish mumkin. Ammo shuni unutmaslik kerakki, har qanday ijodkorlik
masalasini yechishda faoliyat motivi muhim hisoblanadi. Demak, ijodkorlik
masalalarini hal etishda faoliyat motivlari muhim rol o‘ynar ekan. Talabalarda faoliyat
motivlari zamonaviy ishlab chiqarish, texnika va texnologiyaning ilmiy–texnik
asoslarini o‘rganishda, texnologik va texnik masalalarni yechish jarayonida,
shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarda turli xil individual o‘quv mashg‘ulotlarini
bajarishda rivojlanadi. Talabalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish uchun esa turli
metodik usullardan foydalanib (masalan, ishlab chiqarish faoliyatining yo‘naltirilgan
asoslari, muammoli vaziyat, muammoli ishlab chiqarish vaziyatini tanlash, fanlarni
o‘rganishning kasbiy yo‘nalganligi va boshqalar) o‘qitishni maqsadga yo‘naltirilgan
holda tashkil etish lozim. Bizning nuqtai nazarimizcha, bu masalani fanlarning kasbiy
yo‘nalganligini ta'minlash orqali muvaffaqiyatli hal etish mumkin. Ushbu talabdan
kelib chiqqan holda o‘qituvchi darsda yangi qonun yoki hodisani o‘rganishning aniq
maqsadlarini ochib beradi. Qayerda, qanday kasbda, qanday qilib, qay maqsadda mos
ilmiy bilimlardan foydalanishni, ularning aniq ishlab chiqarish jarayonini boshqarish
uchun muhimligi va zarurligini ko‘rsatadi. O‘qituvchi muammoli ishlab chiqarish
vaziyatini tanlab, ilmiy bilimlar yordamida uning qanday tadqiq etilishini ko‘rsatadi.
Masalan, tikuvchilik kasbini tanlagan OTM talabalariga “Ignasiz tikish mumkinmi?”,
degan savol berilganda, albatta, ular yo‘q deb javob berishi aniq. Shunda o‘qituvchi
ignasiz ham tika oladigan ultra to‘lqinli mashinalar mavjudligini talabalarga
tushuntirishi lozim. Shundan so‘ng mavzuga oid atamalar, to‘lqin xossalarini o‘rganish
boshlanadi.

Talabalar faolligining har bir darajasi o‘qitish jarayonining muayyan

bosqichidagi aniq maqsadga mos keluvchi harakatlarni bajarish jarayonida namoyon
bo'ladi. Shu bilan birgalikda, faollik darajasini shakllantirish ketma-ketligini
o‘rnatishda, avval quyi faollik darajasini o'rnatib, so‘ngra yuqori faollik darajasini
ta'minlash mumkin. Chunki, bitta faollik darajasidan boshqasiga o‘tish, quyi darajada
olingan natijaga asoslanadi. Demak, talabalarda ijodiy faollikni shakllantirish uchun,
ularning har biri faollikning barcha darajalarini o‘zlashtirish kerak ekan.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Yo'ldoshev J.G'. Ilg'or pedagogik texnologiya. T: «Fan», 2004.
2. Sayidahmedov N.S. Ilg'or pedagogik texnologiya.
3. Yo'ldoshev U.A Ilg'or pedagogik texnologiya amalda. Navoiy, 2003.
4. ISSN 2181-1717 (E) Образование и инновационные исследования (2022

год №1) http://interscience.uz 211


background image

183

5. Sattorova Mahliyo. (2023). Oliy ta’lim tizimida bo‘lajak muhandislarni

mustaqil ishlash jarayoniga tayyorlashning ba’zi jihatlari.

International Journal of

Contemporary Scientific and Technical Research

, 45–49. Retrieved from

https://journal.jbnuu.uz/index.php/ijcstr/article/view/367

6. Alimov N., Ismoilov T. Ilmiy-uslubiy manbalarda ijodkorlik tushunchasi va

uning o‘ziga xos tomonlari // Pedagogika fanining barkamol avlodni shakllantirishdagi
o‘rni: Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Jizzax: JDPI, 2003. – B. 4-
9.

7. Alimov N., Tog‘ayev X. Texnikaviy ijodkorlikda maqsad, mezon va talabalar

ijodkorlik qobiliyati uyg‘unligi // Kasbiy ta’lim muammolari: Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallari. –Samarqand: SamDAQI, 2003. –B. 62-64.

8. Sattorova Mahliyo Burxanovna. (2022). TA’LIM JARAYONIDA

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O’RNI VA AHAMIYATI.

International

Journal of Contemporary Scientific and Technical Research

,

1

(2), 436–440. Retrieved

from

http://journal.jbnuu.uz/index.php/ijcstr/article/view/227

9.

Normurod Alimov, & Makhliyo Sattorova. (2023). PRINCIPLES OF

DETERMINING, DEVELOPING AND MANAGEMENT OF CREATIVE
ABILITIES IN STUDENTS.

International Journal of Contemporary Scientific and

Technical

Research

,

1

(1),

87–93.

Retrieved

from

https://journal.jbnuu.uz/index.php/ijcstr/article/view/353


MAKTAB O‘QITUVCHILARI UCHUN DARSDAN TASHQARI

MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI

TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

Mamatkadirov Maxammadali Mamatisakovich

Farg‘ona Davlat Universiteti, O‘zbekiston

maxam.uz.1976@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqola virtual platformalarni ishlab chiqishda o'zgartirish

imkoniyatlarini o'rganadi.O'qituvchilar o'rtasidagi hamkorlik va dinamikani yaratishda
ularning afzalliklarini namoyish etadi va qo'llab-quvvatlovchi professional
hamjamiyat.

Kalit soʻzlar:

Platforma, raqamli texnologiyalar, vebinar va onlayn

konferentsiya, virtual murabbiylik, xalqaro hamkorlik.


Bugungi raqamli asrda virtual platformalar o‘qituvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni

kuchaytirish uchun ajralmas vositaga aylandi. Ushbu platformalar oʻqituvchilarga
oʻqitish va oʻrganishning turli jihatlari boʻyicha bogʻlanish, fikr almashish va
hamkorlik qilish imkoniyatlarini taqdim etadi. Ushbu maqola o‘qituvchilar o‘rtasida
hamkorlikni rivojlantirishda virtual platformalarning o‘zgaruvchan salohiyatini
o‘rganadi va ularning jonli va qo‘llab-quvvatlovchi professional hamjamiyatni
yaratishdagi afzalliklarini ko‘rsatib beradi.

Библиографические ссылки

Yo'ldoshev J.G'. Ilg'or pedagogik texnologiya. T: «Fan», 2004.

Sayidahmedov N.S. Ilg'or pedagogik texnologiya.

Yo'ldoshev U.A Ilg'or pedagogik texnologiya amalda. Navoiy, 2003.

ISSN 2181-1717 (E) Образование и инновационные исследования (2022 год №1) http://interscience.uz 211

Sattorova Mahliyo. (2023). Oliy ta’lim tizimida bo‘lajak muhandislarni mustaqil ishlash jarayoniga tayyorlashning ba’zi jihatlari. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 45–49. Retrieved from https://journal.jbnuu.uz/index.php/ijcstr/article/view/367

Alimov N., Ismoilov T. Ilmiy-uslubiy manbalarda ijodkorlik tushunchasi va uning o‘ziga xos tomonlari // Pedagogika fanining barkamol avlodni shakllantirishdagi o‘rni: Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Jizzax: JDPI, 2003. – B. 4-9.

Alimov N., Tog‘ayev X. Texnikaviy ijodkorlikda maqsad, mezon va talabalar ijodkorlik qobiliyati uyg‘unligi // Kasbiy ta’lim muammolari: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. –Samarqand: SamDAQI, 2003. –B. 62-64.

Sattorova Mahliyo Burxanovna. (2022). TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O’RNI VA AHAMIYATI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 1(2), 436–440. Retrieved from http://journal.jbnuu.uz/index.php/ijcstr/article/view/227

Normurod Alimov, & Makhliyo Sattorova. (2023). PRINCIPLES OF DETERMINING, DEVELOPING AND MANAGEMENT OF CREATIVE ABILITIES IN STUDENTS. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 1(1), 87–93. Retrieved from https://journal.jbnuu.uz/index.php/ijcstr/article/view/353

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов