Ta’lim - tarbiya jarayonida kompetensiyalar va ularni shakllantirishda fanlararo bog‘lanishlardan foydalanish

CC BY f
527-531
7
0
Поделиться
Каландарова, О. (2023). Ta’lim - tarbiya jarayonida kompetensiyalar va ularni shakllantirishda fanlararo bog‘lanishlardan foydalanish . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 527–531. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25639
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqola O‘zbekistonRespublikasi ta’lim jarayoniga tatbtq qilingan Davlat ta’lim standartlarini Texnologiya ta’limi predmeti mashg‘ulotlarida amaliy qo‘llash xususiyatlariga qaratilgan. Xususan texnologiya fan predmetini o‘qitishga kompetensiyaviy yondoshuvning tatbiq qilinishi asoslari ko‘rib chiqilgan. Mashg‘ulotlar jarayonida Texnologiya fan predmeti bilan boshqa fan predmetlari o‘rtasidagi predmetlaro aloqadorlikni amalga oshirish asosida o‘quvchilarning ta’limiy kompetensiyalarini shakllantirish imkoniyatlari tadqiq qilingan. 


background image

527

16.

Otamuratov

R.U.,

Ochilova

M.

EMOTSIONAL

INTELEKT

TUSHUNCHASINING PSIXOLOGIK OʻZIGA XOSLIGI // CARJIS. 2022.
№Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/emotsional-intelekt-
tushunchasining-psixologik-o-ziga-xosligi (дата обращения: 30.01.2023).

17.

Otamuratov, R., & Otamuratova, S. (2023). INTERNETNING SHAXSGA

TA’SIRI

MUAMMOSINING

PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI.

Журнал

Педагогики и психологии в современном образовании

,

3

(1).

18.

Otamuratov, R., & Otamuratova, S. (2023). VIRTUAL MUHITNING

SHAXSGA TA’SIRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.

Журнал Педагогики

и психологии в современном образовании

,

3

(1).

19.

Otamuratov, R., & Otamuratova, S. (2023). VIRTUAL MUHITNING

SHAXSGA TA’SIRINING HISSIY OMILLARI.

Журнал Педагогики и психологии

в современном образовании

,

3

(1).

20.

Р.У.Отамуратов.,

Ўқувчиларда

касбий

мотивациялар

шаклланишининг психологик омиллари.

Ўзбекистонда психологияни

ривожлантириш муаммолари: назария ва амалиёт уйғундиги. 2021., - 282 б.

21.

Alibekov, Davron. “Sharq mutafakirlarining ta’lim-tarbiya borasidagi

qarashlari.”

Журнал музыки и искусства

2.1 (2021).

22.

Davlataliyevna, S. N. (2022). OILADAGI SALBIY MULOQOTNING

FARZAND PSIXOLOGIYASIGA TA'SIRI.

International Journal of Contemporary

Scientific and Technical Research

, 475-478.

23.

R.U.Otamuratov, S.A.Otamuratova., Ta’lim jarayonida innovatsion

texnologiyalardan foydalanish., МАСОФАВИЙ ТАЪЛИМНИ ТАШКИЛ
ЭТИШНИНГ ПЕДАГОГИК-ПСИХОЛОГИК ЖИҲАТЛАРИ Республика илмий-
амалий конференция материаллари тўплами., 2021., 494 b.

24.

R.U.Otamuratov., Kasbiy tanlovlardagi xavotirlanishning psixologik

xususiyatlari., ГЛОБАЛ ДУНЁДА ПСИХОЛОГИЯ ФАНИ: НАЗАРИЯ ВА
АМАЛИЁТ, ЧАҚИРУВЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР Профессор Эргаш Ғозиевич
Ғозиев хотирасига бағишланган Республика илмий-амалий конференцияси
материаллари 16 феврал 2022 йил 2022 y., - 379


TA’LIM - TARBIYA JARAYONIDA KOMPETENSIYALAR VA ULARNI

SHAKLLANTIRISHDA FANLARARO BOG‘LANISHLARDAN

FOYDALANISH

Qalandarova Oʻrinposhsha Yuldashovna

Urganch Davlat universiteti

oqalandarova@bk.ru

Annotatsiya:

Maqola O‘zbekistonRespublikasi ta’lim jarayoniga tatbtq

qilingan Davlat ta’lim standartlarini Texnologiya ta’limi predmeti mashg‘ulotlarida
amaliy qo‘llash xususiyatlariga qaratilgan. Xususan texnologiya fan predmetini
o‘qitishga kompetensiyaviy yondoshuvning tatbiq qilinishi asoslari ko‘rib chiqilgan.
Mashg‘ulotlar jarayonida Texnologiya fan predmeti bilan boshqa fan predmetlari


background image

528

o‘rtasidagi predmetlaro aloqadorlikni amalga oshirish asosida o‘quvchilarning ta’limiy
kompetensiyalarini shakllantirish imkoniyatlari tadqiq qilingan.

Kalit so‘zlar:

Kompetensiya, davlat ta’lim standarti, fanlararo bog‘lanishlar, fan

predmetlari, qonun, qoida, hodisalar, amalda qo‘llash.

Kirish.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha

yo‘nalishlar kabi ta’lim sahasida ham islohotlar amalga oshirila boshlandi. Islohotlarni
o‘tkazishning zarurligi shundaki , mustaqil Respublikamiz jahon hamjamiyatida o‘z
o‘rnini topish, ilmiy-texnika rivojlanishidan orqada qolmasligi uchun jahon
andozalariga mos keladigan salohiyatli kadrlar tayyorlash muhim ahamiyatga ega.
SHunga ko‘ra “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”
ishlab chiqildi.. Umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus , kasb-hunar ta’limi va Oliy
ta’limda o‘rganiladigan fanlar orasida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida
barcha fanlar bo‘yicha DTS ishlab chiqildi, o‘quv dasturlari asosida yaratilgan
darsliklar tajriba - sinovdan o‘tkazilib , hayotga tatbiq etildi. Bunda albatta, ta’lim-
tarbiya sohasidagi ilg‘or mamlakatlarning ushbu tizimi bo‘yicha olib borilayotgan
tajribalari ham o‘rganildi. SHu bilan birga ayrim yo‘nalishlarda samarasi yuqori
bo‘lmagan holatlar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, chet tillarni o‘qitish an’anaviy
ravishda, ilg‘or axborot kommunikatsion va media - texnologiyalarni qo‘llamasdan
o‘qitilayotgaligi , bu esa zamon talabiga javob bermasligi O‘zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “CHet tillarini o‘rganish tizimini
yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi PP-1875 raqamli qarorida o‘z aksini topdi.
SHunga ko‘ra , mazkur qaror asosida tadbirlar rejsi ishlanib , unda mavjud o‘quv rejasi
va dasturlarni “CHet tillarni egallashning Umumevropa kompetensiyasi” ga mos
ravishda qayta ishlanishi belgilab berildi. Xo‘sh kompetensiyaviy yondoshuv “ o‘zi
nima?

Metodlar

“Competence “ so‘zi “to compete” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,

“musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq” degan ma’noni beradi.
So‘zma-so‘z tarjima qilganda , musobaqalashishga layoqatlilik” ma’nosida keladi.
O‘tgan asr oxirida o‘tgan ta’lim bo‘yicha xalqaro kongressda pedagog - olim Jak
Delorf ta’lim tayanadigan to‘rtta ustunni ta’riflab bergan edi: - bu bilishni o‘rganish,
bajarishni o‘rganish, birgalikda yashashni o‘rganish.1996 yilning 27-30 mart kunlari
Bern shahrida Evropa Kengashi dasturi bo‘yicha o‘tkazilgan simpoziumda , ta’limni
isloh qilish uchun eng muhim narsa tayanch kompetensiyalarni belgilab olish kerak
ekanligini , bu esa o‘z navbatida ta’lim oluvchilarning muvaffaqiyatli ravishda ishlay
olishlari va so‘ngra oliy ta’lim olishlari uchun zarurligi haqida masala qo‘yiladi.
Kompetensiyalarni ishlab chiqaruvchi asosiy mutaxassislardan biri V.Xutxamer
“Evropa yoshlari ega bo‘lishi kerak bo‘lgan” beshta tayanch kompetensiyalarning
ta’riflarini keltiradi. Bu kompetensiyalar quyidagilardan iborat:

- ijtimoiy va siyosiy kompetensiyalar: jamoada qaror qilishda qatnashish va u

haqda javobgarlikni his etish;

- orqali yoshlarga madaniyatlararo kompetensiyalarni, ya’ni boshqalarni hurmat

qilish, boshqa madaniyatga, tilga va dinga ega bo‘lgan insonlar bilan birgalikda
yashay olish kabi zaruriy xislatlarni singdirish kerak;


background image

529

- og‘zaki va yozma muloqatga kirishish bilan bog‘liq kompetensiyalar: Bunda

o‘z ona tilidan tashqari yana boshqa tilni bilish ham muhimligi ko‘zda tutiladi;

- jamiyatni axborotlashtirish bilan bog‘liq kompetentsiyalar: ommaviy axborot

vositalari orqali tarqatilayotgan axborotlarga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish,
uning kuchli va kuchsiz tomonlarini ajrata bilish uchun axborot texnologiyalarini
bilish;

- kasbiy va ijtimoiy hayot taqozosiga ko‘ra butun hayoti davomida uzluksiz

oravishda o‘qib o‘rganib borish.

2006 yil 18 dekabrda Evropa parlamenti va Kengashi uzluksiz ta’lim uchun

quyidagi tayanch kompetensiyalarni tavsiya qildi:

O‘z ona tilida muloqat qila olish;
Chet tilida muloqat qila olish;
Matematik kompetentlik hamda fan va texnika sohasidagi asosiy

kompetensiyalar;

Raqamli kompetentlik;
O‘qishni o‘rganish;
Ijtimoiy va fuqorolik kompetensiyasi;
Tadbirkorlik va tashabbuskorlik tuyg‘usi;
Madaniyatdan xabardor bo‘lish va uni ifodalash.
Hozirgi paytda ko‘pgina Evropa mamlakatlari ushbu kompetensiyalar asosida

ta’lim tizimini yaratgan. Britaniyada oltita tayanch kompetensiyalar asos sifatida
olingan.

Natija:

Asosiy kompetensiyalar:

- muloqatga kirishish;
- hisob - kitoblar yuritish;
- axborot savodxonligi.
AQSHda 1980 yillarda ta’lim standartlari ishlatila boshlandi. Ma’lumki AQSH

da ta’lim tizimi markazlashtirilmagan. SHunga ko‘ra, ta’limga doir ko‘pgina masalalar
har bir shtat tomonidan hal qilinadi. Germaniyada 1970 yilda o‘tkazilgan
tadqiqotlarning butun mamlakat bo‘yicha past natija ko‘rsatganidan keyin ta’lim
standartlari va dasturlari ishlab chiqila boshlandi. Nemislarning standartida ta’lim
tizimida asosiy e’tibor o‘quvchilarga tayanch malakalar va kompetensiyalarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib o‘quv dasturi ortiqcha bilimlar bilan to‘ldirib
tashlanmagan.. Germaniyada 2004 yildan boshlab maktab ta’lim standartlari majburiy
hisoblanadi. Rossiya ta’lim standartlari 1992 yilda ishlab chiqildi, 1993 yildan
vaqtinchalik ta’lim stndartlari ishlab chiqila boshlandi. 2000 yildan boshlab davlat
ta’lim standartlarinigng birinchi avlodi (umumiy ta’lim va ikkinchi avlod (oliy ta’lim
uchun) ishlab chiqila boshlandi.

Muhokama

Shu asosda chet mamlakatlar tajribalari o‘rganilgan holda

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017 yilda 187- son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra yangi Davlat ta’lim standartlari 2017 yildan boshlab bosqichma-bosqich
amaliyotga kiritiladigan bo‘ldi. Ushbu xujjatda kompetensiya so‘ziga quyidagicha
ta’rif keltirilgan. “Kompetensiya - mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik
faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati”

deyilgan. Ushbu ta’rifdan kelib chiqadigan

bo‘lsak. Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitilayotgan fanlarning


background image

530

amaliy yo‘nalganligini va o‘quvchi tomonidan amalda qo‘llay olish ko‘nikma va
malakalarini shakllantirishni kuchaytirish zarurligini keltirib chiqaradi. Bizningcha
ushbu fanga oid kompetensiyalarni talablarini bajarishda fanlararo bog‘lanishlarning
qo‘llanishini samaradorligini oshirish zarur bo‘ladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
tabiy va aniq fanlardan o‘rganiladigan qonun va hodisalarning hayotda qo‘llanishini
o‘rgatishda va ulardan amaliy foydalan olishda texnologiya fan predmeti bilan
bog‘langan holda olib borilishi o‘quvchilarning kompetentligining oshiradi. Masalan
Fizika fan predmetida o‘rganiladigan ishqalanish xodisasi bilan Texnologiya fan
predmetida o‘rganiladigan materiallarga qo‘lda va dastgohlarda kesib ishlov berishga
oid mavzular tushuntirilganda yaxshi natija beradi. Ma’lumki materiallarga kesib
ishlov berish natijastda keskich va kesilayotgan materialning qizishiga asosan
ishqalanish xodisasi sabab bo‘ladi. Bu esa ishlov berish sifatiga salbiy ta’sir o‘tkazadi.
Buning oldini olish uchun to‘g‘ri kesish qoidalariga amal qilish va dasgohlarda
moylash - sovutish suyuqliklaridan foydalanish zarurligi to‘g‘risida o‘quvchilarda
dastlabki tushuncha bilimlarni o‘zlashtirilishiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Har qanday
mehnat operatsiyasini bajarish va o‘quvchilarda zaruriy mehnat ko‘nikma va
malakalarini shakllantirishda amaliy mashqlar katta ahamiyat kasb etadi. Har qanday
o‘quvchining harkatlari va u ishlatadigan moslama va dastgohlarning ishlashi
fizikaning mexanika bo‘limi mavzularida o‘rganiladigan qonunlar va hodisalarga
asoslanadi. Fizika fani predmetining “Moddaning agregat xolatlari” va “Molekulyar -
kinetik nazariya”siga oid mavzulari bilan Texnologiya faning “Pazandachilikda
ishlatiladigan sovutgich va muzlatgich, termos, mikroto‘lqinli elektrpechlarning
tuzilishi va ahamiyati, foydalanish texnologiyasi” mavzularini o‘rganishda
bog‘lanishlar orqali ta’lim jarayonini olib borish o‘quvchilarda o‘rganilayotgan har bir
qonun va hodisalarning hayotda va texnik ob’ektlarda amalda qo‘llanishiga ishonch
hosil qiladilar. Bu esa ularga har bir fanning ularning kelgusi maishiy va kasbiy
faoliyatida asqotishini anglatadi. Matematika fanidan olgan hisoblashga oid bilim
ko‘nikma va mlakalarni mehnat ta’limi mavzularini o‘rgatishda qo‘llanishi ham yaxshi
natijalarga olib keladi. Kimyo fanidan olgan bilim va ko‘nima va malakalarindan
texnologik ta’lim mashg‘ulotlarida yog‘och, metallar va polimer materiallarning
tarkibi va tuzilishini , xususiyatlarini o‘rganishda foydalanish o‘quvchilarda fanlarni
o‘rganishda ularning dknyoqarashini o‘sishiga kompleks har taraflama bilimlarga ega
bo‘lishiga olib keladi. Endi tayanch kompeensiyalarni rivojlantirishga kelsak bu erda
o‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchining pedagogika psixologiya va axborot
texnologiyalaridan chuqur amaliy bilimga ega bo‘lishi talab qilinadi. Standartning
matematik savodxonlik , fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda
foydalanish kompetensiyasida “maktabga kelib ketadigan vaqtini bilish”...“kundalik
rejalarni tuza olish” ... “isrof va tejamkorlikning ma’nosini tushinish” o‘quvchilarda
rejalashtirish, loyihalash va iqtisodga oid tushuncha va bilimlarga ega bo‘lishni talab
qiladi. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo‘llanish doirasini
qisqartirish bosqichi.

Mutaxassislar tayyorlash tizimidagi innovasion pedagogik jarayonning muhim

jihatlaridan biri bu-shaxsning o‘z-o‘zini boshqarishi va o‘zini-o‘zi faoliyat sohasiga
safarbar qila olishi, talabalarning mustaqil bilish faoliyatini rivojlantirish jihatlari bilan
izohlanadi. Bu esa bo‘lajak o‘qituvchilardagi kasbiy moslashuvchanlikni qaror


background image

531

toptirishga xizmat qiluvchi o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishning
samarali shakl, metod va vositalari tizimini ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish
zaruratini yana bir bor tasdiqlaydi.

Xulosa kilib aytganda zamonaviy pedagogik-psixologik tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki, bo‘lajak pedagog mutaxassislardagi kasbiy moslashish darajasining
tezlashuvi nafaqat o‘zlashtirilgan kasbiy bilimlar, balkim mavjud tajriba, faoliyat
sohasidan xabardorlik kabi omillar bilan ham belgilanadi. Bu esa oliy ta’lim
muassasasidagi o‘quv-tarbiya jarayoniga bo‘lajak mutaxassilardagi kasbiy
bilimlarning faol va samarali o‘zlashtirilishi hamda sohaga yo‘nalgan ish
tajribalarining qaror topishiga xizmat qiluvchi innovasion g‘oyalarni kiritish zaruratini
belgilaydi.

Shuning uchun ham texnologiya fan predmeti o‘qituvchisi boshqa tabiiy va aniq

fan o‘qituvchilari bilan kelishgan holda predmetlararo aloqadorlik rejasini tuzib
chiqishi va uni mazmunini tarkib topdirishi kerak bo‘ladi. Bunday kompetensiyalarni
shakllantirishda standart talablariga javob beradigan o‘quvchilarni o‘qitib tarbiyalash
o‘z navbatida bo‘lg‘usi fan o‘qituvchilarini va texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini
tayyorlashda ham yangicha yondoshuvlarni qo‘llash talabini qo‘ymoqda. Bizning
fikrimizcha yuqorida aytganimizdek bo‘lg‘usi fan o‘qituvchilarini fanlararo
bog‘lanishlardan samarali foydalanishga, o‘quvchilarga o‘qitilayotgan fanlarning
amaliy yo‘nalganligini kengroq yoritishga, bilimlarni qo‘llash va amalda
foydalanishga oid materiallar bilan qurollantirishga urg‘u berilishini lozim deb
hisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. SHavkat Mirziyoev Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,

yangi bosqichga ko‘taramiz. – Toshkent : : «O‘zbekiston» NMIU, 2017. -168 b.

2. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi. - T 2017y.

– 99 bet.

3. Атутов П.Р. и др. Связь трудового обучения с основами наук – М.:

Просвещение. 1983г. -128 стр.

4. Максимова В.Н. Межпредметные связи в проценссе обучения – М.:

Просвещение, 1988г. -192 стр.

5. Muslimov N.A. va boshqalar. Pedagogik kompetentlik va kreativ asoslari.

O‘quv-metodik qo‘llanma.-T.: “Sano-standart” , 2015.- 120 b.

6. Muslimov N.A. , Abdullaeva K.M., Qo‘ysinov O.A., Gaipova N.S.,
Bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik kompetentligini shakllantirish nazariyasi

va texnologiyasi. Nizomiy nomidagi TDPU Rizografi, Toshkent 2014 yil. 7 b.t.

7. Усова А.В. и др. Связь преподавания физики в школе с

сельскохозяственым производством. –М.: Просвещение, 1976.-179 стр.

8. Sodiqova a. h.(2022) texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarida tayanch, kasbiy

va maxsus kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari. science and
innovation international scientific journal volume 1 issue 6 uif-2022: 8.2 | issn: 2181-
3337.15-20.

Библиографические ссылки

SHavkat Mirziyoev Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. - Toshkent: : «O‘zbekiston» NMIU, 2017.-168 b.

Umumiy 0‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari vao‘quv dasturi. - T 2017y. - 99 bet.

Атутов П.Р. и др. Связь трудового обучения с основами наук - М.: Просвещение. 1983г.-128 стр.

Максимова В.Н. Межпредметные связи в проценссе обучения - М.: Просвещение, 1988г. -192 стр.

Muslimov N.A. va boshqalar. Pcdagogik kompctentlik va kreativ asoslari. O‘quv-mctodik qo‘llanma.-T.: “Sano-standart” , 2015,- 120 b.

Muslimov N.A., Abdullaeva K.M., Qo‘ysinov O.A., Gaipova N.S.,Bo’lajak o‘qituvchilarning pedagogik kompetentligini shakllantirish nazariyasi va texnologiyasi. Nizomiy nomidagi TDPU Rizografi, Toshkent 2014 yil. 7 b.t.

Усова A.B. и др. Связь преподавания физики в школе с ссльскохозяствсным производством. -М.: Просвещение, 1976.-179стр.

Sodiqova a. h.(2022) tcxnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarida tayanch, kasbiy va maxsus kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari. science and innovation international scientific journal volume 1 issue 6 uif-2022: 8.2 | issn: 2181-3337.15-20.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов