Об использовании информационно-педагогических технологий на уроках истории

CC BY f
206-210
0
0
Поделиться
Рахматов, Х., & Кахрамонов, Ж. (2023). Об использовании информационно-педагогических технологий на уроках истории. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 206–210. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25649
Жавохир Кахрамонов, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека Джизакский филиал

 talabasi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalarning bugungi kunda ta’lim tizimida shiddat bilan kirib kelishi, tarix darslarida talabalarning faolligini oshirish, axborot texnologiyalaridan foydalanish, tarixiy tadqiqotlar sohasidagi axborotlashtirishning tezkor jarayonlari hamda ta’limga innovatsion o‘qitish texnologiyalarini samarali tatbiq etish yoritib berilgan.

Похожие статьи


background image

206

pasaytirmasdan uzoq muddat ishlashini hisoblab chiqish asoslarini o‘rgatadi. Texnika
fanlarini o’qitishda zamonaviy texnologiyardan foydalanib muammolarga yechim
toppish ijobiy natija berib kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

“Kimyo va qurilish materiallari sanoati mashina apparatlarining montaji

hamda ekspluatasiyasi” . R.J.Tojiyev., R.R.Tojiyev., B.S. Ortiqaliyev. Farg’ona-2021

2.

Shamsiyeva, M. O. Q. (2021). Ta’limda innovatsion pedagogik

texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo’lib, u ta’lim sifatini oshirishga xizmat
qiladi.

Science and Education

,

2

(12), 748-754.

3.

Ортиқалиев, Б. С., & Тожиев, Р. Ж. (2021). Sifatli olovbardosh g ‘isht ishlab

chiqarishda xom ashyolarni saralash jarayonini tadqiq qilish.

Замонавий бино–

иншоотларни ва уларнинг конструкцияларини лойиҳалаш, барпо этиш,
реконструкция ва модернизация қилишнинг долзарб муаммолари.(1-65)

, 199-203.


TARIX FANI DARSLARIDA AXBOROT VA PEDAGOGIK

TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH XUSUSIDA

Raxmatov Xayrulla Bozorboevich

O‘zbekiston Milliy Universitetining Jizzax filiali

Qaxramonov Javohir Baxriddin oʻgʻli

O‘zbekiston Milliy Universitetining Jizzax filiali talabasi

xayrulla.raxmatov@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalarning bugungi kunda

ta’lim tizimida shiddat bilan kirib kelishi, tarix darslarida talabalarning faolligini
oshirish, axborot texnologiyalaridan foydalanish, tarixiy tadqiqotlar sohasidagi
axborotlashtirishning tezkor jarayonlari hamda ta’limga innovatsion o‘qitish
texnologiyalarini samarali tatbiq etish yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

Texnologiya,

axborot,

elektron

darslik,

kompyuter

texnologiyalari, InterNET, mediapedagog, fasilator, tyutor moderator elektron
kutubxona.


Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining

yuksalishi, ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi.
Zamonaviy ta’lim tizimi doimiy o‘zgarishda bo‘lib, hozirgi shiddat bilan
o‘zgarayotgan va rivojlanayotgan dunyoga moslashishga harakat qilib kelmoqda.
Zamonaviy

ta’limni

zamonaviy

pedagogik

va

axborot-kommunikatsion

texnologiyalardan foydalanishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017-yil 7-fevraldagi

“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi farmoni asosida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini
oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq


background image

207

fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali
kadrlar tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi.[1]

2020-yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining parlamentga

va xalqqa qilgan murojaatnomasida ilm-ma’rifat va texnologiyalar rivojiga alohida
ahamiyat qaratdilar. “Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-
zakovat va ilm, Eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, Eng katta qashshoqlik – bu
bilimsizlikdir!” Shu sababli, hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish,
chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga
aylanishi kerak.[2]

Darhaqiqat, O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘yar ekan, yangi

davr fuqarosini kamol topishida, yangicha dunyoqarashni shakllantirishda tarixga
jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Zero, tarix qadriyatlarni qayta tiklash va rivojlantirishda,
milliy o‘zlikni anglash va yangi jamiyat qurishda ma’rifat quroli, ma’naviy-
mafkuraviy mayoq sifatida xizmat qiladi.

Bugungi kunda ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli

o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik
texnologiyalarni jalb etish hamda ta’lim tizimini axborotlashtirishga alohida ahamiyat
berilmoqda. Axborot texnologiyalardan o‘quv-tarbiya jarayonida maqsadli foydalanish
dars mashg‘ulotlariga sezilarli natija beradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
ta’lim modelida pedagoglar fasilitator, tyutor mediapedagog, moderator kabi
vazifalarni bajaradilar.[4]

O‘qituvchining axborot-kommunikatsion va pedagogik texnologiyalarni darsda

maqsadli qo‘llashi, vaqtdan unumli foydalanish, mukammallik, ketma-ketlik,
moslashuvchanlik, rivojlanish, keng ko‘lamlilik, ko‘rgazmalilik kabi imkoniyatlarni
ochib berish bilan bir qatorda mavzuga oid o‘quv materiallarini o‘quvchilar to‘laqonli
o‘zlashtirishlariga zamin yaratadi. O‘qituvchi darsda ishtirok etayotgan har bir
o‘quvchining diqqatini mavzuga qarata oladi, ularning faolligini ta’minlaydi. Darsda
axborot-kommunikatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi elektron darsliklar, elektron
qo‘llanma, qo‘shimcha manbalar, elektron topshiriqlar va multimediali
ma’lumotlardan keng qamrovli foydalanish imkonini beradi.

Darhaqiqat, milliy mustaqilligimiz qo‘lga kiritilishi tufayli boy va ko‘hna

tariximizni tiklab olish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Mashhur akademik olimimiz
B.Ahmedovning ta’kidlashicha, “...Lekin boy berib qo‘yilgan 130 yilning o‘rnini
to‘ldirish oson bo‘lmasa kerak. Buning uchun olimlarimiz, qo‘yingki, barcha ziyolilar
bir bo‘lib ko‘p mehnat qilishimizga to‘g‘ri keladi”.[5]

Bugungi kunda fan sohasida, ilmiy tadqiqotlar sohasida amalga oshirilayotgan

jarayonlarni kompyuter va axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish mushkul.
Kompyuter va u bilan bog‘liq texnik imkoniyatlardan hozirda barcha sohalar qatorida
ilmiy tadqiqotlar va ta’lim sohalarida ham unumli foydalanilmoqda. Boshqacha qilib
aytganda, kompyuter va kompyuter texnologiyalari, axborot texnologiyalari va ulardan
foydalanish fan va ta’limning tarkibiy qismlaridan biriga aylanib ulgurgan.

Ma’lumki, XX asrning 80-90-yillarida keng avj olgan axborotlashtirish jarayoni

tarix faniga ham ta’sir ko‘rsatdi. 90-yillarga kelib tarix fani tadqiqotlarida
kompyuterlardan asosan ilmiy ishlarni terish va tahrirlash ishlarida foydalanila


background image

208

boshlangan bo‘lsa, keyinchalik manbalar bilan ishlashdagi yangicha uslublarda ham
qo‘llanila boshlandi.[6]

1986-yilda “Tarixchi va kompyuter” nomli xalqaro assotsiatsiya tuzildi va 1992

yilda uning tarkibiga bir qator MDH davlatlari tarixchilari ham kirdi.[6]

Shu davrda tarixiy tadqiqotlar va tarix fani tadqiqotlari uslublaridan biri sifatida

paydo bo‘lgan “tarixiy informatika” yuzaga kelib, kliometriya fanlari tarkibida
shakllana boshladi. Ma’lumotlar bazasi hamda tarixiy manbalar tahlilining kompyuter
texnologiyalariga bo‘lgan qiziqish kuchayib bordi.

Umuman olganda bu davrda tarixiy informatika o‘zining shaklllanish

bosqichidan qaror topish bosqichiga o‘tdi. Keyingi yillarda tarixiy informatikada turli
maktablar va turlicha yondashuvlarning differensiyasi va integratsiyasi jarayonlari
amalga oshirilmoqda.

Ma’lumki, tarixiy asarlarning katta qismini yozma manbalar tashkil qiladi.

Tarixiy yozma manbalarni o‘rganishda xolislik, ilmiylik, qiyosiy tahlil, birlamchi
manbaning ustuvorligini, kompleks yondashuv kabi prinsiplarga amal qilish talab
etiladi.[6]

Ta’kidlash lozimki, Vatanimizda istiqlol sharofati bilan Amir Temur hayoti va

faoliyatiga oid asl manbalar keng iste’molga kiritildi. Hozirgi davrda olimlar chindan
sodir bo‘lgan haqiqatlarni bilishga ko‘proq ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyojni qondirish
uchun barcha tarixiy voqealarni ilmiy jihatdan asoslab berish, qaysi tarixiy fakt qaysi
manbaning nechanchi sahifasidan olinganligigacha aniq ko‘rsatish, ayni vaqtda ularni
ko‘pchilik yaxshi tushunadigan jonli so‘z yordamida tahlil va talqin etib, qiziqarli
shaklda kitobxon diliga yetkazib berish maqsadga muvofiqdir.[8]

Shunday paytda talaba elektron kutubxonaga ehtiyoj sezadi. Elektron kutubxona

“InterNET” ning ajoyib imkoniyatlaridan biridir. Bu kutubxonaning elektron shaklidir.
Kutubxona deganda odatda ko‘z oldimizga kitoblar turgan uzundan uzoq kitob javonli
katta xonalar keladi. Elektron kutubxonada “javonlar” vazifasini jildlar, kitoblar
vazifasini InterNET sahifalar bajaradi. Bu kutubxona ma’lumotlari elektron
ko‘rinishda bo‘ladi va kompyuterda joylashadi. Bu kutubxonadan foydalanish juda
qulay. Bunda dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan elektron kutubxona ma’lumotlaridan
foydalanish va zarur ma’lumot nusxasini ko‘chirib olish mumkin.[7]

Axborot kutubxona markazlari oldida nafaqat elektron katalog, balki to‘la matnli

ma’lumot bazalarini yaratish, yig‘ma elektron katalog orqali axborot resurslarini
birlashtirish kabi vazifalar turibdi.

Zamonaviy texnologiyalar haqida so‘z yuritar ekanmiz, yangilanayotgan

O‘zbekistonda ham bu sohada ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Keyingi yillarda
axborot-kutubxona

muassasalari

faoliyatini

axborotlashtirishni

rivojlantirish

maqsadida hukumatimiz tomonidan katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda.[7]

Talabaning innovatsion faoliyati-yangiliklarni tahlil qilish va baholash,

kelgusidagi faoliyatining aniq maqsadini shakllantirish, uni amalga oshirish va
to‘g‘rilash imkoniyatlaridir.

Shuni qayd etish lozimki, ta’lim tizimida sodir bo‘layotgan shiddatli

o‘zgarishalar o‘qituvchi-pedagogolardan talabalar ongida bugungi davr o‘zgarishlariga
hamohang ravishda ta’limga innovatsion o‘qitish texnologiyalarini samarali tatbiq


background image

209

etishni va uning yangicha modellarini shakllantirishni taqozo etmoqda. Bunda turli
didaktik vositalardan o‘z o‘rnida foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda tarix fani o‘qituvchilari mediapedagog (media ta’limi beruvchi

pedagog, texnika vositalarini boshqara olish, namoyish etish va muloqotga kirishish)
va fasilator (kompyuter texnologiyalari asosida ta’lim berishda pedagog fasilitator,
ya’ni jarayonda asosiy yordamchi) vazifalarini bajarish qobiliyatiga ega bo‘lishlari
lozim

Dars jarayonida interfaol dasturiy vositalardan foydalanish, internetdagi mavjud

havola, elektron xarita va virtual muzeylarga kirish o‘quvchilarda axborot bilan ishlash
kompetensiyalarini shakllantiradi. Virtual muzeylarning havolasi orqali o‘quvchilar,
respublikamizda joylashgan va jahondagi mashhur muzeylarga sayohat qilishlari
uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. O‘quvchilarning mavzuga oid egallagan
bilimlari va kompetentligini baholash uchun ilm.uz sayti [11] orqali elektron tarzda
“Tarix” fanidan mavzuli test savollarini onlayn tarzda yechish hamda o‘quvchilarning
test savoliga bergan javoblarining to‘g‘ri yoki xatoligini qisqa muddatda aniqlash
imkoniyatini beradi. Onlayn tarzda test yechishning afzallik tomonlari shundaki,
qog‘oz va printerda nashr ishlariga mablag‘ sarflanmasligi bilan bir qatorda o‘qituvchi
test savollarining javobini tekshirishga vaqt ajratmaydi. Eng asosiysi o‘quvchilar
o‘zlarining bilim saviyalariga o‘zlari baho beradilar.[12]

Shunday ekan, bundan buyon tariximizni, tarixiy-ma’naviy merosimizni

o‘rganishning ahamiyati ortib boraveradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoevning 2017-yil 24-maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash,
tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarorida “Boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy-intellektual merosimizni saqlash, ilmiy tahlil
qilish, uning mazmun-mohiyati va ahmiyati haqida soha mutaxassislariga, tegishli
ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalarga batafsil ma’lumotlar
berib borish, buyuk alloma va mutafakkirlarimiz asarlarini dunyo hamjamiyati
o‘rtasida keng targ‘ib etish, zamonaviy ilm-fan, ma’naviyat va amaliyot rivojida undan
samarali foydalanish va kelgusi avlodlarga yetkazish” vazifalari qo‘yilgan.[3]

Xulosa qilib aytganda, aynan tarixiy manba va yodgorliklar orqaligina tarixni

yoritish – tarixiy ma’lumotlarni, dalillarni olish, ularni qiyosiy solishtirish va tarixiy
umumlashtirish, bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlar hamda voqea-hodisalarning
sabablari va oqibatlarini, mazmun-mohiyatini tahlil qilish, tahlillar asosida esa ilmiy
asoslangan xulosalar berish imkoniyatlari kengayadi. Shu bilan birga dars jarayoniga
axborot-kommunikatsion texnologiyalar, ya’ni media ta’limi, mobil o‘qitish tizimini
joriy etilishi natijasida yoshlarni mustaqil ijodiy ishlash, erkin fikrlashga o‘rgatish
qobiliyatlari shakllanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 7

fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2017 yil, 8
fevral.

2.

Mirziyoev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisiga

murojaatnomasi. Xalq so‘zi gazetasi. 2020 yil 25 yanvar. №19 (7490).-2-b


background image

210

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy

yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori. “Ma’rifat” gazetasi, 2017 yil 27 may, 42-son.

4. Пўлатова Д.Т. Таълим жараёнига электрон ахборот таълим

ресурсларини жорий этишнинг педагогик шарт-шароитлари.// Замонавий
таълим.-Т.: 2015.-№7.-11-16 б.

5. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. T.: O‘qituvchi, 1994.
6. Alimova D.A. Tarix fani metodologiyasi. T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy

jamiyati” nashriyoti, 2018.

7. “Xalq ta’limi” jurnali. 2017 yil №5-son.
8. Qodirov P. Amir Temur siymosi. T.: O‘zbekiston, 2007.
9. Bozorboevich R. K. The Ethnic Structure of the Population of the Bukhara

Emirate //International Journal on Integrated Education. – T. 4. – №. 12. – S. 8-12.

10. Bozorboevich R. K. Political and administrative structure of the emirate of

bukhara in the late xix and early xx centuries on the population and ethnotoponyms
//current research journal of history (2767-472X). – 2022. – T. 3. – №. 04. – S. 48-54.

11. Khaydarov S.A. Pedagogic and didactic possibilities of using.

International

Journal of Psychosocial Rehabilitation.

2020/Volume 24 Issue 8. Page 1475- 1479.

(2020.15.03)

12. Юлдошев И.А. Ўқувчилар мустақил таълимини ташкил этишда мобил

технологиялардан фойдаланиш.// Замонавий таълим.-Т.: 2017.-№12.-65-70 б.


OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARI FAOLLIGINI

OSHIRISHNING MUHIM OMILLARI

dots. Sadullayev Hamidullo Mansurovich,

Hamidullayev Shoxjahon Hamdam o‘g‘li

Farg‘ona politexnika instituti

sadullayev.ferpi@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida ishga mahkamachilik

asosida yondoshishning salbiy oqibatlari tahlil qilinib, o‘qish va o‘rganishda talabalar
faolligini oshirishning ayrim qirralari yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

professional jasorat, byurokratik yondashuv, pedagogik faoliyat,

salbiy omillar, o‘quv materialini tanlash, o‘qishga havas muhiti.


Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ko‘plab yutiqlar orasida

professional jasorat ta’lim berishdagi eng jiddiy va eng mushkul masalalarni hal etish
kalitini topish harakati qayta jonlantirilishi o‘z dolzabligini yo‘qotgani yo‘q.

Oliy ta’lim muassasalari talabalarida o‘qishga qiziqish, faollik, mustaqil fikrlash

kabi xislatlarni tarbiyalash, ularning ta’lim olishdagi faolliklariga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadigan omillarni tadqiq etish va to‘g‘ri xulosalar, tavsiyalar ishlab chiqish uchun
ham professional jasorat talab etiladi.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2017 yil, 8 fevral.

Mirziyoev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisiga murojaatnomasi. Xalq so‘zi gazetasi. 2020 yil 25 yanvar. №19 (7490).-2-b

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori. “Ma’rifat” gazetasi, 2017 yil 27 may, 42-son.

Пўлатова Д.Т. Таълим жараёнига электрон ахборот таълим ресурсларини жорий этишнинг педагогик шарт-шароитлари.// Замонавий таълим.-Т.: 2015.-№7.-11-16 б.

Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. T.: O‘qituvchi, 1994.

Alimova D.A. Tarix fani metodologiyasi. T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2018.

“Xalq ta’limi” jurnali. 2017 yil №5-son.

Qodirov P. Amir Temur siymosi. T.: O‘zbekiston, 2007.

Bozorboevich R. K. The Ethnic Structure of the Population of the Bukhara Emirate //International Journal on Integrated Education. – T. 4. – №. 12. – S. 8-12.

Bozorboevich R. K. Political and administrative structure of the emirate of bukhara in the late xix and early xx centuries on the population and ethnotoponyms //current research journal of history (2767-472X). – 2022. – T. 3. – №. 04. – S. 48-54.

Khaydarov S.A. Pedagogic and didactic possibilities of using. International Journal of Psychosocial Rehabilitation. 2020/Volume 24 Issue 8. Page 1475- 1479. (2020.15.03)

Юлдошев И.А. Ўқувчилар мустақил таълимини ташкил этишда мобил технологиялардан фойдаланиш.// Замонавий таълим.-Т.: 2017.-№12.-65-70 б.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов