550
4. Вербицкий А.А. Компетентностный подход и теория контекстного
обучения/ А.А.Вербицкий. — М.: Исслед. центр проблем качества подготовки
специалистов, 2004. - 84 с
FIZIKA FANINING “KVANT FIZIKA” BO‘LIMINI MIKROOLAMNING
O‘ZIGA XOS JIHATLARIGA E’TIBOR QARATGAN HOLDA O‘QITISH
METODIKASI
Sattarkulov Komil Raxmatovich
Guliston davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada akademik litseylarning fizika kursida Kvant
fizikasi bo‘limini o‘qitishda mikroolam haqida asosiy tushunchalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
fotoeffekt, korpuskulyar-to‘lqin, mikrozarracha, fotonlar.
Akademik litseylar fizika kursida kvant fizikani o‘qitish metodikasi hozirgi
kunda tez shakllanayotgan va rivojlanayotgan ilmiy-metodik sohalardan biri
hisoblanadi. Rossiyalik olimlar A.V.Tarasov va V.V.Multanovskiy, V.M.Yavorskiy,
V.G.Razumovskiylar tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari va fizika chuqur
o‘rganiladigan akademik litseylar fizika o‘quv dasturlari hamda darsliklariga
zamonaviy fizikani, ya’ni kvant fizika elementlarini kiritish bo‘yicha juda katta ishlar
amalga oshirilgan [1,3,4].
Respublikamiz akademik litseylari uchun fizika darsliklarining kvant fizika
bo‘limida faqat fotoeffekt hodisasi va korpuskulyar-to‘lqin dualizmi mavzulari
berilgan, lekin bu hodisalarning mazmun mohiyatiga, ya’ni ehtimoliy-statistik
mohiyatiga deyarli e’tibor berilmagan [5].
Rossiya Federatsiyasi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va litseylar darsliklarida
ham kvant fizika bo‘limi to‘la ochib berilmagan bo‘lsa ham, De-Broyl g‘oyalari va De-
Broyl to‘lqinlari mavzularida ehtimoliy statistik tasavvurlarni kengroq yoritishga
harakat qilingan [6].
Hozirgi kunda, Kvant fizikasi bo‘limiga kiritiladigan materiallarni mazmun-
mohiyati kengroq yoritilmoqda, asosiy e’tibor o‘quvchilarning mavzularni to‘la
tushunishlariga va De-Broyl to‘lqinlarining o‘ziga hos hususiyatlari va odatdagi
to‘lqinlardan farqi hamda ehtimoliy-statistik mohiyatining yoritilishi akademik litsey
o‘quvchilarining fizikaviy hamda matematik bazasiga mosligiga e’tibor qaratilmoqda.
Bundan tashqari akademik litseylarning fizika darsliklarida ushbu mavzuni kengroq
yoritilishiga, ehtimoliy-statistik tasavvurlarni o‘quvchilar ongiga chuqurroq singdirish
bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda. Bizning fikrimizcha De-Broyl to‘lqini mavzusini
yoritishda quyidagilarga kengroq e’tibor qaratish zarur [6].
1. De-Broyl g‘oyalari va De-Broyl to‘lqini. Misol sifatida doiraviy orbitalarning
kvantlanishi masalasida N.Borning shartlarini yuqoridagi g‘oyalar asosidagi isboti.
2. Mikrozarrachalarga korpuskulyar-to‘lqin dualizmini tadbiq etish.
3. Impuls, chastota va to‘lqin uzunligining o‘zaro bog‘lanishi.
551
De-Broyl g‘oyalari va De-Broyl to‘lqini to‘g‘risidagi ishlar kvant
tasavvurlarning rivojlanishida muhim bosqichlardan biri hisoblanb, ular yordamida,
De-Broyl to‘lqini tasavvurlariga asoslangan holda N.Borning doiraviy orbitalarni
kvantlanishi to‘g‘risidagi shartlarini isbotlash mumkin.
O‘quvchilarga mikrozarracha yoki mikroobʼektni qanday tavsiflash va tasavvur
qilish mumkin ekanligini har tomonlama chuqur tushuntirish zarur. Tabiiy holda,
mikrozarracha yoki mikroobʼektning tinch holatdagi massa va elektr zaryadi kabi
xarakteristikalari ularni ham “Korpuskula” deb qarash zarurligini ko‘rsatadi. Bundan
tashqari mikrozarracha yoki elementar zarracha terminining mazmun va mohiyati ham
zarracha (korpuskula) sifatida tasavvur qilishga asos bo‘ladi [6,7].
Mikrozarracha yoki mikroobʼektning harakatini, klassik korpuskulaning
harakati kabi traektoriya bilan ifodalanmasligi, mikrozarracha yoki mikroobʼektning
o‘z-o‘zidan yemirilish xususiyati, potentsial to‘siqlar orqali harakatining o‘ziga hosligi
(tunnel effekti) ularning klassik korpuskulalardan tubdan farq qilishini ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, De-Broyl tomonidan tabiatdagi mavjud simmetriyaga
asoslanib, agar yorug‘lik (fotonlar), to‘lqin xususiyatdan tashqari korpuskulyar
xususiyatlarni ham namoyon qilishi, mikrozarrachalar ham korpuskulyar xususiyatlar
bilan bir qatorda to‘lqin xususiyatlariga ham ega bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi g‘oya
ilgari suriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Тарасов Л.В. Современная физика в средней школе.- М.:
“Просвещение”, 1990.
2. Яворский Б.М “Основные вопросы современного школьного курса
физики” М. Педагогика.1976.
3. Мультановский В.В. “Физические взаимодействия и картина мира в
школьном курсе” - М.: Просвещение. 1983
4. Ўлмасова М.Н. Физика (Оптика, атом ва ядро физикаси) (Академик
лицейлар учун ўқув қўлланма) -Т. Чўлпон НМИУ, 2010.
5. Г.Я. Мякишев Физика (11-класс) М.: Просвещение, 2014.
6. K.R.Sattorqulov, G.B. Samatov, Elmuratov R.U., Daminov R.Sh, Uyaboeva
H,A., “Methods of Studying Louis De Broglie Wave and Corpuscular-Wave Dualism
In The Course Of Physics in Academic Lyceums” - Turkish Journal of Computer and
Mathematics Education. Turkiya. Volume: 12 №7, 16.04.2021,
ISSN
1309-4653,
h/426-432.
7. Sattorqulov Komil Raxmatovich “
Akademik litseylar fizika kursida
“Mikrozarracha” to
‘g‘risida tassavurlarni shakllantirish va rivojlantirish”
-
INTERNATIONAL CONFERENCE ON SCIENTIFIC RESEARCH IN NATURAL
AND SOCIAL SCIENCES (Canada)
No. 7 (2023) p. 128-131.
